Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni


-§ Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish



Download 0,54 Mb.
bet12/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


13-§ Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish

Darsning rejasi:

  1. O'quv metodik majmualar komponentlarinihg mazmun-mohiyati.O'qituvchining darsga tayyorgarligi funktsiyalari va bosqichlari. Dars mazmuni va turini aniqlash, adabiyotlar ko'lami, darsni metodik jihozlash.

  2. O'qituvchiga qo'yiladigan talablar. O'qituvchining shaxsiy xususiyatlari. Darsni tashkil etish kasbiy inahorati.

  3. Dars va darsdan tashqari ishlarda o'quvchilarni tarbiyalashda o'qituvchining faoliyati.

  4. Baholash mezonlari. Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning ahamiyati. Sinfdan tashqari ishlarning o‘quvchilarni fanga qiziqtirish, ularning ma'naviy rivojlanishi, - bilish qobiliyatini rivojlantirishdagi roli.

  5. Muzeylari va me’moriy obidalar, qadamjoylarga ekskursiyalar uyushtirish. Pedagogik anialiyot va yozgi sog'lomlashtirish lagerlari amaliyotiga tayyorgarlik.

Ma`naviyat asoslaridan o`quvchi-talabalarga chuqur bilim berish va ularni milliy istiqlol g`oyasi ruhida tarbiyalashda o`quv ishlarini tashkil va uni sifatli o`tkazish katta rol o`ynaydi. Buning uchun o`qituvchi dars turlarini yaxshi bilishi, uni sharoitga qarab qo`llashi, vaziyatdan ustalik bilan foydalanish, o`qitish metodikasini puxta egallashi lozim.



1. Ma`naviyat asoslari fanidan dars turlari.

O`rta umumta`lim maktablari, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida ma`naviyat asoslari fani bo`yicha quyidagi dars turlarini ko`rsatish mumkin:

1.o`quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko`nikmalarni hosil qilish darslari (bu darslarda tushunchalar bilimlari hosil qilinadi);

2. turli xil yangiliklar yordamida yangi bilim, malaka, ko`nikmalarni mustahkamlash darslari;

3. o`tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari;

4. keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish darslari.

Har bir darsda turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin o`tilganlarni takrorlash yoki bolalarning hayot tajribasini esga tushirish yo`li bilan o`quvchilarni yangi materialni o`zlashtirishga tayyorlash; yangi materialni o`rganish (darsning asosiy bo`limi); bolalarning oldin o`zlashtirilgan bilim va ko`nikmalarini mustahkamlash; o`rganilgan bilimlarni hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo`llash (darsning asosiy bo`limi); o`quvchilarni mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o`zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga vazifa berish; darsni xulosalash.

Darsning asosiy qismlarini turli xilda va turli metodlar bilan birga qo`shib olib borish mumkin.

O`qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e`tiborga olishi kerak. SHu dars qanday qismlardan iborat bo`lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o`rtasida o`quv materalini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday bog`lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda etarli miqdorda yordam berishini hisobga olish kerak.

Masalan:


Mavzu: ____________________________________________

Darsning maqsadlari:

Ta`limiy maqsadi:Tarbiyaviy maqsad: Rivojlantiruvchi maqsad:

O`tgan darsni mustahkamlash yoki mustaqil ish: YAngi mavzu bayoni:

YAngi mavzuni mustaxkamlash: Uyga vazifa

Milliy g’oya fanini darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilmog`i kerak.

Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o`zaro bog`langan bo`lishi zarur. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz.

Masalan: o`quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko`nikmalarni hosil qilish darslari.

Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o`quvchilarni, o`quv vazifalarini faol bajarishga darhol tortadigan bo`lsin. SHu maqsadda uncha katta bo`lmagan mustaqil ishlarni bajarishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o`quvchilarni yangi materiallarni o`zlashtirishga tayyorlaydi.

Darsning birinchi qismida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog`liq bo`lsa, uni tekshirish ham mumkin. Agar uy vazifasini yangi mavzuga bog`liq bo`lmasa, yangi mavzuni o`tishda o`quvchilar uni qo`llamasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish shart emas. SHunday qilib darsning birinchi qismi o`quvchilarning faolligini va diqqatini yo`naltirishga qaratilmog`i lozim, bu bosqichga uncha ko`p vaqt sarf qilmaslik kerak.

O`quvchilar diqqatini yo`naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e`lon qilishdir. Bunda albatta o`quvchilarning qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur.

YAngi o`quv materialini o`zlashtirishga o`quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin o`zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash harakteridagi materiallar ko`pincha og`zaki bajariladi.

Darsning ikkinchi qismida yangi tushuncha beriladi yoki hayotiy misollar beriladi. Bu o`quvchilarning bayoni yoki suhbat orqali olib boriladi. Ba`zan o`quvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qilinadi.

YAngi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o`quvchilarga keltirib chiqarilgan, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o`tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi.

Birinchi vazifalar odatda jamoa bo`lib bajariladi. O`quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda ratsional bo`lgan yo`l topiladi.

2. Ma`naviyat asoslari darsiga tayyorlanish.

Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o`quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan qanday me`yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.

O`qituvchi ma`naviyat asoslari dasturini, ishchi rejasini, darslik va o`quv qo`llanmalarini, metodik adabiyotlarni va ko`rsatmali qurollarni hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni boshlaydi. eng avvalo navbatdagi dars ma`naviyat asoslari dasturida qaysi o`rinda, qaysi mavzular bilan bog`liq holda, tushunchani nimalarga bog`lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi.

Bu savollarning hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini va uning tipik xususiyatini qat`iy o`rganish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga, ya`ni darsning alohida bo`limlarining birlashishi, ularning organik birligi darsning qismlarini to`ldiradi va o`zaro bir-birini bog`laydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlarni bayon qilishdan iborat bo`lsa, o`tgan darsdan nimalarni takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o`zlashtirish mumkinligini, ya`ni mavzudan uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo`qmi, yangi mavzuni o`zlashtirish uchun o`quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilishligini o`ylab ko`rish kerak. SHundan keyin o`qituvchi qaysi o`quv materiali bilan darsning ayrim qismini to`ldirish zarurligini, o`qitishning qaysi metod va usullarini qo`llash, qanday ko`rgazmali qurollarni tayyorlash va qo`llash mumkinligini hisobga oladi.

Darsning har bir bo`limini bajarish uchun qancha vaqt talab qilishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini echadigan bo`limga qaratilishi zarur.

SHunday qilib, o`qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim:

-o`quv dasturi va o`qituvchi rejasida darsning o`rnini aniqlash

-darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash

-dars mazmunini aniqlash

-dars bosqichlarini tuzib chiqish

-dars rejasini tuzish

-dars matnini yozish

-dars o`tish metodlarini aniqlash

-darsda va uyga beriladigan vazifalarni bajarish

-ko`rgazmali qurollarni tayyorlash

-har bir bosqichga sarflanadigan vaqtni aniqlash va x.z.



3. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish darsini tuzish.

Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish darsining reja yoki matni o`qituvchiga o`quvchilar bilan bajaradigan ish turining umumiy yo`nalishi va ketma-ketligi namunalarini ko`rsatib turadi.

O`qituvchi dars o`tishda tuzgan reja yoki konspektidan erkin foydalanadi, ba`zan tuzgan rejasidan chekkaga chiqish zarurati tug`iladi. Masalan, o`quvchilar o`qituvchining bayonini yomon tushungan bo`lsalar, qo`shimcha tushuntirish o`tkazadi, o`quvchilar qiynalayotgan bo`lsalar zaruriy yordam ko`rsatadi. Bilimlarni mustahkamlash uchun bilimlarni o`quvchilar qanday tushunganligini bilish maqsadida so`rash, topshiriqlarni bajarishini tekshirib ko`rish mumkin.

4. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish darsini tahlil qilish.

Ma`naviyat asoslari fani darsni tahlil qilish va baholash birinchi navbatda uning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko`rsatadi. SHuning uchun darsni qay darajada tuzilganligini va o`tilganligini, hozirgi zamon psixologik-pedagogik talablar darajasida qanday bajarilganligini va asosiy didaktik tamoyillarini qanday qo`llanganligini ko`rsatish kerak. Dars tahlilida uning mazmuni, tizimini, vaqtning taqsimlanishi, ish bajarish usullari, qo`llanilgan ko`rgazma va boshqa didaktik vositalarni ko`rsatish zarur. Darsning har bir tomoni o`quvchilar faoliyatini qanday yo`naltirishini, undan qaysi o`rinda faollik va mustaqillik buzilganini, xayojonlanish bo`lganligini, boshqa tarbiyaviy tomonlar amalga oshirganligini e`tiborga olish kerak.



Darsning tahlili quyidagi yo`nalishda yoritilishi mumkin:

  1. Darsning asosiy didaktik maqsadini tushuntirish va asoslash. Bunda mavzu bo`yicha darslar tizimida tahlil qilingan darsning o`rni va ahamiyati, boshqa darslar bilan bog`liqligi, darsning mazmunini baholash va to`g`ri tushuntirilishi, uning tizimi, ishdagi metod va usullari ko`rsatiladi.

  1. Darsning mazmunini tahlili.

Darsning mazmunini tahlil qilishda mavzuga doir tushunchalar beriladigan metodik bahoda quyidagilarni e`tiborga olish zarur:

A) berilgan bilimlarning ilmiyligi va etarlicha qat`iyligi.

B) o`rganiladigan materialning puxtaligi va tushunilish darajasi, ish jarayonida o`quvchilarning etarlicha vazifa bilan ta`minlanganligi.

D) dars materialining ta`lim-tarbiyaviy maqsadga taalluqliligi.

E) o`quv materiali mazmunini darsning barcha qismlarini ta`minlash darajasi.

3. O`quvchilar faoliyatini ijodkorlikka yo`naltirish.

Darsda nechta o`quvchi faol qatnashganligini va mustaqil faoliyat ko`rsatganligi, unga qanday yo`l bilan erishish zarurligini aniqlash:

A) o`quv materialini, shuningdek, ish metodini va usullarini tanlash, o`quvchilarning yoshi, ulardagi bilim, malaka va ko`nikmalar darajasini hisobga olish;

B) o`quvchilarning individul va jamoa bo`lib bajargan ishlarini hisobga olish;

D) o`qitishda differentsial yondashish;

E) yangi tushuncha, metodlarning yangi usullari bilan tanishtirish, bilim va malakalarni ishlab chiqishda o`tilgan materialni mustahkamlashga yo`naltirilgan ishlar e`tiborga olinadi.

F) darsning har bir qismiga vaqtning taqsimlanishi.

4. Darsda qo`llaniladigan ko`rgazma va didaktik qo`llanmalarning ahamiyatini ko`rsatish.

5. Dars natijasini reyting baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri shuki, dars o`z maqsadiga erishganligi, har bir o`quvchiga to`laligicha mustaqil ish bajartirilganligi, ular barchasi o`qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko`rsatiladi. Darsni tahlil qilishda shu narsani e`tiborga olish zarurki, o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalashning pedagogik jarayonlari bir maqsadga qaratilgan bo`lsa, dars to`g`ri baholanadi.

Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish jarayonida o`quvchilarning faolligini oshirish va fanga bo`lgan qiziqishini rivojlantirish omillaridan biri – o`quvchilar bilan olib boriladigan mustaqil ishlardir.

Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish darslarida mustaqil ishlar yangi materialni o`rganishga tayyorgarlik ko`rishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, o`quv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek, bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi.

Mustaqil ishlarni shartli ravishda ikki ko`rinishda tashkil qilish mumkin:1. Ma`naviyat asoslaridan o`qivchilarga zaruriy bilim, ko`nikma va malakalarni berishning asosiy shakllari:

- fakul’tativ mashg`ulotlar

- auditoriyadan tashqari ishlar

- talabalar bilan yakkama-yakka ishlar

- mustaqil mashg`ulot

2.Darsning tashkil etishning an`anaviy va noan`anaviy shakllari.

- seminar dars

- munozara dars

- konfrentsiya dars

- tahliliy dars

- sinov dars

- musobaqa dars



O`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari

Bilish faoliyatini t.e. shakllari

O`qituvchi faoliyati

O`quvchilar faoliyati

YAlpi ommaviy o`qitish

YAngi mavzuni ko`rgazmalilik asosida tushuntiradi, tayyor axborot beriladi, sub`ekt -ob`ekt munosabati vujudga keladi

YAngi mavzuni tinglaydi, eslab qoladi. Savollarga javob beradi, faoliyati sust bo`ladi.

Individual o`qitish

Har bir o`quvchiga topshiriqlar tayyorlaydi va tavsiya etadi. YAngi mavzuni o`quvchilar bilan hamkorlikda qayta ishlaydi. Sub`ekt-sub`ekt munosabatlari vujudga keladi.

O`zlariga tegishli o`quv topshiriqlarni bajaradi, o`z bilim kuchi va iqtidoriga bo`lgan ishonchli ortadi, bilish quvonchini xis etadi.

Kichik guruhlarda o`qitish

Har bir guruhga tegishli o`quv topshiriqlarni tayyorlaydi, tashkil etadi.

YAngi mavzuni o`quvchilar bilan hamkorlikda qayta ishlaydi sub`ekt-sub`ekt munosabat vujudga keladi.



Belgilangan o`quv topshiriqlarni bajaradi,o`zaro hamkorlik va ko`nikma o`zaro nazorat amalga oshadi,bilish quvonchini his etadi.

Pedagogik munosabatlar tipining o`ziga xos xususiyatlari

Ma`naviyat asoslari kursining eng muhim xususiyati uning amaliy yo`nalganligidir. Agar ma`naviyat asoslari dasturining ba`zi masalalari nazariy xarakterda bo`lsa, maktabda har bir yangi tushuncha, amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoliyat uchun kiritiladi.

SHunday qilib, o`quvchilarda puxta amaliy o`quv va malakalarni shakllantirish maktab o`qituvchisi yoki kasb-hunar kolleji o`qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda u o`zaro bog`langan ikkita metodik muammoni xal etishi kerak: 1) ma`lum amaliy ishlarning bajarilish jarayoni mazmuni matnini yozish; 2) o`quvchilarning bu ishlarni o`zlashtirishlari metodikasini va o`zlashtirish o`zidan samarali nazoratni ishlab chiqish.

Nazorat uchun savollar.



  1. Ma`naviyat darslarida didaktik tamoyillarning mohiyati va mazmuni nimadan iborat?

  1. Dars va dars tahlilidan namunaviy parcha keltiring.

  1. Dastur va darsliklarning uzviyligini tahlil eting.

  2. Pedagogik munosabatlar nimalardan iborat?


14-§ Ma’naviyatning rivojlanish bosqichidagi qadriyatlardan foydalanish metodlari

Darsning rejasi:

  1. Dars jarayonini amalga oshirishda ko'rgazmali qurollar va qo'shimcha adabiyotlardan foydalanish metodlari. Dars samaradorligini oshirida o'qituvchining innavatsion faoliyati va mahorati.

  2. Ma’naviyat asoslari darslarida ilm-fan namoyondalari, atoqli davlat arboblari va ma’rifatparvar-mutafakkirlaming ijtimoiy, ma'naviy, siyosiy tizimi masalalarini o'rganish asosida o'quvchilarni axloqiy pok, siyosiy salohiyati yuqori, huquqiy savodli, mehnatsevar barkamol inson ruhida tarbiyalash.

Bugungi kunda unitib yuborilgan asriy ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Xalq an’analari madaniyatimizning bir qismi sifatida jamiyat ravnaqi uchun xizmati ulkandir.

“An’ana” asli arabcha so‘z bo‘lib, uzoq zamonlardan beri avloddan-avlodga, ota-onalardan bolalarga o‘tib davom etib kelayotgan urf-odatlar, axloq mezonlari, qarashlar va shu kabilardir. An’ana ijtimoiy va ma’naviy merosdir. Ular iqtisodiy, milliy, kasbiy, jangovor, oilaviy an’analar sifatida jamiyatda ijtimoiy guruhlar orasida keng tarqalgan.

O‘zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari taroixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Kaykovusning “Qobusnoma” sidan tortib, Al-Xorazmiy, Abu nasr al Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Xojib, A.Navoiy, A.Avloniy asarlarida sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan ibratli tomonlari ochib berilganki, ular qalami orqali xalqimizga xos bo‘lgan ota-onani xurmatlash, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, mexmondo‘stlik, ma’rifatga chanqoqlik, ayolni ulug‘lash, farzandga mehrli va fidoiy bo‘lishlik kabi fazilatlar ochib berilgan.

Hayotda mazmunga ko‘ra ilg‘or umuminsoniy shaklga ko‘ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va yangi an’analar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar jarayonida saralanadi, sayqal topadi.

Oilaviy an’analarga esa bolalarning tug‘ilishlari bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlar, urf-odatlar, bola tarbiyasiga taalluqli bo‘lgan va umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan maslahatlar, qoidalar va vositalar kiradi. Oilaviy an’analarda shu xalqning tarixi, uning turmush sharoiti va hayot tarzi bilan bog‘liq o‘tmishi va kelajagi aks etadi.

O‘zbek xalqining asrlar mobaynida to‘plangan xalq og‘zaki ijodi xazinasi g‘oyat boydir. U xalqning ma’naviy madaniyatining oltin xazinasi hisoblanadi. Keksa avlod xayot tajribalari asosida to‘plangan, shakllangan dono fikrlarini quyi avlodlarga og‘zaki xikoya, ertak, afsona, rivoyat, topishmoq va matallar shaklida singdirilgan. Xalq ertaklari, topishmoq va matallar orqali ota-onalarning, kattalarning maslaxatiga quloq solishga o‘rgatgan.

Xalq xotirasida saqlanayotgan, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan eng yaxshi ertak va dostonlar, maqol va matallar, ashula va topishmoqlar bolalarni tarbiyalaydi, yaxshilikka, mehnat qilishga, xaqgo‘ylikka undaydi.

Xalq og‘zaki ijodida bolalarni bosiqlikka, sofdilikka, oddiylikka undash bilan birga, ulardagi gerdayish, ichi qoralik, chaqimchilik va boshqa salbiy sifatlar qoralangan. “Manmanlik qilma, netarsan, obro‘yingdan ketarsan”, “Sen o‘zingni maqtama, seni birovlar maqtasin”, “Egilgan boshni qilich kesmas”, “Mevali daraxatning mevasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning boshi shunchalik pastga egiladi”, “Baxilning bog‘i ko‘karmas”, “Birovga go‘r qazisang, o‘zing yiqilasan”, “Egri o‘ltirib, to‘g‘ri so‘zla”, “Ko‘rpangga qarab oyoq uzat” singari xalq maqollarida pand-nasixat ifoda etilgan.

Ko‘plab maqol va matallarda bilimli bo‘lish ulug‘lanadi, bilimsizlik qoralanadi. “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni yiqar”, “Ilmi yo‘qning ko‘zi yumuq”, “Ilmsiz bir yashar, ilmli ming yashar”, “Ko‘p o‘qigan ko‘p bilar”, “Olim bo‘lsang, olam seniki” va xokazo.

Vatanparvarlik, vanni sevish mavzusi ham maqol va matallarda aks etgan. Masalan, “Boshqa yurtda shox bo‘lguncha, o‘z yurtingda gado bo‘l” “Ona yurting omon bo‘lsa, rangi-ro‘ying somon bo‘lmas”, “Elga qo‘shilganning ko‘ngli to‘q, eldan ajralganning beti yo‘q”.

Xalq tajribasida tarbiya usuli ham o‘zbeklarda asosiy o‘rinni egallab kelgan. Yoshga munosib o‘zbekona ta’sir ko‘rsatish yo‘l va vositalari yaratilgan. Kerak bo‘lganda rag‘batlantirish turlaridan foydalanilgan, lozim bo‘lsa jazolangan. “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” deb bejiz aytilmagan. Xatolikka yo‘l qo‘ygan bola kimligidan qat’iy nazar jazolangan.

Suvga tuflash “gunoh” bo‘ladi “yomon bo‘ladi” deb tushuntirilgan. Qozonga mushuk yoki ti, sutga sichqon tegsa o‘sha idishlar xarom xisoblanib, toza suvda yaxshilab yuvilgan. Kechqurun qozon yuviqsiz qolsa, xarom bo‘lgan, kechasi uy supurilmagan, supurgi yotqizib qo‘yilgan. Barmoqlarini zanjir qilish, oyoqlarini chalishtirib o‘tirish, ko‘pchilik oldida oyoqlarini uzatib o‘tirish odobsizlik hisoblangan.

“Yomon bo‘ladi” iborasi orqali kattalarga xurmat, kichiklarga g‘amxo‘rlik tarbiyalangan, yetim bolalarga ozod bermaslik, otaga tik qarash, ko‘pol muomala qilish, qizlarga bexayolik qilish “yomon bo‘lishini” yoshlikdan tushuntirilgan.

Musulmon farzandi quyosh chiqquncha uxlashi, erta saxarda eshik ochilmasa “yomon bo‘ladi” deb uqtirilgan.

Xayvonlarga, qushlarga tosh otma, ozor berma, mevani tishlab tashmlama, qush uyasini buzma, ekinlarni paymon qilma, “yomon bo‘ladi” iborasi orqali tabiatga xurmat tarbiyasi berilgan.

Oilada tejamkorlikka e’tibor berilgan, isrofgarchilik gunoh xisoblangan. “Toma-toma yo‘l bo‘lur, tommay qolsa cho‘l bo‘lur” – degan xalq maqoli bejiz aytilmagan.

“Bola aziz, odobi undan aziz”. Bu maqolda o‘zbek xalqining tarbiyaga oid qarashlari o‘z ifodasini topgan.

Xalqimizning tarbiya uslublarida bolalardan kattalarga birinchi bo‘lib salom berish, xushmuomalalik kabi xislatlarni taribyalashga asosiy e’tibor berilgan.

Ta’lim-tarbiyaning o‘git, nasixat, namuna bo‘lish, mexnatda chiniqtirish shakllaridan unumli foydalanilgan.

Yoz kunlaridan birida bog‘da ko‘maklashayotgan bola otasidan so‘rabdi:

- Nima uchun mana bu daraxt qiyshiq, mana bunisi esa to‘g‘ri?

- o‘g‘lim, - deb javob beribdi ota, - bu daraxtning qiyshiq o‘sgan joylarini qirqib, parvarish qilib turilgan, ikkinchi daraxt esa o‘z xolicha o‘sgan, shuning uchun qiyshiq.

- Unday bo‘lsa, daraxtlarni doim parvarish qilish kerak ekan-da, xulosa chiqaribdi o‘g‘li.

- To‘ppa-to‘g‘ri, - deb javob beribdi ota, - o‘g‘lim daraxtlarni parvarish qilish ko‘p foyda keltiradi. Sen ham xuddi shu nixolga o‘xshaysan. Sening ham xatolaringni tuzatib tursam, yaxshi narsalarga o‘rgatmas yaxshi odob bo‘lib voyaga yetasan, gaplarimga quloq solmasang, ikkinchi daraxtga o‘xshat egri bo‘lib voyaga yetasan debdi.

Yosh avlodni tarbiyalashda keksa avlodning xizmati, ayniqsa benixoyadir. Bob va buvilar oilada tarbiyani mukammal yo‘lga qo‘yishda, chinakam izchil tarbiyani, oilaviy tarbiyani yaratishda jonkuyarlik qiladilar. Hayotning achchiq-chuchugini ko‘rgan, og‘iro sinovlarga bardosh bergan keksa avlodchalik bolalar tarbiyasiga katta mas’uliyat bilan qaraydigan kishi bo‘lmasa kerak. Ular insoniyat abadiy zanjirida o‘tmishda erishilgan boy ma’naviy qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazuvchi bebaho xalqdir.

Biz ajoyib yozuvchilar, olimlar, buyuk mutafakkirlarning biografiyalariga nazar tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishida, insoniyat tarixida buyuk kishilar bo‘lib yetishishlarida buvi va buvalarining katta hissasi borligini ko‘ramiz.

Xalqimiz mehnatni bosh tarbiyasi deb hisoblaydi. Bolalarni mehnatga muhabbat qo‘yib o‘sishida oiladagi ijtimoiy muhit katta rol o‘ynaydi. Bunda ota-onalar, barcha oila a’zolarining xizmati beqiyosdir. Shaxsning ahloqiy shakllanishi, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o‘z xalqining an’analrini hurmat qilish, o‘z vataniga sodiqlik, jasurlik, tarbiya ko‘rinishlari kamol topadi.



O‘zbeklarda “Xunarli zar, xunarsiz xor”, “Mexmon otangdek ulug‘”, “Do‘st bilan obod uying”, kabi xalq udumlari yosh avlodni do‘stlik, ahillik, birlik ruxida tarbiyalashda asosiy rol o‘ynab kelgan.

1 Jo’rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O’zbekiston tarixi. – T.: Ғ. Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. – B. 482.

2 O‘zbekiston tarixi. – T., 2003. – B. 600.

3 Yo‘ldoshev J. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim taraqqiyoti yo‘lida. – T.: O‘qituvchi, 1994. – 74 b.

4 O‘zbekiston tarixi. – T., 2003. – B. 601.

5 Davletova M. Oliy ta'lim tizimidagi milliy o‘zgarishlar va yangilanishlar // Ta'lim muammolari. 2009. № 2. – B. 91­-95.

6 Davletova M. Oliy ta'lim tizimidagi milliy o‘zgarishlar va yangilanishlar // Ta'lim muammolari. 2009. № 2. – B. 91­-95.

7 Qurbonov Sh. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T., 1997. – 78 b.

8 Миллий истиқлол ғояси асосий тушунча ва тамойиллар. Т:, “Ўзбекистон”, 2000, 80 б. 45-46 б.б.

911 Кара-Мурза, С.Г. Краткий курс манипуляции сознанием. (Серия: Тропы практического разума.) –М: Алгоритм, 2002-288 с. с 15.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish