1.4. Ishlab chiqarishni joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar
Jamiyatni inqilobiy qurish, tub iqtisodiy islohat ishlab chiqarishni tashkil qilish, turli shakllarini uyg‘unlashtirish, kooperativ harakatini kuchaytirishning yangi shakllarini izlab topishni taqoza etadi. Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish, iqtisodiyotni davlat tasarrufidan holi qilish, ishbilarmonlikni rivojlantirish va bozor munosabatlari rivojiga ko‘maklashadigan boshqa tadbirlar iqtisodiyot samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Amalga oshirilishi xalq xo‘jaligi iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini yuksaltiradigan eng muhim vazifalardan biri sifatida hozirgi bosqichda boshqarishni mahalliylashtirish, respublikalar boshqaruv organlarining umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini o‘tkazishda birga harakat qilishini yo‘lga qo‘yish, shuningdek muhim xalq xo‘jalik dasturlarida birga ishtirok etish tadbirlarini tizimini alohida ta’kidlash kerak.
Iqtisodiyot samaradorligini oshirishning eng muhim vazifalarini hal etish ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish, ijtimoiy vazifalar echimini topish, boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida esa aholini ijtimoiy himoya qilishning zarur shart-sharoitlarini yaratish va xalq turmushi darajasini oshirish muammolari bilan bog‘liqdir.
Mehnat taqsimotining chuqurlashishi va kengayib borishi ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘langan hamda shartlangan holda kechuvchi ob’ektiv jarayon bo‘lib, ko‘p darajada uning tabiiy sharoitlari bilan-turli xil tabiiy boyliklar mavjudligi bilan belgilandi.
Ana shu tabiiy boyliklarning makoniy tarqoqligi hududiy mehnat taqsimotining eng asosiy belgilovchi omillaridan biri tarzida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchining (ishlab chiqarishning) rivojlanishi ishlab chiqarish unsurlarini, mehnat qurollarini, mehnat ashyolarini va jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo‘lgan aholini makoniy joylashtirish bilan birga kechadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish muayyan iqtisodiy sharoitlar hamda avvalo ishlab chiqarish usuliga bog‘liq turli xil qonunlar bilan boshqariladigan yagona jarayon tarzida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar joylashuvi qonuniyatlari, o‘z navbatida, mazkur qonuniyatlarning aniq rejali amaliyotida ro‘yobga chiqarilishidan iborat joylashtirish prinsiplarining nazariy asosi xizmatini o‘taydilar.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish quyidagi prinsiplar (tamoyillar) bilan belgilanadi:
-Ishlab chiqarishni barcha respublika va iqtisodiy rayonlar ishlab chiqarish apparati, tabiiy hamda mehnat rezervlaridan eng samarali foydalanish vazifalariga muvofiq ravishda rejali va kompleks joylashtirish;
-Barcha respublika va xalqlarning tengligi hamda o‘zaro yordami asosida iqtisodiy rayonlar o‘rtasida ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlantirish:
-Ishlab chiqarish va xom ashyo hamda mahsulotni tashishni oqilonalashtirishning barcha bosqichlarida ijtimoiy mehnatni tejash maqsadida sanoatning tegishli tarmoqlarini xom ashyo manbalariga yaqinlashtirish:
-Respublika va iqtisodiy rayonlar xo‘jaligini sanoat hamda qishloq xo‘jaligining ular taraqqiyoti uchun eng qulay tabiiy va iqtisodiy sharoitlar mavjud bo‘lgan tarmoqlariga ixtisoslashtirib, kompleks rivojlantirish;
-Barcha respublika va iqtisodiy rayonlash iqtisodiy taraqqiyoti darajalarini baravarlashtirish;
-Iqtisodiy rayonlash va mintaqalar o‘rtasida ham ular ichida ham xalq xo‘jaligini hamda hududiy-ishlab chiqarish aloqalarini iqtisodiy jihatdan eng oqilona tashkil etish;
-Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishda mamlakat mudofa qudratini mustahkamlash talablarini hisobga olish;
-Bozor iqtisodiyoti sharoitida shahar bilan qishloq o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarni tugatish va muhim tafovutlarni bartaraf etish;
-Bozor iqtisodiyoti davrida qoloq rayonlarni iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini tezlashtirish.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishni oqilonalashtirish muammosining qo‘yilishi umumiy qonuniyatlar va prinsiplarni ta’riflash bilan birga joylashtirishni belgilab beruvchi eng muhim omillar hamda shart-sharoitlarni ajratishni ham ko‘zda tutadi.
Bizga ma’lumki, xom ashyo (xom materiallar)-oldindan mehnat ta’siriga uchragan va yanada qayta ishlashga muhtoj bo‘lgan mehnat mahsulotlari (masalan qazib olingan ruda va hokazo). Xom materiallar-sanoatda hali qayta ishlanmagan mehnat predmeti (ko‘mir, neft, ruda, paxta, jun va hokazo)
Eng muhim o‘ziga xos omillarga tabiiy sharoitlar, mehnat resurslari, ishlab chiqarishning texnika darajasi va fan-texnika taraqqiyotining sur’atlari, ishlab chiqarishni ijtimoiy tashkil etishning shakllari, energatika va transport sharoitlari, infratuzilma hamda aglomeratsiya kiradi.
EHM dan foydalanish bilan bog‘liq hozirgi mintaqaviy tadqiqotlar omillarning juda keng doirasini tahlil sohasiga kiritish imkonini beradi. CHunonchi, Amerikaning «Jeneral elektrik» kompaniyasi joylashtirish joylarini aniqlashda quyidagi 3 ta guruxga birlashtirilgan 187 ta omil hisobini olib boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |