sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bо‘ladi. Uning nazariyasida soliqlar nazariyasiga katta
о‘rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi tо‘rt
asosiy prinsiplarini ifodalagan:
soliqlar ularni tо‘lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq tо‘lanishi kerak;
soliqlarning miqdori va ularni tо‘lash muddatlari aniq belgilangan bо‘lmog’i lozim;
soliqlarni undirilish vaqti soliq tо‘lovchi uchun qulay bо‘lmog’i zarur;
soliqlarni undirishda ularni undirish xarajatlarining minimalligini ta’minlamoq kerak.
Tarixiy jihatdan bu prinsiplar tug’ilib kyelayotgan burjuaziyaning
ehtiyojlarini aks
ettirgan va fyeodal jamiyatning asosiy sosial guruhlari bо‘lgan bо‘lgan zadagonlar hamda
ruhoniylarga, fyeodal davlatning soliqlar bо‘yicha boshboshdoqligiga qarshi yо‘naltirilgan
(qaratilgan) edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan Yuqoridagi prinsiplar, tо‘liq bо‘lmasa-da,
burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini о‘tkazishda foydalanilgan.
Soliqlarning turli kо‘rinishlarini (egri (bilvosita) soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan
soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan
ularga baho bergan. Istye’mol tovarlariga nisbatan о‘rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular
bahosining oshishiga olib kyelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari о‘sgan va oxir-
oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va istye’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan
soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik kyeltiruvchi dyeb hisoblagan.
CHunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga
yoki bozor talabiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga
olib kyeladi.
Shunday qilib, A.Smitning soliq konsepsiyasi yagona maqsadga – kapitalning
jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tyezlashtirishga
qaratilgan edi.
Asosan, xuddi Shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham о‘zining “Siyosiy
iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan.
Mehnatning qiymat
nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar sо‘zsiz ravishda yo kapitalga, yoki
daromadga ta’sir kо‘rsatadi, dyeb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli
mehnatni saqlashga mо‘ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa,
kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq tо‘lovchining istye’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj
pryedmyetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining о‘sishiga sabab bо‘lib, ular istye’mol
qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan Yuqoriroq bо‘lgan proporsiyalarda istye’molchining
gardaniga Yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday
soliqlar, bir xil darajada bо‘lmasa-da, ish haqining oshishiga va
foydaning kamayishiga olib
kyeladi.
YUqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buYuk zulmdir”, degan
xulosaga kyelgan. Soliqqa tortishning о‘sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning
istye’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda о‘z aksini topadi. Shuning
uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning
kyelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.
Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat
xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning konsepsiyasini, kо‘p
jihatdan,
aniqlab bergan edi. XUSH asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning
Moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xо‘jalik
hayotiga davlatning aralashmasligi prinsipini e’lon qilga edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari
va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.
X1X asrda ishlab chiqarishning Yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital
о‘rtasidagi ziddiyatlarning keskinlaShuviga olib kyeldi. Xuddi Shu davrning о‘zida turli sosial
guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda о‘z siyosatini о‘zgartirishga hukumatni
chaqiruvchi iqtisodchilarning tovushlari eshitila boshlandi.
Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda sosial keskinlaShuvni Yumshatish
maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida о‘zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga
chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tyengroq) taqsimlash uchun
u tomonidan oqilona soliq
tizimining yangi prinsiplari ishlab chiqildi. Hayot kyechirish uchun zarur sanalgan daromadga
tyeng bо‘lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish
g’oyasi aynan unga tyegishlidir.
J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir
shaxs davlatdan olinadigan qо‘llab-quvvatlashlar uchun о‘z daromadlarining bir qismini davlatga
berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari о‘rtasida bog’liqlikni о‘rnatib, soliqlarni davlat
xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.
Bu holatlar kyeyinroq shvyed iqtisodchilari K.Viksyel va E.Lindal tomonidan yanada
rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amyerikalik iqtisodchi-olim P.Samuelson
qarashlarining shakllanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatdi va u soliqlarning о‘sishi davlat xizmatlariga
bо‘lgan ehtiyojning о‘sishi bilan kuzatilishi kerak, dyeb hisobladi.
SHvyeysariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning
Moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xо‘jaliklarini himoya qilgan.
Uning chiqishlari,
asosan, proteksionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bо‘yicha ingliz Yuqori bojxona
bojlari) qarshi qaratilgan bо‘lib, bunday siyosatni u millatga ziyon yetkazuvchi siyosat dyeb
hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tyegishli sharoitni yaratish borasidagi
proteksionizm siyosatining ijobiy tomonlarini kо‘ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz
ravishda katta rol о‘ynab borayotgan о‘sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u yetarlicha
baholay olmadi.
YAngi tarixiy maktab konsepsiyalari. 1870-yillarda yangi tarixiy maktab paydo bо‘ldiki,
uning boshlanishi nyemis olimlarining (G.SHmollyer, M.Vyeber, A.Vagnyer va boshqalar)
nomlari bilan bog’liq. Davlat Moliyasini tadqiq qilish bilan kо‘proq A.Vagnyer Shug’ullanib, u
davlatning yordami bilan kapitalni jamg’arishning о‘z yechimini taklif etdi. Davlat faoliyatining
(ma’muriy, sosial-madaniy va investision) hajmini (kо‘lamini) kengaytirish nuqtai-nazaridan
muammoni hal etishga yondoshib, u soliqqa tortishning tо‘qqiz prinsipini ishlab chiqdi va ularni
quyidagi guruhlarga birlashtirdi:
yetarlilik va harakatchanlik;
kerak bо‘ladigan manba va ob’yektni tanlash;
eng umumiylik va tyenglik;
aniqlik, qulaylik, arzonlik.
Mohiyat jihatidan u A.Smitning ma’lum va mashhur prinsiplarini tо‘ldirdi. Klassik burjua
siyosiy iqtisodidan sо‘ng A.Vagnyer mamlakatda boylik va daromadlarni adolatli taqsimlashga
erishish uchun davlat Moliyadan foydalanishi mumkin dyeb hisobladi.
Do'stlaringiz bilan baham: