Moddiy ishlab chiqarish asoslari


-BO‘LIM. SANOAT ISHLAB CHIQARISHI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI



Download 1,05 Mb.
bet13/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

2-BO‘LIM. SANOAT ISHLAB CHIQARISHI VA UNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI


2.1. Sanoat tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish asoslari

Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy manbai hisoblanadi. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog‘i bo‘lib, sanoatning hududiy joylashishini, turli davlatlar va rayonlarda sanoatning joylashish qonuniyatlarini, sharoitini va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi.


Sanoat geografiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: sanoat rivojlanishiga sezilarli ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash, sa­noat rayonlari, tugunlari va markazlarining shakllanish omillarini o‘rganish, ayrim sanoat tarmoqlarining holatiga va joylashishiga ta’sir etadigan texnik-iqtisodiy sharoitni tadqiq qilish, tarmoqlararo va rayonlararo aloqalarni o‘rganish, mamlakat xalq xo‘jaligida va iqtisodiy rayonlar shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini aniqlash. Har qanday mamlakat sanoatining asosini industirlashtirish darajasi tashkil qiladi.
Industirlashtirish deganda ishlab chiqarishning hamma tarmoqlarida fan va texnikaning yutuqlaridan foydalanib, zamonaviy korxonalar qurib, rivojlangan sanoatni tashkil qilish tushuniladi. Industirlashtirish muayyan tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga va xalqaro vaziyatga bog‘liq.
Dastlab industirlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industirlashtirish to‘qimachilik sanoatida qo‘l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og‘ir sanoatni industirlashtirish amalga oshirildi. AQSH, Germaniya va boshka davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to‘qimachilik sanoatini industirlashtirishdan tezlik bilan og‘ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar.
Sanoatni (sanoat ishlab chiqarishini) tashkil qilishning asosiy shakllari (mujassamlashuv, kombinatlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlashuv). Endi sanoatning tarkibiy qismlari va tuzilishini ko‘rib chiqamiz.
Sanoat tarmoqlarini ular ishlab chiqaradigan mahsulot xususiyatiga ko‘ra, ya’ni mahsulotning iqtisodiy jihatdan bir maqsadga javob berish belgisiga qarab ikki guruxga bo‘lishadi, og‘ir va yengil sanoatga. Og‘ir sanoat asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqlardan iboratdir, ya’ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jihozlar va hokazolar) va mehnat predmetlari (xomashyo, yoqilg‘i va hokazolar) ishlab chiqariladi.
Og‘ir sanoat mehnat predmetlarini (foydali qazilmalar, gidroenergiya resurslari) tabiatdan oladi. Shuning uchun uning katta qismini undiruvchi sanoat tarmoqlari tashkil qiladi. Uning qolgan katta qismini esa ishlov berish sanoati tarmoqlari (qora va rangdor metal­lurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika va hokazolar) tash­kil qiladi.
Og‘ir sanoatda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish («A» gurux.) bilan birga iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi («B» gurux.). Shuning uchun og‘ir sanoat mahsulotlari faqat sanoatda emas, balki aholining kundalik turmushida ham ishlatiladi.
Engil sanoat ijtimoiy ishlab chiqarishning ikkinchi bo‘limiga («B» gurux.) kiruvchi keng xalq iste’mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlar guruxidan iborat. Asosiy tarmoqlari: ip-gazlama, zig‘ir, jun, trikotaj, teri, poyabzal, mo‘ynachilik, mebel, galanteriya va boshqalar.
Masalan, yuqoridagilarga qo‘shimcha holda sanoat guruxlarini yoritadigan bo‘lsak, sanoat ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan asoslangan holda tahlil etish va rejalashtirish, uning samaradorligini aniqlash va boshqarish uchun tarmoqlarni tasniflash, ya’ni ma’lum guruxlarga ajratish A.Ortiqovning “Sanoat iqtisodiyoti” o‘quv qo‘llanmasida ham berilgan va u quyidagicha ifodalangan.
Sanoat tarmoqlarini guruxlashda asosiy e’tibor tayyorlanadigan mahsulotning iqtisodiy mazmuniga qaratiladi. Mahsulotning iqtisodiy jihatdan bir maqsadga javob berishi belgisiga qarab, sanoat ikki yirik guruxga bo‘linadi: Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi (“A“ gurux), iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi (“B“ gurux) turlarga bo‘linadi.
Ma’lumki, deyarli barcha sanoat tarmoqlarida ham ishlab chiqarish vositalari, ham iste’mol buyumlari sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar tayyorlanadi. SHu sababli rejalashtirish va hisob-kitob yuritishda ba’zi bir sanoat tarmoqlari “A“ yoki “B“ guruxga kiritilishi mumkin. Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi. Sanoatning bunday ikki qismga bo‘linishi ishlab chiqarish aloqalarini ko‘rsatishga, material va yoqilg‘i-energetika resurslarini, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni asoslab berishga imkon yaratib beradi.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish