1-mavzu. “Trastbank” Xususiy Aksiyadorlik Bankinig “NIZOM” ini o’rganish; shakllantirilgan ustav kapitali miqdori va uning ta’sischilari tarkibini o’rganish
1994 yil 02 fevralda tashkil etilgan «Trastbank» aksiyadorlik birja banki O‘zbekiston Respublikasidagi eng etakchi banklaridan biri bo‘lib, u o‘z mijozlariga barcha turdagi keng ko‘lamli bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Bank tarixi mustaqillik yillarida respublikamiz bank sektorining muntazam rivojlanish sur’atlarini aks ettiradi
1994 yil 21 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 44- sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi berildi.
Bank oldiga mamlakatimiz kompaniyalarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha xalqaro andozalar darajasida xizmat ko‘rsata oladigan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni jalb etishga qodir bo‘lgan moliya muassasasi yaratish vazifasi qo‘yilgan. Mohiyatan, bugungi kunda Trastbank mamlakatimiz bank tizimining xalqaro moliya bozorlaridagi “tashrifnoma”si bo‘lib qoldi. Konservativ, puxta o‘ylangan siyosatga tayanib, Bankni boshqarishning samarali mexanizmlarini, o‘sish strategiyasini ishlab chiqdi. Bu holat unga dadil va jo‘shqin rivojlanib, professional moliya muassasasi, o‘z mijozlarining ishonchli sherigi sifatida mustahkam obro‘ga ega bo‘lish imkonini berdi.Trastbank bozor o‘zgartishlarini amalga oshirishda faol yetakchilik qilib kelmoqda. Loyihalarni moliyalash, universal tijorat, investitsiya va jamg‘arma banklari funksiyalarini eng maqbul tarzda uyg‘unlashtirib ishlayotgan Trastbank O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli kirib borishiga yordam bermoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi bank tarixida aks etgan. Trastbank mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida peshqadamlik qilayotgani, barqaror rivojlanayotgani, uning depozit bazasi beto‘xtov o‘sib borayotgani, xorijiy kredit yo‘nalishlari keng ko‘lamda jalb etilayotgani Trastbank O‘zbekiston iqtisodiyotining amalda barcha tarmoqlariga mansub investitsiya loyihalarini moliyalashda faol qatnashishida yordam berdi.
Mustaqillik yillarida bank iqtisodiyot tarkiban chuqur qayta qurilishini ta’minlovchi loyihalarni moliyaladi. Bular, neft va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, kimyo sanoati hamda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sayyohlik, havo va temir yo‘l transporti,
aloqa, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish loyihalari va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiruvchi boshqa ko‘plab loyihalardir.
Mamlakatimizning iqtisodiy muhim hisoblanuvchi barcha mintaqalarida joylashgan 12 ta filiali keng doiradagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlamoqda.
«Trastbank» XAB eksport-import bitimlarini amalga oshirish, horijiy valyuta sotish/sotib olish bo’yicha amaliyotlar, hujjatlashtirish bilan bog’liq ishlarni bajarish bo’yicha o’z hizmatlarini taklif qiladi.
Bank asosiy jahon valyutalarida hisob-kitoblarni amalga oshiradi va hisob raqamlarga kelib tushgan pul mablag’lari haqida tezkor ahborot olish imkonini beradi. Bunda SWIFT tizimidan foydalanish ushbu hisob kitob tizimi bank-ishtirokchilari o’rtasida darhol ma’lumot almashishdek afzallikni yaratadi. Bu esa o’tkazmalarning tezligi, to’liqligi va halqaro to’lovlarning ahboriy ta’minlanganligi bilan mijozlarning to’la qanoatlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |