hukumat qarorlari bilan soliq organlari zimmasiga Yuklatilgan masalalar bо‘yicha nazorat
tekshiruvlarini tashkil etish va о‘tkazish;
xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlardan olinadigan soliqlar va yig’imlarning hisoblab
yozilishi, undirib olinishida qonuniylikka rioya etilishi, byudjetga tо‘lovlarning tо‘g’ri
hisoblanishi va о‘z vaqtida kiritilishini nazorat qilish; soliq qonunbuzarliklarini aniqlash,
ogohlantirish va tо‘xtatish;
о‘tkazilgan hujjatli va nazorat tekshiruvlari (hisoblangan summalar, Moliyaviy
sanksiyalar, ma’muriy jarimalar va h.k.ni undirib olish) yakuni bо‘yicha xо‘jalik Yurituvchi
sub’yektlarning byudjet oldidagi majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
soliq qonunchiligining buzilishiga oid ma’lumotlarni hamda hujjatli va nazorat
tekshiruvlari natijasida aniqlangan boshqa faktlarni umumlashtirish va tahlil etish va h.k.
Davlat soliq qо‘mitasining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi о‘z zimmasiga Yuklatilgan
vazifalarni hal etishi va funksiyalarini bajarishi uchun quyidagi huquqlarga ega:
- Yuridik va jismoniy shaxslardan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq tо‘lovchilar)
faoliyatiga tyegishli ma’lumot, axborot, ma’lumotnoma, hujjatlar va ularning nusxalarini olish;
- banklar va boshqa kredit-Moliya muassasalaridan xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar (soliq
tо‘lovchilar)ning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarida amalga oshirilgan opyerasiyalari
tо‘g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish.
Davlat Moliyaviy nazorati bо‘yicha funksiyalarni bank tizimi ham bajaradi. О‘zbekiston
Respublikasining «О‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tо‘g’risida» 1995 yil 21
dyekabrdagi qonuniga muvofiq u bank tizimi barqarorligini qо‘llab-quvvatlash, omonatchilar va
kreditorlarning manfaatlari himoyalanishini ta’minlash maqsadida bank nazoratini va banklar
faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi.
Markaziy bank nazorat funksiyalarini bajarish bо‘yicha о‘z vakolatlarini amalga oshirish
Yuzasidan bank opyerasiyalarini amalga oshirish, buxgaltyeriya hisobini Yuritish va bank
statistik hisobotini Yuritish, yillik hisobotlarni tuzish uchun banklar tomonidan bajarilishi
majburiy bо‘lgan qoidalarni belgilaydi.
Markaziy bankka quyidagi huquqlar berilgan:
1)
banklardan hisobotlar va boshqa hujjatlarni olish va tekshirish, ularning faoliyati,
jumladan opyerasiyalari tо‘g’risida axborot, ma’lumotlarni sо‘rash va olish;
2)
olingan axborot, ma’lumotlar bо‘yicha tuShuntirishlar talab qilish;
3)
banklarning ichki auditi bо‘yicha talablar belgilash;
4)
bank aktivlarini sifat bо‘yicha tasnif qilish va aktivlar bо‘yicha kо‘rilishi mumkin
bо‘lgan zararlarni qoplash uchun Shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;
5)
banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish bо‘yicha
bajarilishi majburiy bо‘lgan yozma buyruqlar, kо‘rsatmalar jо‘natish.
Tekshiruvlar Markaziy bank tomonidan belgilanadigan vakolatli vakillari va auditorlar
tomonidan о‘tkaziladi.
Davlat Moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa organlar ham bajaradi. Bu,
xususan, О‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qо‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi
9
ga taalluqli bо‘lib, uning zimmasiga
barcha davlat organlari va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar tomonidan qimmatli qog’ozlar
tо‘g’risidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi Yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: