Neotektonik h’arakatlar. Neotektonik h’arakatlar 40 mln. yildan buyongi tektonik h’arakatlarni o’z ichiga. Ёsh tektonik xarakatlar golotsen davridan, yani keyingi 10000 yildan boshlanadi, arxeologik va geomorfologik usullar yordamida o’rganiladi. Hozirgi zamon tektonik h’arakatlari 100 yildan buyongi xarakatlarga tegishli bo’lib, ular geodezik asboblar yordamida o’rganiladi.
Neogen va to’rtlamchi davrlardagi tektonik h’arakatlarni va ular h’osil qilgan strukturalarni geologiyaning neotektonika deb ataluvchi soh’asi o’rganadi.
Neotektonikani akademik V.A.Obruchev (1863 - 1956) birinchi bo’lib umumiy tektonika fanidan ajratishni taklif qilgan va buni asoslagan.
Er po’stining rivojlanish tarixi unda muttasil tektonik h’arakatlar bo’lib turganligidan darak beradi. Bunday h’arakatlar tog’ jinsi qatlamlarining yotish h’olatini, tuzilishini, relefini o’zgartiradi. Er qatlamlaridagi, ayniqsa yosh qatlamlardagi bunday o’zgarishlarni aniqlash, ularni o’rganish muh’im ah’amiyatga egadir. Chunki ular h’ozirgi relef shakllarini h’osil qilgan bo’lib, neft, gaz, ko’mir kabi foydali qazilmalarni bashorat qilish va qidirishda etakchi mezon h’ isoblanadi.
Neotektonik h’arakatlar kechgan joylarni bir necha xil usullar yordamida aniqlash mumkin.
Tektonik h’arakatlar tufayli neogen, to’rtlamchi davr yotqiziqlarida darz ketgan, bukilgan strukturalar h’osil bo’lgan va balandliklarda qadimgi tekislanish yuzalari kabi qoldiq relef shakllari uchraydigan joylar mavjud. Ana shular tah’lil qilinib, neotektonik h’arakatlarning tezligi va yo’nalishi, qanday geologik strukturalarni h’osil qilganligi h’amda ularga relefning qanday shakllari mos kelishi aniqlanadi.
To’rtlamchi davr yotqiziqlarning darz ketgan va uzilgan joylari Qorjontovda, Norin daryosi vodiysida va boshqa joylarda uchraydi. Er po’stining ko’tarilishi tufayli antropogen davri yotqiziqlari tog’larning 1800 - 2000 m mutlaq balandliklarida, yani daryo o’zanidan 600-700 m tepada qolib ketgan. Masalan, Pskom daryosi chap qirg’og’idagi nanay supasi (Q1) bunga misol bo’laoladi. Qadimgi tekisliklarning baland tog’ oralig’ida qolib ketishi neotektonik h’arakat kechganligidan darak beradi. Masalan, Chotqol, Pskom tog’lari orasidagi Maydontol (platosi) dengiz yuzasidan 2500 - 2800 m balandlikda joylashgan.
Neotektonik va h’ozirgi zamon tektonik h’arakatlar vulkan otilishi, zilzila h’arakatlarida namoyon bo’ladi (zilzila bobiga karang). To’rtlamchi davrning boshlarida er yorilishidan Afrikadagi Viktoriya va Tanganika ko’llari, Qizil dengiz va O’lik dengizlar h’osil bo’lgan. Rossiya h’ududidagi Baykal ko’li h’am antropogen davrida xosil bo’lgan deb h’ isoblanadi.
Neotektonik h’arakatlar tufayli h’ozirgi davrdagi quruqlik va okean tublaridagi asosiy relef shakllari: tog’lar, tekisliklar, daryo vodiylari paydo bo’lgan.
Hozirgi zamon tektonik h’arakatlarini bevosita o’rganishimiz va asboblar orqali ularning qiymatini o’lchashimiz mumkin. Shu kabi yo’nalishini h’am aniqlash mumkin. Masalan: vetikal h’arakatlar musbat - ko’tariluvchi va manfiy - cho’kuvchi bo’lishi mumkin.
Hozirgi zamon vertikal va gorizontal tektonik h’arakatlarni o’rganish natijalari shuni ko’rsatadiki, ularning o’rtacha tezligi yiliga 1-2 sm dan oshmaydi. Birinchi qarashda bu judayam arzimasdek tuyuladi. Ammo bu h’arakatlar yuz ming va millionlab yillar davomida to’xtovsiz kechishi mumkin. Yiliga 1 sm dagi ko’tarilish tezligi bir million yil davomida balandligi 10 km bo’lgan tog’ni h’osil qiladi. Bu Himolaydan h’am baland!
Geologik o’tmishdagi tektonik h’arakatlar to’g’risida ularning natijalari bo’yicha fikr yuritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |