Beshinchidan, О’zbekistonning milliy taraqqiyot xususiyatlarini hisobga
olgan holda, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga tadrijiy, evolyusion yо’l bilan bosqichma-bosqich о’tish tamoyili, hozirgacha jamiyatni rivojlantirishga doir mavjud bо’lgan ijtimoiy fikr tarixidagi nazariyalar va g’oyalarning mazmunini, umuminsoniy tamoyillarini rivojlantirishning konkretlashgan yо’nalishidir. Zero, jamiyat taraqqiyotining tarixiy tajribalari ijtimoiy hayotni inqilobiy yо’l bilan
keskin о’zgartirishlar, uning ravnaqini emas, balki g’oyat xavfli: iqtisodiy, siyosiy,
ma‘naviy inqirozlarining asosi, boshlanishi bо’lganligini qayta-qayta isbotlab bergan. Bu haqda N.Berdyayev «Intelligensiyaning ma‘naviy inqirozi» degan asarida: «Har qanday revolyusiya reaksiyaga qarshi reaksiyadir, undan keyin esa revolyusiyaga qarshi reaksiya boshlanadi», deb yozgan edi. Shu nuqtai nazardan, jamiyatimiz rivojlanishidagi vorislik munosabatlari, tadrijiylik, «yangisini qurmasdan, eskisini buzmaslik» tamoyili yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligining zaruriy sharti bоlib qolmoqda.
Tarqqiyotning o’zbek modelining mantiqiy davomi sifatida Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Har qanday hokimiyat, qaysi tuzumga mansub bo’lmasin, shubhasiz, turli muammolar bilan to’qnash keladi. Shu bois davlat hokimiyatining barcha organlari faoliyatini samarali tashkil etishning murakkab jihatlari, davlat va jamiyatning yutuq va muammolari teran tahlil qilinib, Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonun, qonun, farmon va boshqa normativ-huquqiy aktlar ishlab chiqiladi. Ular inson huquqlari va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini muhofaza etishga qaratilgani davlat va jamiyatning xalqchilligi, qonuniy va uzoq muddat barqaror rivojlanishini ta’minlay oladi.
Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni va u bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi ham ana shunday muhim ijtimoiy-siyosiy hujjatlardan biri bo’ldi. Hujjatda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’li chuqur tahlil etilgani holda uni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangi strategik yondashuv va tamoyillar o’z aksini topgan keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan mazkur hujjat loyihasi ko’pchilik, shu jumladan, qonun ijodkorlari, olim ba amaliyotchi muatxassislar ham chet ellik ekspertlar ishtirokida bandma-band ko’rib chiqildi. Shuning uchun ham unda yurtdoshlarimizning, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillarining, O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy investorlarning fikr-mulohazalari o’z aksini topgan.
Xujjatda qayd etilishicha, mamlakat bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda jahon bozorida konyunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotganini har tomonlama hisobga olishni, shu asosda davlatni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha strategik yondashuv va tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Harakatlar strategiyasining maqsadi- olib borilayotgan islohotlar samardorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iborat.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qilishi belgilandi.
Dunyoning turli nuqtalarida tinchlik va osoyishtalikka tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda Harakatlar strategiyasida xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlashga alohida etibor qaratilgan. Jumladan, mazkur hujjatda respublikamizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverinetetini, hududiy yaxlitligini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarni ro’yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor etish tizimini rivojlantirish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish masalalar ham o’rin olgan.
Harakatlar strategiyasi asosida xorijiy hamkorlar bilan siyosiy-diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan “Yo’l xaritalari” ishlab chiqildi. Bu esa mazkur hujjatning xalqaro mavqeyini yanda oshirdi deb aytish o’rinlidir. Jumladan, Harakatlar strategiyasini BMT Bosh Assambleyasining 71 – sessiyasi o‘zining rasmiy hujjati sifatida tarqatganligining o’zi buni isbotlaydi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, kelgusi besh yilda mamlakatda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishi nazarda tutilgan holda amalga oshiriladi. Harakatlar strategiyasini yana bir muhim ahamiyati shundaki, unga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlari qayta ishalandi. Harakatlar strategiyasidagi barcha yo’nalishlar bo’yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlar qayta ishalanadi, yangilari qabul qilinadi.
Harakatlar strategiyasi asosida 2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 649 ta investetsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro’yobga chiqarish rejalashtirilgan. Natijada keyingi besh yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 1,5 borabar, uning YIM dagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog’i ulushi 80 foizgacha oshadi.
Bir so’z bilan ayatganda Harakatlar strategiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan keng jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar strategiyasining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashitirish” deb nomlagngan birinchi yo’nalishini amalga oshirishda asosan Oliy Majlis rolini mustahkamlash, qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, davlat hayotida siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |