Ikkinchidan, jamiyatning har qanday tarixiy rivojlanish bosqichlarida, davlat siyosiy ustqurmaning mushtaraklashgan asosiy elementi sifatida, ijtimoiysiyosiy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishda muhim rol о’ynaydi. ―Ayniqsa, о’tish davrida davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini islohotlarni joriy etishning asosiy shartlaridan biri tariqasida qatiy belgilab olganimiz iqtisodiyotning universal talab va mezonlarini milliy ma‘naviyatimiz xususiyatlari bilan uyg’unlashtirishda goyat muhim ahamiyat kasb etdi. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy tajribalari demokratik tamoyillarga asoslangan davlatgina bosh islohotchilik rolini bajarishi mumkinligini nazariy va amaliy jihatlardan isbotlab bergan. Darhaqiqat, jamiyat siyosiy institutlari ichida davlatning bosh islohotchilik rolini belgilaydigan kuch-qudrati, avvalo, demokratik institutlarning mustaqil faoliyat kо’rsatishi uchun shart-sharoit yaratish, fuqarolar va jamiyatning barcha siyosiy, ijtimoiy salohiyatini rо’yobga chiqarish, tadbirkorlik va iqtisodiy tashabbuslar erkinligi uchun zarur imkoniyatlarni tashkil
etib berish qobiliyati bilan о’lchanadi. О’zbekistonda milliy mustaqillikni mustahkamlash va yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi g‗oyasini amalga oshirishda davlatning bosh islohotchilik roli quyidagi xususiyatlarida namoyon bо’ladi: 1) davlat - siyosiy hokimiyatning uzviy mushtaraklashgan institutlari tizimiga ega bо’lib, milliy g’oyani amalga oshiradigan, strategik maqsadlarga yо’naltirilgan ichki va tashqi funksiyalarini bajarishning mukammal mexanizmlariga, vositalariga ega; 2) davlatning demokratik konstitusionalizmga asoslangan qonuniy-huquqiy tamoyillari va ularning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq faravonligi manfaatlariga mos kelishi bosh islohotchilik roli samaradorligini belgilaydigan mezon hisoblanadi; 3) davlatning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilish jaryonida islohotchilik rolini takomillashtirib borishi yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq faravonligini ta‘minlash darajasi bilan о’lchanadi; 4) Milliy taraqqiyotning yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g’oyalarini amalga oshirilishi davlatning islohotchilik roli natijasi bо’lib qolmasdan, shu bilan birgalikda, uning mavjudligi sharti va rivojlanishini ta‘minlaydigan omillaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |