3–mavzu.“Trastbank”XABda1-kartoteka,2-kartotekadato’lovxujjatlarinyuritishtartibi vato’lovketma-ketligi. Хalq xo’jaligida bo’ladigan pul aylanishining 80-90 foizini naqd pul ishlatmasdan, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari asosida olib boriladi. Banklarda barcha operatsiyalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o’rnatilgan shakldagi pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxasi hamda "Bank- mijoz" tizimidan foydalanuvchilardan elektron aloqa orqali olingan elektron
to’lov hujjatlari, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda tuzilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshiriladi va buxgalteriya hisobida qayd etiladi.
Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013 yil 26 apreldagi 9/1-sonli qaroriga bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi nizom»ga muvofiq tashkil etiladi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi:
Naqd pulsiz hisob-kitoblar bank plastik kartalaridan foydalangan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Pul hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan ijroga faqat mijozning bankka taqdim qilgan muhr va imzo qo’yilgan varaqchada ko’rsatilgan shaxslar yoki mijozning ishonchnomasi asosida vakil qilingan shaxsdan qabul qilinadi.
Pul hisob-kitob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:
-mijozning (muassasaning) nomi (jismoniy shaxslar uchun - familiyasi, ismi va sharifi) va soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR);
-pul oluvchi va pul to’lovchi mijozlar hisobvaraq raqamlari;
-ularga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi;
-hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;
-operatsiyaning nomi, maqsadi va summasi (raqam va so’z bilan);
-mijoz muhri (muhr mavjud bo’lsa) va mas’ul shaxslarining imzolari. Shuningdek, Chekda qo’shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo’lishi kerak:
-chekning seriyasi va tartib raqami;
-jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va tartib raqami;
-chek amal qilish muddatining oxirgi sanasi.
Cheklarda mablag’larni to’lovchining — soliq to’lovchining identifikatsiya raqami va to’lov maqsadi ko’rsatilmaydi.
Akkreditivga arizada qo’shimcha ravishda quyidagi rekvizitlar bo’lishi kerak:
-akkreditivning amal qilish muddati;
-akkreditiv ochilayotgan shartnomaning tartib raqami va sanasi;
-buyurtmaning tartib raqami;
-buyurtma berilgan sana;
-tovarning (ish, xizmat) nomi;
-to’lovlarni amalga oshirish uchun asos bo’lgan hujjatning turi;
-qo’shimcha shartlar.
Hujjatlarda operatsiya maqsadi aniq bayon etilishi lozim. Hisob-kitob hujjatlari texnik vositalardan foydalangan holda to’ldiriladi. Hisob-kitob hujjatlarini bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaydi.
Bank operatsiyalari qonun hujjatlarida belgilangan shaklda rasmiylashtirilgan elektron hujjatlar asosida amalga oshirilishi mumkin ("Bank-mijoz" dasturi yoki plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar). Elektron hujjatlar pul hisob-kitob hujjatlarning asl nusxasida belgilangan barcha rekvizitlarga ega bo’lishi shart. Elektron hujjatlar mas’ul shaxslar imzolari o’rnini bosuvchi - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Elektron hujjatlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonida ularning biror ko’rsatkichlarini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.
Mijozlarning to’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining hisobi 90962-To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari hisobvarag’i (Kartoteka №1)da olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96319-"To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari bo’yicha kontr-hisobvaraqdir. Hisobvaraqning debetida to’lov muddatini va/yoki to’lovchining akseptlashini (roziligini) kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Hisobvaraqning kreditida to’lov muddati kelgan hisob-kitob hujjatlarining summasi aks ettiriladi. Tahliliy hisob har bir mijoz bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Masalan, akseptli to’lov talabnomasining nusxasi bankka kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay, mablag’larni to’lovchi yoki uning vakiliga «To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari» jurnalida imzo qo’ydirgan holda topshiriladi hamda «To’lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari» (1-kartoteka) 90962 balans hisobvarag’iga joylashtiriladi.
Mablag’larni to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan akseptli to’lov talabnomalarini akseptlash bo’yicha quyidagi muddat belgilanadi:
2-jadval
Hisob-kitob hujjatlari bo’yicha akseptlash muddatlari