Bu usul riskni tahlil qiluvchi iqtisodchi (ekspert)
ning malaka darajasiga asoslanadi.Ehtimollik subyektiv tarzda aniqlanganida har bir kishi bitta hodisaning qiymatini turlicha belgilashi va u haqida turlicha qaror qabul qilishi mumkin.Misol uchun bankning faoliyatida o’tkaziladigan barcha operatsiyalarni tahlil qilish ko’zda tutiladi.Bank riski aniqlanganida bankning o’zidagi va bo’lish ehtimoli bo’lgan yo’qotishlar va ularning davr oralig’i aniqlab olinishi zarur.
Loyiha risklarini ekspert baholash algoritmi quyidagilarni qamrab oladi:
1.loyiha hayotiyligi siklidagi fazalarda yuzaga kelishi mumkin bo’ygan risklarni tarkibini ishlab chiqish;
2. risklarni muhimlik darajasi bo’yicha himoyalash.Bu maqsadda risklarning ehtimolligi,ushbu riskning xavflilik darajasi ekspert yo’li bilan aniqlanadi.
Delfi usuli-bu ekspertlar guruhining konsensus fikrini olish uchun mo’ljallangan protsedura.Xatarlarni boshqarish jarayonida asosli va izchil ekspertbbahosi zarur bo’lganda xavflarni aniqlash va baholash ucun ishlatilishi mumkin. Ekspert baholash – bu ma’lum bir sohadagi mutaxassisning shaxsiy fikri emas, balki rasmiy protsedura yordamida olingan natija bo’lib,u nafaqat butun bir guruh mutahassislarning bir ovozdan fikrlarini olish, balki mutaxassislarning alohida fikrlari o’rtasidagi kelishuv darajasini hisoblash imkonini beradi.
Usulning asosiy tahlili –har bir ekspertning individual baholarini sifat jihatidan rasmiylashtirilgan umumlashtirish va qayta ishlash bilan individual ekspert xulosalarining subyektivligidan xoli,sifatli, ishonchli natija olish imkoniyati.
Delfi usuli risklarni boshqarish jarayonining istalgan bosqichida yoki istalgan bosqichida qo’llanilishi mumkin.
-Ishtirokchilar o’z fikrlarini yozma ravishda aniq ifoda eta olishlari kerak.
Investitsiya risklarini ekspert baholash usulining asosiy afzalligi loyiha tahlili jarayonida ekspertlar tajribasini qo’llash imkoniyatining mavjudligi va turli xil sifat omillarining ta’sirini hisobga olishda namoyon bo’ladi.Loyiha rahbari (firma) ekspert so’rovnomalari ko’rinishida baholash mezonlarini ishlab chiqadi,kompyuter yordamida hisoblab chiqiladi.Bunday yondashuv investitsiyalarning qoplash davri yoki boshlang’ich investitsiya harajatlarini qaytish davrini aniqlashga mo’ljallangan.Biroq yondashuv investitsiya qarorlari,nafaqat mazkur mezonlar asosida qabul qilinadi,balki
NPV , IRR, HR usullarini qo’llash bilan ham amalga oshiriladi.
Shuning uchun investitsiya loyihalarining ekspert-analitiklari ekspert-baholash mezonlarining cheklanganligi bo’lsa ham uni amaliyotda qo’llamoqdalar.Investitsiya loyihasiga pul mablag’larini qo’yish yuzasidan qaror qabul qiluvchi shaxslar investitsiyalarni qoblash davri bo’yicha zaruz ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak va bu loyiha riskini aniqlashga ko’maklashadi.