8-mavzu: Milliy g‘oyada inson – eng oliy qadriyat (2 soat)
|
R e j a:
1. “О’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida insonparvarlik
g’oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik va
yangilanishning namoyon bо’lishi
2. Inson, uning sha‘ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini ta‘minlashning huquqiy kafolatlari.
3. Milliy g’oya – inson qadr-qimmatini yuksaklarga kо’tarish omili. Milliy g’oyada inson – eng oliy qadriyat ekanligi
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
milliy taraqqiyot strategiyasi, strategik imkoniyat, strategik vazifalar,
taktika, istiqbol strategiyasi, jahon hamjamiyati, integratsiya, globallashuv.
.
1-masalaning bayoni: О’zbekistonning mustaqil taraqqiyoti jarayonida
insonparvarlik g’oyalarining takomillashuv jarayoni, unda avlodlararo vorislik yangilanishning namoyon bо’ladi. О’zbekistonda demokratik huquqiy jamiyatni barpo etish shaxs erkinligi hamda uning g’oyaviy-mafkuraviy asoslari bilan bevosita bog’liqdir. Shaxs erkinligi avvalo ijtimoiy tushuncha hisoblanadi. Jamiyatda erkinlashtirish jarayonini amalga oshirmasdan shaxs erkinligi tо’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Shaxs erkinligi fuqaroning imkoniyatlari, ijodiy qobiliyatlariga yо’l ochadi. Pirovard natijada shaxs ijtimoiy faol individga aylanadi.
Vorislik – voqea va hodisalarning obyektiv bog’lanishi. Vorislik umumfalsafiy kategoriya bo’lib, barcha fanlar uchun metodologik ahamiyatga ega. Vorislik taraqqiyotning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishining asosini tashkil etadi va har qanday o’zgarishning zarur sharti hisoblanadi. Vorislik tarixiy tarqqiyot jarayonida eskilik bilan yangilik o’rtsida yuzaga keladigan zaruriy, qonuniy bog’lanish metodir. Vorislik tushunchasining mohiyatini Gegel “Mantiq fani” asarida (1812 yil) yoritib bergan.
Milliy g`oya va mafkura o`zida gumanizm talablarini, xalqning iroda va intilishlarini aks ettirgan taqdirda jamiyatni birlashtirib, uning salohiyat va imkoniyatlarini to`la yuzaga chiqarishda bеqiyos omil bo`ladi.
Insonparvarlik (yun.- gumanizm) keng ma’noda shaxsning qadr-qimmati, erki kamolotini ifodalaydi. Bugungi kunda O’zbekistonda inson huquqlari bilan bog’liq institutlar, Inson huquqlari bo’yicha milliy markaz, Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakil (Ombudsman) tashkil etilib samarali faoliyat olib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi insonparvarlik jamiyati barpo etish jarayonida 21 ta xalqaro shartnomalarga qo’shilgan.
Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning milliy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatishi uchun qo‘llanadigan falsafiy- aksiologik tushunchadir.
Milliy g’oyaning fikrlar, g’oyalar xilma–xilligi, erkin fikr, shaxs erkinligiga
erishish tamoyiliga amal qilishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada demokratiyalashtirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, erkinlashtirishga jamiyatni demokratlashtirishning boshlang’ich bosqichi sifatida qaralib, jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish vazifalari amalga oshirilmoqda. О’zbekistonda milliy tiklanish konsepsiyasi milliy ma‘naviyatni tiklash, ma‘naviy omillarni takomillashtirish bilan bevosita bog’liqdir. Milliy g’oyaning asosiy mazmuni deganda, unda ifodalangan maqsadlar tushuniladi. Ya‘ni, milliy taraqqiyot g’oyalaridagi konkret maqsadlar uning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Bu maqsadlar - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yoki yurtimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik
jamiyati qurishdan iboratdir. «Biz uning mazmun-mohiyati, ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik, - degan edi. I.A.Karimov «Hushyorlikka da‘vat» asarida. -Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg’or fikrli ziyolilar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosalarni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsadlarini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim».
Do'stlaringiz bilan baham: |