Ekologik siyosatning sub’ektlari. Davlat ekologik siyosatni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Davlat ekologik qonunchilik ijrosini nazorat qilish, ekologik faoliyatni amalga oshirish qoidalarini belgilash, ekologik siyosat sub’ektlari faoliyatini muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalami bajaradi.
Xo'jalik yurituvchi sub’ektlar atrof muhitni muhofaza qilishda faol ishtirok etishlari zarur. Amaldagi qonunchilik korxonalarga ishlab chiqarish jarayonining atrof muhitga ta’sirini hisobga olish, tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlami bartaraf etish majburiyatini yuklaydi.
Ilmiy-tadqiqot tashkilotlari ekologik siyosatni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ekologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini muntazam olib borish zaruriyati mavjud. Ilmiy-tadqiqot natijalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash va atrof muhitni muhofaza qilishda muhim vosita bo‘lib qolmoqda.
Samarali ekologik siyosat yuritishda jamoat tashkilotlarining o*mi katta. Ular ekologik siyosat sohasida muhim qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ekologik qonunchilikning bajarilishini monitoring qilish, ekologik ta’lim va aholi o'rtasida tashviqot ishlarini olib borishda muhim rol o‘ynashadi.
XXI asr boshlarida atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarga qarshi kurash masalalari ayrim siyosiy partiyalaming mavfkuraviy dasturiga aylanib ulgurdi. Dunyoda ekologiya yo'nalishidagi qariyb yuzga yaqin siyosiy partiyalar faoliyat yuritadi. Odatda “yashillar” nomi bilan yuritiladigan ushbu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g‘oyalarini ilgari suradi. 0‘zbekistonda 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan 0‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Yangi partiyaning maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslami saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo'naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslami saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko'maklashishga qaratilgan180.
13. Ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi
Ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy dastaklari turli-tuman bo'lib ularni quyidagi guruhlarga ajratish tnumkin: qoplovchi, rag'batlantiruvchi vacheklovchi (7.3.1-rasm).
rasm.
Ekologik siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |