Jahon mintaqalarida organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ko‘rsatkichlari, 2018 y,17*
|
Yer maydoni, mln. ga
|
Jahon organik yer maydonidagi ulushi, %
|
Jami yer maydonlaridagi ulushi,%
|
O‘n yilda o'zgarish,%
|
Mahsulot yetishtiruvchilar soni, mingta
|
Afrika
|
2.0
|
3
|
0,2
|
+100,4
|
788,9
|
Osiyo
|
6,5
|
9
|
0,4
|
+82,6
|
1317,0
|
Yevropa
|
15,6
|
22
|
3,1
|
+69,4
|
418,6
|
Lotin Amerikas!
|
8,0
|
11
|
1,1
|
+4,6
|
227,7
|
Shimoliy Amerika
|
3,3
|
5
|
0,8
|
+25,7
|
24,0
|
Okeaniya
|
36,0
|
50
|
8,6
|
+ 196,2
|
26,8
|
0‘zbekiston
|
0,09
|
...
|
|
191,0
|
1
|
Jami
|
713
|
100
|
M
|
+97,2
|
2796,9
|
Organik qishloq xo'jaligi uchun ajratilgan yer maydonlari hajmi 2008- 2018 yillarda 4,8 martaga oshganligiga qaramasdan ulaming jami yer maydonlaridagi ulushi dunyo bo'yicha bor-yo‘g‘i 1,5 foizni tashkil etmoqda. Shu bilan bir vaqtda dunyoning 16 ta mamlakatida ushbu ko‘rsatkich 10%dan, Lixtenshteyn (38,5%), Samoa (34.5%) va Avstraliyada (34,7%) esa 25%dan yuqori.
6.2.3-rasm. Organik mahsulotlarni jon boshiga istc’mol qilish miqdori, yevro181,2018 y.
6.2.2-rasm. Organik mahsulotlar
bozori hajmi, mlrd. yevro180 181. 2018 y.
2018 yilda jahonda 2,8 million organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar ro'yxalga olingan. Hindiston hissasiga jam: organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonining 50%i to"g‘ri kelmoqda. Keyingi o‘rinlami Uganda (210 000) va Efiopiya (204 000) egalladi (6.2.4-rasm).
Organik mahsulotlami sotishning asosiy bozori rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi va ushbu bozoming 90 foizga yaqini AQSh, Yevropaning hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 2018 yilda AQSh organik mahsulotlar bozori hajmi 40,6 mlrd. yevroni, Yevropa bozori hajmi esa 30 mlrd. yevrodan ko'proqni tashkil etdi. Yevropa organik mahsulotlar bozorida Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Shvetsariya, Shvetsiya, Ispaniya yetakchi mavqeyga ega (6.2.2-rasm). Organik mahsulotlami jon boshiga iste’mol qilish miqdori ko’rsatkichi bo'yicha ham rivojlangan mamlakatlar yetakchi mavqeyga ega. 2018 yilda ushbu ko'rsatkich bo'yicha mutlaq birinchilik Daniya va Shvetsariyaga tegishli bo‘lib, jon boshiga organik mahsulot iste’mol qilish miqdori 312 yevroni tashkil etdi (6.2.3-rasm).
6.2.4-rasm. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishttrnvchi
korxonalar soni bo‘yicha yetakchi mamlakatlar, ming nafar (2018 y.)
Hindiston organik mahsulotlarga qo‘yiladigan talablar bo'yicha sertifikatga ega ishlab chiqaruvchilar soni bo'yicha dunyoda yetakchi mamlakat hisoblanadi. Hindistonda organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun 1,9 mln. ga yer ajratilgan va mamlakat o‘z mahsulotlarini 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qiladi. Hindiston eksportining katta qismini organik mahsulotlar texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan kokos yog‘i, ziravoriar, o'tlar va an’anaviy hind choylari tashkii etadi.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra 2050 yilga qadar jahon oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi aholi ehtiyojlariga inos ravishda 70 foizga ortadi. Hozirda ushbu maqsadga qanday usullar yordamida erishish mumkinligi borasida tortishuvlar davom etmoqda va ushbu maqsadga erishish yo'llaridan biri qishloq xo'jaligini “yashil iqtisodiyot” usullari yordamida rivojlantirish hisoblanadi. Agrosanoatning ko'p energiya talab etishi, yer osti suvlarini ifloslantirishi, tuproq tarkibining buzilishiga olib kelishi. eroziyani kuchaytirishi, hayvonlami ishlab chiqarish mashinalariga aylantirishi, bio xilma-xillikni qisqartirishi, tabiiy landshaftlami cho‘llarga aylantirishi bilan bog‘liq salbiy oqibatlari qishloq xo'jaligida “yashil texnologiyalar”ni qo'llash jarayonini jadallashtirishni taqozo etadi.
Chiqindilarni qisqartirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish. Chiqindilarni qisqartirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish qishloq xo’jaligini “yashillashtirish”ning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Tarmoqda yetishtirilayotgan hosilning zararkunandalar va oziq-ovqatlami saqlash, taqsimlash, sotish bilan bog‘iiq holda nobud bo’lish darajasi aholi uchun zarur ishlab chiqarilayotgan ozuqa kaloriyasining deyarli 50 foizini tashkii etadi. Hozirgi vaqtda jami ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori 4600 kkal/kishi/kunga teng, ammo ulardan foydalanish darajasi 2000 kkal/kishi/kunni tashkii etmoqda. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti mutaxassislari fikricha, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish zanjiridagi yo‘qotishlar va chiqindlilar miqdorini 50 foizga qadar qisqartirish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |