O’zbekiston Qishloq Xo’jaligi Rivojlanishi



Download 20,1 Kb.
Sana14.11.2019
Hajmi20,1 Kb.
#25905
Bog'liq
ABDULLOH UCHUN

O’zbekiston Qishloq Xo’jaligi Rivojlanishi

Reja ;


  1. O’zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakati

  2. Qishloq Xo’jaligidagi iqtosodiy islohotlar

  3. Paxtachilik

  4. G’allachilik

  5. Sabzavotchilik va Polizchilik

  6. Kartoshkachilik

  7. Chorvachilik

  8. Bog’dorchilik va uzumchilik

  9. Asalarichilik

  10. Yangiliklar , Foydalanilgan adabiyotlar

Shu mavzu yuzasidan Mustaqil ish tayorlash

O’zbekiston ulkan imkoniyatlar mamlakati

Darhaqiqat, o‘tgan qisqa davrda yurtimizda amalga oshirilgan asrlarga tatigulik ishlar, qo‘ lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan har qancha faxrlansak arziydi. Zero, hayotga izchil tatbiq etilayotgan islohotlar samarasi mamlakatimiz obod, turmushimiz yanada farovon bo‘lib borayotganida yaqqol namoyon bo‘layapti. Boshqacha aytganda, biz bugun rivojlanish yo‘lidan dadil odimlayotgan tinch va osuda yurtda yashayapmiz. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomonidan “Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” degan mavzuda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston 158 davlat orasida 44-o‘rinni, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasida esa birinchi o‘rinni egallagani ana shundan dalolat beradi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bu avvalambor, mustaqillik davrida biz erishgan ulkan marralarni, iqtisodiyotimiz barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, odamlarimizning hayot darajasi va sifati oshib borayotgani hamda bu yutuqlarni dunyo hamjamiyati yana bir bor tan olayotganini ko‘rsatadi.

Respublikamizda istiqlolning dastlabki yillaridayoq mashhur besh tamoyil asosida ishlab chiqilgan va xalqaro miqyosda “o‘zbek modeli” deya e’tirof etilgan taraqqiyot yo‘limiz o‘zining ijobiy samaralarini bermoqda. Bundan har qancha quvonsak, g‘ururlansak, arziydi, albatta.

E’tibor qiling, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali-beri davom etayotganiga qaramasdan, joriy yilning olti oyida ham respublikamiz iqtisodiyotida sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Xususan, shu davr ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,1 foiz, iste’mol tovarlari tayyorlash sur’ati 13,5 foiz, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi 6,5 foiz o‘sdi. Bu raqamlar o‘zimizga xos modelning naqadar to‘g‘ri va ishonchli ekanini yana bir karra tasdiqladi.



Qishloq Xo’jaligidagi iqtosodiy islohotlar

Mamlakatimizda joriy yilda 1 million gektardan ortiq yerga takroriy ekinlar ekildi. Natijada 2,5 trillion so‘m daromad kutilmoqda. Afsuski, bugungi kunda aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Mamlakatimizda bu kabi holatlarning oldini olish, ekin maydonlari va tomorqalardan unumli foydalanish maqsadida zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 9-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, joriy yil 10-oktabrdagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Endilikda mazkur hujjatlar asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini ta’minlash, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini ko‘paytirishga bo‘lgan munosabatlar tubdan o‘zgaradi.

Xalqaro press-klub va “Mening bog‘im” teleko‘rsatuvi ijodkorlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda senatorlar, deputatlar, sohaga daxldor vazirlik va idoralar mas’ullari, fermerlar, bog‘bon va tomorqa egalari, ekspertlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan farmon va qaroridan kelib chiqadigan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Tojiyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi T.Eshnazarov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi B.Yusupov, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ro‘zimetov va boshqalar mazkur hujjatlar mamlakatimizda yer va undan foydalanishning mutlaqo yangi yo‘nalishini boshlab berayotganini alohida ta’kidladi.

– Prezidentimizning farmon va qarori bilan sohada uch asosiy muhim o‘zgarish bo‘layapti, – deydi adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov. – Avvalo, fermer, dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarining manfaatlari va qonuniy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan yangi tuzilma tashkil etildi. Uning huquqiy maqomi, vazifa va funksiyalari kuchaytirildi. Yer egalarining yerga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan mezonlar va nihoyat yerdan foydalanishni rag‘batlantirish, fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarining ishlab chiqarish quvvatini oshirishga doir chora-tadbirlar mustahkamlab qo‘yildi. Qisqa vaqt oralig‘ida tegishli qonun hujjatlariga mazkur farmon va qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Paxtachilik
Download 20,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish