Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet59/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

3-masalaning bayoni: Istiqlol, demokratiya va taraqqiyot о’zaro vobasta

tushunchalar. Chunki agar milliy mustaqillik bо’lmasa, erkinlik ham, erkin rivojlanish ham bо’lmaydi. Shaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. Shu bois, О’zbekiston о’tgan asr boshlarida istiqlolni qо’lga kiritganda birbiri bilan vobasta ikki vazifa kun tartibida turardi: biri — mustaqillikni mustahkamlash bо’lsa, ikkinchisi bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish. Hozirgi paytda Оzbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib bormoqda. Yana shu narsa ham aniq bо’ldiki, iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiysiyosiy va ma‘naviyma‘rifiy yuksalish bilan uzviy aloqada kechishi shart ekan. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyot osmondan tushadigan mо’jiza emas, balki uni О’zbekiston xalqining о’zi amalga oshiradi. YA‘ni xalqimizning ma‘naviy ma‘rifiy saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland bо’lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, faravon hayotni ta‘minlashgashart sharoityaratiladi». Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi anglab yetib, shunga qarab faoliyat olib borishi lozim bо’ladi. Ammo bu jabhada muammolarimiz kо’p. Zero, demokratiya — erkin yashash va erkin faoliyat olib borish, fikr bildirish, о’z irodasini ifodalash, haq huquqlaridan bemalol foydalnish va jamiyat ishlariga faol qatnashishni anglatadi. О’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bunga tо’la kafolat beradi va har bir fuqaroning huquqini himoya qiladi. Biroq, ayni vaqtda, demokratiya yuksak ma‘naviyat egasi

bо’lish, mas‘uliyat va jamiyat oldidagi burchni his qilishni talab etadi. Qonun, huquq imkoniyatlar bersa, axloq, burch, о’zgalar manfaati bilan hisoblashish, insoniylik udumlari, vijdon esa mas‘uliyat yuklaydi, har bir individual shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati chambarchas bog’liq ekanini har soatda bizga bildirib turadi. Shu bois hukuk va burch, erkinlik va mas’uliyat qamma vakt birga, uzviy oloqada amal qiladigan tushunchalardir. О’zaro raqobat, aqlu zakovat kurashi

va tadbirkorlik ishbilarmonlik xislatlari ham shu zaminda adolat о’zaniga tushadi,

kishining kishi tomonidan nohaq ezilishi, zо’ravonlik qilinishiga yо’l qо’yilmaydi.

Demokratiya hamma sohalarda shaxsiy qobiliyatni charxlaydi, raqobat va «kim о’zar»ga bardosh berishni talab qiladi. Bu muttasil va muntazam ravishda izlanish, ixtirolarni amalga oshirishni, har doim olga intilishni talab qiladi. Sustkashlik qilgan, yangilik yaratishga noqobil odam taraqqiyotdan orqada qolib

ketaveradi. Buning oqibatida shaxsda xudbinlik shaxsiy manfaatni ustun qо’yishga mayllik vujudga kelishi muqarrar. Xudbishshkning bir necha jihatlari bor: о’z iste‘dodi va qobiliyatini ishga solib, fikri va rejalarini hayotga tadbiq etish ham aslida xudbishshk ya‘ni shaxs sifatida о’ zlikni namoyon qilishdir. Buni ijobiy ma‘nodagi xudbinlik deb atash mumkin. Bunday xudbinlik individual say harakat jamiyat rivojiga yordam beradi. Ammo faqat о’zini о’ylaydigan, boshqalar mehnati

evaziga boyishga intiluvchi shaxslar ham bor. Ular о’zlarini eng dono, eng kuchli

hisoblab, atrofdagilarga bepisand munosabatda bо’ladilar, kibru havoga beriladilar va jamiyat rivojiga naf keltirmaydilar. Mana bunday manmanlik va hukmfarmonlikka asoslangan xudbinlik aslida ma‘naviy kashshoklik tufayli paydo bо’ladigan axloqiy qusurdir. Zero, «о’zim bо’lay» falsafasi milliy vatanparvarlik tuyg’usini sо’ndiradi. «О’zim bо’lay» deb intiladigan odam iymon -e‘tiqodni xam poymol etadi. Bunday odam haromhalol, yaxshiyomonni ham farklamaydi, qanday bо’lmasin, qayerda bо’lmasin о’zlashtirib olsa bоlgani, boshqasi bilan ishi yо’q.

Shunisi ma‘lumki, bizning ulug’ shoirlarimiz, mutafakkir bobolarimiz, avliyo shayxlarimiz hirs va hasadga, shaytoniy nafsga berilish, bu yо’lda odamlarga jabr-zulm qilishga qarshi chiqqanlar. Xalqimiz axloqining eng yaxshi jihatlari shu bois hozir ham о’z kuchini kо’rsatmoqda. Biz tariximiz, ulug madaniyatimiz obidalari, ma‘naviy qadriyatlarni tikladik. Xalqimizning ruhiyati tiklandi. Ma‘naviy merosimiz bilan faxrlanamiz, ulug’ Vatan farzandlari ekanligimiz dilimizni g’ururga tо’ldiradi. Buning о’ziyoq Vatanimizning buguni va kelajagi uchun qayg’urish hissini uyg’otadi. Biz chinakamiga uygoq xalq sifatida dunyoga boqmoqdamiz, dо’stu dushmanni ajratib, milliy manfaatlarimiz uchun kurashmoqdamiz.

Har bir xalq о’zining milliy mustaqil davlati bilan о’zligini kо’rsata oladi. Xalqaro rivojlanish sharoitida boshka mamlakatlar bilan raqobat qila oladi. Xullas, xalq (millat), mamlakat va davlat tushunchalari ajralmas yaxlitlikdir. О’zbekistonning mustaqil mamlakat sifatidagi mavjudligi uning milliy davlatchiligi taraqqiyoti bilan birgalikda olib qaralgandagina mazmunmohiyatga ega bо’ladi. Tarixiy tajribalar aynan о’tish davrida davlatning islohotchilik roli benihoya katta bо’lishini tasdiqlamoqda. Shu ma‘noda, mustaqil О’zbekiston davlatini xalqimizning irodasi va ruhini ifodalaydigan, uning birligini ta‘minlashdagi о’rni beqiyosdir. Davlatni shunchaki ma‘muriy instrument, boshqaruv apparati, xolos deb talqin etish yetarli emas. Bu ta‘rif demokratiya sharoitida ham milliy birlik va xalqning ma‘naviy yaxlitligi, demak uyushib, jipslashib, rivojlanish yо’liga chiqnshiga xalaqit beradi. Qolaversa, taraqqiyot ham, demokratiya ham о’z о’zidan sodir bо’lmaydi. Mamlakat xavfsizligini, osoyishtaligini ta‘minlash, siyosiy manfaatlar tо’qnashuvida dadil turib, milliy manfaatni himoya qilish davlat zimmasidadir.

Demokratiya sharoitida, albatta, davlat va uning tarkibiy qismi bо’lgan hokimiyatga munosabat о’zgaradi. Chunki hokimiyat jamiyat nazorati ostida bо’ladi. Saylash va saylanish mexanizmining amal qilishi, davlat rahbarlarining hisob berib turishi, matbuot erkinligi, jamoat tashkilotlarining faolligi — bularning hammasi davlatning mutlaq g’oyalarga berilishiga yо’l qо’ymaydi. Ya‘ni shaxs, jamiyat va davlat о’zaro yaqinlashib boradi, birbiriga hisob berish kuchayadi. Natijada, shaxs va davlat manfaatlari uyg’unlashib boradi. Ana shunday sharoitda milliy g’oya qanday ahamiyatga ega bо’ladi, u demokratik qadriyatlarning xalq ongiga singashi va joriylanishiga tо’sqinlik qiladimi yoki davlatning ilohiylashuviga sabab bо’ladimi? Bunga faqat «yо’q» deb javob berish mumkin.




Milliy g’oya — bu har bir shaxs va butun jamiyatga tegishli g’oyadir. Milliy istiqlol g’oyasi fikrlar va mafkuralar xilmaxilligiga asoslanadi; milliy g’oya jamiyat mafkurasi, davlat mafkurasi emas


Milliy g’oya negizida vatanparvarlik millatparvarlik tuyg’usi yotadi. Demak milliy g’oya va milliy taraqqiyot, yurt rivoji vobasta. Shu nuqtai nazardan ham Islom Karimovning «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish — pirovard maqsadimiz» degan hikmatli sо’zida ma‘no kо’p. Bu jumlada mustaqillikning abadiyligi, demokratik erkinliklar, Vatan ravnaqi, har bir fuqaro hayotining farovonlashuvi kо’zda tutiladi




Milliy g’oya hech narsani, jumladan, davlatni ham, alohida shaxslarni ham ilohiyalashtirishni nazarda tutmaydi, balki xalqning eng ezgu his tuyg’ulari, intilishlarini ifodalab, bunyodkorlik ishlariga rag’batlantiradi.

.


milliy g’oya allaqanday totalitar xususiyatga ega mafkura emas, u biron bir shaxs ishlab chiqqan va zо’rlab jamiyatga tiqishtirayotgan yoki tepadan tushirilgan «yagona g’oya» ham emas. U xalqning о’z tafakkuri mevasi

bо’lib, milliy ma‘naviy negizga tayanadi.





milliy g’oya umumbashariy fikrlar, ilmiy yutuqlarni jamlab singdirishni ham kо’zda tutadi.

Yevropa mutafakkirlaridan biri K.Gelvetsiy yozgan edi: «Vatanga muhabbat butun dunyoga muhabbat bilan muvofiq keladi. Ilmu ma‘rifat nuridan bahramand bо’lgan har bir xalq bu bilan о’z qо’shnilariga zarar yetkazmaydi. Aksincha, davlatlar qanchalik ma‘rifatli bо’lsalar, ular о’zaro g’oyalar, bilimlar almashishga moyil bо’ladilar va oqibatda shu tufayli butun dunyo aqli ortib boraveradi». Shu bois, milliy g’oya mamlakatni yakkalab qо’yadi, taraqqiyotni susaytiradi, deguvchilar xato qiladilar.


Shunday qilib, milliy g’oya — milliy rivojlanish lokomotivi. Turgan gap, bunda davlatchilik G’OYASI, davlat va uning rahbariga hurmat, milliy davlat salohiyati bilan faxrlanish ham muhim о’rin tutadi. «Bu — mening xalqim, bu — mening «Vatanim», deb faxrlangan odam «Bu — mening davlatim» deya faxralana olishi ham kerak. Davlat bir organizm sifatida о’zini takomillashtirib, demokratik jamiyatni tashkil etuvchi kuch sifatida har doim millat ravnaqiga rahnamo bо’lib turadi.

О’zbekistonning istiqlol davridagi rivojlanishi, о’ziga xos taraqqiyot yо’li

buni isbotlab turibdi. Donishmand Gegel yozgan edi: «Xalq (millat)ning tub maqsadi davlat bо’lish hamda о’zini shu holatda saqlashdir. Xalq (millat) davlatsiz hech qanday tarixga ega bо’lmaydi. Davlat xalq hayotining, ya‘ni san‘at, axloq, din, fanning asosi va ularni atrofiga tо’playdigan xalq ruhidir». Gegel nazarida о’zlikni anglashning oliy kо’rinishi ham milliy о’zlikni anglashdir. Chunki, toki kishilar о’zlarini bir tarix bir ruhiyat, bir makon kishilari deb his etmasalar va shu asosda birlashmasalar, tarix sahnasiga chiqa olmaydilar, zero tarixning о’zi «millatlar ruhining raqobatlashuvidir» (Gegel).



Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish