Reja: 0`zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi


Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning "O`zbek modeli" va uning o'ziga xos xususiyatlari



Download 23,81 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi23,81 Kb.
#206271
1   2   3
Bog'liq
4-MAVZU

3. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning "O`zbek modeli" va uning o'ziga xos xususiyatlari.

O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga yerishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.

Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, yerkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yerkin demokratik jamiyat barpo yetishdir. Bozor iqtisodiyoti, yeng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa yega bo'lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.

«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo yetish muhim o'ziga xos modeli yekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasayev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.

3. O'zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo'li.

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurishga, yerkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O'zbekistonning munosib o'rin yegallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Bosib o'tilgan yo'l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik yillarida yerishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan yedi.

Mazkur vazifani amalga oshirish yo'lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma'ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o'rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.

Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o'rganish hamda umumlashtirish asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:

2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi;

Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o'rinlarda — Davlat dasturi) tasdiqlandi.

Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg'in muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga joylashtirildi, ularning natijasida ko'plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko'rsatib, olib borilayotgan islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.

Harakatlar strategiyasiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog'ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojla

ntirishning konseptual masalalari kiritildi.

Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini yerkinlashtirishdan iboratdir.

Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo'nalishi belgilangan:

1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;

2. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.

Mazkur yo'nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo'limlardan iborat.

Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo'yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.

2017 yil 7 fevralda Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tomonidan ye'lon qilingan “Harakatlar strategiyasi”, o'z mohiyat ye'tiboriga ko'ra, dunyoda tub o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi zamonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, sud-huquq, iqtisodiy, ijtimoiy sohalar va xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha beshta ustuvor yo'nalishda aniq muddatga mo'ljallangan tom ma'nodagi milliy strategiya hisoblanadi. U besh bosqichda, kelgusi besh yilda yurtimizda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo'yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi. Va bu O'zbek modelinign mantiqiy davomi bo'lib xizmat qilmoqda, deyish mumkin. Ushbu hujjat 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari hamda 2010 yilda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov taqdim yetgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar doirasidagi demokratik yangilanish hamda modernizatsiya jarayonlarining mantiqiy va qonuniy, izchil va uzviy davomidir. Ayni paytda bu muhim strategiya davlatimiz va jamiyatimizni rivojlantirishning mutlaqo yangi bosqichini boshlab bermoqda.



Bu bejiz emas. Nega deganda, Prezident Sh.M.Mirziyoyev Asosiy Qonunimizning Istiqlol arafasida ishlab chiqilishi va mustaqillikning ilk yillarida qabul qilinishi davrida ham, Konsepsiyani tayyorlash va unda belgilangan yeng muhim vazifalarni hayotga chuqur tatbiq yetish jarayonlarida ham Yo'lboshchimizning yonida turib, ta'bir joiz bo'lsa, yelkama-elka birga ishlagan, davlat siyosatini yuritish bobida yuksak mahorat maktabini o'tagan.

Mamlakatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida bu haqda shunday dedi: “Oliy Kengash deputati sifatida men ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok yetganimni doimo faxrlanib yeslayman. Konstitutsiyamizning qanday qilib hozirgi mazmun va shaklga kelgani, bu murakkab jarayonda kechgan qizg'in tortishuv va bahs-munozaralar bugungidek yodimda. Haqiqatan ham, 90-yillardagi o'ta og'ir davrda Asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdug'aniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko'ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb yetdi”
Download 23,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish