Ijtimoiy xamkorlik – turli millat, irq va dinga mansub kishilar va guruxlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi
|
Millatlararo totuvlik – muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining bahamjihat yashashi, hamkorlikda faoliyat yuritishi
|
Diniy bag‘rikenglik – xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi
|
Shuning uchun jamiyatdan tashqarida erkinlik bо’lmaydi. Jamiyatda erkinlikni tushunish va amalga oshirish mamlakatda ustuvor bо’lgan milliy madaniy, tarixiy, diniy va boshqa tartibotlar, qonun-qoidalar hamda qadriyatlarga, ularning xarakteri, mazmuniga bog’liq bо’ladi. Erkinlikni anglash va uni ifoda etishda G’arb va Sharqning о’ziga xos jihatlari bor. G’arbda erkinlik tо’g’risida fikr yuritilganda, asosan, alohida olingan shaxs erkinligi va huquqlaridan kelib chiqqan holda yondashiladi, erkinlikka shu mezondan kelib chiqib baho beriladi. Sharqda ham shaxs erkinligi va huquqlari hisobga olinadi. Lekin shaxs hatti– harakati, xulq-atvori, jamiyatdagi о’rni, ma‘suliyatini idrok etish holatlariga baho berilganda, muayyan guruh, etnos, xalq, millat, jamiyatning manfaatlari, huquqlariga alohida qadriyatlar, an‘analaridan kelib chiqqan holda yondoshiladi. Shaxsning xohish–irodasi, istagi, maqsad va manfaatlari uning faoliyatida namoyon bо’ladi. Erkinlik va jamiyat hayotini erkinlashtirish muammosi muayyan g’oyalar tizimi bilan ham bog’liq. G’oya erkinlik, jamiyat hayotini erkinlashtirishga xizmat qilishi yoki, aksincha, erkinlikni, erkinlashtirish jarayonlarini bо’g’ishi, ya‘ni unga imkoniyat bermasligi ham mumkin. Chunki, jamiyat hayoti siyosiy tizim sifatida,muayyan g’oyalar orqali muayyan tartibotlar,urf–odat, an‘analar, qadriyatlar bilan shakllanadi. Ular esa jamiyatning turli sohalarida faoliyat kо’rsatadigan insonlar dunyoqarashi, ongi va tafakkuri orqali о’z ifodasini topadi. G’oyaga mos ravishda erkinlik va erkinlashtirish jarayonlari sodir bо’ladi. Mamlakatda yagona g’oya tan olinib, faqat unga amal qilinsa, shunga mos faoliyat qaror topadi. Masalan, kommunizm g’oyasi yakka hukmronlikka asoslangan bо’lib, natijada inson erkinligi, umuman, jamiyatni erkinlashtirishga salbiy ta‘sir kо’rsatdi. Inson fikri, uning jamiyat iqtisodiy, siyosiy hayotidagi о’rni ham sinfiylashgan mafkuraga yoki proletar manfaatlariga bо’ysundirildi. Inson ongi va dunyoqarashida uning dunyoni idrok etishi bilan bog’liq qarashlari, tasavvurlari emas, aksincha, dunyoqarashni «sinfiy»lik tamoyiliga moslashtirish va undan kelib chiqqan holda fikrni ifodalash, munosabat bildirish hodisasi rо’y berdi. Bu dunyoqarash majburiy tarzda shakllantirildi.
Fenomen – (yun. Phainomenon – yuz beruvchi) – 1) ko‘zga ko‘rinib turgan hol; 2) noyob, kam uchraydigan hol, yoki buyuk, yagona bo‘lgan inson; 3) hissiy bilish, tajribada berilgan ma’lum bir holni anglatuvchi falsafiy atama; hissiy tajriba yordamida payqaladigan va anglanadigan hodisa, jonli mushohada obyektini bildiradigan tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |