Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi



Download 1,32 Mb.
bet65/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

QADRIYATLAR:

1.Tabiiy 2.Milliy 3.Ijtimoiy-siyosiy 4.Moddiy 5.Ma’naviy-ma’rifiy 6.Madaniy 7.Axloqiy 8. Umumbashariy




Milliy qadriyatlar tushunchasi muayyan millatning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy rivojlanishi jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarigina emas, balki ular yashayotgan xudud, madaniy-ma’naviy meros, milliy mohiyat, til, milliy ong, millat ruhi, tarixi, o‘tmishi, turmush va yashash tarzi, millat hayotining tartib-qoidalari hamda ular bilan bog‘liq milliy xususiyatlar, jihatlar boshqalarning ahamiyatini ifodalaydi.

Binobarin, g’oyaviy-mafkuraviy ishlarda, kо’proq ayni shu maqsadlarning

mazmun-mohiyati: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning о’zi nima, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy-mafkuraviy qiyofasi qay tarzda namoyon bо’ladi; bizning sharoitda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati qanday amal qiladi; ularni barpo etishda qanaqa imkoniyatlar va tо’siqlar bor; maqsadlarimizga erishish uchun jamiyatimizdagi har bir kishi, guruh, toifa, qatlamlar qanday bо’lmog’i va nima ishlar qilmog’i kerak; ushbu buyuk va ezgu g’oyalarimiz qay tariqa rо’yobga chiqayapti kabi muammo-masalalar atroflicha yoritilishi lozim. G’oyaviy-mafkuraviy ishlarni tashkil qilishda masala shu tartibda qо’yilishi, milliy g’oyani о’qitish va targ’ib-tashviq qilishda ayni shu muammolarni sistemali yoritishga alohida e‘tibor qaratilishi lozim. ―Ya‘ni, milliy mafkura, milliy g’oya deganda bizning qanday maqsadlar, qanday amaliy yо’nalishlarni kо’zda tutishimiz haqida odamlar aniq tasavvurga ega bо’lsin. Yurtimizning har bir fuqarosi uni о’zining g’oyasi deb bilsin.

Shuningdek, I.A.Karimov g’oya va mafkuraga bag’ishlangan qator asarlarida, xususan mazkur fikrlari ifodalangan «Milliy mafkura – davlatimiz va jamiyatimiz qurilishida biz uchun ruhiy-ma‘naviy kuch-quvvat manai» nomli fundamental asarida milliy mafkurani shakllantirishdagi murakkab masalalarni, uning davlat va jamiyat qurilishi bilan bog’liq mazmun-mohiyatini tushuntirishga alohida e‘tibor qaratib, bu boradagi asosiy vazifalarni aniq-ravshan kо’rsatar ekan,

jumladan yana quyidagilarni ta‘kidlagan edi: «Birinchidan, о’zining kelajagini

kо’rmoqchi va qurmoqchi bо’lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta о’z

milliy g’oyasiga suyanishi va tayanishi zarur. Tabiiyki, davlat tizimi, uni boshqarish va olib borilayotgan siyosat avvalo aniq va ravshan ifodalangan mafkura asosiga qurilmog’i lozim. Ya‘ni, oldin g’oya paydo bоladi, undan keyin g’oya asosida mafkura, mafkura asosida esa tizim, siyosat paydo bо’ladi. Bundan shunday xulosa chiqadiki, biz avvalambor qanday jamiyat qurmoqchimiz, о’z kelajagimizni qanday tasavvur etamiz, degan savollarga о’z javoblarimizni yana bir bor aniqlashtirib olishimiz, shundan keyin odamlarimizni ana shu olijanob maqsadlar atrofida birlashtirishimiz zarur». Demak, g’oyaviy ta‘lim-tarbiya va targ’ibot-tashviqot ishlarida hozir biz qanday jamiyat qurayotganimizni, unga erishish yо’llarini sodda, haqqoniy, hamma tushunadigan qilib tavsiflash, xalqimizda ana shular haqida aniq-ravshan bilim tasavvurlarni hosil qilish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, odamlar о’zlari yashayotgan jamiyat kelajagini tasavvur qilolmas ekan, ular о’z istak, orzu, intilishlarining rо’yobga chiqishi qanday yuz berishini bilolmaydi. Bunday sharoitda, odamlarda ertangi kunga umid va ishonch bо’lmay, ruhiy-ma‘naviy depressiya yuzaga keladi, ularda hayotdan norozilik, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga nisbatan salbiy munosabat paydo bо’ladi. Ertangi kunga umid va ishonch inson hayotining mazmuni, orzu-intilishlari va faoliyatining asosi, uning tub manfaat va maqsadlarining namoyon bо’lishidir. Ular bо’lmasa: inson hayoti mazmunsiz, orzu-idellari sarob, faoliyati samarasiz, manfaat va maqsadlari noaniq, kelajagi qorong’u bо’lib, bu umuman baxtsizlikdir. Ya‘ni, har qanday inson yoki millatning о’z kelajagini umuman tasavvur qilolmaydigan, unga biror umidi va ishonchi bо’lmagan holati eng katta


Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra milliy, mintaqaviy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’linadi.
baxtsizlikdir. Ayni paytda, bu – mafkurasizlik hamdir. Ertangi kunga umid va ishonch kelajak haqidagi bilim-tasavvurlar bilan uzviy bog’liq. Bu bilim-tasavvurlar esa g’oyadagi maqsad, orzu-ideallarni о’rganish bilan hosil bо’ladi. Shuning uchun ham, milliy g’oya va mafkurani tushuntirishda, kо’proq ularning mazmunida muhim о’rin tutuvchi asosiy maqsad va orzu-ideallar yoritilishi lozim.

Milliy qadriyatlar alohida olingan xalq, millat va elatlarning o‘z tarixiy taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odatlari, marosimlari, bayramlari va millatlarning o‘zligini belgilaydigan boshqa o‘ziga xos tomonlari yig‘indisidan iboratdir. Bu o‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, xalq amaliy san’ati, xalq o‘yinlari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi.

Mintaqaviy qadriyatlar bir-biriga yaqin bo‘lgan sharoitlarda yashagan va mehnat qilgan, tarixi tutash bo‘lgan mamlakatlar va xalqlarda uchraydi. Masalan, Markaziy Osiyo xalqlari turmush sharoitlari, tili, madaniyati, dini, urf-odatlari bir-biriga yaqin bo‘lishi ko‘plab umummintaqaviy qadriyatlar shakllanishiga olib kelgan. Mehmondo‘stlik, bolajonlik, yaqin qo‘ni-qo‘shnichilik, kattalarni hurmat qilish, kichiklarni izzat qilish, qarindosh-urug’lar, dostlar bilan yaqin aloqada bo‘lish, saxiylik, halol bilan haromni farqlash Markaziy Osiyo xalqlarining hammasiga xos bo‘lgan ma’naviy fazilatlardir.

Umuminsoniy qadriyatlar jahon sivilizatsiyasining yaxlitligi, uning barcha bosqichlari bir-biri bilan uzviy bog’langanligining ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar deb barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil topgan, taraqqiyotning yangi bosqichida ham barchaning manfaatiga mos keladigan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklarga aytiladi.

Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar turli davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi ko‘prik vositasini o‘tab, insonlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, hamjihatlik va hamkorlikka chorlovchi kuch vazifasini o‘taydi. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir.

Qadriyat [arabcha. qiymat, ahamiyat; qimmatbaho buyumlar; xalq boyligi] - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, moddiy va ma’naviy boyliklar va boshqalar qadriyat hisoblanadi.

Qadriyat - tabiiy va ijtimoiy hayotda namoyon bo‘ladigan, odamlar tomonidan qadrlanadigan ular uchun foydali ahamiyatli, moddiy – iqtisodiy, madaniy-ma’naviy mafkuraviy, siyosiy huquqiy, diniy, milliy, ijtimoiy omillar yig‘indisidir.


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish