Ekologik muammoni bartaraf etish yllari
XXI asrda tabiat va jamiyat orasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishning muhim omili ekologik muammoni har to-monlama bilish bilan bog’liq bo’ladi. Biroq buning uchun eng avvalo XX asr intihosida «tabiat-jamiyat» tizimidagi munosabatlar tubdan o’zgarganini anglab yetishimiz zarur. tmishda jamiyat va insonning tabiatga ta‘siri lokal xarak-terga ega bo’lgan bo’lsa, ushbu ta‘sir XX asr 90-yillariga kelib global xarakter kasb etdi. Gap shundaki, XX asrning oxirgi o’n yilligiga kelib, mamlakatlar va xalqlar o’rtasidagi ijti-moiy-iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy-madaniy munosabatlar nihoyatda tezlashib ketdi. Fan va texnika taraqqiyoti nati-jasida hosil bo’lgan vositalar insonlararo o’zaro munosabat-lar sifati va chastotasini mutlaqo o’zgartirib yubordi. Buning pirovard natijasi o’laroq umumsayyoraviy tsivilizatsiya shakl-lana boradiki, ushbu tendeniyaning asosini xozirgi zamon ki-shilik jamiyatini birlashtirib turgan iqtisodiy, siyosiy, ma-daniy va kommunikatsion aloqalar tashkil etadi. Zero, aynan ana shu aloqalar umumsayyoraviy tsivilizatsiyaga sistemaviylik va yaxlitlik ato qildi.
SHu sababdan ham har qanday umumbashariy xarakterga ega bo’lgan muammoni, jumladan energetik muammoni bartaraf et-moqchi ekanmiz, masalaga umumashariy tsivilizatsiya nuqtai-na-zaridan yondashmog’imiz zarur. Alqissa, ekologik muammo umum-bashar ahamiyatiga molik muammo ekan, uni faqat umumbashariy tsivilizatsiya ato etgan imkoniyatlar yordamida, umumsayyoraviy jamiyatni shakllantirish yordamidagina bartaraf qilish mumkin.
Ekologik muammoning bartaraf qilinishi fan va texnika taraqqiyoti sharofati bilan yuzaga kelgan universalizatsiya, ma-tematizatsiya, informatizatsiya tendentsiyalariga borib taqaladi. Zero, aynan ana shu tendentsiyalar an‘anaviy ekologik vaziyatni sog’lomlashtirish uchun shart-sharoit yaratmoqda.
Atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilar miqdorini ka-maytirish uchun texnika vositalarini universallashtirish zarur. Ma‘lumki, hozirgi zamon tabiatshu-nosligida bilimlar differentsiyasi bilan integratsiyasi orasidagi o’zaro aloqadorlikka alohida e‘tibor beriladi. Shozirgi zamon texni-kasida ham qariyb shunga o’xshash jarayonlar sodir bo’lmoqda. Mashinalar ixtisoslashuvining rivojlanishi turli ko’ri-nishdagi, turli vazifalarni bajarishga moslashtirilgan vositalar miqdorining oshi-shiga olib keldi. Ushbu jarayon mehnatni ijtimoiy taqsimlashning texnik analogi bo’ldi.
Texnika vositalarining universallashtirilishi jamiyat va tabiat orasidagi ziddiyatning oldini olish uchun shart-sharoit yaratadi. Ushbu tendentsiya intihosida turli ko’rinishdagi va turdagi mashinalar o’rnini bir necha vazifani bajaradigan, turli agregatlarni o’zida mujassamlashtirgan universal tex-nika vositalari egallaydi. Oqibatda texnika vositalari miq-dori kamaya, atrof-muhit ifloslanishi me‘eri esa pasaya bora-di.
XXI asrda texnikani universallashtirish tendentsiyasi shu paytga qadar mavjud bo’lmagan xususiyatlarni ham qamrab olmog’i lozim. Xususan, texnika vositalarini universallash-tirish jarayonida nafaqat alohida agregatlar yaxlit sistema-larga birlashib boradilar, balki mashinalarni avtomatik boshqarish va muvofiqlashtirish ham konstruktsiyaning o’zidayoq nazarda tutilgan bo’ladi. Boshqacha aytadigan bo’lsak, o’tgan asrlardagi konstruktsiyalarda alohida agregalarni yagona bir sistemaga birlashtirish nazarda tutilgan, ularni boshqarish masalalari esa keyin hal qilingan bo’lsa, XXI asrda ushbu har ikkala masala mashinani konstruktsiyalash paytida ko’rib chi-qiladi. Buning natijasida, birinchidan, mashinani yaratishda ketadigan material tejaladi, ikkinchidan esa, shu mashinaning atrof-muhitni ifloslantirishi me‘erini aniqlash imkoni tug’iladi.
Albatta, bunday universallashtirishning ob‘ektiv xa-rakterga egaligini e‘tirof etgan holda masalaning sub‘ektiv jihatlariga ham e‘tibor bermoq shart. Universal mashinalarni loyihalashtirish, ularning tejamkorligini ta‘minlash uchun eng avvalo amaliy xarakterga ega ilmiy tadqiqotlarning moliyaviy asoslarini mustahkamlash zarur. Bunda nafaqat dav-lat byudjetidan ilmiy-tadqiqot institutlariga ajratila-digan mablag’lar, balki universal mashinalarning ishlab chiqa-rishga joriy etilishidan ham moddiy, ham ma‘naviy manfa-atdor korxonalar ajratadigan mablag’lar, turli umumbashariy, jumladan ekologik muammolarning yechimi ustida bosh qotiri-shi zarur bo’lgan xalqaro tashkilotlar va jamg’armalar tomo-nidan belgilanadigan grantlar nazarda tutilayotir. Shu tarz-dagi moddiy baza negizida sodir bo’lgan universallashtirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi ziddiyatning bartaraf qilini-shiga zamin tayyorlaydi.
Biroq o’sha ziddiyatning bartaraf etilishi hali ekologik muammoning yechimi degan gap emas. Bugungi kundagi fan va tex-nika taraqqiyotining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, yi-rik iqtisodiy samara nafaqat kashfiyotlarga, balki texnologik sxemalar hamda xisob-kitob texnikasining takomillashtiri-lishiga bog’liq. Universal mashinalarni kashf etishning o’zi kifoya emas, ularning tabiatni ifloslantirishi me‘eri ham turli matematik uslublar yordamida dasturilavvaldan hisoblab chiqilishi lozim. Shu sababdan XXI asrda ekologik muammoning bartaraf etilishi nafaqat universalizatsiya, balki matemati-zatsiya tendentsiyasiga ham borib taqaladi.
SHozirgi zamonda loyihalashtirish masalalari qanchalik muhim bo’lsa, ularning parametrlarini hisob-kitob qilish metodikasi ham shunchalik muhim ahamiyat kasb etayotir. Texnika vositalarining parametrlarini hisoblash metodikasini atigi 10 foizga takomillashtirsak, tabiatning ifloslanishi me‘e-rini 12-15 foizga kamaytirgan bo’lamiz. Demak, bugungi kunda texnika vositalarining parametrlarini hisoblash metodikasi ekologik muammoni bartaraf etish manbaiga aylanmoqda.
Matematizatsiya tendentsiyasining ekologik muammoni hal etishdagi muhim ahamiyatini e‘tirof etar ekanmiz, matematika imkoniyatlarini to’g’ri, xolis baholay bilishimiz darkor. Albatta, gap ekologik muammoni faqat matematika va hisoblash texnikasi yordamida hal qilish haqida ketayotgani yo’q. Gap texnika vositalarining turli xususiyatlarini hisob-kitob qilgan holda atrof-muhitning ifloslanishi me‘erini kamaytirish imkonini beradigan matematik nazariyalar, uslub va usullar ishlab chiqish xaqida borayotir.
Bugungi matematika bunday samarali uslublardan bir nechtasini taklif etmoqda. Masalan, R.A.Zohidov tomonidan ilgari surilgan elektrostantsiyalar foydali ish koeffitsien-tini aniqlash uslubini olaylik.(13, 30-33) Ushbu uslub yorda-mida universal mashinalarning barqaror faoliyat ko’rsatishi darajasini aniqlasa bo’ladi. Barqaror faoliyat ko’rsatadigan texnika vositasining tabiatni ifloslantirishi darajasini hisoblab chiqish esa mushkuli kushod emas. Natijada universal mashinalarning turli parametrlarini takomillashtirish orqa-li atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Ekologik muammoning bartaraf etilishi uchinchi tendentsiya, informati-zatsiya bilan ham bevosita bog’liq. Bugungi kunda in-soniyat hayotini saqlab qolish imperativi agroneolitik va in-dustrial taraqqiyotdan ijtimoiy rivojlanishning noan‘ana-viy strategiyasiga o’tishni talab qilmoqda. Ushbu strategiya yangi informatsiyalar ishlab chiqarish va tarqatish bilan bog’liq. Bu-ning natijasida yangi ijtimoiy tartib yuzaga keladiki, uni iqtisodchi olim F.Mashlup «informatsion jamiyat» deb ataydi.
Informatizatsiya tendentsiyasi xaqida fikr yuritganda nafaqat informatsiyalarga bo’lgan ehtiyojning o’sib borayotgani, balki informatsiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati ortayotgani ham nazarda tutiladi. Darxaqiqat, informatsiya o’zga ne‘mat va qadriyatlardan-da qadrliroq bo’lib borayotir. Kompyuterlashtirish tendentsiyasi, yangi informatsion texnolo-giyalarning vujudga kelishi informatsiyalarning qadrini yanada oshirmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ish bilan mashg’ul aholining 80 foizi turli informatsiyalarni o’zlashtirish bilan mashg’ul.(25,6) Ko’rinib turibdiki, informatsiyalarning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati mutassil oshib borayotir.
Bunday sharoitda ekologik muammoni bartaraf etish uchun zudlik bilan jamiyatni ekologik vaziyatga doir informatsiyalar bilan ta‘minlash, ya‘ni ekologik informatsiyalar bankini vu-judga keltirish zarur. Buning uchun esa oshkoralik printsip-lariga rioya qilmoq, uni ekologiya sohasiga tatbiq etmoq kerak. Oshkoralik bo’lmas ekan, ekologik muammoning asl tabiati, uni bartaraf etish yo’llari, uslublari va usullari xususida sama-rali mulohaza yuritib bo’lmaydi. Vujudga kelgan vaziyatdan qu-tulishning yagona yo’li terroristik informatsiya va dezinfor-matsiyadan foydalanishning, informatsiyaning soxtalashtirish-ning oldini olgan holda gumanistik va progressiv xarakterga ega bo’lgan informatsiyalarning erkin va oshkora tarqatilishi uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Bunday imkoniyatning yuzaga kelishi turli mintaqalardagi ekologik vaziyat to’g’risida, ekologiyaga doir ilmiy-tadqiqot ishlari haqida haqqoniy va xolis tasavvur hosil qilishda qo’l keladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ekologik muammoning bar-taraf etilishi insoniyatning XXI asrdagi muhim vazifala-ridan biriga aylanmoqda. Chunki kishilik jamiyatining kel-gusidagi taraqqiyoti aynan ana shu muammoning hal qilinishi bilan bog’liq. Buning uchun fan va texnika taraqqiyoti nati-jasida yuzaga kelgan universalizatsiya, metematizatsiya, infor-matizatsiya tendentsiyalari yaratayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |