2.2. Boshlang`ich ta`lim jarayonida milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilarda vatanga e`tiqodni tarbiyalash yo`llari va usullari.
Mustaqilligimiz tufayli xalqimiz qadriyatlarini mukammal o`rganish, ularga yangi ma`no-mazmun ato etish, bugungi kun talablariga javob beradiganlarini yanada samaradorligini, ularni ta`sir doirasini kengaytirish, yangicha dunyoqarashni shakllantirish oqibatida, yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash muhim vositalardan biridir.
Bizga ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayoni uzoq davom etadigan, o`zida xalq an`analarini mujassamlashtirgan jarayon bo`lishi lozim. Shu borada o`quvchilarga ta`lim va tarbiya berishning asosiy omili dars jarayoni muhim ahamiyati egadir. Ushbu asosiy omil asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarda “Vatan”, “Vatanparvarlik”, “Vatanga e`tiqod tuyg`usi” shakllantirib boriladi.
Dars o`quv ishlarining markaziy qismi bo`lib, boshlang`ich sinf o`quvchilarini bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirish bilan birga, ularni milliy qadriyatlarimiz xaqida tushunchaga ega bo`lishida, milliy qadriyatlarda aks etgan axloqiy sifatlarni o`quvchilarda hosil qilishda uning roli va urni beqiyosdir. Bizga ma`lumki, har bir dars umumiy didaktik talablarga javob berishi, jumladan darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanishi, undan foydalanish imkoniyatlarini izlashi lozim.
O`quv qo`llanmalarining mazmunini milliy qadriyatlar bilan boyitilishi, boshlang`ich sinf o`quvchilarida axloqiy sifatlarni, vatanga e`tiqodni tarbiyalash pedagogik faoliyatning asosini tashkil qiladi. Shubhasiz mustaqillik yillaridan keyingi ta`lim sohasidagi islohotlardan ko`zlangan maqsad ham dars jarayonida milliy qadriyatlar namunalarini o`rganish hamda ularda ilgari surilgan insonparvarlik g`oyalari orqali yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis qabul qilgan qaror, qonun va farmonlar dastur amal bo`lib xizmat qilmoqda. Bunda «Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim stan-dartlari”, “Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiya”si, “Boshlang`ich ta`lim konsepsiya”si kabi hujjatlar muhim ahamiyatga ega.
Qabul qilingan barcha yuqoridagi hujjatlarda umumiy o`rta ta`lim muassasalari davlat hujjatlarida o`quvchi-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida, Vatanga e`tikod tuyg`usini shakllantirishda, ularni axloqiy fazilatlarni shakllantirishda, vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish masalasiga alohida e`tibor berilgan.
Dars jarayonini tashkil etishda ko`p narsa o`qituvchining bilim saviyasiga, madaniyatiga, pedagogik mahoratiga bog`lik. Bir soatlik dars jarayonida o`qituvchi boshlang`ich sinf o`quvchilarining ongi va tafakkurini shakllantirish, mustaqil fikrlashga o`rgatishi, qolaversa dunyoviy bilimlarni yetkazish bilan birga, qadriyatlarga nisbatan milliy g`urur, vatanga e`tiqodni tarbiyalash, milliy qadriyatlarimiz mazmun, mohiyati haqida tasavvurni hosil qilishi, pirovardida esa, ularda axloqiy fazilatlarni shakllantira olish asosiy maqsad bo`lishi lozim.
Yuqoridagi maqsadga erishish uchun o`quvchilarning diqqatini quyidagi masalalarga qaratishi lozim deb hisoblaymiz:
1. Dars jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ularning tarkibiy qismlari haqida boshlang`ich sinf o`quvchilarning bilim va qiziqish doiralarini hisobga olgan holda, elementar tushunchalar berishni yo`lga qo`yish;
2. “Vatan”, “Vatanparvarlik”, “Vatanga e`tiqod” tushunchalarining mazmun, mohiyati, funksiyalari haqida ma`lumotga ega bo`lishlari va ularning inson hayotidagi o`rni va roliga e`tiborni qarata olishi;
3. Xalqimiz tarixida o`tgan Vatanga e`tiqodli insonlarning faoliyatlari tahlilida o`quvchilarning Vatanga e`tiqoli qilib tarbiyalash;
4. Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarini Vatanga e`tiqodli qilib tarbiyalashda milliy va umuminsoiny qadriyatlarning mushtarakligini ta`minlay olish, pirovardida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan boshqa millat vakillariga nisbatan hurmat va do`stona munosabatni tarbiyalashi lozim.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ruhiy-ma`naviy holatini bilgan holda, axloqiy fazilatlarni yuksak darajada shakllantirish va milliy qadriyatlarga bo`lgan munosabatni o`zgartirish orqali Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega.
Bu ruhiy-ma`naviy holat darsliklarda aks etgan mavzu yuzasidan o`qituvchi tomonidan qilingan hikoya, suxbat yoki ko`rinish tarzida, xalq og`zaki ijodi namunalarini tinglaganda, ayniqsa, Vatan fidoiylarining qaxramonliklarini hikoya qilganda sodir bo`ladi. Bizga ma`lumki, bolalik deb atalmish bu davr o`zining ishonuvchanligi, taqlidchanligi, qiziquvchanligi hamda soddaligi bilan ular hayotida uchmas iz qoldiradi. Ular yuqoridagi voqealarni tinglaganlarida, o`sha qaxramonlarga o`xshagisi keladi, o`zlarining uyinlarida ularga taqlid qiladilar, ular albatta xalq ximoyachisi va Vatanga e`tiqodli insonlar bo`lishga harakat qila boshlaydilar.
Biz boshlang`ich sinflarda milliy qadriyatlar orqali Vatanga e`tiqodni tarbiyalashni asosiy omili bo`lgan dars jarayonida Vatanga e`tiqodni tarbiyalash samaradorligini oshirishda quyidagi tarbiya metodlardan foydalanishni maqsadga muvofiqdir deb bildik: kuzatish va nazorat qilish, suhbat, hikoya, tushuntirish, rag`batlantirish, tanbih berish, ma`qullash, ko`rgazmalilik, namuna ko`rsatish, ishontirish, bahs va munozara metodlardan keng foydalanish lozimdir.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini milliy qadriyatlar orqali Vatanga e`tiqod ruhida tarbiyalashda quyidagi milliy qadriyatlarning namunalari tarbiya vositalari bo`la oladi: халқ оғзаки ижоди намуналари, урф-одатлар, расм-русумлар, ёзма bitiklardagi Vatanga e`tiqod g`oyalari, islom ta`limotidagi insonparvarlik g`oyalari, mashhur alloma va mutafakkirlarning Vatanga e`tiqod haqidagi g`oyalari, halqimiz tarixida o`tgan Vatanga e`tiqodli insonlarning Vatan uchun olib borgan jangu-jadallari, o`lkashunoslik manbalari, xalq amaliy san`ati, tarixiy muzeylar, radio-televideniya, kompyuter vositalari, “Kamalak” bolalar uyushmasining faoliyati va boshqalar.
Biz avvalo, maktablarda boshlang`ich sinf o`qituvchilarning bu vazifani qanday amalga oshirayotganliklarini kuzatdik. Tadqiqotimizda asosan o`qituvchilar tomonidan boshlang`ich sinf o`quvchilariga Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllantirish masalasi buyicha amalga oshirayotgan ishlarning ahvoli, o`qituvchilar va o`quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga e`tiqod haqida tushunchasi va bunga ularning munosabatini aniqlashdan boshladik. Boshlang`ich sinflarda ishlarning ko`lami bilan tanisha borib, ularning yillik rejalarini, har bir sinfda “O`qish” va “Odobnoma” fanlarida milliy qadriyatlar namunalariga ajratilgan soatlarni tahlil qilib chikdik.
Kuzatishlardan maqsad o`qituvchilarning o`quvchilarda Vatanga e`tikodni tarbiyalashda “O`qish”, “Odobnoma” darslarida milliy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish tajribalarini o`rganish va tahlil qilish edi. Buning uchun Qarshi shaxridagi bir nechta maktablarning boshlang`ich sinf o`qituvchilari va o`quvchilari o`rtasida suhbatlar tashkil etib, shu bilan birga surovnomalar tarqatdik. Jumladan, Karshi shaxridagi 7-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi Y.Xikmatova, 30-maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi U.Odilova va ko`pgina o`qituvchilarining darslarini kuzatdik. Ushbu kuzatishlar yuzasidan o`qituvchilar bilan suhbatlar uyushtirdik. Va boshlang`ich sinf o`qituvchilarning milliy istiqlol g`oyasi asosida o`quvchilarda vatanga e`tiqodni shakllantirishdagi sa`y-haraktlarini aniqlash maqsadida surovnoma tarqatib ularda quyidagicha savollar kiritdik:
Milliy qadriyatlarni o`rganish jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarda Vatanga e`tiqodni shakllantirish masalasiga qanday qaraysiz?
Siz o`z malakangizda, boshlang`ich sinf o`quvchilarida, milliy istiqlol g`oyasi orqali Vatanga e`tiqodni shakllantirishga harakat qilganmisiz?
Milliy qadriyatlar orqali o`quvchi-yoshlarda yangicha dunyoqarashini shakllantirish, ularda Vatanga e`tiqod hissini tarbiyalashda qanday usul, yullarni qo`llash mumkin deb bilasiz?
Pedagogik fikrlar taraqqiyotida Vatanga e`tiqod mavzusining yoritilishi haqida nimalarni bilasiz?
Biz so`rovnomadagi savollarga javob variantlari belgilamadik balki, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining to`la, erkin fikrlashlari, tanlagan mavzumizga nisbatan ularning munosabatini bilish uchun imkoniyat yaratdik. Ularning biz tanlagan mavzuga nisbatan qiziqishlarini bilish juda muximdir.
Anketa savollaridan tashqari o`qituvchilar bilan alohida suhbatlar o`tkazdik. Suhbatlarimizning mazmunini milliy g`oya, bugungi kunda u asosida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy g`oyani ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilinishi hamda Vatanga e`tiqod va uning milliy g`oyada ifodalanishi, bu mavzuni darslarda o`rganish orqali boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalash xaqida bo`ldi. Ularga quyidagi qo`shimcha savollar bilan murojaat qildik:
G`oya deganda nimani tushunasiz ?
Milliy g`oya deganda nima tushuniladi ?
Milliy istiqlol g`oyasi va uning o`quvchilar tabiyasidagi ahamiyatiga bo`lgan qarashlaringiz qanday?
Keyingi paytda, kadriyatlar milliy istiqlol g`oyasi bo`yicha yaratilgan qanday ilmiy adabiyotlar bilan tanishgansiz?
E`tiqod deganda nimani tushunusiz?
Qanday insonlarni haqiqiy Vatanga e`tiqodli inson deb hisob laysiz?
Tadqiqotimizda 50 ta o`qituvchi ishtirok etib, ularga boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqod tuyg`usini shakllantirishda milliy g`oyaning qaysi tomonlariga ko`proq e`tiborni kuchaytirish lozim?,-degan savol bilan murojaat qilganimizda shu narsa ma`lum bo`ldiki, ba`zi o`qituvchilar bu masalaga jiddiy yondoshmaganlar. O`qituvchilar ko`proq o`quvchilarning savodxonligiga e`tibor berishgan. Ular o`quvchilarning axloqiy tarbiyasiga jiddiy qarasalarda, e`tiqod xaqida o`z faoliyatlarida tuxtalishmagan, boshlang`ich sinf o`quvchilarida mustahkam e`tiqodning kurtaklarini shakllantirishga harakat qilmaganlar.
Ko`pgina tajribali o`qituvchilar esa o`z faoliyatlarida “Vatanparvarlik”ni tarbiyalashga alohida e`tibor bilan qaragan bo`lsalarda, “Vatanparvarlik”ni e`tiqod nuqtai-nazaridan shakllantirishga harakat qilmaganlar. Ayniqsa, keyingi murojaat qilgan qo`shimcha savollarimizga olgan o`qituvchilarning javoblari to`liq talabga javob bermadi.
Shu narsa ma`lum bo`ldiki, boshlang`ich sinf o`qituvchilari qadriyatlarning asl mohiyati nima ekanligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar xaqida tushunchalarga ega emasliklari ayon bo`ldi. “Qadriyatlar” deganda nimani tushunasiz? degan savolga tarixiy obidalar, “Navro`z bayrami”, milliy urf-odatlarni aytib o`tishdi. Vaholanki, qadriyatlar - deyilganda faqat o`tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, balki hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta`sir ko`rsatadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma`naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi. Shu bilan birga mustaqillikdan keyingi yillarda yaratilgan mamlakatimiz fuqarolari uchun ahamiyatga ega bo`lgan voqea va hodisalar ham borki, ular allaqachon xalqimiz uchun yuksak qadriyat hisoblanadi.
Jumladan: inson va uning manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etilishi, mustaqillik, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, moddiy va ma`naviy qadriyatlar va boshqalarni misol tariqasida keltirish mumkin edi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari milliy qadriyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqidagi tushunchalariga to`liq javob bera olmaganliklarining asosiy sababi yangi adabiyotlar bilan tanish emasliklari, o`z malakalarini o`z vaqtida oshirmayotganliklarini ko`rsatish mumkin.
Yuqoridagi surov natijalariga ko`ra, 50 ta boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan 34 foizi o`quvchilarda Vatanga e`tiqodni shakllantirishga alohida e`tibor bilan qaraganligi ma`lum bo`ldi.
Birinchi bosqichda o`qituvchilar tajribasidagi ahvolni aniqladik. Ikkinchi bosqichda tanlangan, rejalashtirilgan mavzularga doir boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashning vositasiga aylantirish maqsadida yangicha tarzda, ya`ni biz taklif etayotgan usul asosida uyushtirdik. Darslarni o`zimiz belgilagan dastur asosida kuzatdik. Bu dasturga quyidagi masalalar kiritildi:
Milliy qadriyatlarni o`rganishda o`qituvchi Vatanga e`tiqod bilan bog`lik mavzularni ajratib o`quvchilar diqqatini ularga qarata oladimi?
O`qituvchi milliy qadriyatlarda aks ettirilgan Vatanga e`tiqod mavzuini bugungi turmush bilan, hayotimizdagi muammo va voqealar bilan bog`lay oladimi?
Milliy qadriyatlarda aks ettirilgan Vatanga e`tiqod xaqidagi fikrlarni o`qituvchi o`z faoliyatida keltiradimi?
O`qituvchi mavzuni o`tishda boshlang`ich sinf o`quvchilarning Vatanga e`tiqod haqidagi qarashlarini shakllantirishda ularning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga oladimi?
Milliy qadriyatlarning Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda muhim vosita sifatida xizmat qilishi uchun esa boshlang`ich sinf o`qituvchilari biz tadqiq qilayotgan ushbu mavzu yuzasidan to`liq tassavvurga ega bo`lishi lozim, avvalambor, o`zlari “Qadriyatlar”, “Milliy qadriyatlar”, “E`tiqod” tushunchasi to`hrisida to`liq tasavvurga ega bo`lishi va albatta o`zlari Vatanga e`tiqodli insonlar bo`lishi lozim. Mustahkam e`tiqodli o`qituvchigina, qo`l ostida tarbiya olayotgan o`quvchilarda ham sof e`tiqodni shakllantira oladi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quvchilarga, qadriyatlarimizda aks etgan asosiy g`oyani anglab olishda, Vatanga e`tiqodli inson tushunchasi haqidagi tasavvurga ega bulishda birinchi bulib bilim beradigan insonlardir.
O`quvchilarda Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda, ular e`tiqod tushunchasini chuqur anglab olishlari va kundalik hayotda unga amal qilishlari uchun o`qituvchi zo`r mahorat bilan darsni tashkil kilishi, o`rganmoqchi bo`lgan mavzu qaxramonlariga chuqur tavsif berishi zarur. Yaxshi tashkil qilingan tarbiya jarayoni o`quvchilar xotirasida uzoq saqlanadi. Masalan afsona yoki ertaklarni o`rganish jarayonida qahramonlarning tabiatida ifodalangan insoniy fazilatlarni o`qituvchi misollar bilan ishonarli qilib yoritib berishi lozim.
Kuzatilgan darslardan aytishimiz mumkinki, ba`zi darslarda boshlang`ich sinf o`qituvchilari asosan voqea mazmunini, undagi faktlarni yoritib berganliklarini ko`rdik. Bu yerda o`qituvchining vazifasi asar mazmunini tanishtirishdek bo`lib qoldi. Darslarni tashkil qilishdan maksad faqat shugina emas, balki o`quvchilarda axlokiy sifatlarni tarkib toptirish, Vatanga e`tiqodni shakllantirish edi.
Milliy qadriyatlarda o`z ifodasini topgan mukammal shaxs tarbiyasi, Vatanga e`tiqod, iymon, tushunchalarini tarkib toptirish, ularni kundalik ishlarimizga aylantirish, bolalar ongida ham shunday fazilatlarni tarkib toptirish yuqorida aytganimizdek, xar bir pedagogning asosiy vazifasidir. Bu kabi ta`lim-tarbiyaviy ishlarni dars jarayonida tashkil qilishda milliy qadriyatlarning imkoniyatlari kattadir. Bu esa darsda ta`lim tarbiyaviy vazifalarni uyg`unlikda hal etish uchun milliy qadriyatlarning imkoniyatlari kengligini isbotlaydi. O`qituvchi bugungi kunda e`tiqodning, ayniksa Vatanga e`tiqodning insonlar hayotidagi o`rni va rolini ko`rsatib, e`tiqodning kishi ongi va xulqiga ta`sirini ko`rsata olish bilan birga, o`quvchilarga bu mavzuda ilk tushunchalarni beradi, e`tiqod haqidagi tushunchalarini shakllantirib boradi. Shu sababli, biz avvalo boshlang`ich maktablarda o`qituvchilarning bu vazifani qanday amalga oshirayotganliklarini kuzatdik.
Kuzatishdan maqsad o`qituvchilarning boshlang`ich sinf o`quvchilarida Vatanga e`tiqodni tarbiyalashda darslarda, milliy qadriyatlarnig tarbiyaviy imkoniyatlarini foydalanishlaridagi tajribalarini o`rganish va tahlil kilish edi. Shunday qilib, surovnomamizda olingan javoblar va suhbatlarda olingan javoblar, kuzatilgan darslarning tahlili asosida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bu masalaga nisbatan xar-xil qarashlari mavjudligi aniqlandi. Biz kuzatgan 23 ta darsning 16 tasida boshlang`ich sinf o`qituvchilari milliy qadriyatlardan foydalansalarda, o`quvchilarda e`tiqodni shakllantirishga umuman e`tibor bermasliklarining, 4 tasida bu masalaga qisman, 3 tasida bu mavzuga alohida e`tibor berishlarining guvohi bo`ldik. Biz boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun ko`pgina dars ishlanmalarini o`qituvchilarga tavsiya qildik hamda shu tavsiyalar asosida darslar tashkil qilish bilan birga darsga nisbatan o`quvchilarning qiziqishlarni ortishiga alohida e`tibor qaratdik. Quyida biz tashkil qilgan darslardan keltirib o`tamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |