Mirziyoevning mamlakatimizni


mavzu. “Trastbank” XABning kredit siyosati va kredit turlari. Kredit shartnomasini



Download 13,91 Mb.
bet12/17
Sana10.06.2022
Hajmi13,91 Mb.
#653180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Ibroximova hisobot-конвертирован

mavzu. “Trastbank” XABning kredit siyosati va kredit turlari. Kredit shartnomasini


mazmun va moxiyati.
Trastbank tomonidan mijozlarga iste’mol krediti, avtokredit, mikroqarz , onlayn mikroqarz hamda tijorat kreditlari berib kelinmoqda. Shulardan Mikroqarz kreditini moxiyati va axamiyati xaqida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Mikroqarz moliyaviy muammolarni hal qilishning zamonaviy ko‘rinishidir.
Mikroqarz - O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasiga ko‘ra o‘z harakati bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati hamda mikroqarz shartnomasi muddatida mikroqarz va uning foizlarini qaytarish uchun yetarli daromadga ega bo‘lgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarga iste’mol ehtiyojini qondirish uchun mo‘ljallangan tovarlar, xizmatlar va boshqalar sotib olish uchun 12-24 oy muddatga milliy valyutada filialda ochilgan plastik karta orqali yoki naqd pul ko‘rinishida ajratiladi.
Kutilmagan moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelganda, mikroqarz kabi kredit mahsulotlar turi qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun iste’molchiga pul mablag‘larini tez va oson olish imkonini beradi.
Mikroqarzlar banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan to‘lovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
Mikroqarzning miqdori qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, ammo 50 mln. so‘mdan oshib keta olmaydi. Mikroqarz O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida naqd yoki bank kartasiga nadq pulsiz ko‘rinishda taqdim etiladi. Shu bilan birga, bank kartasi debet yoki kredit kartasi bo‘lishi mumkin.
Naqd pulsiz shaklda olingan mikroqarz, bank kartasidan foydalanish orqali tovar, ish va xizmatlar uchun to‘lash imkonini beradi. Bank tomonidan bank kartasiga mablag‘larni o‘tkazish orqali beriladigan mikroqarzning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

  • har bir kishi uchun uning o‘rtacha oylik daromadi, kredit tarixi, va boshqa omillar asosida alohida hisoblanib bank tomonidan belgilangan limit doirasida taqdim etiladi;

  • foizlar ruxsat etilgan limit emas, faqat haqiqatda ishlatilgan mablag‘lar bo‘yicha hisoblanadi;

  • qarzning o‘z vaqtida qaytarilishi kredit xizmatini qayta tiklash imkonini beradi.

Mikroqarzning limiti debet kartasi uchun overdraft shaklida ochilishi mumkin, bu uning egasiga o‘z va qarz mablag‘larini ishlatish imkonini beradi, ya’ni kartada mavjud bo‘lgan mablag‘lardan oshadigan summa hamda qarz oluvchining o‘z mablag‘larini akkumulyatsiyalash (to‘plash)ni o‘z ichiga olmaydigan kredit kartalari uchun ham ochilishi mumkin. Overdraft banklar tomonidan chiqarilgan debet kartalariga asosan ish haqini to‘lash yoki pensiyani o‘tkazib berish uchun beriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi bank kreditlaridan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy tizim sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotga oson va tezroq erishadilar.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy (strukturaviy) o’zgarishlar, eng avvalo bank tizimi bilan bevosita bog’liq bo’lib kelmokda. Chunki
respublikamizda rejalashtirilgan investitsiya programmasini amalga oshirishda o’tish davriga xos bo’lgan moliyaviy resurslarning chegaralanganligi sezilmokda. Shuning uchun ham bank kreditlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan jumladan ipoteka kreditidan foydalanish ham muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda.
Trastbankda kreditlarini berish bosqichlari: Birinchi bosqich - Mikroqarzning summasi 25,0 mln so‘mgacha:

  • doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs kafilligi;

  • sug‘urta ta’minoti;

  • ko‘chmas mulk garovi;

  • transport vositasi garovi;

Mikroqarzning summasi 25,0 mln so‘mdan yuqori bo‘lganda:

  • ko‘chmas mulk garovi;

  • transport vositasi garovi;

Ikkinchi bosqich - ariza to’ldirish, hujjatlarni kredit xodimlarining o’rganib chiqishi, kredit komissiyasining qaror qabul qilishi;.(4-jadval)
Uchinchi bosqich - kredit shartnomasi tuzish, bank plastik kartasini ochish; Kafil taqdim qilinmasa, kreditni sug’urtalash.
4-jadval
“Trastbank” XAB Ist’emol va mikroqarz bo’yicha umumiy talablar






Ist’emol krediti

Mikroqarz

Kredit kimlarga beriladi?

Jismoniy shaxslarga

Jismoniy shaxslarga

Kredit miqdori

O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha
miqdorda bo‘lsa

50 000 000 so’mgacha

Kredit muddati

12 oydan 24 oygacha

12 oydan 24 oygacha

Kredit taminoti

Uchinchi shaxsning kafilligi.

  • doimiy ish joyi va daromad manbaiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs kafilligi;

  • sug‘urta ta’minoti;

  • ko‘chmas mulk garovi;

  • transport vositasi garovi;

Zarur hujjatlar

Pasport

Pasport

Ish joyidan oxirgi davrdagi ijobiy moliyaviy natijalar xaqida
malumotnoma

Ish joyidan oxirgi davrdagi ijobiy moliyaviy natijalar xaqida malumotnoma

Tovar yoki xizmat shartnomasi

Xaridor bilan sotuvchi va auditorlik agentligi o’rtasidagi shartnomalar shartlarni batafsil bayon qilgan holda faqat yozma shaklda tuzilishi kerak. Garov egasining undiruvni garovga quyilgan uy-joy yoki kvartiraga karatishi va bu mol-mulkning sotilishi uy-joy yoki kvartirani sotib oluvchi tomonidan


ushbu binoda birga yashaydigan garov beruvchi va uning oila a’zolarini ko’chirib chiqarish uchun asos bo’la olmaydi, basharti bu uy-joy ular uchun doimiy yashashga yaroqli birdan-bir bino bo’lsa. Boshqa barcha hollarda bevosita sudning ko’chirib chiqarish xaqidagi hal kiluvchi qarorida sanitariya me’yorlariga javob beradigan va ko’chirib chiqarilayotgan shaxs ko’chib o’tishi kerak bo’lgan aholi punkti doirasidagi boshqa uy-joy binosi ko’rsatilishi kerakligini nazarda tutish mumkin.
Shuni aytish kerakki, Bunday shartnomalar amaldagi Bаnk хizmаtlаri istе’mоlchilаri bilаn o’zаrо munоsаbаtlаrni аmаlgа оshirishdа tijоrаt bаnklаrining fаоliyatigа qo’yilаdigаn minimаl tаlаblаr to’g’risidаgi nizоmga hamda qonun hujjatlariga muvоfiq tuzilgan bo’lsagina mutlaqo qonuniy bo’ladi.
Kredit olmoqchi bo’lgan jismoniy shaxs, avvalo, dastlabki harakat turlari bilan tanishib chiqishi
lozim.
AV tomonidan 30.01.2004 yilda 1306-son bilan ro’yxatga olingan MB Boshqaruvining
11.10.2003 yildagi 25/8-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan “Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to’g’risida NIZOM” i tijorat banklari tomonidan kreditlar, depozitlar va qarz mablag’lari, qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha, shuningdek boshqa moliyaviy vositalar bo’yicha foizlarni hisoblash tartibini belgilaydi. Banklar O’zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to’g’risida"gi Qonunining 28-moddasiga muvofiq aktivlar va majburiyatlar bo’yicha mijozlar bilan tuziladigan shartnoma shartlari asosida foiz stavklari, vositachilik to’lovlari miqdorlari, aktivlar va majburiyatlar bo’yicha to’lovlar davri va muddatlarini mustaqil belgilaydilar.
Mazkur maqsadlarda foydalaniladigan ba’zi bir tushunchalar:
real foiz stavkasi - aktivning boshlang’ich balans qiymati bilan tenglashtirish uchun aktivdan foydalanish muddati mobaynida kutilayotgan kelgusidagi pul tushumlari oqimini diskontlash uchun ishlatiladigan foiz stavkasi;
real foiz stavkasi usuli - bu usul diskont yoki mukofotni foizli daromadlar (yoki xarajatlar)ga amortizatsiya qilish yo’li bilan yoki kechiktirilgan foiz to’lovlarini (masalan, har oyda emas, balki har yilda olinadigan yoki to’lanadigan) taqsimlash yo’li bilan aktiv (majburiyat)ning xizmat muddati davomida doimiy foiz stavkasini tan olishga olib keladi;
foizli xarajatlar - bu pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlaridan foydalanganlik uchun xarajatlar. Foizli xarajatlar har qanday diskont yoki qarz qimmatli qog’ozlari yoxud qarz mablag’larining boshlang’ich balans qiymati bilan ularning so’ndirish summalari o’rtasidagi boshqa farqlarning amortizatsiya summasini o’z ichiga oladi;
zararlar - bu bankning odatiy faoliyati davomida yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmasligi mumkin bo’lgan xarajatlar ko’rinishi. Zararlar, masalan, yong’in yoki suv toshqini kabi tabiiy ofatlardan ko’rilgan yo’qotishlarni, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishidan ko’rilgan zararlarni o’z ichiga oladi. Zararlar ta’rifi realizatsiya qilinmagan zararlar, masalan mijozlarning yoki bank ushbu valyutaga o’zlashtirgan depozitlariga nisbatan valyuta ayriboshlash kursining ko’tarilishi natijasida yuzaga keladigan zararlarni ham o’z ichiga oladi.
Foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo’yicha tan olinadi. Xisoblab yoziladigan foizni hisoblashda odatda hisob-kitobga juma, shanba va yakshanbada foizlarni hisoblab yozish uchun 3
kun olinishi lozim.
Har bir oyda hisoblab yoziladigan va aks ettiriladigan foizlar ushbu oyda bank tomonidan sarflangan xarajatlarni aniq aks ettirishi kerak. Hisobot davriga tegishli bo’lgan hisoblab yozilgan foizlarning biror-bir qismini keyingi davrga o’tkazilishiga yo’l qo’yilmaydi. Bank aktivlari bo’yicha foizlarning o’sishi to’xtatilishi va ularni hisobdan chiqarish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Daromad bank tomonidan uning hisobvarag’iga olingan va olinishi lozim bo’lgan iqtisodiy foydaning yalpi tushumlarinigina o’z ichiga oladi.
Kredit bo’yicha foizlar odatda har kuni yillik bazaviy davr - 365 kundan kelib chiqqan holda hisoblab yoziladi. (Kreditlarning muayyan turlari bo’yicha 360 kun bazaviy davr qilib olinadi). Kredit bo’yicha foizlar quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:

so’ndirilmagan qoldiq x foiz stavkasi x amaldagi kunlar soni

365

Hisoblab yozish shartnomada belgilangan foiz stavkasiga asoslanishi lozim.
Kredit bo’yicha foizlarni hisoblab yozish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan aks ettiriladi: Dt 16309 “Kreditlar bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar”;
Kt 41400-44700 “Kreditlar bo’yicha foizli daromadlar ”.
Kredit bo’yicha foizlarning kelib tushishi quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
bankning vakillik hisobvarag’i yoxud mijozning hisobvarag’i; Kt 16309 “Kreditlar bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar”.
Agar mijoz so’ndirish muddati kelgunga qadar kreditni to’liq so’ndirsa, unda bank kredit bo’yicha foizlarni haqiqatda foydalanilgan kunlar uchun hisoblab yozishi lozim.
Depozitlar bo’yicha foizlar har kuni hisoblab yoziladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi yordamida aks ettiriladi (4-ilova):
Dt 50100-51100 Depozitlar bo’yicha foizli xarajatlarning tegishli hisobvarag’i;
Kt 22402 “Talab qilib olunguncha saqlanadigan depozitlar bo’yicha to’lash uchun hisoblangan foizlar”.
Foizlarni mijozga to’lashda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi qayd etilishi lozim:
Dt 22402 “Talab qilib olunguncha saqlanadigan depozitlar bo’yicha to’lash uchun hisoblangan foizlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki
bankning vakillik hisobvarag’i yoxud mijozning depozit hisobvarag’i.
Qarz mablag’lari bo’yicha foizlar har kuni hisoblab yoziladi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi yordamida aks ettiriladi:
Dt 53100 - 54300 Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar va qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo’yicha kreditlar bo’yicha to’lash uchun foizli xarajatlarning tegishli hisobvarag’i;
Kt 22410 “Kreditlar bo’yicha to’lash uchun hisoblab yozilgan foizlar”
Yoki
Kt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lash uchun hisoblangan foizlar”. Foizlarni mijozga to’lashda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi qayd etilishi lozim:
Dt 22410 “Kreditlar bo’yicha to’lash uchun hisoblab yozilgan foizlar” yoki
Dt 22414 “Chiqarilgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha to’lash uchun hisoblangan foizlar”;
Kt 10101 “Aylanma kassadagi naqd pullar” yokibankning vakillik hisobvarag’i yoxud mijozning depozit hisobvarag’i.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni kamaytirish yoki oshirish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi yoki bankning foiz siyosati o’zgargan holda, yangi beriladigan kreditlar uchun foizlar tegishli ravishda qayta ko’rib chiqilishi mumkin.


XULOSA


Ishonchli va barqaror moliya instituti hisoblanuvchi Trastbank iijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, u demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, tashqi va ichki bozorlarda milliy tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirishga ko’maklashmoqda.


Ta’kidlash joizki, bugun mamlakat va jahon moliya-bank tizimida sodir bo’layotgan jarayonlarga tezda moslashish va bank xizmatlari bozorida raqobatning o’sib borayotgan ta’sirini kuzatib turish vah isobga olish zarur.
Shu munosabat bilan, Trastbank faoliyatining eng muhim ustuvor yo’nalishlari bu – me’yoriy- huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, Bankning samarali va faol siyosatini shakllantirish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda bank menejmentining zamonaviy usullarini joriy qilish va rivojlantirish, raqobat ustunliklarini ta’minlovchi choralar ko’rish va boshqalar.
Shuni hisobga olgan holda Trastbankining irivojlanishning quyidagi ustuvor yo’nalishlarini belgiladi:
Mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish;
Korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar ko‘proq birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib olish;
Mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga alohida yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy etish;
mamlakat chakana bozoridagi peshqadamlikni saqlab qolish;
Investitsiya dasturini, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlatga maksimal darajada yordam berilishini, respublikamiz eksporti qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
Mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining muvozanatli holatini ta’minlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish;
Resurs bazasini diversifikatsiyalash, jumladan bunda tashqi moliyalashdan foydalanish;
Bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obro‘sidan, xalqaro andozalar bo‘yicha bank ishonchliligining yuqori ko‘rsatkichlaridan foydalanib, xalqaro bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish;
Daromadlilik, likvidlikni oshirish, valuta va bozorga oid xatarlarni kamaytirish maqsadida investitsiya portfeli tuzilishini maqbullashtirish;
Bankni boshqarishning moslashuvchan tuzilishini barpo etish. Bunda boshqaruvning iqtisodiy vositalariga hamda vakolatlarni taqsimlashning maqbul tizimiga asoslanish.

ILOVALAR
Tijorat banki pasporti


Ilova-1.




  1. Bank nomi:


Download 13,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish