Minerallar va ularni kelib chiqishiga ko’ra sinflanishi Minerallar hosil qiladigan tog’ jinslari va ularning turlari Cho’kindi tog’ jinslari



Download 281,03 Kb.
bet6/12
Sana22.04.2022
Hajmi281,03 Kb.
#571861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Neft gaz geologiyasi

Chala kristalli (porfirli) struktura kristallar va vulkanik shishadan tarkib topgan tog’ jinslariga xos bo'ib, ularda asosiy shishasimon yoki yashirin kristalli massa orasida ajralib chiqqan ancha miqdordagi muayyan minerallarning yaxshi ifodalangan kristallari turli miqdoriy nisbatlarda mavjud bo'adi.
Shishasimon struktura amorf, kristallanmagan tog’ jinslari uchun xarakterli. Tog’ jinslarida bunday struktura shishasimon tuzilishli (vulkanik shisha) zich yoki g’ovakli massadan iborat bo'adi. Ular shishasimon yaltiroqligi va chig’anoqsimon sinishi bilan farq qiladi. Bunday struktura effuziv jinslar uchun xarakterli bo'adi.
Magmatik jinslarning teksturasi. Tekstura tog’ jinsida mineral donalarning o’zaro joylashish tartibi bo’yicha belgilanadi. Unda yaxlit, yo'-yo'li, dog’li, g’ovak, flyuidal va bodomsimon teksturalar ajratiladi.
Magmatik jinslar teksturasi va strukturasining shakllanishi magma eritmasining qotish sharoitlarida mineralizatorlarning saqlanishini taminlovchi tabiiy sharoitlar: harorat, qotish tezligi, shakllanish chuqurligi bilan bog’liq bo'adi.

6-mavzu. Yer po’stidagi ekzogen va endogen jarayonlar
Reja:

  1. Ekzogen jarayonlar. Nurash va ularning turlari

  2. Endogen jarayonlar. Tektonik harakatlar


Ekzogen jarayonlar to’g’risida tushuncha

Ekzogen (tashqarida vujudga keladigan) jarayonlar quyosh energiyasi va og’irlik kuchi natijasida ro’y beradigan jarayonlar bo’lib, Er yuzasi relefining h’osil bo’lishida endogen jarayonlar bilan teng kuchlidir. Er yuzasida kuzatiladigan murakkab va turli qiyofadagi relef endogen va ekzogen jarayonlarining o’zaro aloqasining masuli. Tabiatda “sof” endogen yoki ekzogen shakllar juda kam uchraydi. Endogen jarayonlar muayan ekzogen fonda ro’y beradi. Ekzogen jarayonlar esa endogen relefni soddalashtirishi yoki murakkablashtirishi mumkin.
Er yuzasida ekzogen agentlar taosirida moddalarning ko’chishi natijasida h’osil bo’lgan turli kattalikdagi relef shakllari morfoskulpptura shakllari deyiladi. Oqar va er osti suvlari, okean, dengiz va ko’l suvlari, shamol, muzlik va qor, tirik organizmlar va boshqalar ekzogen agentlarga kiritiladi. Ularning turlari 1-jadvalda keltirilgan. Ekzogen agentlarning umumiy samarasi moddalarning yuqori gipsometrik yuzadan pastroq yuzaga ko’chirilishi bilan belgilanadi. Quruqlikda mineral moddalarning ko’chishidagi ekzogen agentlarning h’issasi 4.1.2-jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldan ko’rinadiki quruqlik suvlari mineral moddalarning balansida muh’im rol o’ynaydi. Erning quruqlik yuzasida bir yil davomida 23,2-25.7 mlrd tonna mineral moddalar ekzogen agentlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladi. Buning oqibatida Er yuzasining relefi o’zgaradi.
Ekzogen agentlarning harakteriga bog’liq holda morfoskulpptura, yani ekzogen relef denudatsiya va akkumulyatsiya shakllariga ajratiladi.
Denudatsiya (lotincha-ochilib qolish) nurash masulotlarining nisbatan past joylarga olib ketilishi jarayonlari yig’indisiga aytiladi. Denudatsiya oqar suvlar, muzliklar va shamol natijasida ro’y beradi, tik yonbag’irlarda esa nuragan jinslar qulaydi va og’irlik kuchi taosirida pastga surilib tushadi. Demak, denudatsiya shakllari nuragan jinslarni boshqa joyga olib ketishilishidan vujudga kelar ekan.
Akkumulyatsiya (lotincha-to’planish, yig’ilish) deb Er yuzasida nurash masulotlari va organik qoldiqlarning to’planish jarayonlariga aytiladi. Akkumulyativ relef shakllari turli masulotlarning to’planishi bilan bog’liq bo’ladi.

Er po'stida va uning yuza qismidagi barcha o'zgarishlarga sababchi bo'lgan ikkita qudratli kuch bor. Ularga endogen va ekzogen kuchlar yoki jarayonlar deb nom berilgan. Birinchisining h’arakatga keltiruvchi manbai Erning ichki energiyasi bo'lsa, ikkinchisiniki tashqi, asosan - Quyosh energiyasidir.


Endogen kuchlar bunyod etuvchi xususiyatga ega bo'lsa, ekzogen kuchlar barbod etuvchi vazifasini bajaradi. Masalan endogen kuchlar Er yuzasining barcha notekisliklarini bunyod etsa, ekzogen kuchlar ularni tekislashga h’arakat qiladi.
Ekzogen (yunoncha - exo - tashqi, depon - kelib chiqish, paydo bo'lish) jarayonlar Er yuzasida sodir bo'ladigan tabiiy h’odisalar bo'lib, ularni h’arakatga keltiruvchi manba quyosh energiyasidir. Shuningdek ekzogen jarayonlar litosferaning atmosfera, gidrosfera va biosferalar bilan o'zaro tasiri natijasida sodir bo'ladigan tabiiy h’odisalardir. Ekzogen jarayonlar asosan er po'stining yuza qismini o'zgartiradi.
Barcha ekzogen jarayonlar tog’ jinslarini emiradi (nurash, eroziya, denudatsiya, abraziya, ekzaratsiya), emirilgan jinslarni tashiydi (ko'chiradi) va to'playdi (akkumulyatsiya). Ana shu tabiiy h’odisalar tufayli er yuzasining relefini tekislaydi. Lekin ekzogen jarayonlarning faolligini ko'p h’olatlarda endogen jarayonlar belgilab beradi va h’ar ikkalasi qarama-qarshiliklar kurashi va birligi qonuni asosida namoyon bo'ladi. Masalan, tog’lar (vulkanik, tektonik) qanchalar tez va baland ko'tarilsa, ularning emirilishi shunchalar tezlashadi. Bunda er po'stida modda va energiya almashinuvi kuzatiladi: tog’lar emirilib, pasaya boradi, tekisliklar esa, cho'kindi jinslar bilan to'lib, ko'tarila boshlaydi. Er po'stidagi mavjud muvozanat buzilib, tektonik h’arakatlar yangidan faollashish bosqichiga o'tib, vulkanlar h’arakatlanishi, dah’shatli zilzilalar sodir bo'lishi mumkin.
Demak, bu ikkala kuchlar o'zaro dinamik birlikda rivojlanadi. Shuning uchun h’am geologik - geomorfologik tadqiqot ishlarining uslubiy asosi endogen va ekzogen kuchlarining o'zaro nisbatini tah’lil qilish h’isoblanadi.
Quyosh energiyasi va boshqa tashqi kuchlar tasirida sodir bo'ladigan er po'stining yuza qismidagi barcha tabiiy h’odisalarni ekzogen jarayonlar deb ataladi. Ekzogen jarayonlarni ikkita yirik guruh’ga: quruqlikdagi va suvli muh’itdagi jarayonlarga ajratish mumkin. Quruklikdagi ekzogen jarayonlarga nurash, shamol, vaqtincha va doimiy oqar suvlar va muzliklar, suvli muh’itdagilarga dengiz va okean suvlari, ko'l va botqoqliklar, erosti suvlarining faoliyati tegishlidir.
Suv oqimi bilan bog’liq bo'lgan jarayonlar tog’ jinslarining emirilishi, erilgan materiallarning tashilishi, daryo, delta yotqiziqlari, umuman eroziya, ko'chirish va to'plash jarayonlari majmuasidan tashkil topadi.
Ekzogen jarayonlarning vaqt davomida rivojlanishiga asosan uchta (tektonika, iqlim, antropogen) omillar tasir etadi va to'rtta bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqichda ekzogen jarayonlar kuchayadi va unga mos h’olda landshaftlarning o'zgarishi jadallashadi. ikkinchi bosqichda ekzogen kuchlarning zaiflasha borishi va landshaftlarning o'zgarishi o'rtasida muvozanat yuzaga keladi. Bu mutanosiblik malum vaqt davom etadi. Uchinchi bosqichda ekzogen jarayonlarning tobora zaiflashuvi uzoq muddatlarda davom etishi h’isobiga landshaft tiplari yangi sharoitga moslasha boradi. To'rtinchi bosqichda dinamik muvozanat h’olatida rivojlanish muh’iti shakllanadi. Bu h’olat biror kuch tasir etmasa, uzoq geologik vaqt davomida ekzogen jarayonlar bilan landshaft tiplarining mutonasibligi o'zgarmaydi.
Quyida ekzogen jarayonlarga tegishli bo'lgan nurash, shamol, suv, muzlik, dengiz va okean, ko'l va botqoqlik, erosti suvlarining tasiri, tuproq h’osil qiluvchi jarayonlar h’aqida malumotlar keltiramiz.

Download 281,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish