«Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash». Mundarija


K I R I SH Mavzuning dolzarbligi



Download 265,5 Kb.
bet2/28
Sana24.08.2021
Hajmi265,5 Kb.
#155287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash

K I R I SH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik tufayli jamiyatimizning barcha sohalarida bo`layotgan qator islohotlar, ijtimoiy o`zgarishlar, ma`naviy – ma`rifiy yo`nalishlarda ham o`z aksini topmoqda. Bugungi kunda barkamol, sog`lom va teran fikrli yosh avlod tarbiyasi, uning har tomonlama puxta, mukammal inson bo`lib yetishishiga erishish masalasiga har qachongidan ham jiddiyroq e`tibor berilmoqda.

Yosh avlodni yuksak ma`naviyatli shaxs sifatida tarbiyalash jamiyatda muhim ijtimoiy omil sifatida qaraladi. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo`l avvalo, ta`lim – tarbiyadan boshlanadi.

Hozirgi vaqtda barkamol avlodni sog`lom turmush tarziga tayyorlashda ta`lim – tarbiya sohasidan boshlab matbuot, televideniye, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari yoshlarni komil inson qilib tarbiyalaydigan har qanday ijobiy jarayonni zamon talablari asosida yangi bosqichga ko`tarishi zarur. Chunki zamon talab va ehtiyojlari, erki va ozodligi hamda ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy mexanizmi markazida yosh avlod yotadi.

Barkamol avlodni o`stirishda ta`lim – tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, tashkiliy yo`nalishlari, tuzilmalarning o`zaro uygun faoliyatini uzviy ravishda amalgam oshirish muhim mahamiyatga ega.

Ayniqsa o`sib kelayotgan yosh avlodni milliy g`oyamiz asosida o`z yurtini ulug`laydigan tinchligi, Vataniga sodiq xalqi farovonligi uchun xizmat qiladigan e`tiqodli farzadlar qilib tarbiyalashimiz lozim. Prezidentimiz o`zining “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida ta`kidlaganidek: “Tabiiyki, milliy g`oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning niyatlarini, hayotiy mafaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi dgan yuksak tushunchalarni o`z ichiga oladi”.1

Mamlakatimizning doimiy taraqqiy etib borishi uchun avvalambor yosh avlodni barkamol, teran fikrlaydigan, bilimli, ishbilarmon, o`z vataniga mehrli qilib tarbiyalash masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Jamiyatda yuksak ma`naviy fazilatni shakllantirish, yoshlarni boy madaniy – ma`naviy merosimiz, tarixiy an`analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash respublikamizda amalgam oshirilayotgan barcha islohotlarning muhim omili hisoblanadi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan jahon ta`lim standartlariga to`laqonli ravishda javob bera oladigan va ular bilan raqobatga kirisha oluvchi uzluksiz ta`lim dasturi ishlab chiqildi. 1997 yil 29 avgustda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 34 – moddadan iborat “Ta`lim to`g`risida” qonun va uch bosqichdan iborat “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilinib, asosiy maqsad – ta`lim islohotlarini chuqurlashtirish va yuksaltirishga qaratilgan.

Mustaqillikning kelajakdagi istiqboli, islohotlarning taqdiri ko`p jihatdan mamlakatimizning ertangi kuni va taraqqiyotini o`z zimmasiga olishga qodir bo`lgan sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash bilan bog`liq. Endigina o`sib va unib kelayotgan yigit va qizlarimizni har tomonlama kamol topgan shaxslar etib shakllantirmasdan turib O`zbekistonning kelajagini tasavvur qilib bo`lmaydi.

Yurtboshimizning 2009 yilning 9 dekabrida “Barkamol avlod yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalgam oshirish bo`yicha tashkiliy chora – tadbirlar to`g`risida”gi Qarorida O`zbekistonda sog`lom va uyg`un kamol topgan avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar va shart – sharoitlarni yaratish, ХХI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qilayotgan asr ekanligini e`tiborga olgan holda Vatanimiz yigit – qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko`lamli chora – tadbirlar kompleksini amalgam oshirish maqsadida va 2010 yil O`zbekiston Respublikasida “Barkamol avlod yili” deb e`lon qilinishi munosabati bilan har tomonlama uyg`un kamol topgan shaxsni shakllantirish to`g`risidagi Davlat dasturini ishlab chiqish va uni izchillik bilan kundalik hayotga qo`llash davr taqozosiga aylanayotganligi alohida ta`kidlanadi.

Respublikamizda olib borilayotgan siyosatning va Prezidentimiz da`vatlarining mohiyatini ham ma`naviyati teran, boshqalar fikriga ergashmaydigan, iymon – e`tiqodi sof avlodni yetishtirish masalasi tashkil etadi. Zero, e`tiqodsizlik, turli yot oqim va mafkuralarga ergashish holati jamiyatni inqiroz sari yetaklaydi. Shu bois I.A.Karimov deyarli barcha asarlarida yoshlar tarbiyasiga jiddiy yondashish va ularni yot g`oyalardan muhofaza qilish lozimligini ta`kidlaydilar: “Takror aytishga to`g`ri keladi – ota – onalar, ustoz murabbiylar bu masalada hushyorlikni yo`qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo`lmasligimiz zarur”.

Tadqiqot muammosini o`rganish hozirgi sharoitda barkamol shaxs qiyofasida aqliy, ma`naviy, axloqiy, jismoniy, badiiy – estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik madaniyat hamda kasbiy malaka, sog`lom turmush tarsi ko`nikmalariga ega bo`lishni ifodalovchi sifatlar aks etadi.

Mustaqil O`zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” xalqimiz ming yillar davomida yaratgan, asrab – avaylab kelayotgan bilim xazinalariga, boy qadimiy merosimizga asoslanadi. Chunki ota – bobolarimiz hayot tajribalari natijasida yaratgan o`git va pandnomalarida, dunyoviy bilimlarida mardlik, jasurlik, ona – Vatanga muhabbat, uni asrab – avaylash, dushmanga qarshi kurashish kabi insonparvarlik g`oyalari mavjudki, ular nafaqat bugungi kundagi balki kelajak avlodlar uchun ham ahamiyatli va qadrlidir.

Hurmatli Prezidentimiz I.A.Karimov «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» nomli asarida bu haqda shunday deb yozgan edi: «Bilimdon, professional jihatdan savodli hamda g`ayrat-shijoatli shaxslarni, o`z mamlakatimizning chinakam vatanparvarlarini tarbiyalay oladigan, ularni buyuk milliy madaniyatning ulkan ma`naviy merosi bilan boyita oladigan, jahon fani va madaniyati durdonalaridan bahramand eta oladigan mamlakatgina, millatgina buyuk kelajakka erishishi mumkin».2

Ushbu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz mustaqilligi yillarida yosh avlodni komil insonli kadrlar etib tarbiyalashda asrlarga teng yutuqlarga erishildi. Ayniqsa umumiy o`rta ta`lim tizimida o`quvchilarga dars-ta`lim berish, ularning qiziqishini tobora oshirish, bilim sohasini kengaytirish, fikrlash, mulohaza qilish qobiliyatini chuqurlashtirish borasida amalda bajarish uchun qo`llaniladigan uslubiyati xozirgi davrda muhim ahamiyatga ega bo`lgan muammolardan biridir. Undan kutiladigan asosiy maqsad kelajakda barkamol, vatanga sodiq avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishda, ularda ijtimoiy – siyosiy, ma`naviy – mafkuraviy masala – muammolarni keng va atroflicha chuqurroq o`rganish faoliyatini, bilimli, ilmli va muloxazali bo`lishga qiziqish qobiliyatini shakillantirishdan iboratdir.

Shuning uchun ham dars o`tishda milliy istiqlol g`oyasini yoshlar onggiga singdirib borish va shu asosda ta`lim-tarbiya berish, yoshlarni porloq kelajagimiz ruhiga mos vatanparvar, insonparvar kadrlar qilib tayyorlashda muhim rol o`ynaydi.

Shu jihatdan qaraganda biz tanlagan “Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash” nomli bitiruv malakaviy ish mavzusi shu kunning dolzarb mavzusi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot maqsadi: milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning didaktik asoslarini ishlab chiqish.




Download 265,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish