Yolmog`iz kampir: Ha, mayli savol-javoblarda sizlar g`olib chiqdingizlar, ularni o`zim ham yaxshi bilmas edim. Endi sizlarga qiyinroq narsalar bilan murojaat qilmasam bo`lmaydi, qani tulkivoy doskaga birinchi krossvordni ilchi, menimcha bunga ularni aqli yetmaydi. Quyidagi krossvordga tushirib qoldirilgan unli xarflardan joylashtirsangiz Vatan haqidagi hikmatli gap kelib chiqadi.
O`quvchilar doskaga chiqib, krossvordni yechadilar:
-
|
В
|
|
т
|
|
n
|
|
|
S
|
|
z
|
|
|
М
|
|
q
|
|
d
|
d
|
|
s
|
|
В
|
|
т
|
|
n
|
|
|
|
з
|
|
|
М
|
|
q
|
|
d
|
d
|
|
s
|
Mushukvoy: Sizlar krossvord yechishni hm bilarkansizlar-ku. Xa, mayli, keyingi topshiriqqa o`tsak. Mana bu so`zlar necha bo`g`indan iborat ekanligini aytinglarchi:
O`zbekiston, Vatan, Mustaqil, Istiqlol, Ozod, Poytaxt.
Ayyor tulki: Men o`zimni bilimdonlikda, ayyorlikda tengi yo`q deb yursam bular mendan ham bilimdon ekanlar. Ularga yanada qiyinroq krossvord yechishni taklif qilish kerak, balkim shundagina biz ularni yenga olarmiz.
Yolmog`iz kampir: Qani, Mushukvoy ikkinchi boshkotirmani doskaga os.
Mushukvoy: Mana xozir, bu boshqotirmani yecha olmaysizlar men uni sehrlab qo`yaman. Bu boshqotirmadagi tushirib qoldirilgan unli xarflarni qo`ysangiz o`zbek xalq maqollaridan biri kelib chiqadi.
O`qituvchi yordamida bolalar odobnoma darsligidagi vatan haqidagi maqolni esga olishadi va birin ketin chiqib, boshqotirmani yechadilar.
Bulbul chamanni sevar,
Inson Vatanni sevar.
-
|
B
|
|
l
|
b
|
|
l
|
CH
|
|
v
|
|
n
|
n
|
|
|
s
|
|
v
|
|
r
|
|
|
|
n
|
s
|
|
n
|
|
|
B
|
|
t
|
|
n
|
n
|
|
Mushukvoy: Bu nimasi, mening sehrim Vatan tuyg`usi oldida hech qanday kuchga ega emas ekanda. Endi tushundim, Vatan muqaddas sajdagoh ekan. Uning oldida sehr xam xech qanday kuchga ega emas ekanda.
Yolmogiz kampir: Aldoqchilar, firibgarlar, ko`zimga ko`rinmanglar. Menga bergan yordamingiz shumi xali. (Yolmogiz kampir mushukvoy va tulkini davradan quvib yuboradi).
Podsho: Xo`p, Yolmog`iz kampir, xalqimning bilimdonligi-yu, ahilligiga, vatanparvarligiga qoyil qoldingmi? Endi malika «O`zbekoy»ni qaytar!
Davraga go`zal malika tashrif buyuradi. Malika xalqqa ta`zim qilib, Vatan haqidagi she`rni yod aytib beradi. Xalq uni olqishlaydi.
Podsho: Aziz xalqim, bugun biz siz bilan birgalikda makkor yolmog`izni yengdik, sizlar yana bir bor bilimdonligingiz va Vatanga e`tiqodli kishilar ekanligingizni namoyon qildingizlar. Men sizlardan juda minnatdorman. Oldimizda bir ish Yolmohiz kampirni jazolash turibdi. Uni qanday jazolashni sizlarga havola qilaman.
Yolmog`iz kampir: Meni kechiringlar, boshka sizlarga ozor bermayman. Mana malikani kaytarib berdim-ku, xo`p desalaring, bundan keyin ozoda yuraman, yomon ishlarga aralashmayman, mana shu supurgim bilan ko`chalaringiz, Vataningiz ozodaligiga o`z hissamni qo`shaman, sizlardan bilimni axloqni, o`rganaman. Kechira qolinglar, xo`pmi, kechiringlar.
Bolalар: Biz seni qattiq nazorat ostiga olamiz, ilm sirlarini o`rgatamiz.
O`qituvchi: Bolalar keling biz bugungi ertak darsimizda sizlar bilan tanishgan yangi so`zlarga to`xtalib o`tamiz.
Fuqaro - shu mamlakatda istiqomat qiladigan kishi. Muqaddas - hamma narsadan aziz.
Sajdagoh - inson sig`inadigan joy.
Mustaqil - erkin, ozod.
Dars yakunida o`qituvchi o`quvchilarga Vatan to`g`risidagi she`rlardan yod olishlarini uyga vazifa qilib topshiradi.
3-sinf O`qish darsida.
Dars quyidagicha tashkil etiladi.
Mavzu: «Chupon yigit Shiroq»
Darsning maqsadi: Chupon yigit Shirok afsonasi misolida boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqod, el yurtga sadokat, irodalilik va vatan uchun jonini fido kilish tuyg`ularini o`stirish.
Dars metodlari: hikoya, suhbat, savol-javob, rag`batlantirish usullari.
Dars jihozlari: Shiroqning qaxramonligi tasvirlangan surat, testlar,
Darsning borishi: 1) o`qituvchi o`quvchilar bilan salomlashib, o`quvchilarning tayyorgarligini ko`zdan kechiradi; 2) o`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning egallagan bilim va malakalarini aniqlaydi.
Yangi mavzu: «Cho`pon yigit Shiroq». O`qituvchi «Cho`pon yigit Shiroq» afsonasini boshlashdan oldin o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish hosil qilish maqsadida Vatan tushunchasi, uning muqaddasligi, Vatan uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz haqida hikoya qiladi. Hamda shoirimiz A.Oripovning «Men nechun sevaman O`zbekistonni» nomli she`rini o`qib beradi. Suxbat so`ngida o`qituvchi yurtimiz tabiati, boyliklari, mehmondo`st va mehnatsevar xalqimiz haqida suzlaydi. O`qituvchi e`tiqod, e`tiqodli insonlar haqida o`quvchilarga ma`lumot berar ekan, bunga misol qilib, «Cho`pon yigit Shiroq» afsonasini hikoya qilib berdi. Hikoya davomida o`qituvchi o`quvchilarga oddiy chupon yigit Shiroqning Vatanga e`tiqodli inson bo`lganligi, mardligi, irodaliligi, Vatani uchun jonini fido qilganligi haqida mahorat bilan so`zlab berdi.
Suhbat so`ngida o`qituvchi o`quvchilarga quyidagi biz tavsiya qilgan qisqa test savollariga javob berishlarini taklif qildi.
1. Shiroq kim?
а) dehqon
b) shox
v) Vatanga e`tiqodli Chupon
2. Vatanparvar kishilardan kimlarni bilasiz?
а) Chingizxon, Shiroq,
b) Kir, Amir Temur
v) Tumaris, Shiroq, A.Temur…
O`qituvchi: bolalar ushbu so`zlarni o`z o`rniga qo`yib joylashtirsangiz, vatanparvarlik haqidagi o`zbek xalq maqoli kelib chiqadi. Diqqat qiling, men ularni hozir doskaga yozaman:
Yurt, ish, yigit, hozir, boshiga, er, tushsa.
O`quvchilar so`zlarni joylashtirib quyidagi maqolni doskaga yozib qo`yishdi.
Yurt boshiga ish tushsa,
Er yigit hozir.
O`qituvchi: Bolalar keling, endi mana bu boshqotirmani hal qilamiz. So`roq o`rniga kerakli so`zni yozamiz.
Vatan
? parvar
Xalq
Dars yakunida o`quvchilarga o`qituvchi uyga vazifa qilib mavzuni o`qib o`rganish bilan birga, Vatan, Vatanparvarlik haqidagi o`zbek xalq maqollarini yod olishlarini topshirdi.
O`qituvchi dars davomida quyidagi biz bergan tavsiyalarga amal qildi:
1. O`qituvchi mavzuni boshlashdan oldin o`quvchilarga Vatan tushunchasi haqida ma`lumot berdi.
2. Vatanparvarlik haqidagi shoirlarimizning she`rlaridan foydalandi.
3. O`quvchilarga e`tiqod, e`tiqodli insonlar haqida ma`lumot berishga harakat qildi.
4. Chupon yigit Shirok misolida Vatanga e`tiqodli insonning qiyofasini ko`rsata oldi.
5. Uyga vazifa qilib Vatan, Vatanga e`tiqod haqidagi maqollarni yod olishni topshirdi.
Yuqorida tashkil etilgan darslar jarayonida o`qituvchilarning milliy qadriyatimiz va milliy g`oya namunalarida aks etgan Vatanga e`tiqod tuyg`usini bolalarda shakllantirishga harakat qilinadi. Mahorat bilan tashkil qilingan dars o`quvchilar ongida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Haqiqatdan ham, milliy qadriyatlar yuzasidan dars mashg`ulotlarning o`tkazilishi boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy g`oya haqida tasavvurga ega bo`lishlarini, Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllanishiga olib keladi. Bu kabi darslar boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy merosimizga nisbatan qiziqishni o`stirish bilan birga, ularni qadrlashni o`rgatadi.
Maktablardagi kuzatishlarimiz shuni ko`rsatdiki, boshlang`ich sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqod ruxida tarbiyalashda xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalanish, ularni yod oldirish xozirgi yoshlardan kelajak avlodga koladigan merosdir. Shu borada Vatanga e`tiqod haqidagi maqol, topishmoqlarni yod olish, afsona, ertak va hikoyalarni o`qish, vatanparvar insonlar hayoti va faoliyati bilan tanishishni boshlang`ich sinf o`quvchilariga tavsiya qildik. Bu borada o`qituvchi va ota-onalarning mas`ulligini ta`kidlib o`tdik.
O`tkazilgan ilmiy tadbirlar, ilg`or o`qituvchilarning darslarini tahlil kilish maktabda milliy qadriyatlarni o`rganishni, uning zamiridagi g`oyalarni boshlang`ich sinf o`quvchilariga singdirishni yanada kuchaytirish, bu sohada maktab va sinfdan tashqari ishlarning ko`lamini oshirish lozimligini, darslarni qiziqarli tashkil kilishni, noan`anaviy dars usullaridan: ssenariyali, test, krossvord, rebuslardan foydalanishni yo`lga qo`yish va bu borada o`qituvchilarni ijodkorlik sari yo`naltirishni amalga oshirish dars samaradorligini oshiradi.
Milliy g`oya orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalash jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining Vatan, Vatanga e`tiqod haqida qanday tushunchaga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida, o`quvchilar bilan og`zaki savol-javoblar uyushtirdik. Savollarni tuzishdan oldin ularning yosh va psixologik jihatlarini hisobga oldik. Ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1. Vatan nima?
2. Nega ona Vatan deyiladi?
3. Bizning Vatanimiz kayer?
4. Vatan haqidagi o`zbek xalq maqollardan misollar keltiring?
5. Vataningiz tabiati va ob-havosi haqida gapirib bering?
6. Amir Temur, Alisher Navoiy, Boburlar kimning vatandoshi?
7. Siz Vataningiz uchun nima qila olasiz?
8. Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?
Ushbu suhbatlarda ishtirok etgan boshlang`ich sinf o`quvchilari birinchi, ikkinchi va uchinchi savol buyicha to`liq bo`lmasada, ko`pchiligi to`g`ri javob bera olishdi. To`rtinchi savol buyicha esa ya`ni «Vatan haqidagi o`zbek xalq maqollaridan misollar keltiring?» savoli buyicha o`quvchilar atigi 3-4ta Vatan haqidagi maqolni aytishdi xolos, vaholanki, har bir sinf darsliklarida Vatan to`g`risidagi o`zbek xalq maqollaridan keltirilgan, mavzu o`rganilgandan so`ng esa topshirik sifatida Vatan to`g`risidagi maqollarni yod olishlari ko`rsatilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, bu savolimiz yuzasidan qoniqarli javob ololmadik.
Beshinchi savol buyicha ham o`quvchilar to`liq javob kaytara olishmadi. Oltinchi va yettinchi savollarga esa o`quvchilarning ko`pchilik qismi javob berishga harakat qilishdi. Oxirgi ya`ni «Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?» deb so`ralganda esa, ishtirok etgan o`quvchilarimizning deyarli ko`p qismi ta`savvurga ega emasliklarining guvohi bo`ldik.
Shu sababdan savolimiz mazmunini bir oz o`zgartirib «Vatanparvarlik” deganda nimani tushunasiz? savoli bilan qaytadan murojaat qilishimizga to`g`ri keldi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yoshlari va sinflari har xil bo`lganligi sababli, har xil sinfda turlicha javob qaytarishdi. YA`ni birinchi va ikkinchi sinf o`quvchilar bu savol yuzasidan sayozroq tushunchaga ega egalar, uchinchi va to`rtinchi sinf o`quvchilari esa to`liq bo`lmasada, javob qaytarishdi.
Og`zaki savol-javoblarda barcha o`quvchilarning ham oshkora javob bera olmasliklarini hisobga olib, shu maktablarning boshlang`ich sinflarida yozma anketa savollarini tarvatdik. Anketa savollarini test tarzida tuzib chivdik. Bu surovnoma o`quvchilar bilan bo`lgan yakka tartibdagi savoljavoblar, suhbatlar, milliy qadriyatlarga bag`ishlangan ertaliklar, bellashuvlardan keyin o`tkazildi.
So`rovnomamizda quyidagi savollar mavjud edi.
Hurmatli o`quvchi quyidagi savollarga javob variantlarini belgilab ko`ringchi (sizga ma`qul bo`lgan javobni aylana ichiga oling)
1. Vatanparvar kishi qanday bo`lishi kerak deb hisoblaysiz?
а) mehnatkash, tortinchoq
b) uyatchan, yalkov, maqtanchoq
d) sadoqatli, dov yurak, irodali, elparvar.
2. Istiqlol deganda nimani tushunasiz?
а) birgalikda yashash;
b) hurlik, ozodlik, erkinlik.
v) a`lo baholarga o`qish;
3. Birinchi sentabr qanday baйрам?
а) onajonlar bayrami
b) birinchi qo`ngiroq kuni
v) mustaqillik bayrami, bilimlar kuni.
4. Siz Vataningiz uchun nima qila olasiz?
а) a`lo baholarga o`qiyman, Vatanim boyliklarini asrayman, Vatanimga
xizmat qilaman.
b) ota-onamga yordam beraman
v) o`rtoqlarim bilan urushmayman
Tarqatilgan test savollarining barchasiga ham to`liq javob olinmadi.
Vaxolanki, yozma ish usullarining ko`lami keng bo`lib, ular ham o`quvchilarning ayniqsa, boshlang`ich sinf o`quvchilarining xat savodxonligini o`stirish bilan birga mantiqiy fikrlashga, dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillardan biridir.
Kuzatuv va yozma ishlarni tahlil qilish natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, boshlang`ich sinf o`quvchilari Vatan, vatanparvar shaxslar to`g`risida ma`lumotga egalar, davlatimiz madhiyasi va ramzlarida nima ifodalanganligini yaxshi bilishadi. Yurtimiz poytaxti, O`zbekiston davlat madhiyasi, ramzlari haqida ma`lumotga egalar. Albatta bu narsa xar bir pedagogning yutug`i bo`lishi bilan birga yurtimizda olib borayotgan islohotlarning natijasidir. Ammo ta`kidlashimiz lozimki, boshlang`ich sinf o`quvchilari bugungi kunda mustahkam e`tiqod haqida tushunchaga ega emaslar. Zero insondagi e`tiqod ko`rsatichlarini shakllantirish ham Vatanga e`tiqodni shakllantirishning asosidir.
1.3. 2-bob yuzasidan xulosalar
Mustahkam e`tiqodli vatanparvar insonlarni tarbiyalash davr talabi. Biz yuqorida aytganimizdek milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash ko`pincha dars jarayonida amalga oshiriladi. Milliy qadriyatlar orqali, Vatanparvarlikni tarbiyalashni maqsad qilib qo`yilgan darslarda boshlang`ich sinf o`qituvchisi Vatanga e`tiqodni tarbiyalashga alohida berishi lozimki, bunda:
1.Mamlakatimiz Prezidentining faoliyatidagi hamda milliy istiqlol g`oyasidagi Vatanga e`tiqodni rivojlantirish haqidagi fikrlardan dars jarayonida foydalanish;
2.Darsda o`rganilayotgan mavzudagi milliy qahramonlarning aynan Va-tanga bo`lgan e`tiqodini namuna sifatida ko`rsata olishi; (Tumaris, Shiroq, Spetamen, Muqanna, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Mangu-berdi, Temur Malik kabilar)
3. Mashhur allomalarining Vatanga e`tiqod haqidagi fikr-mulohaza-laridan unumli foydalana olishlari;
4. Vatanga e`tiqodsiz insonlarning xatti-harakati tufayli sodir bo`l-gan noxush voqealarning oqibati natijasida (Toshkent, Andijon voqealari) xalqimiz va vatanimizga yetkazilgan ozorlar to`g`risida ma`lumot berish orqali Vatanga e`tiqodning kishida mavjud bo`lishi shartligini isbotlay olish ko`zda tutiladi.
X U L O S A
Insoniyat tarixi va tajribasi shuni ko`rsatadiki, qayerda ma`naviy -ma`rifiy tarbiya masalasi jamiyatimizning doimiy e`tibor markazida tursa, qaysi xalq, qaysi millat yosh avlod tarbiyasi ustida uzoqni ko`rib, tinimsiz ish olib borsa, shu yurtning farzandlari elning chinakkam g`ururi va iftixoriga aylanadi.
Bugungi kunda mamlakamizda olib borilayotgan barcha ishlarning, islohotlarning negizida yosh avlodni haqiqiy Vatanga e`tiqodli, ma`naviy-axloqiy, insoniy fazilatlari yuksak darajada shakllangan insonlar qilib tarbiyalash yotadi. Mamlakatimiz rivojlanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir paytda, yoshlarda mustahkam e`tiqodni shakllantirish davr talabidir. Yoshlarimizda Vatan ravnaqi yulida xizmat qilish, Vatan manfaatini o`z manfaatlaridan ustun qo`yish, Vatanni qo`riqlash, yurt tabiati va boyliklarini asrash eng asosiysi Vatanga nisbatan chin e`tiqodni tarbiyalash o`qituvchi-pedagoglarning hayotiy vazifasidir. Toki Vatan muqaddas tushuncha ekan, shu Vatan tuprog`i va millat sha`ni uchun jon bergan bobolarning, aka-ukalarning xotirasi hurmati yoshlarni xaqiqiy Vatanga e`tiqodli insonlar qilib yetishtirishning ayni vaqtidir.
Mamlakatimizni rivojlantirish, dunyo miqyosiga olib chiqish bugungi yosh avlodning burchi va vazifasidir. Bu borada ularda yuqorida aytganimizdek chin e`tiqodni shakllantirish, ularni qo`llab-quvvatlash xalqimiz va hukumatimizning vazifasidir. Buyuk alloma, mutafakkirlarimiz ning ma`naviy merosi, xalqimizning boy og`zaki ijodi, yozma manbalari, go`zal bayramlari hamda urf-odatlari, xalq xunarmandchiligi, o`lkashunoslik manbalari yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash borasidagi benihoya qimmatli boylikdir.
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim degan xulosaga keldik:
1. Bugungi kunda milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash hukumatimiz va xalqimiz talabi bo`lib, bu esa pedagogik jarayon zimmasiga katta ma`suliyatni yuklaydi.
2. Maktabda milliy qistiqlol g`oyasini o`rganish natijasida o`quvchilarda axloqiy sifatlarning yanada takomillashuvi bilan birga, kelajakda, hayotda, jamiyatda o`z yullarini tanlashi, mustahkam e`tiqodli insonlar bo`lib yetishuviga hamda o`zlarida mavjud bo`lgan xatolarni tuzatishga yordam beradi.
3. Tadkikot davomida Vatanga e`tiqod inson e`tiqodining eng sara namunasi sifatida baholandi.
4. Milliy g`oya orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashning eng qulay vositalaridan biri Vatanga e`tiqodli inson ideali xisoblanadi, bular misolida Shirok, Tumaris, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Ulugbek, Jaloliddin Manguberdi va boshka ko`plab o`zbek xalqining buyuk siymolarini keltirish mumkin.
5. Maktabda o`quvchilarni Vatanga e`tiqod ruhida tarbiyalash maktabdagi tarbiyaviy ishlarning asosi hisoblanib, bu ishlarni boshlang`ich sinflardan yaxshi yulga qo`yilsagina kelajakda, o`z samarasini beradi.
6. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqodli insonlar bo`lib yetishuvida maktab va oila hamkorligining ustuvorligini rad etmagan holda, bu ishlarga ota-onalarni jalb etish bilan birga, ular bolalarga ibrat bo`lishlari, avvalo o`zlari ham Vatan tushunchasini muqaddas hisoblab, milliy qadriyatlarni yaxshi bilishlari, milliy qadriyatlarimizga nisbatan farzandlarida hurmat hissini tarbiyalab borishlari kerak.
7. Maktab sharoitida boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda Vatan tarixini bilish, uning tinchligi va barqarorligi saqlash yo`lida o`z xizmatini ayamaslik kabilarni bolalar ongiga yetkazish.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: O`zbekiston, 1992.-48 bet.
O`zbekiston Respublikasining ta`lim to`g`risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta`lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to`grisida Farmon. «Ma`rifat», 1997, 8-11 oktabr.
«Sog`lom avlod» davlat dasturi tug`risida: O`zbekiston Respublikasining Vazirlar mahkamasining 2000 yil 15-fevral. Xalq so`zi, T.: 2000, 16-fevral.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq , millatni - millat qilishga xizmat etsin.T.,1998
Karimov I.A. Milliy davlatchilik, istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to`g`risida. T.,1999
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «Fidokor» gazetasi , 2000 yil 8 iyun.
Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali insonlar deb hisoblashar edi. 2005 yil 14 yanvar.
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. 2005 yil 27 yanvar.
Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Tom 3.-T.: O`zbekiston, 1996.
I.A.Karimov. O`zbekiston XXI asr busag`asida.- T.: O`zbekiston, 1997.
I.A.Karimov. Barkamol avlod-O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: O`zbekiston, 1997.
Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch.–T.: Ma`naviyat, 2008. - 173 b.
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T.: 1998. B. 20-29.
Karimov I.A. Tafakkur jurnali bosh muxarriri bergan savollarga javob.-T.: Tafakkur, 1998.- 2-son.
A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq.- T.: Ma`naviyat, 1992.
Aliyev A. Ma`naviyat, kadriyat va badiyat: (Vatan fidoiylari) T., Akademiya, 2000,630 b.
Aminov B., Rasulov T. Vatan yurakdagi javoxir T.: «O`qituvchi», 1996, 158 b.
Amir Temur o`gitlari T., Navro`z,1992, 63 b
Axmedov B. Ajdodlar ugiti. T.Chulpon.1991, 113 b.
Baratov Sh.O`quvchi shaxsini o`rganish usullari. T., «O`qituvchi». 1995,52 b
Vatanni sevmoq iymondandur.T.,G`.G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti 1995,64 b.
Donishmandlar odob-axloq to`g`risida T.,O`qituvchi,1986, 134 b.
Javliyev T. An`analar xayot sabogi.T.,O`qituvchi,1992, 87 b.
Jabborov Iso. Turmush tarzi, urf-odat va odob. T., O`qituvchi.1980, 112 b.
Ziyoyev X.Istiqlol ma`naviyat negizi.T.: «Ma`naviyat».1999, 189 b.
A.Ibroximov, X.Sultonov, N.Jurayev. Vatan tuygusi. T.: «O`zbe-kiston», 1996, 443 b.
Maxkamov U. Axloq-odob saboqlari. T.: Fan .1994, 133 b.
Maxmudov T. Mustaqillik va ma`naviyat. T.: «Sharq», 2001,160 b.
Ma`naviyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashxur siymolar, allomalar, adiblar) T.A.Qodiriy nomidagi xalk merosi nashriyoti.1999,395 b.
Milliy istiqlol goyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar T.,Uzbekiston 2000 , 80 b
Milliy istiqlol g`oyasi : asosiy tushuncha va tamoyillar (Ma`ruza matnlari) - T., 2001
Milliy istiqlol g`oyasi va ijtimoiy-gumanitar fanlar. Qarshi, «Nasaf» nashriyoti, 2001, 174 b.
Milliy istiqlol g`oyasi.Darslik.T.,2005
Musurmonova O. Ma`naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi T.: «Uki-tuvchi», 1996, 189 b.
Munavvarov A.K. «Pedagogika». Pedagogika Oliy o`quv yurtlari uchun darslik.T.: «O`qituvchi»,1996, 200 b.
Ochilov M. O.,Ochilova N.M., O`qituvchi odobi.T., 1997, 133 b.
Pedagogika kursi. I.Y. Tursunov, U.N. Nishonaliyev. T., 1997, 230 b.
Pedagogika kursidan xrestomatiya. ( Tuzuvchi muallif O.Xasanboyeva) T.: «Uqituvchi», 1993, 206 b.
Safo Ochil. Mustaqillik ma`naviyati va tarbiya asoslari.T.: «O`qi-tuvchi», 1995, 207 b.
Tulenov J, Gofurov Z.Mustaqillik va milliy tiklanish.T. «O`qi-tuvchi»1996, 238 b.
Umar Xayyom. «Navro`znoma». T., «Mehnat».1990, 77 b.
Yuldoshev J.. Ta`limimiz istiqlol yulida.T. «Sharq».1996, 223 b.
Yusuf Xos Xojib. Qutadgu bilig.T. 1971, 487 b.
Sharipov E. Oila, an`ana, odob.T. «O`zbekiston».1991y.
Sharkning ulug` mutafakkirlari merosida ta`lim-tarbiya masalalari: Ilmiy anjuman materiallari. T.Nizomiy nomidagi TDPU.1993, 658 b.
Gofurov S., Toshev M. Ma`naviyat saboklari. Qarshi. «Nasaf». 1999, 158 b.
Qoraboyev U.O`zbekiston bayramlari.T. «O`qituvchi» 1991, 186 b.
Xasanboyeva O., Xasanboyev J., Xamidov X. Pedagogika tarixi. T. «Uqituvchi» 1997, 248 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |