Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja: Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


 Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/238
Sana18.02.2022
Hajmi3,14 Mb.
#450989
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   238
Bog'liq
Moliya fanidan ma’ruza matnlari 1-mavzu Moliyaning mohiyati va

 
2. Sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy tartibga solish 
 
Zamonaviy iqtisodiy dunyo - bu aralash iqtisodiyot dunyosi. Ana Shu qoida о‘ziga xos 
aksioma hisoblanib, u “mumtoz” liberalizmning eng ashaddiy tarafdorlari tomonidan ham inkor 
etilmasligi kerak. Dunyoning hyech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozorning 
“absolYut monarxiya”si mavjud emas va Shubhasiz, hyech qachon bо‘lmaydi ham. Shunday 
bо‘lishiga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’yektiv bо‘lib, ularni bekor qilish 
mumkin emas. Xuddi Shuningdyek, bozor institutlari “nomyenklatura”sining kengayishi, ular 
о‘rtasidagi aloqalarning murakkablaShuvi, yangi tizimlarning (evolYusiya yoki taraqqiyot 
qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bо‘lmaydi. Sosial-iqtisodiy 
jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur: 

hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish 
asoslarini ta’minlash (butun jamiyatning xavfsizligini ta’minlash, mulkka egalik qilish 
huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy 
ryejimni (tartibni) о‘rnatish va qо‘llab-quvvatlab turish, samarali raqobatni qо‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish davlatga kerak); 

barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy о‘sishning sur’atlarini, 
inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va 
mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) о‘zgarishlarni rag’batlantirishi, tashqi 
iqtisodiy muvozanatni va milliy valYutaning kursini qо‘llab-quvvatlashi lozim); 

resurslarning sosial yо‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat 
jamiyatga kerak bо‘ladigan, Lekin u bilan xususiy syektor Shug’ullanmaydigan ishlab 
chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, pyensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini 
kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan 
(fiksasiya qilingan) daromadlarning indyeksasiyasini amalga oshirishi zarur). 
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka – mamlakat milliy boyligining katta 
qismiga – ega. Bu mulk, asosan, moddiy-buYumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, 
inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish korxonalari, muzyeylar, qо‘riqxonalar, davolash 
manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va h.k.) mavjud bо‘lib, о‘zining mо‘ljallanganligiga 
kо‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy 
ehtiyojlarni “tо‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kyelajak avlod uchun milliy 
boylik, odatda, “yeyilmaydi” va aksincha, u kо‘paytiriladi. Shuning uchun ham davlatning 
(agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va h.k.lar komplyeksi sifatida emas, balki 
boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, 
ya’ni davlat Moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bо‘ladi. Barcha zamonaviy 
iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan 
qо‘shilib kyetishi, о‘z о‘lchami bо‘yicha turlicha bо‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, 
ryezyerv, valYuta, sug’urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) 
shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba - mamlakat 
ichida va xorijda Shu yilning о‘zida yaratilgan qо‘shilgan qiymat – hisobidan “oziqlanadi”. Bu 
fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning 
qancha qismini о‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xо‘jalik takror ishlab 
chiqarishining proporsiyalari, sosial sohani ta’minlash, zaruriy ryezyervlarni yaratish, milliy 
xavsizlikni ta’minlash imkoniyatlari va h.k.larni belgilab beradi. 
Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul 
fondlarining jami hajmi YAIMning о‘rtacha 30% dan 50% gachasini tashkil etadi. Shunday 
qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potyensial imkoniyati va boshqa 
har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir kо‘rsatish zamonaviy davlat Moliyasi 
miqdoriy xarakteristikasining о‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, Shuningdyek 


о‘tish iqtisodiyotiga ega bо‘lgan mamlakatlar Moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday 
masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tyegishli raqamlar YAIMga nisbatan 11-17% 
atrofida tyebranadi va aynan Shu raqamlarning о‘zi davlat tomonidan bu jarayonga 
aralaShuvning yetarli darajada faol emasligidan dalolat beradi. 
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tyendyensiyalari tо‘g’risida gapirilganda, qayd etish 
kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz Yuqoriga о‘sib boruvchi tо‘g’ri chiziq 
sifatida qaralmaydi. CHunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’yektlar daromadlarini 
davlat daromadlariga “oqib о‘tishi”ning о‘ziga xos bо‘lgan iqtisodiy chyegarasiga (kritik 
nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G’arbning nazariy bilimlari tyegishli 
hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yо‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli 
tarzda yо‘naltirmoqda. 
Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga о‘tayotgan 
mamlakatlar uchun esa kyelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va 
institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallyel ravishda davlatning Moliyaviy 
tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tyegishli iqtisodiy “chyegara”ga 
(kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor. 
Turli sosial-iqtisodiy jarayonlarda Moliyaning rolini (Moliyaviy tartibga solishning 
rolini) tо‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini – davlat xarajatlari va davlat 
daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. 
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. CHunki aynan davlat 
xarajatlari davlat Moliyasining ijtimoiy mо‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq 
kо‘rsatadi. Shunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi 
Moliya tizimi faoliyatining natijalarini о‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab 
chiqarish jarayonida о‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yо‘qmi, degan savolning 
javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi. 
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat Moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni 
bir nyecha belgilar bо‘yicha klassifikasiya qilish mumkin. 
Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi 
turadigan bо‘lsa, u holda davlat pul mablag’lari oqimlarining boshqa nye’matlarga о‘ziga xos 
tarzda transformasiyalaShuvi sodir bо‘ladi va Shu munosabat bilan bunday xarajatlarni 
transformasion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib kо‘rsatish 
mumkin: 

davlat istye’moli (davlat syektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun 
davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun tо‘lovlar, ishlab chiqarishni 
dotasiyalashtirish; davlat qarziga xizmat kо‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va Shu 
yerda kо‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar); 

davlat investisiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma 
fondlarining о‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralari va ryezyerlarini yaratish, uzoq 
muddatli byudjet kreditlari). 
Shunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformasion 
xarajatlar nodavlat syektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita 
о‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning о‘zida jami 
taklifning tarkibiy tuzilmasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 
Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pyensiyalarni (yosh bо‘yicha, nogironlik, 
boquvchisini yо‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik 
mehnat qobiliyatini yо‘qotganda, ishsizlik bо‘yicha) tо‘lashga yо‘naltirilsa, u holda davlat 
tomonidan mablag’larni berishning о‘ziga xos - transfyert – tarzda berilishi sodir bо‘lib, bunda 
mablag’lar soliq tо‘lovchilardan Shu tо‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchraShuvchan 
xizmatlarning taqdim etilishi, bu yerda, sodir bо‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat 
yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar istye’moli berilishi kuzatiladi.
Bunday xarajatlar transfyert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyatning jami daromadini 
uning a’zolari о‘rtasida taqsimlanishini о‘zgartiradi (korryektirovka qiladi). 


Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat istye’moli va transfyertlar) va kapital 
xarajatlarga (davlat investisiyalari) bо‘linadiki, bunday bо‘linish takror ishlab chiqarish 
paramyetrlari dinamikasiga Moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. Shuningdyek, 
davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va 
investisiyalar) xizmat qilishi mezoni bо‘yicha ham klassifikasiya qilinishi mumkin. Bu narsa 
ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni istye’mol qilishda ularning ulushlarini alohida 
hisobga olishga imkon beradi. 
Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat 
taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan о‘zaro munosabatlar 
orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (sosial, iqtisodiy, tadqiqotchilik, 
boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. Shu narsaning о‘zi
tizimlashtirilgan kо‘rinishda yо‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan 
tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning sosial 
funksiyalarini bajarish bilan bog’liq bо‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining 
kvalifikasiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pyensiya va nafaqalar olishga 
tyegishli sharoitlarni yaratadi. Sosial munosabatlarning barqarorligini qо‘llab-quvvatlab, ular 
jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir kо‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda 
namoyon bо‘ladi: 

sosial subsidiya oluvchilar aholining moddiy nye’matlar istye’moli qismiga nisbatan 
barqaror tо‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; 

sosial-madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat
tomonidan sotib olinishi bozorning juda kо‘p syegmyentlarida talab va taklif о‘rtasidagi 
muvozanatga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi; 

maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sosial ta’minot ob’yektlarining kengaytirilishi,uy-
joy qurilishiga davlat dotasiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish matyeriallariga bо‘lgan 
talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog’liq bо‘lgan sanoatning 
boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli 
foydalanish xos bо‘lgan pryedmyetlar uchun talabni oshiradi. 
Bundan tashqari, davlatning sosial-madaniy tadbirlar xarajatlari bu о‘ziga xos tarzda 
malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investisiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab 
chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qо‘llab-quvvatlashning stratyegik 
chorasi ekanligi ham yaqqol kо‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi 
jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xо‘jaligi korxonalarini subsidiyalashtirish va 
kreditlashtirishda, infratuzilma ob’yektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy 
qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bо‘yicha 
foizlarni qaytarishda ham bozor kon’Yunkturasini keskin о‘zgaradi. YUqorida sanab о‘tilgan 
xarajatlar hajmining о‘zgartirilishi (korryektirovka qilinishi) investisiyalarning о‘lchamiga, jami 
talabning hajmiga va taklifning tarkibiy tuzilmasiga bevosita о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. 
Shunday qilib, davlat xarajatlari jami talab shakllanishining unumli yо‘naltirilishida 
ijobiy tarkibiy qism (element) bо‘lib hisoblanishi mumkin. Tyeskari holatlarda esa, ya’ni harbiy, 
boshqaruv, mafkuraviy xarajatlar salmog’ining Yuqoriligida, Shuningdyek, davlat qarzlariga 
xizmat qilish xarajatlari hajmining kattaligida davlat xarajatlari faqat qalbaki ijtimoiy talabning 
о‘sishiga olib kyeladiki, ular oxir oqibatda, qutilib bо‘lmaydigan buzuvchan (vayronagarchilik) 
kuchlar(i)ni vujudga kyeltiradi (jahon amaliyotida bunday misollar juda kо‘p, masalan, о‘tgan 
asrning 70-80-yillarida butun kapitalistik dunyoni qamrab olgan inflyasiya, 1998 yilning 
avgustida Rossiyada sodir bо‘lgan Moliyaviy tanazzul va boshqalar). 
Umumdavlat pul fondi mablag’larining sarf etilishi, Shubhasiz, davlatning takror ishlab 
chiqarish jarayonida ishtirok etishini moddiy jihatdan ta’minlaydigan resurslarning mobilizasiya 
qilinishini (tо‘planishini) taqoza etadi. Qо‘shilgan qiymatni Moliyaviy qayta taqsimlashning 
dastlabki bosqichida davlat daromadlari – YAIM va MDning bir qismini qaytarilmaslik sharti 
bilan davlatning ixtiyoriga olish bо‘yicha iqtisodiy munosabatlar - xizmat qiladi. 


Davlat daromadlarining hajmi va tarkibi bilan manipulyasiya qilish vositasida 
umumishlab chiqarish kо‘rsatkichlarining tartibga solish imkoniyati quyidagi ob’yektiv shart-
sharoitlar bilan izohlanadi (tuShuntiriladi). Jismoniy va Yuridik shaxslar ega bо‘lgan va 
о‘zlarining joriy xarajatlari hamda investisiyalarini tо‘lash uchun foydalaniladigan resurslar bir 
qismining davlatlashtirilishi (davlat ixtiyoriga о‘tkazilishi) Yuqoridagi ijtimoiy tizim
sub’yektlarining daromadlilik darajasini kamaytiradi (pasaytiradi) va jami istye’molning tarkibiy 
tuzilmasini о‘zgartiradi. YUqoridagi tartibda davlatlashtirish sosial tabaqalanishning darajasini 
о‘zgartirishga (korryektirovka qilishga) va ishlab chiqarish samaradorligining yetarli darajada 
asoslanmagan past yoki Yuqori chyegaralarini cheklab turishga imkon beradi. Bu narsaga, 
birinchidan, aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, Shuningdyek zararga ishlayotgan yoki 
past rentabelli korxonalarga ma’lum bir imtiyozlarni taqdim etish orqali erishiladi. Ikkinchidan,
ustama daromadlarning bir qismini qarama-qarshi yо‘nalishda yо‘naltirish (byegonalashtirish) 
vositada (masalan, mehnatni rag’batlantirish yoki myeros sifatida о‘tadigan mol-mulk, yoki 
mahsulotlar bahosi sog’lom faoliyat uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlardan Yuqori bо‘lgan 
daromadlarning shakllanishiga olib kyelsa) qо‘lga kiritish mumkin. 
Umumiy tarzda, davlat daromadlarining olinishini quyidagilarga ta’sir etishi mumkin 
dyeb, ajratib kо‘rsatsa bо‘ladi: 

baholarni shakllantirishga (bu, asosan, egri (bilvosita) soliqlar); 

ishlab chiqarish xarajatlariga (mol-mulkning qiymatidan, istye’mol fondidan olinadigan 
soliqlar, sosial xarakterdagi nobyudjet fondlarga ajratmalar); 

jamg’armalar hajmiga (investision imtiyozlar); 

bandlilik va shaxsiy istye’molga (mehnat haqi fondidan olinadigan soliqlar, aholi 
bandlik fondiga ajratmalar va h.k.lar). 
YUqoridagilardan tashqari, davlat daromadlari kо‘rinishlari va ularni undirish 
mexanizmlarining xilma-xilligi davlatga ma’lum bir tovarlar va xizmatlarga bо‘lgan talabni 
maqsadli yо‘nalishda tartibga solish, eng samarali texnologiyalar, import mahsulotlari va 
h.k.larni tanlashga imkoniyat beradi. Ma’lumki, zamonaviy davlatlarning kо‘pchiligida 
markazlashtirilgan pul oqimlarining katta qismi soliqlar yordamida shakllantiriladi. Ular umumiy 
darajasining global pasaytirilishi sof daromadlar, talab, bandlikning oshishiga olib kyelsa, 
tadbirkorlik tashabbusini faollashtirsa, ularning oshirilishi esa bozor kon’Yunkturasini 
“muzlatish”ning ishonchli vositasidir. 
Soliqlarning har bir konkryet turi sosial-iqtisodiy jarayonlarni tartibga kyeltirishning 
tabaqalashtirilgan yо‘nalishiga ega. Masalan, sosial-madaniy soha xо‘jalik hisobidagi
muassasalarining soliqlardan ozod qilinishi yoki ularga kо‘pgina soliq imtiyozlarining taqdim 
etilishi jamiyatning madaniy-ma’rifiy salohiyatini oshirishga, uning axloqiy sog’lig’ining 
mustahkamlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin. Aholi daromadlari va mol-mulkini soliqqa 
tortishda sosial yо‘naltirilganlikning kuchaytirilishi ( soliq bazasi va soliq stavkalarining kо‘p 
bolali oilalar, nogironlar va faxriylar uchun kamaytirilishi), о‘zining mohiyati jihatidan Shu 
maqsadlar uchun davlat xarajatlarining kо‘paytirilishini anglatib, jamiyat tuzumining sosial 
barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Korporasiyalar taqsimlanmagan foydasi va aksiya egalariga tо‘lanadigan dividyentlarni 
soliqqa tortishda tabaqalashtirilgan holda yondoshish, ularning foydasidagi nisbatni о‘zgatiradi. 
Ularning birinchi qismiga tyegishli bо‘lgan stavkalarning kamaytirilishi va bir vaqtning о‘zida 
ikkinchi qismining Yuqoriroq stakalarda soliqqa tortilishi о‘z-о‘zini Moliyalashtirishning 
imkoniyatlarini oshiradi, uzoq muddatli istiqbolda esa hatto, kompaniya haqiqiy egalari 
tarkibining о‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Agar korporasiya taqsimlanmagan foydasiga 
nisbatan soliqlar oshirilsa va dividyentlarga nisbatan ular kamaytirilsa, tyeskari vaziyatning 
vujudga kelishi kuzatiladi. Mehnatga mо‘ljallangan xarajatlarning Yuqori darajada soliqqa 
tortilishi ishlab chiqarish kapital sig’imining oshirilishini foydali qilib qо‘ysa, korxona mol-
mulkiga nisbatan soliqlarning о‘sishi esa xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlarni kapital texnikaviy 
tuzilishining pasaytirilishi tomon yetaklaydi. 


Davlat boji bitimlarning sodir bо‘lishidan manfaatdor bо‘lgan u yoki bu shaxslar uchun 
Yuridik xizmatlarning mumkinligini tartibga solishga imkon beradi. Bojxona bojlari esa milliy 
va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Ular oshgan 
paytda tovarlar qimmatlashadi va tashqi savdo aylanmasi qisqaradi. Va aksincha, ularning 
pasaytirilishi va bekor qilinishi tashqi savdoning kengayishiga, baholar о‘sishining
syekinlaShuviga, ichki va dunyo bozorlarida raqobatning kuchayishiga olib kyeladi. 
Davlat foydasiga mablag’larni olish (undirish) va soliq tо‘lovchilar xulq-atvorining 
motivasiyasi о‘rtasidagi sababiy-oqibat aloqalarini (bog’liqlikni) tahlil qila turib, shartli- doimiy 
(qat’iylashtirilgan) va shartli-о‘zgaruvchan soliqlar tо‘g’risida tо‘xtalib о‘tmaslikning sira iloji 
yо‘q. Birinchi guruhga kiruvchi soliqlarning (korxonaning mol-mulkidan olinadigan soliqlar,
yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan Shug’ullanadigan shaxslardan olinadigan qat’iy soliq va 
boshqalar) iqtisodiy tavsifi tannarxning shartli-doimiy xarajatlari bilan bir xildir, ya’ni ularning 
miqdori ishlab chiqarish va sotuvning darajasiga bog’liq emas. YUridik shaxslar zimmasiga 
Yuklangan jami soliq Yukidagi ularning salmog’i faoliyat hajmining о‘sishiga proporsional 
ravishda pasayadi. Bu, bir tomondan, zararga ishlayotgan ishlab chiqarishlarning vayron 
bо‘lishini tyezlatsa, ikkinchi tomondan, hayotuvchan syektorga qо‘shimcha erkinlik va afzallik 
ato etadi, ishbilarmonlik faolligi va kapitallarning kam samarali qо‘llanilayotgan sohalardan 
Yuqori samarali qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan sohalarga oqib о‘tishini rag’batlantiruvchi omilga 
aylanadi. Bundan tashqari, qat’iy soliqlarning undirilishi konkryet ishlab chiqaruvchilar 
iqtisodiy faoliyatining natijalariga bog’liq bо‘lmaganligi uchun Davlat byudjeti daromadlari 
ma’lum bir qismining tо‘ldirilishini kafolatlaydi. 
SHakllangan kapital strukturasiga nisbatan pul mablag’larini shartli-о‘zgaruvchan 
tartibda umumdavlat fondiga olinishi konsyervativ bо‘lsa-da, biroq bu narsa soliq 
tо‘lovchilarning ish faolligi bilan tо‘g’ridan-tо‘g’ri bog’langandir. Takror ishlab chiqarish 
sub’yektlarining faoliyati qancha samarali bо‘lsa, ulardan olinishi (undirilishi) lozim bо‘lgan 
shartli-о‘zgaruvchan soliqlarning (masalan, foydadan olinadigan soliqning miqdori) о‘lchami 
Shuncha Yuqori bо‘ladi. Agar bu soliqlarni undirish mexanizmi tadbirkorlik tashabbusining 
dyeyarli bil xil yoki proporsional darajadagi Yuklamasini ta’minlashga imkon bersa (boshqacha 
sо‘zlar bilan aytganda, davlat oldida soliq tо‘lovchilar majburiyatlarining nisbiy tyengligiga 
erishilsa), u holda bu narsa, shak-Shubhasiz, sosial qarama-qarshiliklarni va bosimni 
Yumshatadi. Shunday qilib, Yuqorida bayon qilinganlardan kо‘rinib turibdiki, davlat 
daromadlari va davlat xarajatlari Moliya mazmunini namoyon etuvchilar sifatida iqtisodiyotda 
va sosial sohada sodir bо‘layotgan jarayonlarga juda kuchli ta’sir о‘tkazib, ularning dinamikasi 
va yо‘nalishini keskin о‘zgartirib Yuborishi mumkin. 
Shu yerning о‘zida byudjet yordamida tartibga solish (makro- va mikrokо‘rsatkichlarga 
faqat markaziy byudjet daromadlari va xarajatlarining komplyeks siyosatini о‘zgartirish orqali) 
Moliyaviy tartibga solishning barcha sohasini qamrab olaolmaydi. CHunki taqsimlash va qayta 
taqsimlashda Moliya tizimi har bir fondining ta’siri tartibga soluvchi bо‘lishi kerak. Xususan,
hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda nobyudjet va maxsus fondlar birgalikda markaziy 
byudjetlar hajmining 1/3 qismidan ½ qismigachasini tashkil etmoqda. Bundan tashqari, bu 
yerda yana ikkita muhim yо‘nalishlar ham mavjud. Bular byudjet defisitining tarkibiy 
tuzilmasini shakllantirish va byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishdir. 
Dyemak, takror ishlab chiqarish paramyetrlarini о‘zgartirish (korryektirovka qilish) 
maqsadida Moliyaviy munosabatlarning barcha aspyektlaridan (yо‘nalishlaridan) foydalanish 
bо‘yicha davlat tomonidan tashkil qilinadigan faoliyatga sosial-iqtisodiy jarayonlarni Moliyaviy 
tartibga solish deyiladi. U kishilik jamiyatining tabiiy taraqqiyoti natijasida dunyoga kyelgan
hamda iqtisodiyot va sosial soha sog’lom faoliyat kо‘rsatishining ajralmas qismi (sharti) 
hisoblanadi. Moliyaviy tartibga solishning sub’yekti davlat tuzilmalari bо‘lsa, uning ob’yekti 
ijtimoiy tizim ishtirokchilarining daromadlari va xarajatlaridir. 
Makro- va mikrodarajada jamiyat ehtiyojlarining maksimal qondirilishini ta’minlaydigan 
jamg’armalarni taqsimlashning prorporsiyalarini о‘rnatish Moliyaviy tartibga solish jarayonida 
yechiladigan asosiy vazifa hisoblanadi. Bu narsa shaxsiy, jamoa va ijtimoiy manfaatlar, 


qadriyatlar va boyliklarning oqilona inobatga olinishini kо‘zda tutadi va samarali ishlayotgan 
bozor mexanizmi bilan davlatning ta’siri tizimini qо‘shish muammolarining Moliyaviy 
aspyektini (yо‘nalishini) aks ettiradi. 
Bozor hо‘jaligining Moliyaviy ryegulyatorlariga (tartibga soluvchilariga) quyidagilar 
kiradi: 

byudjetga soliqli va nosoliqli tо‘lovlar; 

Moliyaviy imtiyozlar va sanksiyalar; 

byudjet tashkilotlarining ekspluatasion xarajatlari; 

umumiy va maqsadli subsidiyalar, Shu jumladan, davlat buYurtmalarini tо‘lashga 
mо‘ljallanganlari; 

nobyudjet fondlarning daromadlari va xarajatlari; 

davlat korxona va tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari. 
Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishga tartibga solishning quyidagi kо‘rinishlari (shakllari) xos: 

tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita); 

egri (bilvosita); 

aralash. 
Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishning tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) tartibga solish shakli 
quyidagilar orqali namoyon bо‘ladi: 

tо‘g’ri (bevosita) umumdavlat soliqlarini undirish yordamida; 

taraqqiyot byudjetidan xarajatlarni Moliyalashtirish jarayonida; 

byudjet va markazlashtirilgan nobyudjet fondlarga soliqlar va tо‘lovlar stavkalarini 
oshirilgan yoki kamaytirilgan tarzda qо‘llash yо‘li bilan; 

davlat xarajatlarining normativlari о‘lchamini о‘zgartirish orqali; 

Moliyaviy intizomni buzganligi uchun jarimalar, pyenyalarni undirish natijasida. 
Bularning barchasi, о‘z navbatida, takror ishlab chiqarish sub’yektlari daromadlarining 
darajasini va bozor kon’Yunkturasini tо‘g’ridan-tо‘g’ri (bevosita) о‘zgartiradi. 
Tartibga solishning egri (bilvosita) shakllari о‘z ichiga quyidagilarni oladi: 

davlat tomonidan egri (bilvosita) soliqqa tortish; 

davlat joriy xarajatlarini amalga oshirish. 
Moliyaviy ta’sir kо‘rsatishning aralash shakllari orasidan quyidagilarni alohida ajratib 
kо‘rsatish mumkin: 

mahalliy soliqlar; 

byudjetga nosoliqli tо‘lovlar tizimi; 

faoliyatning alohida turlari va tadbirlarni imtiyozli soliqqa tortish va imtiyozli 
Moliyalashtirish; 

davlat korxonalari va tashkilotlari fondlari hamda markazlashtirilmagan nobyudjet 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish normativlari. 
Davlat daromadlari va davlat xarajatlarining konkryet turlari, ularni jalb (mobilizasiya)
qilish va taqdim etish myetodlari masalaning tashkiliy tomonlari bilan birgalikda Moliyaviy 
tartibga solishning usullarini о‘zida mujassam etadi. Mablag’larni undirish (olish) va 
Moliyalashtirishni taqdim etishning konkryet prinsiplari bunday ta’sirning xarakterini aniqlab 
beradi. Va nihoyat, Moliyaviy qonunchilik va hokimiyatning vakolatli organlari Moliyaviy 
tartibga solishni amalga oshirish uchun tashkiliy imkoniyatlarni ta’minlaydi. Moddiy ishlab 
chiqarish sohasida yaratilgan qiymatni taqsimlash jarayoniga kirib borib, davlat Moliyasi 
markazlashtirilmagan pul fondlarini shakllantirishga ham faol ta’sir kо‘rsatadi. Bu narsa, о‘z 
navbatida, mablag’larning individual doiraviy aylanishini ta’minlashga sharoit yaratib beradi. 
Oxir oqibatda Moliyaviy tartibga solish, davlatning ta’sirini ta’minlashning boshqa 
shakllari (foizning darajasi, bojxona bojlarining darajasi, davlat korxonalari mahsulotining 
bahosi, valYuta kursi, pul massasining hajmi va tarkibiy tuzilmasi, ma’muriy-qonunchilik 
faoliyati va boshqalarga ta’sir kо‘rsatish) bilan birgalikda asosiy makroiqtisodiy kо‘rsatkichlar 
dinamikasida ijobiy о‘zgarishlar bо‘lishini ta’minlashi mumkin. Biroq, amaliyotda bu narsaning 


sodir bо‘lishi ancha murakkab bо‘lib, u chuqur va har tomonlamali nazariy ishlanmalar va
murakkab matyematik hisob-kitoblarga asoslanishni talab qiladi. Bu sohada bunday komplyeks 
tadqitqotlarning mavjud emasligi, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib kyeladi. Bu yerda “baxtli 
bilyet”ning tasodifan tanlanishi (topilishi) mutlaqo mumkin emas. Shuningdyek, “myetod” 
sifatida Moliyaviy tartibga solishning cheklangan ekanligini ham e’tibordan chyetda 
qoldirmaslik kerak. YAIMning hajmi va о‘sish sur’atlari; davlat undirmalarining iqtisodiy 
jihatdan yо‘l quyilishi mumkin bо‘lgan maksimal darajasi; boshqa “aralash” ryegulyatorlarning 
ta’siri; ijobiy samaraning majburiy sharti sifatida siyosiy barqarorlik va puxta о‘ylangan umumiy 
iqtisodiy stratyegiyaning (joriy va uzoq muddatli) mavjudligi kabilarni,bu о‘rinda, ana Shunday 
ob’yektiv cheklanmalar (cheklovchilar) qatoriga kiritish mumkin. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish