Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot obyekti: milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning mazmuni, shakl va usullari.
Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot predmeti: milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot vazifalari:
1) ilmiy-pedagogik adabiyotlar, tadqiqotlarni o`rganish orqali boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy g`oyani yoshlar ongiga singdirish omillarini aniqlash;
2) milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashni ilmiy tahlil etish;
3) milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalash darajasini tadqiq etish;
4) milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashning yo`llarini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |