O'rmonlashtirish. Tanazzulga yuz tutgan yerlarni qayta tiklashda o'rmoniar muhim rol o'ynaydi. Daraxtlar issiqxona gazlarini tutib qoladi, kislorod ishlab chiqaradi, yomg'ir suvlarini jamg'aradi, tuproq eroziyasiga qarshilik qiladi va gumusning shakllanishi uchun tabiiy o'g'itlar berishadi.
Gidroponika. Gidroponika o'simliklami tuproqsizo'stirishning ilmiy usuli hisobianib, sabzovotlar tuproqqa ildiz otmaydi va noorganik substrat ozuqa yetkazib berish manbai hisoblanadi. Oshbu usulning afzalligi shundaki bunda o'simliklarga qancha miqdorda noorganik moddalar va suvning zarurligini nazorat qilish, kerakli harorat va yorug'likni tartibga solish mumkin. O'simliklaming vegetatsion davri qisqaradi va mavsumda bir necha marta hosil olsa bo'ladi. Pestitsidlar va gerbitsidlarga bo'lgan ehtiyoj yo'qoladi, chunki organik chiqindilar o'g'it sifatida ishlatilishi va energiya ishlab chiqarish uchun sarflanishi mumkin bo'laaralash qo‘llashda sinergetik samaradan foydalanish mumkin. Ushbu samaraga erishishdagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan bin sifatida “Baliq-pomidor” loyihasini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu usulning ilmiy nomi akvaponika, deb nomlanadi. Akvaponika turli - baliqchilik (“akvamadaniyat”) va pomidor yetishtirish (“gidroponika”) - jarayonlarining sinegretik samarasidan foydalanishga asoslangan ilmiy usul hisoblanadi. Bu jarayondagi muhim xususiyat resurslar iste’moli samaradorligining sezilarli darajada yuqori ekanligi sanaladi. Baliq boqilayotgan suv bir vaqtning o‘zida o'simliklami sug'orish uchun xizmat qilsa, issiqxonada parlangan bug‘ sovigandan keyin yana basseynga qaytib tushadi. Agar an’anaviy balqchilikda 1 kg baliq yetishtirish uchun 1000 litr, odiiy gidroponika usulida 1 kg pomidor yetishtirish uchun 600 litr suv zarur bo'lsa, “Baliq-pomidor” usulida 1 kg baliq va 1,6 kg pomidor yetishtirish uchun 220 litr suv yetarli bo'ladi. Tizimga har kuni 3 litr toza suv qo'shib turish zarur, qolgan 97% suv texnik suv sifatida qayta foydalaniladilS
Qishloq xo'jaiigini “yashillashtirish” katta miqdorda investitsiyalar, chuqur ilmiy tadqiqotlar va mavjud imkoniyatlami kengaytirishni talab etadi. “Yashil qishloq xo‘jaligida odatdagi qishloq xo‘jaligiga nisbatan mehnat unumdorligi yuqori va unda multiplikativ Samara” asosida yangi ishchi o‘rinlarini yaratish imkoniyati mavjud.
“Yashil qishloq xoijaligi”ga o'tish qator ekologik afzalliklami yaratib beradi. “Yashil qishloq xo'jaligi”da tuproq hosildorligini tiklash va qo'llab- quwatlash orqali tabiiy kapitaini qayta tiklash, tuproq eroziyasi va noorganik agrokimyoviy ifloslantirish darajasini pasaytirish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, o‘rmonlami kesish hajmini qisqartirish, bioxilma-xillikningyo'qolib ketish xavfini pasaytirish, qishloq xo'jaligida issiqxona gazlarini chiqarish hajmini qisqartirish borasida katta salohiyat mavjud. “Yashil qishloq xo'jaligi” milliy va xalqaro darajada strategik islohotlar va innovatsiyalami amalga oshirishni talab etadi.
Organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash
yo'nalishiari
Jahon amaliyotida organik qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning turli usullari mavjud. Rivojlangan mamlakatlarda aholi turmush darajasining ortishi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning o'zgarishiga olib kelmoqda. Ushbu talablami inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq risklami pasaytirish, mahsulotlaming miqdor va sifat ko'rsatkichlariga qo‘yilayotgan mezonlaming takomillashib borayotganligi bilan izohlash mumkin. Iste’molchilar tomonidan ekologik toza mahsulot yoki organik oziq-ovqat mahsulotiariga bo‘lgan talab o‘sib bormoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda agrosanoat mahsulotlarini ekologik talablar asosida ishlab chiqarish bundan 30 vil oldin boshlangan bo‘lib. bu turdagi mahsulotlaming asosiy bozoriari AQSh, Kanada, Yel mamlakatlari ( Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya), Osiyo mintaqasi mamlakatlari (Yaponiya) hisoblanishadi.
Rivojlangan mamlakatlar agrosanoat majmuasining rivojlanishida ushbu sohani daviat tomonidan turli usullar yordamida qo‘llab-quwatlash muhim o‘rin tutadi. An’anaviy tarzda qishloq xo'jalik mahsulotlarini eksport qiluvchi AQSh, Yel mamlakatlari jahon bozoridagi yetakchi mavqelarini saqlab qolish va ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni ta’minlash uchun milliy qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini eksport subsidiyalari ajratish orqali har tomonlama qo'llab-quwatlashga harakat qilishadi. Texnologik jihatdan rivojlangan Yaponiya, Norvegiya, Avstriya kabi oziq- ovqat mahsulotlarining sezilarli qismini import qiluvchi mamlakatlar eksporterlarga bogTiqlikni pasaytirish maqsadida milliy ishlab chiqaruvchilami qo'llab-quvvatlashadi.
Qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarda tashqi raqobatdan himoyalanadigan tarmoq hisoblanib, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tarmoqni qoTlab-quvvatlash uchun har yili daviat byudjetidan katta miqdorda mablag1 ajratiladi. Masalan, mahsulotlarga qat’iy narx belgilash va arzón kreditlar uchun bevosita to'lovlar shaklidagi subsidiyalar miqdori fermerlar daromadining 30 foizidan 80 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi: AQSh-30%, Kanada-45%, Yel-49%, Shvetsiya-59%, Yaponiya - 66%, Finlyandiya - 77%, Shvelsariya - 80%. Rivojlangan G’arb mamlakatlarida qishloq xojaligini daviat tomonidan qo‘llab-quwatlash miqdori yalpi agrar mahsulotning 40-50 foiziga teng. Shu bilan bir vaqlda subsidiya summasi qishloq xojalik mahsulotlari narxiga nisbatan sezilarli ravishda farq qiladi. Misol uchun, ushbu ko‘rsatkich Shvetsariyada — 82, Norvegiyada-75, Islandiyada-73, Finlyandiyada —70 foizgachani tashkil etgani holda, Yaponiyada - 74 foizni, AQShda esa - 23 foizni tashkil etdi. Rivojlangan mamlakatlarda subsidiyalaming tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishida ham sezilarli farq mavjud. AQShda subsidiyalaming 58 foizi, Kanadada- 69 foizi, Yelda - 75 foizi dehqonchilik sohasiga ajratilsa, Isiandiyada subsidiyalaming 100 foizi chorvachilik sohasiga yo'naltiriladi. Yelda organik dehqonchilikning rivojlanishida organik ishlab chiqarishga o'tishni rag‘batlantiruvchi bevosita dotatsiyalar muhim rol o‘ynadi. Ushbu dotatsiyalar miqdori mamlakatlar va qishloq xo'jalik ekinlari bo'yicha bir y ¡Ida gektariga 500-150Û yevrogacha o‘zgarib turadi167.
Yevropaning ayrim mamlakatlari organik ishlab chiqarishni agrosanoat majmuasini rivojlantirish bazasi sifatida tanlashadi. Jumladan, Daniya hukumati 2015-2018 yillarda mamlakat qishloq xo'jaligini to'liq organik ishlab chiqarishga o'tkazish dasturini amaliyotga tatbiq etdi. Ushbu dastur organik qishloq xo'jaligi uchun ajratilayotgan yer maydonlarini 2020 yilga qadar ikki baravar - 340 ming gektargacha kengaytirishni nazarda tutadi. Xususiy fermerlar tomonidan ijaraga olinayotgan yer maydonlarining faqat organik ishlab chiqarish uchun foydalanilishi mumkinligi, organik dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shug‘ullanuvchilar uchun davlat tomonidan investitsiyalar sarflanishi vaboshqaomillar ushbu sohaning jadal nvojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi168.
Organik qishloq xo'jaligini rivojlantirish va davlat tomonidan qo'llab- quwatlashda sertifikatlash tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Ishlab chiqaruvchilar sertifikatlar yordamida o‘z xo‘jaliklarida organik mahsulotlar ishlab chiqarayotganlikiarini isbotlay olishadi. Sertifikatlashdan maqsad organik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilaming tijorat faoliyatini rivojlantirish, sifatni kafolatlash, qalbaki mahsuiot'ardan ogohlantirish hisoblanadi. XX asming 70-yilIaridan boshlab ilk bor Yevropa va Amerikada xususiy assotsiatsiyalar organik mahsulotlarni o'z standartlari doirasida sertifikatlashni boshiashgan. 1980 yillarda organik qishloq xo'jaligini yuritish bo‘yicha davlat tavsiyanomalari, 1990 yillardan esa ushbu sohaga davlat standartlarini joriy etish boshlandi.
Dunyoning aksariyat mamlakatlari organik mahsulotlar yetishtirishni sertifikatlashtirish tizimlariga ega. Ushbu tizim organik mahsulotlar yetishtirish bilan bir vaqtda ulami qayta ishlash, o'rab joylash va saqlash bo'yicha talablarni ham o'z ichiga oladi.
Organik sertifikat korxona tomonidan mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarish, mahsulotlarni qadoqlash va tashishda organik talablarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Organik sertifikatlashdan o‘tishda korxona mustaqil ekspertlar tomonidan organik ishlab chiqarish tamoyillariga mosligi bo'yicha tekshiruvdan o'tishi lozim.
Dehqonchilik, chorvachilik va mahsulot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan fermer xo'jaligi faoliyati organik sertifikat olish uchun quyidagi tamoyillarga mos kelishi zarur:mahsulot tarkibidagi ingredientlaming 95%i organik standartlarga mos kelishi, 5%i esa tabiiy bo'lishi va Yelda qo'lkaniladigan talablarga muvofiq bo‘lishi lozim;
organik mahsulotlar yetishtirish uchun ajratilgan yerlarda kamida uch yil davomida kimyoviy o'g'itlar, pestitsidlar va organik dehqonchilikda foydalanish mumkin bo'ltnagan boshqa qo'shimchalardan ozod etilishi zarur. Yeming tozaligi muntazam laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazib turiladi;
chorvachilikda barcha hayvonlar erkin boqilishi va aylanib yurishi lozim. Hayvonlaming kasal bo'lib qolishining oldini olish maqsadida har bir hayvon turi uchun mos qulay sharoit yaratish, garmonlar va turli antibiotiklaidan foydalanish ta’qiqlanadi.
o‘txo‘r hayvonlar uchun yemishlaming kamida 60%i fermer xo‘jaligining o‘z maydonlarida ishlab chiqarilgan bo'lishi, agar buning irnkoni bo‘lmasa shu hududdagi boshqa xo'jalikda yetishtiriigan bo'lishi zarur. Yosh hayvonlar uch oygacha ona suti bilan ozuqianishi shart.
organik o'g'itlardan (jumladan, go'ng, hayvonlaming chiqindilaridan kompost va boshqalar) foydalanish ham cheklangan. Tuproqning umumiy holatini yaxshilash uchun mikroorganizmlaming tarkibiy qismlaridan foydalanish mumkin.
Sertifikatlashning davlat tizimlari 2000 yilda Yaponiyada, 2001 yilda Hindistonda, 2005 yilda Xitoyda, 2006 yilda Kanadada joriy etilgan. Organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sertifikatlashning zamonaviy tizimlarida davlat standartlari doirasida o'rnatilgan majburiy talablar, huquqiy me’yorlar bilan bir vaqtda iste’rnolchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida tuzilgan ixtiyoriy kelishuvlar doirasidagi maxsus standartlardan ham foydalaniladi.
Jahon amaliyoti ko'rsatishicha, organik mahsulotlar ishlab chiqarish uchun berilgan sertifikatiar amaliy qiymatga ega bo'lmasdan, aksariyat hollarda iste’molchilami chalg‘itishga sabab bo'hnoqda. Shuning uchun organik mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi xo'jalik sub’ektlarini sertifikatlash majburiy bo'lishi va davlat tomonidan berilishi zarur. Organik qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish, nazorat qiiish davlat organlarini yaratish lozim. Ushbu organlar faoliyati ustun darajada biznes bilan bog'liq manfaatlamigina emas, balki oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini hal etish, mahsulotlar sifatini oshirish, umummilliy manfaatlami himoya qilishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Birinchi navbatda, “yashil iqtisodiyot”ning amaldagi sektorlari faoliyatining huquqiy bazasini mustahkamlash, jumladan, "yashil texnologiyalar” asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlami sertifikatlash,ishlab chiqarish jarayonini tartibga solish mexanizmini takomiilashtirish, organik qishloq xo‘jaligining sanoat bazasini yaratishning maqsadli davlat dasturlarini ishlab chiqish, ushbu sohada innovatsion ishlanmalami moliyalashtirish zarur.
Bundan tashqari, “yashil texnologiyalar” asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotiarni sotish kanallarini shakllantirish, “yashil texnologiyalar”ning natijalarini amaliyotga joriy etayotgan ishlab chiqaruvchilar va ulardan foydalanuvchilami rag'batlantirish tizimini joriy etish lozim. Ushbu jarayonni amaiga oshirishda “yashil iqtisodiyot”ning investitsion jozibadorligi (jumladan, davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmi hisobiga) muhim ahamiyat kasb etishi zarur.
O'zbekistonda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari
Qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi va qishloq xo‘jaligini “yashil’' iqlisodiyot asosida rivljlantirish zaruriyati umumglobal rivojlanish tendensiyalariga mos keladi. Jumladan, mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4%i) qishloq hududlarida istiqomat qiladi (2018 y.). Mamlakatda tug'ilish darajasi yuqori (23,3 proniille) va shunga mos ravishda qishloq joylarida ortiqcha ishchi kuchi mavjud. Aholining 45,5%ini 25 yoshgacha bo’lganlar, 55,0%dan ko‘prog‘ini esa 30 yoshgacha bo’lganlar tashkil etadi. Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida 20 mln. gektardan ortiq, shu jumladan 3,2 mln. gektar sug’oriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom ashyo yetishtirilmoqda169.
Respublika aholisi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo’jaligi yerlarining boshqa toifaga o'tkazilishi va global iqlim o’zgarishi ta’sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug’oriladigan yer maydonlari o’lchami 24 foizga (0,23 gektardan 0,16 gektargacha), o’rtacha yillik suv ta’minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi. Prognozlarga ko’ra, kelgusi 30 yil mobaynida sug’oriladigan yer maydonlari yana 20-25%ga qisqarishi mumkin.
Uzoq yillar davomida qishloq xo’jaligi yerlaridan samarasiz foydalanish natijasida tuproqning tabiiy unumdorligi va ekinlai hosildorligi pasayib, yetishtirilgan mahsulot sifati yomonlashmoqda, atrof muhit
jadval 170
Do'stlaringiz bilan baham: |