KARTA NOMI
|
2021 1 chorak xolatiga
|
UzCard
|
6900 ta
|
HUMO
|
19054 ta
|
MASTER CARD
|
344 ta
|
Bank mijozlar uchun plastik kartochkalarni nafaqat hisob-kitob qilishda qulay vosita sifatida, balki uni qo’shimcha xizmat va servislardan foydalanish imkonini beruvchi vositaga aylantirishga intilmoqda va buning uchun mijozlar hamma joyda hisobvaraqlari, shu jumladan plastik kartochka hisobvaraqlari bo’yicha operatsiyalar to’g’risidagi axborotni mobil telefonlariga SMS-xabarlar, elektron pochtasiga e-mail xabarlar ko’rinishida, hamda shaxsiy kabinetlari orqali amalga oshirishini imkonini bermoqda.
Yuqorida sanab o’tilgan imkoniyatlar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hisob-kitob netting tizimi – MUNISdan foydalangan holda ham taqdim etiladi.
Mijozlarga taqdim yetilayotgan chakana xizmatlarni kengaytirish maqsadida va o’tgan yilda amalga oshirilgan tashkiliy ishlarni hisobga olgan holda Bank 2018 yil boshida Master Card xalqaro to’lov tizimining asosiy a’zosi maqomini olish va o’z infratuzilmasida mazkur tizimning kartalariga xizmat ko’rsatish bilan bir qatorda uning nomi bilan yemissiya qilingan chipli kartalar chiqarilishini ta’minlashni rejalashtirmoqda. Aynan shunday ishlar Union Pay International to’lov tizimiga Bankning a’zolikka kirishi bo’yicha ham amalga oshrilmoqda.
mavzu. “Trastbank” XABda mijozlarning kreditga layoqatliligini aniqlash usullari
O’zbekiston bank-kredit tizimi iqtisodiyotni institutsional, tarkibiy, texnologik o’zgartirish va mamlakatdagi bozor iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralarini amalga oshirishda yeng muhim rolni o’ynaydi. Bu esa, tijorat banklari mavjud resurslar va imkoniyatlarini to’liq safarbar qilishi mumkin bo’lgan hamda mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va iqtisodiy yuksalish katalizatori sifatida xizmat qiluvchi yuqori ijtimoiy-iqtisodiy natijalarni ta’minlaydigan sohalar, tarmoqlar va mintaqalarni kreditlashga alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Natijada respublikamizda yuqori texnologik ishlab chiqarishlar yaratildi, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish faol o’zlashtirilmoqda. Ilg’or o’zgarishlar nafaqat ishlab chiqarish tuzilmasida, balki yeksport nomenklaturasida ham yuz bermoqda. Birinchi navbatda, jahon bozoriga xom-ashyo resurslarini yemas, balki tayyor mahsulotni yetkazib berish hajmlari ortmoqda. Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlashdek muhim masala ham hal yetilmoqda.
Bankning Kredit siyosatiga muvofiq bank tomonidan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport sohasi, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni jadal rivojlantirish, ish o’rinlarini tashkil yetish, iqtisodiyotning muntazam va dinamik rivojlanishiga yerishish, yoshlarga zaruriy sharoitlar yaratgan holda ularni tadbirkorlikka jalb qilish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va uni yanada rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratildi,.
Xorijiy valyutadagi kreditlash manbalariga xorijiy banklarning qayta moliyalangan mablag’lari, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining mablag’lari, Bankning o’z mablag’lari, milliy valyutadagi kreditlash manbalariga Bankning o’ziga tegishli, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan jalb yetilgan resurslar kiradi.Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ular barqaror faoliyat yuritishi va yeksport salohiyati ortishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va yeksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida”gi PF-4058 sonli Farmonini bajarish maqsadida Bank 2018 yilda yeksportchi korxonalarga imtiyozli kreditlar berdi.
2018 yil 1 yanvar holatiga investitsion kreditlarning salmog’i bank kredit portfeli umumiy summasining 86 foizini tashkil yetdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-
quvvatlash uchun 2018 yilda quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha loyihalar milliy va xorijiy valyutalarda moliyalashtirildi: sut mahsulotlari, chorvachilik va boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun zamonaviy mini-texnologiyalar sotib olish, xizmat ko’rsatish va servis sohasini, shu jumladan sayyohlikni rivojlantirish, shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari chorvachilikni rivojlantirish uchun, dehqon va fermer xo’jaliklari, tadbirkor ayollar, oilaviy tadbirkorlar va boshqalar.
Aholining, shu jumladan, yosh oilalarning moddiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, xotin- qizlarning kundalik uy yumushlarini yengillashtirish maqsadida Bank tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mebel, radoiyelektronika tovarlari va maishiy texnikalarni sotib olish, respublikamizning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olishni moliyalashtirish va boshqa maqsadlar uchun iste’mol kreditlari berildi. Bunday kreditlarni berish hajmining o’sish sur’ati 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 121 foizni tashkil qildi.
Loyihalarni moliyalashtirish. Mamlakatimiz mustaqillikka yerishgan paytdan buyon iqtisodiyotni tubdan yangilash, uning tuzilmasini chuqur tarkibiy o’zgartirish uchun O’zbekiston rahbariyati tomonidan respublikamizga xorijiy kapitalni jalb qilish masalalarini hal qilishga to’g’ri keldi. Qulay investitsiya muhitini yaratish uchun jadal sur’atlarda qonunlar qabul qilish mamlakatimizning butun moliya tizimini qayta tashkil qilishni talab qildi. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Bank hukumatimizning ushbu ishlardagi ishonchli tayanchi sifatida o’rin yegalladi.
Bank mamlakatda iqtisodiy o’zgarishlarni amalga oshirishda faol qatnashib, istiqbolli loyihalar tashabbuskori sifatida bir necha bor qatnashdi va yangi moliya marralarini bosib o’tishda birinchilarning vazifalarini o’ziga oldi. U iqtisodiyot talablariga ziyrak e’tibor bergan holda o’sib bordi. Bank xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi mustaqil siyosatni shakllantirish va amalga oshirish jarayonlari boshida turdi, samarali tashqi iqtisodiy faoliyatni ta’minladi, davlatimizning valyuta resurslaridan aniq maqsadlarda foydalandi.
Bank tomonidan taqdim yetilgan kreditlar iqtisodiyotning ustuvor sohalarini rivojlantirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish va yangi yuqori samarali ishlab chiqarishlarni joriy yetish, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash, mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash asosida import o’rnini bosadigan iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga yo’naltirildi. miqdorida yirik investitsiya loyihalariga kredit ajratish yuzasidan moliyalashtirish tashkil qilindi.
Kichik biznesni rivojlantirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Mazkur islohotlar raqobatchilikni rivojlantirishga, iste’mol bozorini tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishga, yangi ish joylarini barpo yetishga, mulkdorlar va tadbirkorlarning keng qatlamlarini shakllantirishga ko’maklashadi.Bank kichik biznesni rivojlantirish dasturi doirasida xorijiy banklar va moliya muassasalarining, Respublika byudjetdan tashqari fondlarining kredit yo’nalishlarini va bankning o’z mablag’larini o’zlashtirish hisobiga loyihalarni ko’rib chiqish va ularni moliyalashtirishga doir faoliyat yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |