O`quvchilar soni
|
Quyi
javoblar
|
O`rta
javoblar
|
Yuqori javoblar
|
T.g.
|
N.g.
|
T.g.
|
N.g.
|
T.g.
|
N.g.
|
T.g.
|
N.g.
|
1
|
1- savol
|
25
|
25
|
9
|
12
|
8
|
7
|
8
|
6
|
2
|
2- savol
|
25
|
25
|
10
|
11
|
8
|
9
|
7
|
5
|
3
|
3- savol
|
25
|
25
|
11
|
11
|
7
|
9
|
7
|
5
|
4
|
4- savol
|
25
|
25
|
9
|
10
|
8
|
9
|
8
|
6
|
Kuzatuv va yozma ishlarni tahlil qilish natijasida shu narsa ma`lum bo`ldiki, boshlag`ich sinf o`quvchilari Vatan, vatanparvar shaxslar to`g`risida ma`lumotga egalar, davlatimiz madhiyasi va ramzlarida nima ifodalangan-ligini yaxshi bilishadi. Yurtimiz poytaxti, O`zbekiston davlat madhiyasi, ramzlari haqida ma`lumotga egalar. Albatta bu narsa har bir pedagogning yutug`i bo`lishi bilan birga yurtimizda olib borayotgan islohotlarning natijasidir. Ammo ta`kidlashimiz lozimki, boshlag`ich sinf o`quvchilari bugungi kunda mustahkam e`tiqod haqida tushunchaga ega emaslar. Zero insondagi e`tiqod ko`rsatichlarini shakllantirish ham Vatanga e`tiqodni shakllantirishning asosidir. Vaholanki, mustahkam e`tiqodli vatanparvar insonlarni tarbiyalash davr talabi. Biz yuqorida aytganimizdek boshlang`ich sinf o`quvchilarini milliy qadriyatlar orqali milliy g`oyani ular ongiga singdirish ko`pincha dars jarayonida amalga oshiriladi.
Milliy istiqlol g`oyasi asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarida vatanga e`tiqodni tarbiyalashni maqsad qilib qo`yilgan darslarda boshlang`ich sinf o`qituvchisi Vatanga e`tiqodni tarbiyalashga alohida e`tibor berishi lozimki, bunda
1.Mamlakatimiz Prezidentining faoliyatidagi hamda milliy istiqlol g`oyasidagi Vatanga e`tiqodni rivojlantirish haqidagi fikrlardan dars jarayonida foydalanish;
2.Darsda o`rganilayotgan mavzudagi milliy qahramonlarning aynan Vatanga bo`lgan e`tiqodini namuna sifatida ko`rsata olishi; (To`maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Amir Temur, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabilar)
3. Mashhur allomalarining Vatanga e`tiqod haqidagi fikr-mulohaza-laridan unumli foydalana olishlari;
4. Vatanga e`tiqodsiz insonlarning hatti-harakati tufayli sodir bo`lgan noxush voqealarning oqibati natijasida (Toshkent, Andijon voqealari) xalqimiz va vatanimizga yetkazilgan ozorlar to`g`risida ma`lumot berish orqali Vatanga e`tiqodning kishida mavjud bo`lishi shartligini isbotlay olish ko`zda tutiladi.
Kuzatishlar natijasida yana shuni ta`kidlab o`tishimiz kerakki, bosh-langich sinf o`qituvchilari yozma ishlardan faqat ona tili darslarida foyda-lanishadi. Ko`pincha, u ham bo`lsa, o`quvchilarning savodxonligini tekshirish-ga qaratilgan bo`ladi (insho, diktant). Vaholanki, boshlag`ich sinf darslari safiga kiritilgan “odobnoma” va boshqa darslarida ham yozma ishning boshqa turlardan foydalansa buladi. Yoki sodda tarzda tuzilgan test, krossvord, boshqotirma va rebuslardan foydalanilsa o`quvchilarning mavzuga nisbatan qiziqishlari yanada ortadi. Test, savol-javob tarzidagi yozma ish usullari yuqorida aytganimizdek, bolalarni mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini o`stirishga xizmat qilishi bilan birga, barcha o`quvchilarning mavzu yuzasi-dan olgan bilimlarini tekshirib ko`rishga imkon beradi. Bu borada “O`qish” va “Odobnoma” darslarida ajratilgan mavzular bo`yicha, ya`ni, masalan 4-sinf «Odobnoma” fanida “Vatanni sevmoq iymondandir” bo`limi bo`yicha to`rt soat ajratilgan bo`lib, ular “Vatan va Vatan tuyg`usi”, “Vatan va Vatan-parvarlik”, “O`zbekiston-Vatanim manim”, “O`zbekiston – mustaqil diyor” mavzulari berilgandir. Ushbu bo`lim yakunida yozma ishlarni tashkil etish yanada yaxshi natija beradi, avvalo o`quvchilar darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydi, mavzuga qayta murojat etish orqali Vatan haqida tasav-vurlari yanada teranlashadi, xotirasida mustahkam joy oladi.
Yozma ishlarni yozish jarayonida Vatanga nisbatan g`urur, muhabbat tuyg`ulari tarbiyalanadi. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi yozma ish uchun o`zi mustaqil holda mavzu tanlashi ham mumkin, albatta bu mavzular ham Vatanga e`tiqodni tarbiyalashga xizmat qilmog`i lozim. Mavzular quyidagi mazmunda “Men Vatan uchun nima qila olaman”, “Vatanim- onam”, “1-Sentabr Vatanim qayta tug`ilgan kun”, “Ona tabiat, onam kabi mehribon”, “Jaloliddin Mangu-berdi - Vatanga e`tiqodli inson” kabi mavzularda bo`lishi mumkin.
Yuqoridagi barcha keltirgan milliy qadriyatlarimiz boshlag`ich sinf o`quvchilarining ma`naviy dunyosini shakllanishida faol ishtirok etadi. Shu borada bugungi vazifamiz ulardan darsda, darsdan tashkari mashg`ulotlarda, oilada sharoitida, jamoa joylarida, kolaversa, maktabgacha muassasalarida keng va samarali foydalanish zarurdir.
Umuman, O`zbekiston porloq kelajagiga chuqur ishonch, davlatimiz, istiqlolimiz takdiri yoshlar qo`lida ekanligini chuqur anglash hissini tarbiyalash ma`suliyati burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |