EKOLOG1K SIYOSAT VA UNI AMALGA
OSHIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMI
Ekologik muammolarning mohiyati, oqibatlari va hal etish yo‘llari
Yashil iqtisodiyotga o'tishdagi muhim muammolardan biri atrof muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslardan noto'g'ri foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning keskinlashib borayotganligi hisoblanadi. Ekologik muammo tabiiy muhil tarkibi va amal qilishining o‘zgarishi, antropogen yoki tabiiy ofatlar natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Ekologik muammolar tabiiy muhitga ta’sir qilish kuchiga qarab turli darajalarga ajratiladi. Ekologik muammoning ta’sir kuchi uning intensivligi va o‘zgarishlarning tarqalish maydoni hamda ayrim ekologik muammolarga xos belgilar bo‘yicha aniqlanadi.
¡-jadval
Ekologik muammolarning turlari
Namoyon bo'lish darajasi
|
Tabiiy muhit xususiyatlarini o‘zgartirish darajasi, %
|
kuchsiz
|
10 gacha
|
o‘rta
|
10-50
|
kuchli
|
>50
|
XX asming 60-70-yillaridan boshlab insonning atrof muhitga salbiy ta’siri global ahamiyat kasb eta boshladi. XX asr davomida jahon aholisi soni 4 martaga, jahon ishlab chiqarish hajmi esa 18 martaga oshdi. Global miqyosdagi ekologik muammoga aylanib ulgurgan muammolar tarkibiga iq'im o‘zgarishi; suv havzalarining ifloslanishi; ozon qatlamining emirilishi; chuchuk suv zaxiralarining tugab borishi va Jahon okeani suvlarining ifloslanishi; yerlarning cho‘llanishi va degradatsiyasi; biologik xilma- xillikning qisqarib borishi kabi muammolami kiritishimiz mumkin.
Global ekologik muammolar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
planetar xarakterga egaligi: global ekologik muammolar butun insoniyatni bevosita yoki bilvosita qamrab oladi;
barcha mamlakatlar javobgar ekanligi: global ekologik muammolarning paydo bo’lishi biron-bir mamlakat emas, balki aksariyat ko'pchilik mamlakatlar aybi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan:
global ekologik muammolami hal etishda xalqaro hamkorlikning zarurligi;
- global ekologik muammolarni hal etish uchun kechiktirib bo'lmaydigan choralar qabul qilish zaruriyati.
Global iqlim o'zgarishi XXI asming asosiy muammolaridan hisoblanadi. Insoniyatning tabiatga nisbatan xo‘jasizlarcha munosabatda bo'lishi, iqtisodiyotda neft. gaz va ko'mirdan haddan tashqari ko‘p foydalanilishi natijasida atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari iniqdori ortib bormoqda. Ushbu gazlar atmosferada to'planib, sayyoraning qizigan sirti taratadigan ortiqcha issiqlikning kosmosga tarqalishiga yo'l qo'ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo'ladi. Quyidagilar iqlim o‘zgarishiga olib kelayotgan issiqxona gazlari sirasiga kiradi: suv bug‘i; karbonat angidrid (CO2); metan (SN4); azot oksidi (N2O); gidroftoruglerodlar (GFU); perftoruglerodlar (PFU); oitingugurt geksaftoridi (SFé). 2018 yilda issiqxona gazlarining atmosferadagi konsentratsiyasi bir millionga 405,5 zarrani tashkil etgan va ushbu ko'rsatkich sanoatlashishgacha bo‘lgan davrga nisbatan 146%ga ortgan.
Global iqlim o'zgarishi muammosining insoniyat kelajagi uchun naqadar xavfli ekanligini XVF ijroiya direktori Kristalina Georgievaning quyidagi so‘zlari tasdiqlab turibdi: “Men, 9 yoshli nabiram to'g'risida o‘ylayman. U 20 yoshga kirganda iqlimning keskin o'zgarishi oqibatida 100 millionlab odamlaming qashshoqlashib ketishiga guvoh bo‘lishi, 40 yoshga kirganida esa iqlim o'zgarishlari tufayli 140 million kishi yashash uchun xavfliligi yoki yashash uchun resurslar yetishmasligi sabab o‘z vatanlaridan boshqa joylarga ko‘chib ketishga majbur bo'layotganlarini kuzatishi mumkin. Agar u 90 yoshgacha umr ko'rsa, bu davrda yer shari 3-4 gradusga isib ketishi va yashash uchun yaroqsiz holga kelib qolishi mumkin”172.
Iqlimning keskin o'zgarib ketishi natijasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolar jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan. 2019 yil mart oyida Zimbabve, Malavi va Mozambikda “Iday” tropik to'foni oqibatida 1300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bir oydan so‘ng mazkur hududlarga “Kennet” tropik to'foni yopirildi va ikkaia to'fon keltirgan zarar 4 mlrd. dollarga yetdi. Ushbu holat bir mavsumda ketma-ket ro'y bergan labiiy ofatlar sifatida ro'yxatga olingan ilk holat hisoblanadi va 3 mln. kishining uy-joysiz qolishiga olib keldi. Ayrim tadqiqotlarga ko'ra, qurg'oqchilik, suv toshqinlari, to'fonlar kabi tabiiy ofatlar mamlakat yalpi ichki rnahsulotining 50%igacha zarar yetkazishi mumkin. XXI asming boshlariga kelib tabiiy ofatlar tez-tez sodir bo'la boshladi. Misol uchun, 2004 yilda Grcnadada sodir bo'lgan “Ayvan” to'foni keltirgan zarar mamlakat yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 148%ni, 2017 yilda Dominikada ro‘y bergan “Mariya” to'foni oqibatida keltirilgan zarar esa 260%ni tashkil etdi173.
Tahlillar, jahonda atmosferaga issiqxona gaziarini chiqarish miqyosining ortib borayotganligi, ushbu gazlami atmosferaga chiqarish miqdori bo’yicha belgilangan chegaraviy ko'rsatkichga erishgan mamlakatlar sont 2030 yilga qadar 57 taga va ulaming jami issiqxona gaziarini chiqarishdagi ulushi 60%ga yetishi mumkinligi bashorat
Issiqxona gaziarini atmosferaga chiqanshda chegara ko'rsatkichga erishgan mamlakatlar soni
-•—-Ushbu mamlakatlaming jami issiqxona gaziarini chiqarishdagi ulushi, %
rasm. Jahonda issiqxona gaziarini atmosferaga chiqarish
ko‘rsatkichlari”174
Global iqlim o'zgarishiari XXI asrda mamlakatlar o‘rtasida ko'zga tashlanayotgan iqtisodiy tengsizlikni yaqqol yuzaga chiqarmoqda. Global issiqxona gazlarining 26%i AQShga, 22%i Yevropagato‘g‘ri kelgani holda, ushbu gazlaming bor-yo‘g‘i 3.8%i Afrika qit’asi hissasiga to‘g‘ri keladi. Issiqxona gazlarining 80%i rivojlanganmamlakatlargategishli bo‘lib, ushbu mamlakatlar 2030 yilga qadar ushbu ko'rsatkichni 20-40%gacha qisqartirish majburiyatini olishgan175 176.
Global iqlim o'zgarishiari bilan bog‘liq muammolami hal etishda BMT yetakchi mavqega ega. BMT tomonidan 1972 yil Stokgolmda o'tkazilgan atrof muhit masalalari bo'yicha Konferensiyada qabul qlingan Deklaratsiya atrof muhit bilan bog'liq muammolarga e’tibor qaratilgan dastlabki xalqaro hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjatda atrof muhitga ta’sir ko'rsatadigan iqtisodiy faoliyat tartibga solinishi kerakligi ta’kidlangan. Deklaratsiyada kelajakda xalqaro va mi 11 iy siyosatlarni ishlab chiqishda asos bo'luvchi 26 tamoyil belgilangan. Ushbu tamoyillarga ko'ra har qanday iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda hozirgi va kelgusi avlodlar manfaatlari hisobga olinishi zarur. Har bir insonda erkin, teng va munosib turmush sharoitiga ega bo'lish huquqi mavjud.
Qazib olinadigan resurslarni iste’mol qilishni tartibga solish bilan birgalikda, inson ekologik tizimni zararlantiradigan darajada toksik moddalami atrof muhitga chiqarilishining oldini olish zarur. Iqtisodiy faoliyatning oqibatlarini tartibga solishga qaratilgan barcha qarorlar xalqaro miqyosda qabul qilinishi va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun rivojlanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Rivojlanyotgan mainlakatlarga atrof muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik yordam bilan birgalikda mohyaviy jihatdan ham yordarn ko'rsatish zarur. Bunday chora-tadbirlarning natijalari nafaqat milliy va xalqaro darajalarda muhim ahamiyatga ega199.
Stokgolm Deklaratsiyasi asosida 1992 yilda atrof muhit va taraqqiyot bo‘yicha Rio-de-Janeyro deklaratsiyasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjatning o'ziga xos xususiyati shundaki, u taraqqiyotni barqaror rivojlanish doirasida ko'rib chiqadi. Deklaratsiyada barcha mamlakatlar barqaror rivojlanish masalalari bo'yicha hamkorlik qilishi, jumladan, har bir mamlakat o'z qonun hujjatlarini ishlab chiqishi kerakligi aytib o'tilgan. Deklaratsiyaning nazariy qismida tasvirlangan mamlakat va mintaqalarning o‘ziga xosligi shundaki, bir mamlakatda samarali bo’lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatda samarasiz bo'lishi mumkin177.
BMT tomonidan 1992 yil 9 mayda Nyu-York shahrida Stokgolm Deklaratsiyasi tanioyillariga asoslangan holda Iqlim o'zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi qabul qilindi. Konvensiyaning maqsadi atmosferada issiqxona gazlarining iqlimga salbiy ta’sir ko'rsatadigan darajada oshib ketmasligini ta minlashga qaratilgan chora-tadbirlami amalga oshirish bo'ldi178. Ushbu maqsadga 1997 yilda BMT Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli konvensiyasining Kioto protokoli qabul qilinganidan so'nggina erishildi. Kioto protokoliga binoan, uni imzolovchi mamlakatlar shunday siyosat va texnologiyalami ishlab chiqishlari kerakki, natijada issiqxona gazlarining chiqarilishi bazis yilga nisbatan tasdiqlangan kvotalar bo'yicha kamayishi lozim. Atmosferaning ifloslanishi bo'yicha ko'rsatkichlar uchun bazis davr sifatida 1995 yil olingan179.
2015 yilda esa BMT Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli konvensiyasining Parij bitimi qabul qilindi. Bitimning maqsadi 2020 yildan boshlab atmosferaga chiqarilayotgan issiqxona gazlari miqdorini qisqartirish bo‘yicha chora-tabirlami tartibga solish, konvensiya ijrosi amaliyotini takomillashtirish hisoblanadi. Bitim barqaror rivojlanish va qashshoqlikni bartaraf etish sharoitida iqlim o'zgarishi xavftga global darajada javob choralarini kuchaytirishga yo'naltirilgan bo'lib, quyidagi muhim vazifalami hal etishga xizmat qilishi zarur:
global haroratning o'rtacha oshishini 2°C dan past darajada saqlab turish, iqlim o'zgarishi bilan bog'liq risklar va oqibatlami kamaytirish imkonini beruvchi o‘rtacha harorat o‘zgarishini 1,5°C darajagacha cheklovchi chora-tadbirlarni kuchaytirish;
iqlim o'zgarishining salbiy oqibatlariga moslashuvchanlik qobiliyatini oshirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni xavf ostiga qo‘ymaydigan usullar bilan issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish sharoitida iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantirish,
issiqxona gazlarini kam chiqaradigan va iqlim o'zgarishlariga chidamli bo‘lgan rivojlanish yo'nalishlariga moliyaviy rcsurslarni jalb qilish.
Parij bitimi qazib chiqariladigan tabiiy resurslami olish, qayta ishlash va ulardan foydaianishdagi an anaviy texnologiyalardan “yashil” texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish asosida iqtisodiy o'sishning yangi, kam uglerodli modelini shakllantiradi. Ushbu bitimga ko‘ra mamlakatlar issiqxona gazlarini chiqarish masalasida rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam berish bo‘yicha alohida xalqaro majburiyat qabul qilmaydilar. Aksincha har bir mamlakat iqlim o'zgarishi muammosi bo‘yicha tegishli milliy qarorlar qabul qilishi va ularni muntazam ravishda qayta ko’rib chiqishi lozim. 2020 yilga borib davlatlar issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirish borasidagi milliy strategiyalarini qayta ko^ib chiqishlari zarur. Ishtirokchi mamlakatlaming majburiyatlarini 2022 yildan boshlab har besh yilda yangilab borish rejalashtirilmoqda. 2019 yil holatiga ko‘ra Parij kelishuvini 186 mamlakat ratifikatsiya qilgan, faqat ikki mamlakat AQSh va Turkiya moliyaviy sabablarga ko’ra ushbu kelishuvga qarshi chiqishmoqda.
Ekologik muammolami hal etish masalasi BMT “Barqaror rivojlanish maqsadlari 2030” rejalarida ham o‘z aksini topgan. Jumladan, 2030 yilga qadar atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarish hajmini 2010 yil darajasiga nisbatan 45%ga, 2050 yilga qadar esa 0%ga qadar qisqartirish mo‘ljallangan. Bundan tashqari BMT shafeligida “2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi” qabul qilingan boTib, unda yangi ofatlarga yo‘l qo'ymaslik va mavjud ofatlar xavfini kamaytirish vazifalari belgilab olingan. 2017-2018 yillarda 70 ta mamlakatdan olingan 67 ta ma’ruzada belgilangan vazifalar Senday hadli dasturi bilan bevosita bog’liq holda belgilangan20’. 2019 yil 12 aprelda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha Senday hadli dasturi”ni O'zbekiston Respublikasida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ’gi 299-sonli Qarori qabul qilindi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ekologik muammolami global darajada hal etishda quyidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi:
planetar miqyosda fikrlashning yangi modelini shakllantirish - insonni gumanizm tamoy illari asosida tarbiyalash va ulami inson faoliyati qanday global ekologik muammolarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohiantirish;
global ekologik muammolar sababini o‘rganish;
ekologik muammolami monitoringini olib borish va prcgnozlashtirish tizimini yaratish. Faqat shu yo‘l bilan har bir mamlakat to‘g‘risida ob’ektiv ma’lumotlar olish, ulami tahlil etish va muammolaming yanada keng tarqalishining oldini olish mumkin;
global ekologik muammolami hal etishda barcha mamlakatlaming intilishlarini muvofiqlashtirish va kuchlami bir joyga jamlash. Resurslaming yagona fondini yaratish, muntazam ravishda axborot va bilimlar bilan almashinish.
Ekologik siyosatning inohiyati, turlari va vazifalari
Ekologik muammolaming chuqurlashuvi xalqaro va milliy darajada tabiiy va ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan maqsadli siyosat olib borish zarurligini taqozo etmoqda. XXI asr boshiarida bir mamlakatdagi ekologik muammo dunyo muammosiga aylanib bormoqda, chunki ekologik inqiroz bir joyda to‘xtab turmaydi va dunyo bo’ylab keng tarqaladi.
Ekologik siyosat - ekologik vaziyatni boshqarish va mamlakatdagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy- iqtisodiy va institutsional chora-tadbirlar tizimidir. Bunda ekologik strategiya atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida amalga oshirilishi zarur maqsad va vazifalar yig‘indisi sifatida belgilanadi.
Ekologik siyosat miqyosiga ko‘ra global, davlat, mahalliy va korxona darajasida amalga oshirilishi mumkin.
Global miqyosda amalga oshiriladigan ekologik siyosat ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ulami mamlakatlar o‘rtasida taqsimlashda ekologik cheklovlar qo‘yish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat miqyosida olib boriladigan ekologik siyosat mamlakat hududining ekologik holati bilan bogTiq afzalliklar va kamchiliklarga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat chora-tadbirlarini qamrab oladi.
Mintaqaviy darajada amalga oshiriladigan ekologik siyosatda davlat tomonidan mamlakatning muayyan mintaqalaridagi ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan siyosat tushuniladi.
Mahalliy darajada amalga oshiriladigan ekologik siyosat ekologik monitoring o‘tkazish, atrof muhit muhofazasiga oid qonunchilik ijrosini nazorat qilish. mahalliy ekologik dasturlar va loyihalarni ishiab chiqish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi (7.2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |