Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

3. Davlat Moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish 
prinsipi Pryezidyent va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining 
Moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va 
mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini kо‘rib chiqish va 
qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 78-moddasining 8-bandiga muvofiq О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi
 
Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bо‘yicha mamlakat byudjetini 
qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat о‘rnatadi. Xalq dyeputatlari Kengashlari ayrim 
mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy 
byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim 
tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish 
Yuklatilishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyentiga 
davlat va ijroiya hokimiyat boshlig’i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitusiyasi 
93-moddasining 8-bandiga muvofiq Pryezidyent ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat 
Moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, 
Davlat soliq qо‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi.
Davlat Moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan
2
. U mustaqil va 
ob’yektiv organ bо‘lib, О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga hisob beradi. 
2
Бу палата Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2002 йил 21 июндаги Фармони 
билан ташкил этилган.


Hisob palatasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va 
tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish Yuklatilgan:

makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit paramyetrlarining shakllanish 
jarayonlarini tizimli о‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish; 

davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy paramyetrlari va 
moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat о‘rnatish; 

davlat byudjetini ijro etish, soliq tuShumlari va pul kо‘rsatkichlari bо‘yicha tasdiqlangan 
paramyetrlarni tuzatish bо‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy 
kо‘rsatkichlarga ta’sirini kо‘rib chiqish; 

mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va 
fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan 
mahalliy byudjetlar о‘rtasidagi о‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bо‘yicha takliflarni 
tahlil qilish va baholash; 

mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bо‘yicha tasdiqlangan paramyetrlar hisobidan davlat 
mablag’larini xarajat qilish bо‘yicha chyetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar 
о‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suistye’mol-liklarning oldini olish 
Yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bо‘yicha manbalar, 
soliq va bojxona organlaridan tо‘lovlarning kelib tushishi tо‘liqligi Yuzasidan monitoringni 
amalga oshirish; 

byudjet jarayonida chyetga chiqishlarni tahlil qilish va о‘rganish, ularni bartaraf etish va 
byudjet qonunchiligini takomillashtirish Yuzasidan takliflar tayyorlash; 

milliy valYutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy о‘sish va 
narxlar barqarorligi kо‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bо‘yicha takliflarni kо‘rib 
chiqish va baholash; 

oltin-valYuta zahiralari, Shu jumladan qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlarni 
ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan opyerasiyalarni nazorat etish, yо‘qotishlar va 
suistye’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yо‘qotish maqsadida davlat oltin-valYuta 
zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash;

tashqi aktivlarni boshqarish bо‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, 
oltin-valYuta zahiralarini chyet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi 
va samaraliligini nazorat qilish; 

davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring о‘rnatish va ularga birinchi 
navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bо‘yicha о‘z vaqtida 
xizmat kо‘rsatilishini nazorat etish; 

eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish, 
mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va tо‘lov balanslari ijobiy qoldig’ini 
ta’minlash bо‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish; 

chyet davlatlarda davlat mulkini realizasiya qilish bilan bog’liq bо‘lgan masalalar 
bо‘yicha tahlil о‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash;

respublikada qimmatbaho myetallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan 
foydalanish Yuzasidan chyet el kompaniyalarining takliflarini kо‘rib chiqish; 

О‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chyet el kreditlari va 
qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro Moliya bozorlariga respublika 
qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish; 

olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valYuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir 
kо‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspyertiza qilish;

vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga 
kiruvchi masalalar bо‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish; 

Hisob palatasi zimmasiga Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bо‘yicha 
tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va о‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash 


hamda ularni kо‘rib chiqish uchun О‘zbekiston Respublikasi Pryezidyenti va О‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish. 
Kо‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar 
berilgan: 
1)
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qо‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, 
banklardan о‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bо‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni 
belgilangan tartibda sо‘rash va olish; 
2)
zarur bо‘lgan hollarda о‘z zimmasiga Yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 
tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bо‘yicha ijro etilishi majburiy bо‘lgan 
kо‘rsatmalarni jо‘natish; 
3)
о‘z vakolati doirasida tekshiruvlar о‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari, 
nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish; 
4)
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bо‘lgan barcha masalalar Yuzasidan tyegishli 
xulosalar berish; 
5)
qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini 
yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bо‘yicha takliflar kiritish. 
Moliyaviy nazorat bо‘yicha muhim vazifa va funksiyalar О‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham Yuklatilgan. О‘zbekiston Respublikasining «О‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tо‘g’risida» 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga 
muvofiq u vazirliklar, davlat qо‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xо‘jalik boshqaruv 
organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat Moliyaviy nazoratini amalga 
oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Hisob-kitoblar mexanizmini 
takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini mustahkamlash bо‘yicha hukumat 
komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bо‘lib, ularga 
davlat Moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan.
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini 
mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi
 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkyent shahrida о‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan 
uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va 
boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xо‘jalik Yurituvchi 
sub’yektlar hamda ularning birlashmalari (xо‘jalik uYushmalari), mansabdor shaxslar va 
fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. 
Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga tо‘lovlar intizomini 
mustahkamlash bо‘yicha hukumat komissiyasi tо‘g’risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning 
asosiy vazifalari dyeb belgilangan: 
- iqtisodiyot tarmoqlari va syektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va 
barcha xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar va tijorat banklari tomonidan tо‘lov intizomini 
mustahkamlash va hisob-kitoblarni о‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy tо‘lovlarni 
tо‘liq tо‘lash bо‘yicha amaldagi qonunchilik mye’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan 
nazoratni ta’minlash;
- korxonalarning dyebitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati о‘tgan dyebitorlik va 
kreditorlik qarzlari, xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarning byudjetga tо‘lovlar bо‘yicha 
boqimandalarini qisqartirish bо‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, 
Shuningdyek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tyegishli soliqlar va majburiy 
tо‘lovlarning tо‘liq undirib olinishini ta’minlash; 
- korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag’larining ajratib olinishi, Shu jumladan tayyor 
mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yо‘nalishlarini aniqlash 
hamda ularni qisqartirish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish. 
Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bо‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega: 

vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xо‘jalik uYushmalari, 
korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining dyebitorlik va kreditorlik 


qarzlari, soliq va tо‘lov intizomining ahvoli tо‘g’risidagi masalalar bо‘yicha hisobotlarini eshitib 
borish; 

boqimandalarni tо‘lash, pyenya hisoblanishini tugatish bо‘yicha muddatlarni 
kyechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va nobyudjet fondlarga soliqlar va tо‘lovlar bо‘yicha 
pyenyalarni hisobdan chiqarish;

belgilangan tartibda Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil 
etish, Komissiya zimmasiga Yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur 
bо‘lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qо‘mitalar, idoralar, uYushmalar, davlat boshqaruvi 
mahalliy organlaridan olish; 

bankrotlik va korxonalarni sanasiyalash masalalari bо‘yicha Hukumat komissiyasiga 
korxonalarni sanasiyalash yoki muntazam ravishda dyebitorlik va kreditorlik qarzlariga yо‘l 
qо‘Yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot dyeb e’lon qilish uchun matyeriallarni xо‘jalik 
sudiga berish tо‘g’risida qarorlar qabul qilish Yuzasidan takliflar berish; 

soliq solish tizimi va xalq xо‘jaligida hisob-kitoblarni yaxshilash uchun

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish