Mirziyoevning mamlakatimizni


mavzu. “Trastbank” XABda mijozlarga ko’rsatayotgan yangi bank xizmat turlari



Download 13,91 Mb.
bet10/17
Sana10.06.2022
Hajmi13,91 Mb.
#653180
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Ibroximova hisobot-конвертирован

mavzu. “Trastbank” XABda mijozlarga ko’rsatayotgan yangi bank xizmat turlari.


Bank mamlakatning moliyaviy xizmatlari bozorida chakana bank biznesini rivojlantirish bo’yicha yetakchi o’rinlarni mustahkam yegallab kelmoqda. Mijozlarni ham taqdim yetilayotgan xizmatlar turlarining ko’pligi, ham ularning har biriga yakka tartibdagi munosabat va yeng muhimi, mamlakatimiz yetakchi bankining ishonchliligi va barqarorligi jalb qilmoqda. Bank jismoniy shaxslarning ijtimoiy toifalarini hisobga olgan holda, turli depozitlarni ishlab chiqmoqda va taqdim yetmoqda, tezkor pul o’tkazmalari, so’mdagi hamda xalqaro plastik kartochkalari va hokazolar bo’yicha xizmatlar ko’rsatmoqda.
Jismoniy shaxslarga taqdim yetilayotgan xizmatlar ro’yxatida, shak-shubhasiz, depozit
operatsiyalari birinchi o’rinda turadi.
Mijozlarga taklif qilinayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini saqlab turish, depozit hisobvaraqlariga aholi mablag’larini jalb yetish ishida ko’proq samaradorlikni ta’minlash hamda jalb etilgan mablag’lar hajmini ko’paytirish uchun 2021 yilda milliy valyutada 10 ta yangi muddatli omonat joriy etildi.
Chakana xizmatlar to’plamiga aholidan kommunal xizmatlar uchun va boshqa to’lovlarni bank xizmatlari markazida hamda maxsus kassalar tarmog’i orqali qabul qilish operatsiyalari ham kiradi. Bu tarmoqda 2018 yil 1 yanvar holatiga ularning umumiy soni tegishli ravishda 112 tani tashkil yetdi. 2015 yilda kommunal va boshqa xizmatlar uchun 169,5 mlrd. so’m, shu jumladan “MUNIS” to’lov tizimi orqali qariyb 20,1 mlrd. so’m miqdorida to’lov qabul qilindi.
2002 yildan buyon Trastbank jismoniy shaxslarga xalqaro tizimlar orqali amalga oshiriladigan nafaqat banklararo, balki tezkor pul o’tkazmalarini amalga oshirish xizmatlarini taklif qilmoqda. Hozirgi vaqtda Bank muassasalari jismoniy shaxslarning savdo-sotiqqa aloqador bo’lmagan jo’natmalarini “Western Union”, “MoneyGram”, “Zolotaya korona” ,“Yunistrim”, “Contact” va “Azia Ekspress” tizimlari orqali qabul qilmoqda va jo’natmoqda. Loyiha boshidan mijozlarga xizmat ko’rsatish punktlari tomonidan umumiy qiymati 1,1 mlrd. AQSh dollarini tashkil yetuvchi qariyb 1,7 million operatsiya bajarildi, jumladan 2018 yilda umumiy qiymati 67 mln. AQSh dollarini tashkil yetuvchi 101 tadan ortiq operatsiya amalga oshirildi.
Shuningdek, Trastbank O‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin:

  • bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar hamda bank ilovas TRASTPAY orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti;

  • “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi.

Bank plastik kartalari - bank tomonidan emissiya qilingan, personalizatsiyalangan, to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan va o‘z saqlovchisiga bank hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida operatsiyalarni, jumladan, hisobvaraq orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarni (to‘lovlarni) amalga oshirish, undan naqd pul mablag‘larini va bank kreditini olish imkonini beruvchi bank plastik kartasi.
BPKlardan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob- kitoblarda, shuningdek naqd pul beradigan shoxobchalar va bankomatlardan naqd pul mablag‘larini olishda foydalaniladi.Xalqaro BPKlar vakolatli banklar tomonidan muomalaga chiqariladi va ularga xizmat ko‘rsatiladi.
BPKlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuziladigan shartnoma quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi shart:taraflarning nomi;shartnoma predmeti;taraflarning huquqlari va majburiyatlari;taraflarning javobgarligi;hisob-kitoblarni amalga oshirish shartlari;shartnomaning amal qilish muddati va uni bekor
qilish shartlari;nizolarni hal qilish tartibi;taraflarning yuridik manzili.
BPKlar personalizatsiya qilingan taqdirda, unda quyidagi rekvizitlar ko‘rsatilishi shart:identifikatsiyalovchi ma’lumotlar (BPKning seriyasi va tartib raqami);bank-emitentning unikal kodi (xos raqami);hisobvaraqning tartib raqami va BPK saqlovchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (tashkilotning nomi);BPKning amal qilish muddati.
BPKga operatsiyalarni amalga oshirish va ular hisobini olib borish uchun boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.Qayta personalizatsiya qilish uchun bankka qaytarilgan BPKlar hisobi “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” 93609 ko‘zda tutilmagan holatlar balans hisobvarag‘ining alohida shaxsiy hisobvarag‘ida yuritiladi.
BPKlardan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblar qog‘ozda (slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning elektron hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma’lumotnomalar hisob-kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga yetarli nusxalarda shakllantiriladi. Ma’lumotnomalar BPK orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.Ma’lumotnomalarda BPK va BPK saqlovchilarning bankdagi hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo‘lishi shart.Elektron ma’lumotnomalar bank-ekvayerga, bank-emitentga yoki shartnomada nazarda tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
BPKlar bo‘yicha banklar o‘rtasidagi hisob-kitoblar:

  • elektron to‘lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;

  • amaliyot kuni davomida o‘zaro majburiyatlarni yakuniy hisob-kitobi va yakuniy hisob-kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga o‘tkazish asosida hisob-kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish.

Amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha umumiy hisob-kitoblar elektron to‘lovlar tizimi orqali quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:

  • bank tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank- ekvayer uning hisobvarag‘iga tegishli mablag‘larni o‘tkazadi, bunda avtomatik ravishda debet elektron memorial order shakllanadi va elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;

  • mijozning BPK hisobvarag‘idagi mablag‘lar bank-emitent tomonidan debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan chiqariladi. Debet elektron memorial order ro‘yxat ko‘rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;

  1. bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:

  • bank tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida bank- ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda o‘tkazmalarni avtorizatsiya qilish va amalga oshirish uchun elektron to‘lovlar tizimi orqali bank-emitentga yuboriladi;

  • bank-emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani avtorizatsiya qilib, mablag‘larni elektron to‘lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun bank-ekvayerga yuboradi hamda mablag‘larni BPK hisobvarag‘idan hisobdan chiqarish uchun elektron memorial orderni

dasturiy ravishda shakllantiradi;

  • mablag‘lar bank-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron memorial order asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va memorial order ro‘yxat ko‘rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikiladi.

Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:

  • amaliyot kuni davomida BPKlar bo‘yicha protsessing markazi orqali amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi;

  • yakuniy summalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob-kitob markazida ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan muddatda o‘tkaziladi;

  • banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma’lumotlar asosida mijozning BPK hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkaziladi yoki hisobdan chiqariladi.

“Trastbank” XAB aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Xususan, bank tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalar soni quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
Jadval ma’lumotlariga ko’ra, bank tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalar soni 277800 tani tashkil etgan. Ularni joriy etishda Trastbank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. Trastbank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. Trastbank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘mlik kartochkalari, Master card xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.
2-jadval 2021 yil 1 chorak davomida “Trastbank” XAB tomonidan chiqarilgan plastik kartochkalar soni


Download 13,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish