Bank quyidagi banklar va moliya institutlari bilan koorespondentlik aloqalarga ega: O’zbekiston banklari:
O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki, OAITB «Ipak Yo`li Bank», OATB
«O’zsanoatqurilishbank», ATB «Agrobank», DATB «Asakabank», ”Oriyent Finans” XATB
Horijiy banklar:
«Commerzbank AG» (Germaniya), Raiffeisen Bank International (Avstriya), «Landesbank Baden- Wuerttemberg» (Germaniya), AKB «Aziya-Invest Bank» (Rossiya), PAO «Sberbank Rossii» (Rossiya), PAO «Bank VTB» (Rossiya), PAO «Novikombank» (Rossiya), PAO «Transkapitalbank» (Rossiya), Yinzou bank (Xitoy), Xalyk Bank (Qozog‘iston).
Shuningdek, Trastbank keng doirada yuritayotgan faoliyat ichki va xalqaro bank operatsiyalarining amalda barcha sohalarini qamrab olgan. Endi u xalqaro andozalar darajasida bank xizmatlari ko‘rsatish imkonini beruvchi zamonaviy bank texnologiyalarini rivojlantirmoqda.
Bank xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va eksport-import agentliklari ajratayotgan kredit yo‘nalishlaridan foydalanish maqsadida korporativ xizmatlar ko‘rstib, ular bilan aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash borasida aniq maqsadli siyosat yuritmoqda.Xususan:
rasm. Trastbankning xalqaro aloqalarni kengaytirishborasida bank siyosati
Tashqi savdo faoliyati Bunda eksport-import bo‘yicha kreditlashning bo‘nak to‘lovlari qaytarilishi, kontraktlar ijro etilishi yuzasidan kafolatlar berish, veksellarni diskontlash, forfeyting, faktoring, o‘zbekistonlik eksportchilarga bevosita bank kreditlari berish, loyihalarni moliyalash, eksport- kredit agentliklari ishtirokida eksport-importni moliyalash kabi mexanizmlari qo‘llanilayapti. To‘lov muddati suriladigan akkreditivlar qo‘llanilmoqda, mijoz tovarni yetkazib berayotganda va sotayotganda mablag‘larni konsignatsiya shartlarida bir martalik konvertatsiyalash ishlari amalga oshirilayapti.
Loyihalarni moliyalash. Trastbank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari normal faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartishlarni ta’minlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. Yirik xalqaro moliya muassasalari kredit yo‘nalishlarining aksariyat qismi tijorat asosida, bevosita hukumat kafolatlari taqdim etmasdan jalb qilinmoqda. Xususan, Trastbank tomonidan berilgan kreditlar soni quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
“Trastbank” XAB tomonidan 2021 yil 1 may holatiga berilgan kreditlar soni
Do'stlaringiz bilan baham: |