4-MAVZU. 0’ZBEKISTON TANLAGAN MUSTAQIL RIVOJLANISH YO'Ll VA UNING AHAMIYATI.
Reja:
1. 0`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.
2. 0`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi - mustaqil davlatning asosiy qonuni.
3. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning "O`zbek modeli" va uning o'ziga xos xususiyatlari.
1.0`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.
Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri - uning aso¬siy Qonuni - Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Tarixiy rivojlanish ko'rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz yerishgan buyuk yutuq -O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo'ldi.
Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta'minlash, uning mustaqil davlat sifatida ye'tirof yetilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish yo'1-yo'riqlari to'la mujassamlangan.
Turkistonda inqilobdan keyingi yillarda jahon tajribalariga muvofiq tarzda Konstitutsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, Turkiston ASSRning 1918, 1920-yillarda, Xorazm va Buxoro Xalq Respubli-kalarining 1920-1921-yil, shuningdek, O'zbekiston SSRning 1927, 1937, 1978-yillarda qabul qilingan Konstitatsiyalari shaklan respublikaning Asosiy qonunlari yedi.
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi 1990-yil 20-iyunda «Mustaqillik deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xu-losaga kelindi. Ma'lumki, 1990-yil 24-martida respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasi muhim tarixiy qa¬ror qabul qilib, O'zbekiston Prezidenti lavozimini ta'sis yetgan yedi. 1990-yil 1-noyabrda «O'zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O'zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida» qonun qabul qilindi.
Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ish-lashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I. Karimov raisligida o'zining birinchi majlisi-ga to'plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog'liq barcha lashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konsti¬tutsiyaviy komissiya a'zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olim-lardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil yetildi.
Konstitutsiyaviy komissiya Raisining topshirig'i bilan 1991-yil boshlaridayoq bo'lg'usi konstitutsiyaning g'oyaviy mag'zi, ya'ni konsepsiyasi us-tida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi. Respublika Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutinmg konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsep¬siyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos uchun qabul qilindi. U qolgan ikki konsepsiyaning diqqatga sazovor g'oyalari bilan boyitilib, umumlashgan, puxta, yagona g'oyaviy asos shakliga keltirildi. Konstitutsiyaviy komissiya va uning Raisi tomonidan ma'qullangan ana shu konsepsiya asosida bo'lajak Konstitutsiya loyihasini yaratishga kirishildi.
Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo'lindi. U muqaddima, olti bo'limga bo'lingan 158 moddadan iborat yedi. Ushbu loyiha yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi.
1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi va¬rianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiya¬viy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Kons¬titutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risidagi axborot tinglandi. Majlisda Konstitutsiya loyiha¬sini uzil-kesil ishlab chiqish uchun 25 kishidan iborat ishchi guruh (komissiya) tuzishga qaror qilindi
Umumxalq muhokamasi uch oy davom yetdi. Shu davrda O'zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo'ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom yettirish uchun yana ikkinchi marotaba matbuotda ye'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihadagi 127 moddadan 60 tasiga tuzatish va aniq-liklar kiritildi. Dastlabki variantdan 4 ta modda chiqarilib, matnga bir necha yangi modda kiritildi.
Prezident ishlagan loyihalar nusxasidan ayrimlarini misol tariqanida keltiramiz: Loyihaning 1-moddasida «O'zbekiston - demokratik respublika» deb yozilgan yedi. Prezident bunga aniqlik kiritib, «suveren» «soa tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |