Minerallar va ularni kelib chiqishiga ko’ra sinflanishi Minerallar hosil qiladigan tog’ jinslari va ularning turlari Cho’kindi tog’ jinslari


-mavzu. Magmatik va metamorfik tog’ jinslari



Download 281,03 Kb.
bet5/12
Sana22.04.2022
Hajmi281,03 Kb.
#571861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Neft gaz geologiyasi

5-mavzu. Magmatik va metamorfik tog’ jinslari

  1. Magmatik tog’ jinslari hosil bo’lishi va turlari

  2. Magmatik tog’ jinslarining yer po’stida joylashish shakllari

  3. Metamorfik tog’ jinslari, ularning turlari va tarqalish xususiyatlari


Magmatik jinslarning tasnifi. Magmatik jinslar h’osil bo'ish sharoitlariga bog’liq h’olda chuqur (intruziv), otqindi (effuziv) va yarimuchuqur (gipabissal) turlarga bo'inadi. intruziv jinslar katta chuqurliklarda magmaning yuqori h’arorat va bosim sharoitlarida sekin sovishi va birtekis qotishidan h’osil bo'adi. Bu jarayonlar tog’ jinslarida to'iq kristalli struktura, massiv tekstura shakllanishi va unda mineral komponentlarning birtekis tarqalishi bilan yakunlanadi.
Otqindi jinslar er yuzasida past h’arorat va atmosfera tasiri sharoitlarida lavadan issiqlik va gazsimon moddalarning tez ajralib chiqishi tufayli vujudga keladi h’amda qotganidan so’ng ularda ko’plab g’ovakliklar saqlanib qoladi. Shuning uchun ular amorf shisha ko’p bo'gan chala kristalli struktura, h’ar xil tekstura h’amda turli tarkib va strukturaga ega bo'gan uchastkalarning almashinib turishi bilan farq qiladi.
Subvulkan jinslari er yuzasiga yaqin chuqurlikda h’arorat pasayib borish rejimida h’osil bo'adi. Shu tufayli magmadan muayyan bir mineralning turli o'chamdagi kristallari vujudga keladi. Bunday jinslar aralash donali strukturasi bilan xarakterlanadi va porfirsimon jinslar deb ataladi.
Magmatik jinslarning tafsiliy tasnifi moddiy tarkibini o’rganishga asoslangan. Magmatik tog’ jinslarining moddiy tarkibi ulardagi kimyoviy elementlarning (oksidlarining) va jins h’osil qiluvchi minerallarning foyiz miqdorini h’isoblash orqali aniqlanadi.
Tog’ jinslarining kimyoviy va mineral tarkiblari o’zaro bog’liq, ammo bu bog’liqlik murakkab, shuning uchun h’am tog’ jinslarining kimyoviy tarkibini qayta h’isoblash orqali uning mineral tarkibini, mineral tarkibi orqali esa kimyoviy tarkibini aniqlab bo'maydi. Vulkan shishasidan iborat bo'gan jinslarning moddiy tarkibini faqat kimyoviy yo' bilan aniqlash mumkin.
Magmatik jinslarning kimyoviy tarkibi. Magmatik jinslarda u-yoki bu miqdorda uchraydigan elementlarning ro’yxati ancha uzun, amalda ularda barcha kimyoviy elementlar uchraydi. Ularning orasida eng keng tarqalgani kislorod bo'ib, u magmatik jinslar tarkibining deyarli yarmisini tashkil etadi. Tog’ jinslarining kimyoviy tarkibi SiO2, АЬОэ, Fe2O3, FeO, MgO, SaO, Na20 va K2O oksidlari yordamida ifodalanadi.
Magmatik jinslar kimyoviy va mineral tarkibi bo’yicha turli-tuman, ammo ularning barchasida kislorod va kremniy mavjud bo'adi.
Magmatik tog’ jinslarining tasnifi ularning kimyoviy tarkibini o’rganishga asoslangan. Magmatik jinslar SiO2 miqdori bo’yicha o’taasosli, asosli, o’rta va nordon turlarga bo'inadi. O’taasosli jinslarda kremnezyom SiO2 miqdori <44% bo'adi. Asosli jinslarda bu ko’rsatkich SiO2 = 44-53% ni, o’rta jinslarda SiO2 = 53-64% ni, nordon jinslarda SiO2 = >64% ni tashkil etadi.
Magmatik jinslarning mineral tarkibi. Mineral tarkib - bu kimyoviy tarkibi malum bo'gan jinslarni tashkil etuvchi minerallarning foyiz miqdori (h’ajmiy yoki vazniy). Mineral tarkib kimyoviy elementlardan h’osil bo'gan birikmalar xarakteri to’g’risida fikr yuritish imkoniyatini beradi.
Magmatik tog’ jinslarining mineral tarkibi h’am turli-tuman. Ularning orasida eng keng tarqalganlari dala shpatlari, kvarts, amfibollar, piroksenlar, slyudalar, kamroq tarqalganlari - olivin, nefelin, leytsit, magnetit, apatit va boshqalar h’isoblanadi.
Nordon intruziv jinslar asosan kaliyli dala ishpati, kvarts, plagioklazdan tarkib topgan bo'adi, qisman muskovit, biotit va amfibol uchrashi mumkin. O’rta jinslar uchun amfibol, biotit, plagioklaz, kvarts xarakterli, muskovit va kaliyli dala shpat i h’am uchrashi mumkin. Asosli jinslar piroksen va plagioklazdan tarkib topgan, o’taasosli jinslarda esa faqat olivin va piroksen kuzatiladi. Minerallarning foyiz miqdoriga asoslanib intruziv jinslarning nomini aniqlash mumkin.
O’taasosli jinslarning tipik vakillari bo'ib dunit, peridotit va piroksenit h’isoblanadi. Asosli jinslar gabbro, labradorit, diabaz va bazaltdan tarkib topgan bo'adi. O’rta jinslarning tipik vakillariga sienit, diorit, traxit, andezit, dala shpatili porfir, porfirit, nordonlariga esa - granit, riolit, granit-porfir kiradi. O’tanordon jinslar faqat pegmatitlardan iborat bo'adi.
Tabiatda keng tarqalgan minerallar jins h’osil qiluvchi minerallar deb ataladi. Magmatik tog’ jinslari umumiy tarkibining 99% ga yaqinini tashkil etuvchi jins h’osil q iluvchi minerallarga kvarts, kaliyli dala shpatlari, plagioklazlar, leytsit, nefelin, piroksenlar, amfibollar, slyudalar, olivin va b. kiradi.
Tog’ jinslarining juda kam miqdorini tashkil etuvchi minerallar aktsessorlar deb ataladi. Aktsessor minerallar orasida tsirkon, apatit, rutil, monatsit, ilmenit, xromit, titanit, ortit va boshqa minerallarni ko’rsatish mumkin; bazan madanli minerallar (magnetit, xromit, pirit, pirrotin va b.) h’am uchraydi. Tog’ jinslarida juda kam miqdorda (foyizning yuzdan bir ulushlari) uchraydigan element-qo’shimchalar: litiy, berilliy, bor, qalay, mis, xrom, nikel, xlor, ftor va b. ajratiladi.
Jins h’osil qiluvchi minerallar tog’ jinslarining 5% dan ko’pini, aktsessorlar esa 5% dan kam miqdorini tashkil etadi.
Qora rangli minerallarning miqdori h’am katta tasnifiy ah’amiyatga ega. Masalan, kremnezyomga to’yinmagan olivin minerali asosan o’taasosli jinslarda uchraydi. O’rta jinslarda odatda rogovaya obmanka, nordonlarida esa biotit mavjud bo'adi. ishqorli jinslar amfibollarning uchrashi bilan xarakterlanadi.
Kvarts o’rta va asosli jinslarda h’am uchrasada, nordon jinslarning tipik minerali h’isoblanadi. Silikatlar h’osil bo'ishi uchun metallar bilan birikmaga kirishadigan SiO 2 miqdori magmada keragidan ortiq bo'ishi lozim.
Tog’ jinslarida olivinning mavjudligi ularning kremnezyom bilan to’yinmaganligining belgisi bo'ib xizmat qiladi. Bu mineral SiO2 miqdori piroksen h’osil bo'ishi uchun etarli darajada bo'maganda faqat magmadangina kristallanadi. Aks h’olda olivin h’osil bo'maydi, chunki magma eritmasida kremnezyom miqdori etarli darajada bo'ganda olivin enstatitga aylanar edi.
Magmatik jinslarning asosiy xossalariga rangi, strukturasi, teksturasi va aloh’idaligi kiradi.
Magmatik tog’ jinslarining rangi ularning mineral va kimyoviy tarkibiga, yani ulardagi rangdor va rangsiz minerallarning miqdoriga bog’liq bo'adi.
Oqish jinslarda, odatda, rangdor minerallar bo'maydi yoki ular juda kam miqdorda uchraydi. Bunday jinslar leykokrat jinslar deb ataladi. Rangdor minerallardan tarkib topgan qora rangli jinslar melanokratli jinslar deb ataladi.
O’taasosli jinslarning rangi qora, asoslilariniki - to’q kulrang, o’rta tarkiblilariniki - kulrang, nordonlariniki - och kulrang, och pushtidan oqqacha bo'adi.
Magmatik jinslarning strukturasi. Tog’ jinslarining strukturasi tarkibiy qismlarining o'chami, shakli va o’zaro nisbati bilan ifodalanadi.
Magmatik jinslarning strukturaviy belgilari kristallanish darajasiga bog’liq bo'ib, magmaning kristallizatsiya sharoitlarini aks ettiradi. Magmatik tog’ jinslari to'iq kristalli, chala kristalli va shishasimon strukturali bo'adi.
Kristallarining nisbiy kattaligi bo’yicha to'iq kristalli struktura teng donali va aralash donali bo' adi.
Teng donali strukturada tog’ jinslari tarkibiga kiruvchi kristallar taxminan bir xil o'chamga ega bo'adi. Kristallarning o'chamiga bog’liq h’olda u yirik donali (kristallar o'chami 5 mm dan katta), o’rta donali (5-3 mm) va mayda donali (3 mm dan kichik) bo'ishi mumkin. Bunday struktura chuqurlik (abissal) jinslariga xos bo'adi.
Turli donali struktura tog’ jinslarida mineral massalarning notekis tarqalganligi bilan ifodalanadi. Bundaporfirsimon vapegmatitli strukturalar ajratiladi.
Porfirsimon struktura ikki o'chamdagi turli kristallardan tuzilgan jinslar uchun xarakterli bo'ib, asosiy massada yirik kristallar orasida mayda o'chamdagi kristallar joylashgan bo'adi.
Pegmatitli struktura tog’ jinslarida muayyan mineral kristalli tanasida boshqa mineral kristalli to’g’ri mo'jallanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda ikkala mineralning kristallari bir- birini o’stiradi. Bu struktura subvulkanik va tomirli jinslar uchun xos bo'adi.

Download 281,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish