2-masalaning bayoni: Milliy g’oyaning amal qilish tamoyillari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan faol mehnat bilan mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgandir. Hozirgi davrda xilma–xil mulkchilik shakllari va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va tichliksevar aloqalarining о’sib borishi, osoyishtalik, milliy totuvlik, hamjihatlikka xizmat qiluvchi g’oyalar ham ana shu
tamoyillarning tо’la namoyon qilishga xizmat qiladi. Ularning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg’ulari, orzu – intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. Shuningdek, barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‘rifiy yо’l–yо’riqlari milliy g’oyaning tamoyillariga tayanish orqali samarali amalga oshish imkoniga ega bо’ladi. Milliy g’oyaning amaliyoti jamiyat va Vatan manfaatlari, yurt tinchligi, xalq farovonligi tamoyillaridan ajralgan holda zohir bо’lmaydi. Bu jarayon mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish, zamonaviy ulkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuzining о’sib borishi, ma‘naviy–ma‘rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma‘naviy hayotidagi ijobiy о’zgarishlar tо’g’risida halqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib boorish lozimligini kо’rsatadi. Fuqarolarni milliy g’oya tamoyillari asosida yashash va faoliyat yuritishga о’rgatishda turli jamoat, ijodiy, ilmiy, tashkilotlar, institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg’armalarning о’rni va ahamiyati katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalarining tashabbuskorligi ham alohida ahamiyatga molikdir. Bunda ushbu tamoyillarning xalqimiz xohish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatanga sodiqlik va milliy g’urur tuyg’usini о’stirishga yо’naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi birinchi navbatdagi vazifa odamlar ruhiyatida, tafakkurida poklanish, yangilanish uchun shart–sharoitlar yaratish bilan birga О’zbekiston jamiyatining ozod va obod Vatan barpo etish bilan bog’liq maqsad va g’oyalarini amalga oshirish yо’lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g’oyalar butun xalqimizning umumiy manfaatlarini aks ettiradi. Ayni paytda, milliy g’oyaning amal qilish tamoyillari jamiyatdagi barcha qatlam va ijtimoiy kuchlarning faoliyati, maqsad va intilishlariga ma‘naviy yо’nalish beradi. Shu tarzda milliy g’oya jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi, ularni amalga oshirish imkonini yaratadi. Milliy g’oyaning amal qilish tamoyillari shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qо’llab-quvvatlashi, jamiyat uchun foydali ishlarda insonning faolligini oshirishi, umuminsoniy meyorlarning boyitilishi, kishilarda yangicha munosabatlar qaror topishi uchun kurash olib borishini ham anglatadi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad demokratik o’zgarishlar hayotimizning muhim yо’nalishiga aylangan hozirgi davrda erkin fikrlovchi, о’z faoliyatida bunga amal qiluvchi komil insonlarni voyaga yetkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |