Minerallar va ularni kelib chiqishiga ko’ra sinflanishi Minerallar hosil qiladigan tog’ jinslari va ularning turlari Cho’kindi tog’ jinslari



Download 281,03 Kb.
bet7/12
Sana22.04.2022
Hajmi281,03 Kb.
#571861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Neft gaz geologiyasi

Nurash jarayonlari
Cho'kindi h’osil bo'lish muh’iti ko'p omilli bo'lib, unda h’ududning iqlimi, relefi va geotektonik rejimi muh’im ah’amiyatga ega. Ulardan h’ar birining o'zgarishi cho'kindi h’osil bo'lish jarayoni xususiyatlariga keskin tasir etadi. Demak, turli iqlim, relef va geotektonik rejimda nurash jarayoni turlicha kechadi.
Er yuzasida ochilib yotgan birlamchi tog’ jinslarining h’avo, suv va muzlik, h’aroratning o'zgarishi va boshqa tabiiy-kimyoviy h’odisalar h’amda organizmlar tasirida parchalanishiga nurash deyiladi. U nurash omillariga qarab fizik, kimyoviy va biologik nurashga bo'linadi.
Fizik nurash h’aroratning keskin o'zgarishi, suv va h’avo oqimlari, muzlarning h’arakati natijasida tog’ jinslarining mexanik parchalanishi orqali amalga oshadi.
Tog’ jinslarini tashkil etuvchi minerallarning issiqlikdan kengayish xususiyatlari turlicha bo'lganligi tufayli ular h’aroratning keskin sutkalik o'zgarishida turli miqdorda kengayadi va torayadi. Bu tog’ jinslarida dastlab juda mayda darzliklar rivojlanishiga olib keladi. Darzliklarga suv singib, muzlaydi. Natijada darzliklar yanada kengayadi. Yirik kristall donali jinslarda minerallarning dezintegratsiyasi - donalarning bir-biridan ajralib ketishi sodir bo'ladi.
Haroratli nurash. Tog’ jinslarining bir xilda isitilmasligi sababidan sodir bo'ladi. Bunda asosan, h’aroratning sutkalik tebranishi katta ah’amiyatga ega bo'ladi. Monomineral tog’ jinslarining yuza qismi bilan pastki qismi o'rtasida, polimineral tog’ jinslarida turli qattiqlik va rangdagi minerallar o'rtasida h’arorat amplitudasining tasiridan siqilish va kengayish kuzatiladi. Natijada tog’ jinsida darzlar paydo bo'lib, asta-sekin parchalana boradi.
Haroratli nurash keskin kontinental arid iqlimli o'lkalarda va arktikada kuchli kechadi. Mexanik nurash suv va h’avo oqimlarining kuchi, gravitatsion jarayonlar, tog’ jinslarining muzlashi va osimliklar tomiri tasirida emirilishidan namoyon boladi.

Er taraqqiyoti tarixida tog’ h’osil qiluvchi kuchli tektonik h’arakatlar ro’y bergan tog’ burmalanishi epoxalari ajratiladi. Masalan, baykal tog’ burmalanishi proterozoyning oxiri- paleozoyning boshlanishida, kaledon va gertsin tog’ burmalanishlari paleozoyning o’rtasida va oxirida, kimmeriy tog’ burmalanishi mezozoy erasida, alp tog’ burmalanishi esa kaynozoy erasida sodir bo’lgan. Tektonik h’arakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi (neotektonik) va h’ozirgi zamon tektonik h’arakatlariga bo’linadi.


Eng qadimgi tektonik h’arakatlarga arxey va proterozoyda sodir bo’lgan tektonik h’arakatlar kiradi. Qadimgisi - paleozoy (kaledon, gertsin) va mezozoy (kimmeriy) eralaridagi, neotektonik va h’ozirgi zamon tektonik h’arakatlari esa kaynozoy (alp) erasidagi tog’ burmalanishlarini o’z ichiga oladi. Ular asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o’rganiladi.
Er po’stidagi tektonik h’arakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarning dastlabki yotishini o’zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik tasir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar h’osil qilib, bo’laklarga ajraladi va nih’oyat bir qismi ko’tarilib, ikkinchi qismi cho’kishi mumkin.
Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o’zgarishi ichki h’arakatga bog’liqdir. Bu h’arakatdan cho’kish, ko’tarilish, burmalanish, er yorilishi, katta - katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik h’arakatlar ikki xil - orogen va epeyrogen h’arakatlarga bo’linadi. Orogen h’arakatlar o’z navbatida plikativ (burmalanish) va dizyunktiv (uzilma) turlarga ajratiladi. Epeyrogen (tebranma) h’arakatlar er po’stining asriy tebranishida o’z ifodasini topgan.
Dengiz yotqiziqlarining barcha qitalarda topilishi o’tgan geologik davrlarda bir necha marta er po’stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday h’arakatlar h’ozir h’am davom etmoqda.
Epeyrogen h’arakatlar qirg’oq chiziqlarining o’zgarishida a yniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz soh’illarining bazi joylarida suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday h’odisa yo dengiz sath’ining pasayishi yoki soh’ilining ko’tarilishida ro’y beradi.
Quruqlikning cho’kishi yoki dengiz sath’ining ko’tarilishi natijasida dengiz transgressiyasi ro’y beradi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqlikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi.
Er po’stining asriy tebranishi faqat dengiz soh’illaridagina emas, balki materik ichkarisida h’am kuzatiladi. Masalan, Frantsiyaning ayrim joylari, Alp tog’larining etaklari va Boden ko’li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko’li soh’illari, Tinch okeandagi ko’pchilik marjo n orollari h’am asta - sekin cho’kmoqda. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Er po’stidagi h’ozirgi h’arakatlarni aniq o’lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tog’ jinslari qatlamlarining yotish h’olatini o’lchash bilan epeyrogen h’arakatlarning er po’stiga ko’rsatgan tasiri aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog’ jinslarining yotish shakllarining tah’lili h’am katta yordam beradi.
1862-1932-yillardagi nivelirlashlarning natijalari tekshirib ko’rilganda, Himolay tog’lari bilan Gang daryosi o’rtasida joylashgan Shimoliy Hindistonning ko’p qismi bir yilda 18,2 mm ko’tarilganligi aniqlangan. Banoras shah’rining shimoliy qismi h’am eng ko’p ko’tarilganligi malum. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent h’ududining pastkam joylari (Chirchiq daryosi, Qoraqamish va
Bo’zsuvning quyi oqimlari) cho’kayotgan bo’lsa, boshqa joylari (Anh’or kanali o’tgan joylar, Yunusobod) ko’tarilayotganligini ko’rsatdi.
Er po’stining tik (vertikal) tebranma h’arakatidan tashqari, gorizontal h’arakati h’am kuzatiladi. Masalan, Pomir tog’lari janubdan shimolga tomon asta-sekin yiliga 2-3 sm siljimoqda. Er tarixida va rivojlanishida tektonik h’arakatlar muttasil, lekin goh’ tez, goh’ sust kechgan.

Download 281,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish