Indeks
koeffitsient
Valentlik – ayni bir element atomining boshqa bir elament atomini biriktrib olish qobilyati.Valentlik ( lotinchadan ma’nosi ,,kuch” degani) tushunchasini 1853 – yilda Eduard Franklend fanga kiritgan. Elementlarning valentliklari o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’ladi
Guruh__1_valentli__Cu-1,_2_va_Au-1,_3'>Guruh
|
1 valentli
|
Cu-1, 2 va Au-1, 3
|
Guruh
|
2 valentli
|
Hg-1 ,2 valentlik
|
Guruh
|
3 valentli
|
Tl-1, 3 valentlik
|
Guruh
|
2 va 4 valentli
|
C-3, 4 valentlik
|
Guruh
|
1, 3 va 5 valentli
|
N2 – 2, 3, 4 valentlik
|
Guruh
|
2, 4 va 6 valentli
|
O2-2, 3(faqat CO da 3 valentlik),Cr va Mo – 2, 3, 4, 6 valentlik
|
Guruh
|
1, 3, 5 va 7 valentli
|
F2- faqat 1, Mn- 2, 3, 4, 6, 7 valentlik
|
Guruh
|
2, 4, 6 va 8 valentli
|
Fe, Co, Ni- 2, 3 valentlik
|
MODDANING AGREGAT HOLATLAR
Moddalar 3 xil agregat holatda uchraydi.
Gaz aniq bir hajmiy o’lcham va shaklga ega emas. . Uni qanday idishga solinsa, o’sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi. Kichik idishga solish uchun gaz siqiladi, katta idishda esa gaz kengayib, shu idishning butun hajmini egallaydi. Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha katta bo’ladi.
Suyuqlik o’z shakliga ega emas, uni qanday idishga solinsa o’sha idish shaklini oladi, idishning butun hajmini egallash uchun suyuqlik gazlar kabi kengaymaydi. Suyuqlik aniq hajmiy o’lchamga ega bo’ladi. Uni siqish amalda qiyin.
Qattiq modda gaz va suyuqlikdan farq qilib, mexanik mustahkamlikka, aniq hajmiy o’lcham va shaklga ega.
Diffuziya – bir modda molekulalarining boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi. Masalan: Qandning suvda erishi yoki hidning havoda tarqalishi.
HODISA
Tabiatda sodir bo’ladigan har qanday o’zgarish hodisa deyiladi. Hodisalarning turi ko’p. Biz uchun muhimi 2 ta:
Fizikaviy hodisa
Kimyoviy hodisa
1.Fizikaviy hodisa
Moddaning tarkibi o’zgarmasdan sodir bo’ladigan hodisalar fizikaviy hodisalar deyiladi. Masalan: suvning bug’lanishi, qaynashi, muzlashi, shishaning suyuqlanishi yoki sinishi, yirik toshning maydalanishi, temirning bolg’alanganda shaklining o’zgarishi, J2 ning sublimatlanishi, yog’ning qotishi, havoni sovutib kislorod olish, sementning qum bilan aralashishi, qrovning tushishi, simning cho’zilishi kabilar.
Sublimatlanish – moddalarning qattiq holatdan to’g’ridan to’g’ri suyuqlanmasdan gaz holatga o’tish hodisasidir. Sublimatlanish quyidagi moddalarda kuzatiladi: ,,quruq muz” – CO2, yod va naftalin.
Fizikaviy hodisalarda:
Modda yoki jismning alohida xossalari: moddaning agregat holati, shakli, hajmi, joylashish holati o’zgaradi.
Molekula va atomlar saqlanib qoladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, yangi moddalar hosil bo’lishiga olib keluvchi ba’zi jarayonlar ya’ni yadro reaksiyalari fizikaviy hodisa hisoblanadi va ularni yadro fizikasi o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |