Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni



Download 0,54 Mb.
bet6/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


2.Tarbiyalovchi:

  1. Ta'lim bilan bir vaqtda tarbiyaviy ishlarni olib borish.

  2. O‘quvchi yoshlarni milliy va ma'naviy ongini oshirish.

  3. Vatanparvar, komil inson qilib tarbiyalash.

3.Rivojlantiruvchi:

  1. O‘quvchilarni o‘rganish faoliyatini rivojlantirish.

  2. O‘quvchilarda faol fikrlash jarayonini mustahkamlash.

  3. Ko‘rgazmali va o‘quv qurollari yordamida yangi mavzuni o‘rganish.

4. Fan hay'atining maqsadi:

  1. O‘quv jarayoniga UMK larni kiritish.

  2. Ko‘rgazmali qurollarni ko‘paytirish.

  3. Stend, mikrotablitsi, xaritalardan foydalanish.

  4. Zamonaviy texnik vositalardan va kompyuterlardan foydalanish.

Dars jihozi.

  1. Stend: jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.

  2. Mikrotablitsalar.

  3. Tarqatma materiallar.

  4. Krossvordlr.

  5. Testlar.

  6. Ma'ruza matni.

  7. Muammoli masala.

Dars didaktikasi

  1. Darsning mavzulararo bog‘lanishi

Mavzu: - 1. Milliy g‘oya fanining maqsad va vazifalari.

Mavzu: - 11. Milliy mafkuraning bosh g‘oyasi.



  1. Darsning fanlararo bog‘lanishi:

  2. Fan: O‘zbekiston tarixi. Mavzu: - 20 O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishuvi.

  1. Fan: I.A.Karimov risolalari maxsus kurs Mavzu:-1 Vatan mustaqilligi uchun kurash tarixi va Vatan mustaqilligini qo‘lga kiritilishi.

3. Darsni hayot bilan bog‘lash

- Vatanimizda va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy yangiliklar.

- Davlatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar.

- Fan va mavzuga doir adabiyotlar bilan tanishtirish.



Darsliklar

1. O‘quvchilar uchun adabiyotlar:

A) Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar. Toshkent., 2000.

B) Milliy g‘oya: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar lug‘ati. Toshkent., 2002.

V) Karimov I.A. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2003 yil (darslikk) Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Toshkent., “O‘zbekiston” 1998.

G) Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch” T. “Ma'naviyat” 2008 y.



Dars vaqtini rejalashtirish

1. Tashkiliy qism – 5 d

2. O‘qituvchining kirish so‘zi – 5 d

3. O‘tilgan mavzuni umumlashtirish – 10 d

4. Yangi mavzuni tushuntirish – 40 d

5. Yangi mavzuni mustahkamlash – 10

6. Dars yakuni va uyga vazifa – 5 d

Mashg‘ulotni borishi

1. Tashkiliy qism.

Navbatchi o‘quvchi dars boshlanishidan 10 d oldin kelib xonani mashg‘ulotga tayyorlaydi. O‘qituvchi xona tozaligini tekshirib o‘quvchilarni tashqi ko‘riniiga ahamiyat beradi. Davomatni aniqlaydi.

2. O‘qituvchini kirish so‘zi:

O‘qituvchining kirish so‘zida darsning rejasi va maqsadini o‘quvchilarga bildiriladi, o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘quvchilarning tushunmagan savollariga qisqacha ma'lumotlar beriladi, o‘quvchilarni diqqatini darsni o‘zlashtirishiga qaratiladi.

3. O‘tilgan mavzuni umumlashtrish.

O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘tilgan mavzuni eslashi uchun qisman so‘roqlaydi. O‘quvchilarni javobini to‘ldirib mavzuni umumlashtiradi.


  1. Ommaviy so‘roqlash

1. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deb nimaga aytiladi?

2. Bugungi kunda nima uchun insonlar qalbi va ongini egallash uchun kurash bormoqda?

3. Immunitet deganda nimani tushunasiz?


  1. Shaxsiy so‘roqlash

1. Milliy diniy asosdagi mafkuralardan qaysilarini bilasiz?

2. G‘oyaviy zaiflik va mafkuraviy beqarorlik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

3.Idealizm va materializm haqida gapirib bering?


  1. Krossvord savollari

Eniga: 1. O‘zbekistonimizning erishgan yutuqlari.

2. I.Karimov kitoblarini chiqaradigan nashriyot.

3. O‘zbekiston Prezidenti.

Bo‘yiga: 1. O‘zbekiston Mustaqil bo‘lib qanday ramzlarga erishdi?

2. O‘zbekiston Madhiyasi bastakori.

3. Inson haq-huquqini himoya qiluvchi kitob.

4. Xumo qushi qanday belgini anglatadi?
J a v o b l a r :

Eniga: 1. Mustaqillik Bo‘yiga: 1. Gerbiga

2. O‘zbekiston 2. Mutal Burxonov

3. I.Karimov 3. Konstitutsiya

4. Baxt

Krossvord savollari

1. Mamlakatimizdagi madaniyat markazi.

2. Siyosiy deokratik partiyaning nomi.

3. Faxriylar kengashi jamg‘armasi nomi.

4. Inson huquqlari bo‘yicha vakil.


  1. (Turkiston) – umumiy uyimiz.

  2. Shanxay tashkiloti.

  3. O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan davlat.

  4. Oliy Majlis raisi.

  5. O‘zbekistondagi pul birligi.

  6. O‘zyuekiston xayit bayrami.


4.Yangi mavzuni tushuntirish.

Mavzu: «Mustaqillik va O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat».

O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirishda stend, mikrotablitsalar, krossvordlar, tarqatmalardan foydalaniladi. Yangi mavzu rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtiradi va o‘quvchilar konspekt daftarlariga yozib oladilar.
Yangi mavzu rejasi:


  1. O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning asosiy tamoyillari.

  2. Yangi jamiyatni barpo etish vazifalari.

  3. Mustaqilikni mustahkamlash va sog‘lom avlod tarbiyasi.


Dars yakuni va uyga vazifa.

Tayanch so‘z va iboralar: mustaqillik, jamiyat, ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, dars jihozi, didaktikasi, hayot bilan bog‘lash, mashg‘ulot borishi, rejalashtirish, Milliy g‘oya, strategiya, ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, mafkura, qonun ustuvorligi, bozor iqtisodi, vijdon erkinligi, fuqarolik jamiyati, siyosiy hayotni erkinlashtirish.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Biz barpo etayotgan jamiyatning nazariy asoslari qaysi asarlarda yoritib berilgan?

  2. Strategik maqsad degani nima?

  3. Yangi jamiyat barpo etishning ma'naviy sohadagi vazifalari nimalardan iborat?

  4. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi deb nimaga aytiladi?

  5. Vayronkor g‘oyalarning eng ko‘p tarqalgan shakllari qaysi?

  6. G‘oyaning fikrdan farqi nima?

  7. Mafkuraning ta'rifini tushuntiring?


Adabiyotlar:


  1. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Toshkent, “O‘zbekiston”. 1998.

  2. Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch” T., “Ma'naviyat” 2008 y.

  3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. O‘quv darsligi. Toshkent, 2003.

  4. Mustaqillik va milliy tiklanish. Toshkent, 1995.

  5. Miliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar, atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at). Toshkent, 2002.

  6. O‘zbekiston tarixi (kollej va akademik litseylar uchun). Toshkent, 2005.



5 - §. Milliy g‘oya fanini o‘qitishda Prezident asarlari va ma’ruzalari ustida ishlash usullari
Darsning rejasi:

  1. Ma’ruza darslarida Prezident asarlari va ma’ruzalaridan foydalanishda hikoya bayon, analiz, sintez, umumiashtirish, ko'rgazmalilik va boshqa usullardan foydalanish.

  2. Seminar va amaliy mashg'ulotlarda Prezident asarlari va ma’ruzalaridan foydalanishda amaliy metod hamda hikoya bayon, analiz, sintez, umumiashtirish, ko'rgazmalilik, video hamda audio usullardan foydalanish.

1997 yil 29 avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A. Karimovning “Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma`ruzasi asosida yangi tahrirda «Ta`lim to`g’risida» O`zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Shuningdek, ushbu sessiyada “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ham qabul qilindi.

Istiqlol yillarida maktabgacha ta`lim tarbiya muassasalarida, boshlang’is sinflarda o`quv-tarbiya ishlariga e`tibor kuchaytirilib, o`rta maxsus va oliy o`quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil etildi. 2000 yillar boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o`rta maxsus o`quv yurtlari, shu jumladan, 75 ta kollejlarda 360 mingdan ziyod talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo`lida ekan bilimdon, ma`naviyatli, mustaqil fikrlab, mustaqil ish yuritadigan yoshlarni, yurtboshimiz ta`biri bilan aytganda, jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intellektual, aql-zakovat boyligi bo`lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo`yilmoqda1.

Bu borada “Ulug’bek” (1993 y.), “Umid” (1997 y.) jamg’armalari olib borayotgan ishlar alohida o`rin tutadi. Faqat “Umid” jamg’armasi sinovlarida 1997–1999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo`ldi. 2000-2001 o`quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o`tkazilib, ulardan 124 nafari xorijiy davlatlarning eng nufuzli o`quv yurtlarida o`qishga muyassar bo`ldi2.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko`rsatildi:


  • uzluksizlik: ta`lim – fan – ishlab chiqarish;

  • mutaxassislarga talab istiqbolini o`rganish;

  • o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;

  • o`quvchi-yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, ma`naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;

  • korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish.

Ta`lim to`g’risidagi yangi qonunga ko`ra, uzluksiz ta`lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:

  1. Maktabgacha oila va bog’cha tarbiyasi.

  2. Boshlang’ich ta`lim.

  3. Umumiy ta`lim majburiy bo`lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.

  4. Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o`rta maxsus bilim va kasb-hunar o`quv yurtlari: 3 yilga mo`ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari.

  5. Oliy ta`lim: bakalavr – 4 yil, magistratura – 2 yil o`qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot olib borish uchun aspirantura – 3 yilga, doktorantura – 2 yil muddatga belgilangan.

Ta`lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur:

  1. 1997–2001 yillar – O`tish davri.

  2. 2000–2005 yillar – Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri.

  3. 2005 yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davri.

Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999 yil 27 maydagi 271- sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Dasturga ko`ra ayniqsa, qishloq yoshlari o`rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy-texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o`tgan bir yildan ko`proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog’lomlashtirish klublari tashkil etildi3.

YAngi milliy ta`lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi darsliklar va maxsus o`quv qo`llanmalari yaratish orqali ta`lim jarayonining mazmuni tubdan takomillashtirildi. Shunisi ayniqsa muhimki, ixtisoslashgan oliy o`quv yurtlarida akademik litsey va kollejlar uchun zamon talablariga javob beradigan yangi tooifadagi o`qituvchilarni tayyorlash ishlari yo`lga qo`yildi4.

Hozirgi kunda yurtimizda ta`lim sohasiga yo`naltirilayotgan xarajatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 foizdan ortadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko`rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi.

O`zbekiston mustaqil davlat sifatida o`z ichki va tashqi siyosatini amalga oshira boshlagan davrdayoq oliy ta`limga ham alohida e`tibor qaratib, uni siyosatning ustivor yo`nalishlaridan biri deb bildi. Chunki, o`z oldiga rivojlanish, taraqqiyotga erishish kabi buyuk maqsadni qo`ygan har qanday Inson singari davlat ham busiz o`zining milliy taraqqiyotini, jamiyatda yashayotgan insonlar hayotining gullab-yashnashini, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni tasavvur qila olmaydi.

Mustaqillikning ilk yillaridan oliy ta`lim sohasiga oid davlat siyosatini belgilab bergan qonun (1992 yil 2 iyul’) dan, hozirgi amaldagi qonungacha bo`lgan davrning o`zida mamlakatimizning oliy ta`lim sohasida muhim ishlar amalga oshirildi. Buni hatto nufuzli hisoblanadigan Butunjahon Banki ham e`tirof etganligi ma`lum. Ma`lumotlardan shu narsani anglash mumkinki, O`zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi mamlakatlari ichida ta`limga eng katta e`tibor qaratgan davlatdir. Buni oliy ta`lim sohasidagi davlat olib borayotgan siyosatdan ham anglab olishimiz mumkin5.

O`zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida oliy ta`lim sohasi davlat siyosatidagi o`zgarishlarga nazar tashlaydigan bo`lsak, uning quyidagi jihatlarini ta`kidlash mumkin:

Birinchidan, mustaqillik yillarida davlatning oliy ta`lim sohasidagi siyosati tubdan yangilandi. Oliy ta`lim sohasida milliy qadriyatlarimizni ham hisobga olgan holda, yangi uzluksiz ta`lim modeli shakllandi.

Ikkinchidan, jamiyatning yangilanishi, demokratik, fuqarolik jamiyatini qurish vazifalarini amalga oshirish zamon talabiga javob beradigan, yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq ekanligi hisobga olindi. Hukumatimizning bu boradagi siyosatini oliy ta`lim sohasidagi yangilanish va modernizatsiyalanish jarayonlarining yorqin ifodasi deb qarash mumkin.

O`zbekistonning oliy ta`lim sohasi davlat siyosatida amalga oshirilgan o`zgarishlarni quyidagi yo`nalishlardan aniq ko`rish mumkin:

1) Oliy ta`lim sohasida talabalikka qabul qilish, o`qitishda amal qilib kelgan «o`qituvchi va o`quvchi» munosabatidagi imtihon shaklining o`rnida test usulini joriy etilganligi. Bu o`ziga xos yangilanish, ta`limning modernizatsiyasi bilan bog’liq islohot edi.

2) Universitetning an`anaviy yakka, monopol ko`rinishiga chek qo`yilib, viloyatlar markazlarida pedagogika institutlarining universitetlarga aylantirilishi va joylarda o`quv yurtlariga yuqori ta`sis nizomi berilganligi.

3) Mamlakatimizda tashkil etilgan milliy tashkilot va xalqaro jamg’armalar hisobidan chet ellarda tajriba almashish va talabalarni o`qishga yuborish yo`lga qo`yilganligi. Bu oliy ta`lim sohasida dunyo mamlakatlarida erishilgan yutuqlardan bahramand bo`lish, zamonaviy ta`lim texnologiyalarini egallash imkoniyatini berdi.

4) Oliy ta`lim sohasida yangi yo`nalishlar bo`yicha professor-o`qituvchilarni qayga tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog’liq, aniq maqsadga yo`naltirilgan tashkiliy ishlar amalga oshirildi6.

Oliy ta`lim sohasida sobiq Sovet Ittifoqi davridan meros bo`lib kelgan «an`anaviy ta`lim» tizimiga barham berildi. O`zbekistonda «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun asosida ta`limgacha barcha turlari qatorida oliy ta`lim sohasi ham tubdan isloh etildi. Yangi ta`lim muassasalari, yangi mutaxassisliklar ta`lim tizimiga kiritildi.

O’zbekistonning oliy ta`lim sohasidagi siyosati oliy o`quv yurtlarida tayyorlanayotgan talabalarni oldindan aniqlangan fan va texnika, ishlab chiqarish hamda boshqa sohalarning ehtiyojiga, ya`ni hayot talablariga qarab tashkil etilayotganligida o`zining yechimini topmoqda. Bu bugun bozor iqtisodiyoti, demokratik jamiyat qurish talablariga javob beradigan ijtimoiyma`naviy muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

O`zbekistonning oliy ta`limga doir siyosati zamonaviy ta`lim tizimini yaratish, mamlakat iqtisodiyotini yuksak malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, shu orqali jamiyatni, davlatni rivojlantirishdan iborat maqsadlarni ro`yobga chiqarishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga ega.

O`zbekiston davlatining oliy ta`lim sohasidagi siyosatini amalga oshirishda tegishli vazirliklar, oliy ta`lim muassasalaridagi bo`g’inlar, shuningdek, o`qituvchilari tomonidan muhim ishlar amalga oshirildi. Xususan, oliy o`quv yurtini bitirayotganlarga qo`yilayottan talablar kontseptsiyasi har bir fan, mutaxassislik bo`yicha aniq ishlab chiqildi. Ularga, o`zlarining qiziqishlari bo`yicha tanlangan yo`nalishda tegishli bilimlarni olishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berilmoqda. Shuningdek, oliy o`quv yurtlarida qaysi mutaxassisliklar bo`yicha ta`lim berilishi, tegishli fanlar, kafedralar tuziliish aniq ishlab chiqilib hayotga tadbiq etildi va o`zining samarasini bermoqda deb aytish mumkin7.
6-§ Milliy g'oyani o'qitish metodlari
Darsning rejasi:


  1. Metod haqidagi tushunchalar. Metodlar klassifikatsiyasi: og'zaki bayon, amaliy, ko'rgazmalilik metodlari.Usul va ularning turlari.

  2. Darsni tashkil etishda metod, usul va vositalardan foydalanish yo'llarj.

  3. Ta'lim metodlari va usullari. Darslarida qo'llaniladigan metodlar va usullarning uyg'unligi. og'zaki bayon: hikoya, monolog, dialog, suhbat, syujetli hikoya, analitik syujet.

  4. Manbalar bilan ishlash; adabiyotlar, hujjatlar. Ko'rgazmali metodlar: shartli- grafik illyustratsiyativ ko'rgazmalilik, surat tahlili, rasmlar bilan ishlash. Amaliy metodlar: qirqish. modellar, maketlar tayyorlash, tadqiqotchilik metodi. Zamonaviy dars, unga qo'yiladigan talablar.

  5. Dars turlari. An'anaviy va noan'anaviy darslar. Seminar mashg'ulotlari, o'quv ekskursiyalari va anjumanlar.

  6. O'qituvchining darsga tayyorgarlanishi. Dars va uning tarkibiy qismlari.

Hozirgi davrda glaballashuv jarayonida bilimlar majmuasi va axboratlar, turli xil adabiyotlar shu qadar ko‘payib ketdik , ularni malum ajratilgan soatda o‘zlashtirib olish qiyin . Shu sababli yeng zarur bilimlarni egallash uchun o‘qitishning turli xil texnologiyalari va metodlari yuzaga kelmoqda ularni saralab turmushda qo‘llash asosiy vazifadir .

“O‘qitish texnalogiyasi” tushunchasi ilk bor 1970 yilda YuNeSKO konferensiyasida yangradi. Shu tashkilot tomonidan nashr qilingan “Yashash uchun o‘qish” nomli ma'ruzada yuqoridagi atama ta'limiy jarayonni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuch sifatida aniqlandi. “Qanday o‘qish kerak?” nomli ma'ruzada esa birinchi marta unga ta'rif berildi. Unda o‘qitish texnologiyasi informatsion inqilob natijasida paydo bo‘lgan va didaktikada foydalanadigan inson o‘rtasida aloqa (muloqot) usul va vositalari yig‘indisi sifatida tavsiflanadi.

O‘zbekistonda pedagoglar N.Sayidahmedov, U.Tolipov, U.Nishonaliev, A.Ochilov, N.Azizxo‘jaevalar o‘qitish texnologiyasi muammolari bilan shug‘ullanib, bu sohaga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. V.P.Bespalko, M.V .Klarin, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, T.Shopavalenko, A.Monaxov, D.Blok, B.Blum, T.Gilbert, R.Maydtir kabi chet ellik tadqiqotchilar xizmatini ham e'tirof etish zarur. Albatta, olim va mutaxassislarning qarashlari bir-biriga mos kelmasligi tabiiydir. Ba'zilari o‘qitish texnologiyasini pedagogika fani sifatida qaraydi.

Zamonaviy pedagogikada o‘qitish texnologiyasining asosiy tavsifi sifatida uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo‘shiluvchanligi, samaradorligi, sifat va motivlashganligi, algoritmlashganligi, axborotliligi, nusxa olish imkoniyati, yangi sharoitga ko‘chirish mumkinligi kabi jihatlariga e'tibor qaratiladi.

O‘qitish texnologiyasi ilmiy asoslangan didaktik jarayon loyihasini amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi samaradorlik, ishonchlilik va kafolatga ega natijalarga molik pedagogik faoliyatdir.

O‘qituvchining bu boradagi faoliyati mezonlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

- maqsadning aniqligi va uni tashxis etish mumkinligi;

- o‘rganilayotgan mavzuga oid nazariy va amaliy masalalar va uni yechish usulining tizimli tarzda taqdim etilishi;


  • mavzularning ketma-ketligi, mantiqiyligi, bosqichma-bosqich bayon etilishi;

  • o‘quv jarayonining har bir bosqichida ishtirokchilarning o‘zaro harakat usularining ko‘rsatilishi;

  • o‘qituvchining eng samarali o‘qitish vositalaridan foydalaninshi;

  • o‘qituvchi va atlabalar faoliyatining motivatsion ta'minlanishi bu jarayonda ularning shaxsiy kasbiy fnksiyalarining noioyon bo‘lishi (erkin tanlash, kriativlik, bahslashuv va h.z.)

Shunday qilib o‘qitish texnologiyasi deganda didaktik masalalar yechimiga yo‘naltirilgan yoki oldindan loyihalangan pedagogik jarayonni amaliyotga rejali va izchil tadbiq etidigan pedagogning ketma-ketli o‘zaro bog‘liq harakatlari tizimi tushuniladi. Ta'kidlash joizki, o‘qitish texnologiyasi nafaqat didaktik jarayoning o‘zi sifatida balki uning pedagog faoliyatining loyihalash natijasi sifatida ham qaralishi mumkin.

Pedagogik nashrlarda o‘qitish metodlarini faol va passiv guruhlarga ajratish mavjud. Agar har bir metod belgilangan muayyan maqsadni yechishda o‘z o‘rnida ishlatilsa shubhasiz faoldir. Pedagogik texnalogiyalar ham talabalar faolligining yuqori darajasini ta'minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi shu boisdan bu qisimda pedagogik amaliyot uchun notanish bo‘lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi.

Amerikaning “Street law” (ko‘cha qonuni) dasturi bugungi kunda ko‘plab davlatlar tomonidan asrga olingan va ta'lim jarayoniga o‘rnashib qolyapti.

Bunga sabab dasturdan o‘rin olgan yuzlab o‘qitish metodlarining faoligi jozibaliyligi va ta'sirchanligidir. Ular yordamida talabalar o‘z fikrlarini erkin ifodalash axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash o‘z mavqyeini mustahkamlash, fikrlarni himoya qilish, haq-huquqlarini anglab yetish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo‘ladi. O‘qituvchi esa didaktik jarayonda bu metodlardan oqilona foydalanmog‘i mavzu bo‘yicha o‘quv elementlarini murakkabligi va vaqt muddatiga qarab o‘zlashtirmog‘i lozim. Quyida “Street law” dasturidagi bazi metodlar bilan tanishashiz.

Klaster (axborotni yoyish) usuli

Bu usulning asosiy vazifasi o‘rganilayotgan ob'ekt – talabalar faoliyatini,

Pedagogik voqyelikni qismlarga ajratgan holda o‘zlashtirishga yo‘naltiradi. Unda ko‘p variantliylik asosida tushuncha va hodisalarning o‘zaro ichki hamda tashqi bog‘lanishlarini aniqlash ko‘nikmalarini shaklantiradi, mavzu bo‘yicha fikr-mulohazalarni erkinlashtirishga yordam beradi.

Mavzu bo‘yicha klasterlarin tuzish, o‘quv maqsadiga qarab, bosqichma-bosqich harakatlanishni taqozo etadi, ohir oqibatda yakuniy natija yangi bilimlarni o‘zlshtirish, fikrlar hilma xilligini yaxlitlash asosida qo‘lga kiritiladi.

Klaster usulidan foydalanish uchun uquvchilarni kichik guruhlarga (3-5) ajratish talab etiladi. Har bir guruhda mavzuga oid o‘quv elementlari tanlanadi buning uchun auditoriyada darslik, o‘quv qullannmalari ,ma'ruza matnlari va boshqa axborot manbalari bo‘lishi lozim. O‘qituvchi alohida o‘quv elementlarini o‘zlshtirish uchun 15-20 daqiqa vaqt ajratadi.

Klaster tuzish bosqichlari:



  1. Auditoriya yozuv taxtasiga kichik guruhlar soniga qarab vatman (chizmachilik qog‘ozi) osiladi (kalit) so‘zlar o‘qituvchi (ayrim hollarda talabalar) tomonidan yoziladi.

  2. Mavzu bo‘yicha o‘quv elementlariga tegishli fikrlar (qonun, fakt, tezis, hodisa, jarayon, natija) aniq fe'l bilan ifodalangan holda qog‘ozga yoziladi.

  3. Asosiy tushuncha va g‘oyalar o‘rtasidagi aloqadorlik chizmada ko‘rsatiladi.

  4. Kichik guruhlardagi barcha o‘quvchilar o‘z variantlarini qog‘ozga yozishadi.

  5. Fikrlar shajarasi umumlashtiriladi va yakuniy xulosalar qayd etiladi.

  6. O‘qituvchi talabalar faoliyatini nazorat qiladi va ob'ektiv baholaydi

Misol uchun B.Blumning “O‘quv maqsadi taksonomiyasi” mavzusi bo‘yicha klaster tuzish ketma-ketligini keltiramiz:

  1. Blum taksonomiyasi aniqlangan o‘quv faoliyati sohalari (O‘E № 1)

  • kognetivli; (bilish sohasi)

  • affektiv (hayajonli, qadriyatli) soha;

  • Psixomotorli sohasi;

  1. Blum taksonomiyasini tuzishda tayaniladigan tamoyillar (O‘E № 2)

  • amaliy, psixologik, mantiqiy ,ob'ektivlik.

  1. Kognetiv soha bo‘yicha o‘quv maqsadlari toksonomiyasi (O‘E № 3)

  • bilish, anglash, qo‘llash, taxlillash, sintezlash, baholash.

Bu misolda 3 ta kalit so‘z keltiriladi ular o‘z navbatida tegishli o‘quv elementlarini qamrab olishi o‘quvchilar tomoindan aniqlanadi. Har bir o‘quv elementiga oid tushuncharlar mazmunan ketma-ketlik saqlangan holda vatman qog‘ozga yoziladi va fikrlar yoyilmasi chizmasi yaratiladi.

Sinkveyn ( axborotni yig‘ish) usuli

Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilardagi tarqoq axborotli jarayonlar asta sekin bosqicha-bosqich yo‘naltirilgan jarayonga aylantirb boriladi. Ya'ni o‘rganilgan bilimlarni mavzuni o‘rganish davomida o‘rganildai. Muayyan voqyelik to‘g‘risida yakdil fikrga kelinadi. Buning uchun o‘quvchilarda besh imkoniyat mavjud bo‘ladi ya'ni sikveyn beshqatordan iborat o‘ziga hos “oqshe'r” (qofiyasiz) bo‘lib, o‘rganilayotgan mavzuga oid tushunchalar (hodissa, jarayon, voqyea) qat'iyan ketma-ketlikda yozib chiqiladi. Sinkveyn orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini to‘plash ixcham ifodalash mulohazalarni sintezlash va mavzu bo‘yicha to‘g‘ri xulosalarni takomillashtirishga o‘rganishadi.

Sinkveyn tuzish tartibi:



  1. Birinchi qatorda mavzuga oid bosh g‘oya (tayanch tushuncha) bir so‘z (ot) bilan qayd etiladi.

  2. Ikkinchi qatorda bosh g‘oya ikki sifat bilan ifodalanadi.

  3. Uchinchi qatorda mavzuga oid tushunchalar uch so‘z bilan bayon qilinadi.

  4. To‘rtinchi qatorda mavzuga oid fikr (nazariya, fakt)lar tshrtta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim.

  5. Sunggi qatorga mavzu mohiyatini oydinlashtiradigan (yoki ma'no jixatidan yaqin bo‘ladigan) bitta so‘z yoziladi bu ketma-ketlikni quyidagi chiziqlar bo‘yicha loyihalash mumkin.

1.______________________________ topshiriq

2.____________ _____________ ___________

3. ____________ _____________ ___________

4.__________ ________ _________ ___________

5.______________________________________ natija

Odatda sinkveyn mavzu bo‘yicha biror muammoli vaziyatli yechish yoki alohida o‘quv elementlarini mukammalashtirishda talaba tafakkurini charxlash uchun tuziladi agar birinchi qatordagi mavzu so‘z turkumi – ot orqali ifodalansa, ikkinchi qatorda topshiriqning muhim hossalarni belgilovchi bir juft sifatni o‘quvchi o‘ylashi ko‘p variantli javoblardan eng maqulini olishi lozim.



Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish