Shavkat Mirziyoyev
Har qanday jamiyat ijtimoiy taraqqiyotini ilm-faning rivojlanishisiz tasavvur qilishi qiyin. Chunki ular qanday moddiy va ma’naviy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida jamiyatning bugungi kunini va kelgusidagi istiqbollarini belgilab beruvchi omillardan biri hisoblanadi. Har qanday fanning vujudga kelish sabablari, shakllanishi va rivojlanish sabablari mavjuddir. ―Milliy g’oya tarixi va nazariyasi‖ fani mustaqillik yillarida shakllangan nazariy fanlardan biridir.
Fan bu-tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to’grisidagi tushunchalarda, ketegoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir
Barcha fanlar o’z predemtiga ko’ra ikkta katta guruhga bo’linadi:
1. Tabiat qonunlarini o’rganuvchi matematika, bilogiya, fizika kabi tabiiy fanlar.
2. Kishilik jamiyatining rivojlanish qonunlarini o’rganuvchi tarix, adabiyot, falsafa milliy g’oya kabi ijytimoiy fanlar.
Nazariya- jamiyat tarqqiyoti qonuniyatlarini mujasssamlashtirgan amaliyotning mantiqan ilmiy umumlashtrilishidir.
Fan ikki qismga bo’linadi:
1. Milliy g’oya tarixi
2. Milliy g’oya nazariyasi
Fan shakllashining obyektiv, subyetkiv hamda ichki va tashqi sabablari bor. Umuman olganda asosiy sabab sifatida O’zbekiston xalqining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyatni shakllantirish va rivojlantirish asosida munosib hayot kechirishini ta’minlashdan iboratdir.
Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g`oya»dan voz kеchildi. O`zbеkiston xalqi o`z milliy g`oyasi nеgizlariga tayangan holda rivojlanish yo`lini tanladi. Buning o`ziga xos sabablari mavjud bo`lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:
Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o`ziga xos yo`lni tanlash huquqiga ega bo`ldi.
Bu xalqimizning ma'naviy mеrosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini bеrdi.
2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g`oya»si o`zbеk xalqini ma'naviy mеrosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma'naviyatidan bеgonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo`lish ehtiyoji paydo bo`ldi.
3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma'naviy asoslarni bеlgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma'naviy g`oyalarida
aks etgan bo`lib, milliy istiqlol g`oyani o`rganish zaruriyatga aylandi.
4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g`oyalar hukmronlik qilib kеlgan bo`lib, g`oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga kеltirgan. Ana shu g`oya bilan g`oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g`oyasini o`rganish lozim.
5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidеk, uning qanday maqsad va g`oya ekanligiga qarab baho
bеriladi.
6. Ayrim g`oyalar ma'lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o`z g`oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g`oyalardan ogoh bo`lish uchun milliy istiqlol g`oyasini o`rganmoq kеrak.
7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash kеtar ekan, ayrim yot g`oyalar yoshlarni o`ziga rom qilib o`z shaxsiy manfaat yo`lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g`oyasini o`rganish zaruriyatga aylandi. «Kеlajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g`oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.
Millat taqdiriga daxldor bo`lgan g`oyalar eng avvalo, milliy zamin bilan bog`liq bo`ladi. Unga tayanmagan, undan bahra olmaydigan yoki undan uzilib qoladigan g`oyalar millat manfaatlariga ham xizmat qilaolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |