Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

Moliyaviy muammolar – markschilar asarlarida. 
X1X asrning о‘rtalaridan uning 
oxirigacha Moliya fani marksistik ta’limotning ta’siri ostida bо‘ldi. Kapitalizm sharoitida 
Moliyaning mohiyati, ayrim Moliyaviy kategoriyalarning roli va ahamiyati K.Marks (1813-1883 
yillar) va F.Engyels (1820-1895 yillar) tomonidan ishlab chiqildi. Albatta, davlat Moliyasi 
masalalariga bag’ishlangan maxsus katta ishlar ularda bо‘lmasa-da, Shunday bо‘lishiga 
qaramasdan kapitalizmning juda kо‘p Moliyaviy muammolari ularning qator asosiy asarlarida, 
jumladan “Siyosiy iqtisod tanqidi”, “Kapital” nomli asarlarida va X1X asrning о‘rtalaridagi 
ingliz byudjetlari, 1840-yillardagi pruss va fransuz byudjetlarining tavsifiga bag’ishlangan 
kо‘psonli maqolalarida о‘z aksini topdi. K.Marks monopolistik kapitalizmgacha bо‘lgan 
davrdagi davlat byudjetlarining sinfiy xarakterini, davlat xarajatlarining unumsiz, xalqqa qarshi 
xarakterini ochib berdi va davlat qarzlarining soliqlar bilan bog’langanligini kо‘rsatdi. 
Kapitalning dastlabki jamg’arilish myetodlarini tadqiq qilib, ularning safiga birinchi 
navbatda, Moliyaviy myetodlar sifatida davlat xarajatlari, davlat krediti va soliq tizimini kiritdi. 
Uning fikricha, aynan ana Shu myetodlar kapital jamg’arilishining Yuqori sur’atlarda о‘sishini 
ta’minladi, kapitalistik ishlab chiqarishning shiddatli rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoitlarni 
yaratdi. 
K.Marks va F.Engyels eng muhim Moliyaviy kategoriya hisoblangan soliqlarga jiddiy 
e’tibor berishdi. Ularning mohiyatini о‘rganib, soliqlar barcha mehnatkashlar uchun qо‘shimcha 


ekspluatasiya qilishning quroli ekanligini doimiy ravishda ta’kidlab kyeldilar. Soliqqa tortishni 
baholashda K.Marks tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) soliqlarga va eng avvalo, daromad solig’iga
ustuvorlik bilan ahamiyat berdi va soliqqa tortish progressiv shakllarining himoyachisi sifatida 
maydonga chiqdi. Eng og’ir bо‘lgan egri (bilvosita) soliqlarni u “kekirtakdan oladigan” 
progressiv soliqlar dyeb atadi. 
Davlat byudjetining mohiyatini tahlil qilib, u byudjetning asosiy masalasi byudjet 
daromadlari va xarajatlari о‘rtasidagi nisbat, ya’ni byudjetning qoldig’i (profisiti yoki defisiti) 
masalasidir, dyeb e’tirof etdi. Aynan ana Shu qoldiq soliqqa tortishning qisqarishi yoki 
kengayishini aniqlab beradi. 
Biroq Moliyaviy siyosat (davlat xarajatlari va proteksionizm) ta’siri ostida amalga 
oshiriladigan kapital jamg’arilishining oshib borishi bilan ishchilar sinfining ahvoli og’irlashib 
boradi, degan K.Marksning tasdig’i e’tirozga muhtojdir. U foyda, foiz, ryenta va ish haqi 
о‘rtasidagi nisbatning davlat va uning Moliyasi yordamida о‘zgartilishi imkoniyatini 
(mumkinligini) inkor etgan edi. Ortiqcha ishlab chiqarishning siklik tanazzullari tahlilida 
davlatning iqtisodiy va Shu jumladan, Moliyaviy siyosati yordamida ularning kuchsizlanishi 
mumkinligiga yо‘l qо‘ymadi. 
X1X asrning oxiri va XX asrning boshlari foydalilikning cheklanganligi nazariyasining 
tarqalganligi bilan xarakterlanadi. Bu nazariya marksistik ta’limotga qarshi ryeaksiya (aks ta’sir) 
sifatida maydonga kyelgan edi. Bu nazariya Moliya sohasiga ham tyegib о‘tdi. Uning vakillari, 
о‘z baholashlaridagi katta farqlarning mavjud bо‘lishiga qaramasdan, mehnatning qiymat 
nazariyasiga qarshi chiqdilar va uni sotib oluvchilarning xohish-istaklari (ustuvorlik berishlari) 
yordamida aniqlanadigan baholar tahlili bilan almashtirdilar. Muhim Moliyaviy kategoriyalar 
bо‘lgan davlat xarajatlari va soliqlar ular tomonidan davlat va xususiy shaxslar о‘rtasidagi 
kо‘psonli individual bitimlar sifatida talqin qilindi. Bir vaqtning о‘zida, ularning fikricha, davlat 
xizmatlarining cheklangan foydaliligi soliqlarning cheklangan foydaliligi bilan hamnafas 
bо‘lmog’i lozim edi. 
Birinchi jahon urushiga qadar iqtisodiy fan, asosan, tadbirkorlik erkinligi prinsipiga 
tayangan holda, davlat va uning Moliyasini mamlakat iqtisodiyotiga aralaShuviga nisbatan 
qarshi turdi. Ishlab chiqarish va taqsimlashni davlat tomonidan tartibga solish faqat Birinchi 
jahon urushi yillaridanoq amalga oshirila boshlandi. Jahon iqtisodiy tanazzuli yillariga (1929-
1933 yillar) kelib bu jarayon yanada kuchaydi.

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish