Oddiy moddalar – bir xil element atomlaridan hosil bo’lgan moddalar: Cl2, Cu, P4, He, S…
Murakkab moddalar - har xil element atomlaridan hosil bo’lgan moddalar: H2SO4, H2O, NaOH …
ODDIY MODDALAR
Oddiy moddalar tarkibiga ko’ra bir atomli ( Al, Fe, Cu, Au, Na…), ko’p atomli (Cl2, F2, H2, O2, O3, S8, P4…), agregat holatiga ko’ra qattiq (Mg, Ca, Al, Fe, S, P, I2… ), suyuq (Br2, Hg, Fr…), va gazsimon (H2, O2, F2, Cl2, N2, He…) bo’ladi. Oddiy moddalar metallar va metalmaslarga bo’linadi.
Metallar – bolg’alanuvchan, yaltroq, elektr va issiqlikni yaxshi o’tkazuvchi, qattiq, plastik, tashqi kuch ta’sirida shaklini o’zgartiruvchi va ta’sir to’xtatilsa, shu shaklini saqlab qoluvchi moddalardir. Davriy sistemada 96 ta metal mavjud.
Metalmaslar – gazsimon, suyuq yoki kristall holatlarda bo’ladi, issiqlik va elektr tokini yomon o’tkazadi yoki umuman o’tkazmaydigan, bolg’alanmaydigan va yaltroq bo’lmagan moddalardir. Davriy sistemada 22 ta metalmas mavjud. Bular; Atomar holatda gaz: Inert ya’ni nodir gazlar - He, Ne, Ar, Kr, Xe, Rn (malekula va atom tushunchasi bir xil) Malekulyar holatda gaz: H2, N2, O2,F2, Cl2 Suyuq holatda: faqat Br2 Qattiq holatda; B, C, Si, P, S, As, Se, Te, At2, I2 Metalmaslar tabiatda oddiy moddalar shaklida va turli birikmalar tarkibida uchraydi. Kosmosda vodorod va geliy eng ko’p tarqalgan metalmaslar bo’lsa, Yer qobig’ida ( massa jihatdan ) kislorod (47%) va kremniy ( 29,5%) eng ko’p tarqalgan metalmas hisoblanadi.
Davr - ishqoriy metallar bilan boshlanib inert gazlar bilan tugovchi gorizantal qatorga aytiladi. Davriy sistemadagi - tartib raqami = protonlar soniga = elektronlar soniga, davrlar esa elementlardagi elektron qobiqlar soni, element massasi esa o’rtacha nisbiy atom massa hisoblanadi. Davriy sistemadagi elemntlarning davrlarda tartib raqami ortishi bilan metallik xossasi kamayib, metalmaslik xossasi kuchayib boradi. Guruppalarda esa tartib raqami ortsa, metallik xossasi kuchayib, metalmaslik xossasi kamayib boradi. Demak.
Eng aktiv metalmas – F2, O2
Eng passiv metalmas – Si
Eng aktiv metal – Fr, Cs Suyuq metal - Hg, Fr
Eng qattiq metal – Cr
Eng yengil metal – Li
Eng og’ir metal – Os
Eng qimmat metal – Os
Eng yengil (eng katta diffuziya tezligiga ega) gaz – H2
|
Eng ko’p tarqalgan metal – Al, Fe
Eng ko’p tarqalgan metalmas – O2, Si Eng oson suyuqlanadigan metal – Cs(28⁰ ),Ga va Ge (28,6⁰)
Eng qiyin suyuqlanuvchi metal – W
Eng yaxshi elektr o’tkazuvchi metallar- Ag, Au, Cu
Eng ko’p birikma hosil qiluvchi - H2
Koinotda eng ko’p tarqalgan - H2
Eng yaxshi issiqlik o’tkazuvchi - H2
|
Do'stlaringiz bilan baham: |