Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar orqali vatanga e’tiqodni shakllantirish manbalari -chizma
Markaziy osiyo mashhur allomalarining vatanga e’tiqod haqidagi qarashlari
Milliy istiqlol g‘oyasi, milliy mafkura
Milliy bayramlar, tadbirlar, marosimlar
Xalq og‘zaki ijodi namunalari: ertak, maqol, afsona, dostonlar
Xalq amaliy sanati
Oilaviy an’analar
O‘lkashunoslik muzeylari, muqaddas ziyoratgohlarga саёҳат
Pedagogika: oila, amaliy, turmush
Ona tabiat qo‘yniga uyushtiriladigan sayohatlar
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida milliy g`oya asosida vatanga e`tiqodni tarbiyalash omillaridan yana biri tilning sofligini, tozaligini saqlash va bunga o`quvchilarni chorlashdir. Chunki xalqimizning uzoq o`tmishi, bugungi xayoti-yu ertangi istiqboli mujassamlashgan tilimizda millatning milliy-ma`naviy ruhi, madaniy-ma`rifiy qiyofasi butun murakkabligi bilan namoyon buladi.
- beshinchidan, boshlang`ich ta`limda mafkuraviy tarbiya yo`nalishlaridan yana biri – insonning o`z imkoniyatlarini erkin nomoyon qilishi, ijodiy fikrlashga o`rgatish, ijtimoiy-siyosiy faollikni, kattalar ishini davom ettirish mas`uliyatini anglash, boshqaruv ishlarini tushuntirishni tarbiyalash lozim.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarini milliy g`oya ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarning o`rni beqiyosdir. Milliy qadriyatlar o`quvchilarni vatanga e`tiqodli, xalqiga sodiq yoshlarni tarbiyalashda muhim o`rin tutadi. Biz tadqiqotlarimiz davomida boshlang`ich sinf o`quvchilarining Vatan, Vatanga e`tiqod xaqida kanday tushunchaga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida, o`quvchilar bilan og`zaki savol-javoblar uyushtirdik. Savollarni tuzishdan oldin ularning yosh va psixologik jihatlarini hisobga oldik. Ularga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:
1. Vatan nima?
2. Nega ona Vatan deyiladi?
3. Bizning Vatanimiz qayer?
4. Vatan xakidagi o`zbek xalq maqollardan misollar keltiring?
5. Vataningiz tabiati va ob-havosi xaqida gapirib bering?
6. Amir Temur, Alisher Navoiy, Boburlar kimning vatandoshi?
7. Siz vataningiz uchun nima qila olasiz?
8. Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?
Ushbu tajriba sinovimizda 50 ta boshlang`ich sinf o`quvchilari ishtirok etishdi, suhbatlarda ishtirok etgan boshlang`ich sinf o`quvchilari birinchi, ikkinchi va uchinchi savol bo`yicha to`liq bo`lmasada, ko`pchiligi to`g`ri javob bera olishdi. To`rtinchi savol bo`yicha esa ya`ni «Vatan haqidagi o`zbek xalq maqollaridan misollar keltiring?» savoli bo`yicha o`quvchilar atigi 3-4ta Vatan haqidagi maqolni aytishdi xolos, vaholanki, har bir sinf darsliklarida Vatan to`g`risidagi o`zbek xalq maqollaridan keltirilgan, mavzu o`rganilgandan so`ng esa topshiriq sifatida Vatan to`g`risidagi maqollarni yod olishlari ko`rsatilgan. Bundan ko`rinib turibdiki, bu savolimiz yuzasidan qoniqarli javob ololmadik. Beshinchi savol bo`yicha ham o`quvchilar to`liq javob kaytara olishmadi. Oltinchi va yettinchi savollarga esa o`quvchilarning ko`pchilik qismi javob berishga harakat qilishdi.
Oxirgi ya`ni «Vatanga e`tiqod deganda nimani tushunasiz?» deb so`ralganda esa, ishtirok etgan o`quvchilarimizning diyarli ko`p qismi tasavvurga ega emasliklarining guvohi bo`ldik. Shu sababdan savolimiz mazmunini bir oz o`zgartirib «Vatanparvarlik” deganda nimani tushunasiz? savoli bilan qaytadan murojaat qilishimizga to`g`ri keldi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yoshlari va sinflari har xil bo`lganligi sababli, xar xil sinfda turlicha javob qaytarishdi. YA`ni birinchi va ikkinchi sinf o`quvchilari bu savol yuzasidan sayozroq tushunchaga ega egalar, uchinchi va to`rtinchi sinf o`quvchilari esa to`liq bo`lmasada, javob qaytarishdi. Og`zaki savol-javoblarda barcha o`quvchilarning ham oshkora javob bera olmasliklarini hisobga olib, shu maktabning boshlang`ich sinflarida yozma anketa savollarini tarqatdik. Anketa savollarini test tarzida tuzib chiqdik. Bu so`rovnoma o`quvchilar bilan bo`lgan yakka tartibdagi savol-javoblar, suhbatlar, milliy qadriyatlarga bag`ishlangan ertaliklar, bellashuvlardan keyin o`tkazildi.
So`rovnomamizda quyidagi savollar mavjud edi.
Hurmatli o`quvchi quyidagi savollarga javob variantlarini belgilab ko`ringchi (sizga ma`qul bo`lgan javobni aylana ichiga oling)
Do'stlaringiz bilan baham: |