Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni


- §. O'quv qo'llanmalar, qo'shimcha materiallar va darsliklar bilan ishlash



Download 0,54 Mb.
bet5/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


4 - §. O'quv qo'llanmalar, qo'shimcha materiallar va darsliklar bilan ishlash usullari. Fan darsligi bilim manbai va ta’lim vositasi sifatida.
Darsning rejasi:

  1. Darslikning vazifalari ta’lim vositasi asosi muvofiqlashtirish vazifasi.

  2. axborot manbai, fan bo‘yicha bilimlar tizimi, o‘quvchilar bilim va malakalarini integratsilash, majburiy o‘quv materiali yig‘indilari, nazorat vazifasi,

  3. Darslikning asosiy tarkibiy qismlari: mavzuga oid matn, (asosiy, qo‘shimcha, . izohlovchi), qo'shimcha komponentlar (illyustrativ, metodik, asosiy shartli belgilar).

  4. O‘quvchilaming darslik matni va illyustratsiyalar bilan ishlash usullari.

Milliy mustaqilikka erishganimiz munosabati bilan nafaqat akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida, balki umumta'lim maktablari va oliy o‘quv yurtlarida darsdan tashqari mashg‘ulotlarni kadrlar tayyorlash jarayonida tinmay takomillashtirib borish mamlakatimizda Davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Jumladan, bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da masala shunday qo‘yiladi:

“Maktabdan tashqari ta'limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun darajasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

- ta'lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar tarmog‘ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;

- milliy pedagogik qadriyatlarga asoslangan va jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi dasturlar va uslubiy materiallar ishlab chiqish;

- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini tashkil etishning, shu jumladan xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini tiklash hamda, amaliyotga joiy etish” lozimligi alohida qayd etib o‘tilgan.

Hukumatimiz tomonidan yosh avlodni ta'lim-tarbiya bobida darsdan tashqari vaqtlarini, ularning zamonaviy komil insonlar etib tarbiyalashda respublikamiz ilg‘or pedagoglar ahli oldiga qo‘ygan bunday murakkab vazifalarini amalga oshirish, ushbu kamtarona tadqiqotning asl motivatsiyasi hisoblanadi.

Xo‘sh, ta'lim-tarbiya jarayonida muhim rol o‘ynaydigan bu muammo bugungi kunda respublikamiz ta'limi tizimida qay darajada rivojlanib bormoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining 2005 yil 5 iyuldagi «Maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini oshirish o‘quv yili yakunlari va rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida »gi buyrug‘ida qayd etilishicha o‘quvchilarni maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga faol jalb etishda muayyan ishlar qilinganligi qayd etilgan. Shuningdek, maktabdan tashqari ta'lim muassasalari huquq targ‘ibot organlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm, terrorizm va giyohvandlik – hayot kushandasi”, “Terrorizm va giyohvandlik – XXI asr vabosi”, “O‘z huquqingni o‘zing bilasanmi?”, “Terrorizmning mudhish oqibatlari” mavzularida uchrashuvlar, mahalla faollari, ota-onalar ishtirokida davra suhbatlar o‘tkazilgan.

Maktabdan tashqari muassasalarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha 121 ta muzey tashkil etilgan.

Mazkur buyruqda maktabdan tashqari ta'lim bobida katta nazariy va amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramasdan kamchiliklar ham alohida qayd etilgan. Jumladan, Respublika bo‘yicha maktabdan tashqari ta'lim muassasalariga o‘quvchilarni jalb etish 8,7 % ni tashkil etgan holda, bu ko‘rsatkich Toshkent viloyatida 6,3 % ni tashkil etganligi, maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida to‘garak mashg‘ulotlarida bolalar davomatining pastligi, sun'iy ravishda o‘quvchilar davomatini oshirib ko‘rsatish holatlari, Respublika maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish hamda joylarda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatishda sustkashliklarga yo‘l qo‘yganligi qayd etilgan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, «Maktabdan tashqari ta'lim» tushunchasi bilan birga, «darsdan tashqari ishlar» tushunchasi mavjud. Umumta'lim maktablari sistemasida mavjud bo‘lgan «Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari» o‘zida qator mustaqil ta'lim-tarbiyaga bevosita aloqador bo‘lgan muassasalarni o‘z ichiga oladi. Chunonchi, Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, Respublika ta'lim markazi va uning qoshidagi Ilmiy-metodik kengashi, Respublika «Bio ekosan» o‘quv-uslubiy majmui muassasalarida Respublika miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tasarrufida faoliyat olib boradi.

Mazkur ta'lim muassasalarining talabalar bilimini takomillashuvi va ayniqsa ongli kasb-hunar egallashlaridagi o‘rni va rolini naqadar ulkan ekanligiga gap yo‘q. Biroq, shunga qaramasdan o‘quvchilarimiz ko‘p hollarda umumta'lim maktabining 9-sinfini tamomlab,O‘MKH ta'limi tizimiga o‘qishga kirganlaridan keyin ularning maktabdan tashqari muassasalar bilan aloqalari deyarli uziladi. Bu degan so‘z 9-sinfni tamomlab, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirgan talaba bir tomondan go‘yo ta'limning uzluksizligini sharaf bilan bajo keltirdi. Xo‘sh, darsdan keyingi mashg‘ulotlardagi uzluksizlik qaerda qoldi? Holbuki, yuqorida ko‘rsatganimizdek , Respublika o‘quvchilar saroyi, Respublika yosh sayyohlar va o‘lkashunoslar markazi, Respublika “Bio ekosan” o‘quv-uslubiy majmuasi, Respublika o‘quvchilar texnik-ijodiyot markazi, O‘MKHT akademik litseylar ongli kasb tanlashlari va uning davr talabi darajasida yana takomillashtirib – egallab borishlarida benihoyat katta ahamiyat kasb etardi. Fikrimizcha, bu borada Respublikamizning Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan Xalq ta'limi vazirliklarining soha mutaxassislari orasida integratsion hamkorlik yanada takomillashtirilsa komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish yo‘lidagi umummilliy maqsadimizni amalga oshirishda benazir imkoniyatlar chratgan bo‘lur edilar.

Shunday ekan, pedagoglar birinchi galda ta'lim-tarbiya jarayonini tom ma'noda demokratlashtirib borib, Islom Karimov iborasi bilan aytadigan bo‘lsak, Davlat va jamiyatni boshqarishni erkinlashtirib borib, mazkur o‘rinda alohida olingan muammo – milliy g‘oya fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda birgina ma'lum bir doiradagi mualliflar jamoasiga maqbul bo‘lgan «Dastur» va «O‘quv qo‘llanma» larga dogmatik munosabatda bo‘lib, ulargagina yopishib qolmasdan, aksincha ularga ijodiy yondashib, variativ munosabatda yondashishi bugungi davr talabi ekanligini shuningdek, o‘quv jarayonini demokratlashtirish bilan uning ijodiy rivojlantirib borish uzluksiz jarayon ekanligi ta'lim-tarbiyaning bizni o‘rab turgan jo‘shqin jarayon ekanligini aslo unutmasligi kerak.

Mazkur o‘rinda yoshlarimizda milliy g‘oyani samarali shakllantirib borishda, ta'limning yoshlarimizni o‘rab turgan ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘lab borish, uzoq o‘tmishimizdan buyon ota-bobolarimizdan bizga o‘tgan meros bo‘lib kelayotgan benazir tarixiy yodgorliklarimizni kuzatilgan maqsadimizga muvofiq mukammal o‘rganib borishimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya – «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q »ligiga og‘ishmay amal qilish ayni muddaodir.

Shuni alohida qayd etmoq lozimki, o‘zbek xalqi tomonidan asrlar davomida yaratilgnan va milliy boyligimiz bo‘lgan noyob tarixiy yodgorliklarni saqlash va ta'mirlash ma'naviy dasturimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, madaniy yodgorliklarni qo‘riqlash ishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bugungi kunda respublikamizda 7000 dan ortiq tarixiy yodgorliklar, shu jumladan 2500 ta arxitektura yodgorliklari, 2700 dan ziyod arxeologiya va 1000 dan ortiq mahobatli san'at yodgorliklari davlat himoyasiga olingan. Eng ko‘p tarixiy yodgorliklar to‘plangan O‘zbekistonning 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yhatiga kiritilgan. Ular orasida Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent, Qo‘qon va boshqalar bor. Xiva, Buxoro, Samarqandning tarixan shakllangan shahar markazlari tarixiy arxitektura qo‘riqxonalari deb e'lon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqaro YuNeSKO tashkilotining teng huquqli a'zosi bo‘ldi. Xivadagi «Ichan qal'a» qo‘riqxonasida (1991), Buxoro tarixiy markazida joylashgan yodgorliklar (1993), Shahrisabz shahridagi Temur va Temuriylar davri me'moriy yodgorliklari (2001), Samarqand shahri markazidagi tarixiy yodgorliklar (2002) Xalqaro Jahon Madaniy Merosi ro‘yhatiga kiritilgan.

So‘nggi 10 yillikda Madaniy va Tarixiy yodgorliklarni qayta ro‘yhatga olish ishlari natijasida XX asrning 90 yillari oxirida ularning 7612 tasi hisobga olingan bo‘lsa, shulardan 1595 tasini Me'moriy yodgorliklar, 3106 tasini mahobatli san'at asarlari, 2115 tasini arxeologiya yodgorliklari tashkil etadi. Ulardan 1831 tasi Respublika miqyosida davlat muhofazasiga olingan bo‘lib, 513 tasi me'moriy obidalar, 98 tasi mahobatli san'at asarlari, 1213 tasi arxeologik va 27 tasi tarixiy yodgorliklardir.

Bu ma'lumotlar mamlakatimizning butun hududi qadimiy madaniyat va sivilizatsiya o‘chog‘i bo‘lganligidan dalolat beradi. Bunday yodgorliklar ayniqsa Samarqand (997), Buxoro (804), Qashqadaryo (592), Toshkent (562), Farg‘ona (512) viloyatlarida ko‘p.

Endigi vazifamiz yosh avlodga «Milliy g‘oya» fani asoslaridan ta'lim-tarbiya berish jarayonida, ayniqsa sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish va boshqarishdaota-bobolarimizning qoldirgan tarixiy meroslaridan ularda milliy g‘oyani shakllantirish va o‘quvchilarning bu fandan olgan nazariy bilimlarini ularning kundalik amaliy faoliyatlarida qo‘llay bilishlariga, qolaversa ularda “O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaslik” g‘oyalarini mustahkam shakllantirib borishda ayni muddaodir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan har oyning oxirgi juma kuni «Ma'naviyat kuni» deb e'lon qilinganligi, «Milliy g‘oya» fanidan dars beradigan o‘qituvchilarni ham o‘zlarining pedagogik faoliyatlarida mazkur qarorni turmushga tadbiq etishda o‘z hissalarini qo‘shishlari shart ekanligini taqozo etadi. Jumladan, o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatida «Milliy g‘oya»ni o‘qitishga taalluqli ilmiy-metodik va didaktik tadbirlarni ishlab chiqish, takomillashtirib borishda «Darsdan tashqari» mashg‘ulotlar masalasiga kelganda oyda bir marta juma kunlari o‘tkaziladigan «Ma'naviyat kuni»da o‘quvchilarni respublikamizda mavjud bo‘lgan, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan ko‘pgina tarixiy yodgorliklar bilan tanishtirib borib, ularda milliy g‘oya va mafkurasining Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot kechirish ruhini kamolga yetkazishda katta ahamiyacht kasb etadigan, Vatan manfaatini o‘z manfaati deb anglaydigan yoshlar etib tarbiyalash uchun ularning dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tarixiy ekskursiyalardavomida aniq tarixiy manbalar va ashyolar vositalarida amaliyotda isbot-dalillar bilan boyitishga harakat qiladilar. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yildagi “Muzeylar faoliyatini yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonida alohida qayd etilganidek, muzeylar xalqimizning ma'naviy-axloqiy g‘urur va iftixorini, milliy istiqlol g‘oyalari va mafkuralariga sadoqat, shuningdek ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish va kamol toptirishda zarur vosita ekanligi biz pedagoglarni, ayniqsa milliy g‘oya fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlar olib borish jarayonida Respublikamizda mavjud bo‘lgan turli muzeylar, eksponatlardan maqsadga muvofiq foydalanishga da'vat etadi.

Endi quyida “Milliy g‘oya” fanidan o‘quvchilarga Vatanimizning boy madaniy merosi, obidalari, ayniqsa milliy mustaqilligimiz yillarida bunyod etilgan ayrim tarixiy yodgorliklar majmui bilan tanishish maqsadida olib borilgan amaliy ishlardan namunalar keltiriladi.

Birinchi galda o‘quv yili boshida “M illiy g‘oya” fanidan dars soatlari taqsimotini ishlab chiqish jarayonida, mazkur fanni o‘qitish, samaradorligini oshirish va takomillashtirish, yoshlarda milliy g‘oya va mafkurasini shakllantirishni davr talabi darajasiga ko‘tarish maqsadida “Ta'limdan tashqari ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishni takomillashtirish ”ning quyidagi rejasi tuzib chiqiladi.

1. “Milliy g‘oya” fanining asoschisi Islom Karimovning asarlari, nutqlari, ommaviy axborot vositalari xodimlariga bergan intervyularini atroflicha o‘rganish, ularda ilgari surilgan ilmiy-nazariy tamoyillarni har bir o‘quvchi ongiga operativ ravishda yetkazish maqsadida “Yosh siyosiy sharhlovchilar” to‘garagini tuzish samarali natijalar beradi. Mazkur to‘garakda, shuningdek ommaviy axborot vositalarida ko‘tarilgan ayrim muhim masalalar ham atroflicha tahlil etilib, o‘quvchilarning keng ommasi muhokamasiga tavsiya etildi. Lozim topilsa Xalqaro maydonda sodir bo‘lgan masalalarga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda mavzuga bag‘ishlangan referatlar ham tayyorlanadi va himoya qilinadi.

2. Har bir o‘quvchiga “O‘zbek modeli”ning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lmish “Qonun ustuvorligi”, mustaqil O‘zbekistonimizda “Qonuniy demokratik jamiyat qurish” asoslari sistemali ravishda singdirib borish maqsadida “Yosh huquqshunoslar” to‘garagini tashkil etish. To‘garak faoliyatiga mas'ullik ijtimoiy fanlar kafedrasida huquqshunoslik fanlaridan dars beradigan pedagogga yuklanadi.

3. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilarni mamlakatimizdagi tarixiy yodgorliklar, ma'rifiy-madaniy maskanlar, san'at koshonalari, ayniqsa mustaqillik yillarida bunyod etilgan inshootlar bilan atroflicha tanishtirish maqsadida tarixiy ekskursiyalar uyushtiradi.

4. “Yosh o‘lkashunoslar”, “Yosh vatanparvarlar” to‘garaklarini tashkil etish.

5. O‘quvchilarga o‘z mahallalari, qishloqlari, tumanlari tarixi mavzusida referat yozishni topshiradi.

6. Mahalla faollari, oqsoqollari ishtirokida “Mahallamiz tarixidan” mavzusida davra suhbati o‘tkazadi.

7. “Diniy ekstremizm nima?” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi , viloyat, tuman IIB rahbar-vakillari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazib boradi.

8. O‘quv yurti kutubxonasida tarixiy sanalarni nishonlashga bag‘ishlangan kitobxonlar konferensiyasini o‘tkazadi.

9. “Ogohmi biz?” mavzusida suhbat. Bu tadbir ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri va a'zolari tomonidan olib borilishi talabga muvofiq bo‘ladi.

10. Tarixchi-arxeolog olimlar bilan “Vatanimizning o‘tmishi va bugungi istiqbollari” mavzusida suhbat o‘tkazish.

11. Respublikamiz qurolli kuchlari, IIB, Davlat xavfsizligi ko‘mitasi xodimlari, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Vatanni sevmoq iymondandir!” mavzusida davra suhbati o‘tkazish.

12. “2005 yil nima uchun Sihat-salomatlik yili deb e'lon qilindi?” mavzusida tuman, “Kamolot”, YoIX tashkilotlari rahbariyati ishtirokida davra suhbatini o‘tkazish.

13. 2006 yilning “Shifokorlar va homiylar yili”, 2007 yilning “Ijtimoiy himoya yili”, 2008 yilning “Yoshlar yili” deb belgilanishi munosabati bilan suhbatlar, uchrashuvlar, kechalar uyushtirish.

Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlri, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san'at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta'sir ko‘rsatadi.

O‘quvchi-talabalarga milliy g‘oya va mafkurani ta'limdan tashqari ishlar orqali singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e'tibor qaratilishi lozim:

- yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, o‘z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

- o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy ma'naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarini shakllantirish;

- har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilib ko‘rish. Bolalar ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoit hozirlash;

- insonparvarlik odobi me'yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo‘llash;

- odamlar bilan o‘zaro munosabat – muloqotni o‘rganish, o‘z xalqiga, davlatiga, uning himoyasi uchun hamisha shay bo‘lib turish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlarning ramzlariga hurmat bilan qarash, yosh avlodni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Bayrog‘iga, Gerbiga, Madhiyasiga, Prezidentiga sadoqatli qilib tarbiyalash;

- qonuniy jamoa axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni tarbiyalash, shaxsning noyob qirralarini belgilovchi fuqarolik va ijtimoiy mas'uliyat hislarini rivojlantirish, o‘zi yashayotgan mamlakatning ravnaqi. Insoniyat taraqqiyotini barqaror saqlab qolish uchun fidoyilikni, ekologik ta'lim-tarbiyani amalga oshirish;

- mustaqil davlatimiz – O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga qiziqishni oshirish. Uning tinchliksevarlik, demokratiya va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, oshkora-ochiq tashqi siyosatiga va o‘z xalqining turmush darajasini oshirishga yo‘naltirilgan, fuqarolarni ijtimoiy himoya qiladigan ichki siyosatini to‘g‘ri tushuntirish;

- turmushda eng oliy qadriyat hisoblangan mehnatga ijodiy yondashish fazilatlarini shakllantirish;

- sog‘lom turmush tarziga intilishni tarbiyalash va rivojlantirish, munosib oila sohibi bo‘lish istagini shakllantirish;

- yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish.

Ta'limdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchi-talabalarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchi-talabalarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Ta'limdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar yig‘it-qizlarning ijtimoiy shaxs sifatida shakllanishlari uchun qator imkoniyatlar yaratadi.

Ta'limdan tashqari ishlarni amalga oshirish orqali o‘quvchi-talabalar o‘rtasida milliy istiqlol g‘oyalarini targ‘ib qilish, shakllantirish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, ularni takomillashtirish orqali samarali natijalarga erishish mumkin.

O‘quvchi-talabalarning bir kunlik vaqt byudjeti: o‘quv va darsdan tashqari vaqt sotsiologiyasini aniqlash va shu asosda ta'limdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur.

Darsdan tashqari ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va h.k., usullari: ishontirish, namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, “mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va h.k.lardan samarali foydalanish lozim.

O‘zbek oilalaridagi kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik xalqimiz ma'naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan fazilatga aylangan.

Chunki kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, ham o‘zingizni ko‘rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda ma'lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Kitobxonlik mushohada va mulohaza yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi, teranlashtiradi. Ta'limdan tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da'vat etish, ularning kitoblardan foydalanib o‘z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni o‘rganishga o‘quvchi-talabalar jalb etish zarur. Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeylarga o‘quvchi-talabalarning tashrifini uyushtirib borish an'anaga aylanishi kerak.

“Mening davlatim”, “Mening xalqim”, “Mening Vatanim”, “Biz hyech kimdan kam bo‘lmaganmiz, kam bo‘lmaymiz ham” va shu kabi mavzularda turli ma'rifiy tadbirlar tashkil etib, ularda talaba-o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash lozim.

Tuman, shahar, viloyat va respublika ma'naviyat-ma'rifat markazlari, oliygohlar, ilmiy tekshirish institutlari, muzeylar, sayohat muassasalari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘yishi zarur.

Muzeylar, tarixiy joylar, zavod-fabrikalar, san'at dargohlari, konsert zallari, teatr, televidenie va hokazolarga sayohat darslarini tashkil etish maqsadga muvofiq.

Tarixiy joylarga sayohat o‘ziga xos ma'naviy-ma'rifiy ish uslubi bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganilayotgan ob'ektni bevosita ko‘rish, kuzatish va ular to‘g‘risida mukammal, to‘liq ma'lumotlar olish imkonini beradi. Bu dars afzalligining yana bir tomoni bo‘lib, o‘rganilayotgan ob'ekt to‘g‘risida ilgarigi mavjud bilimlarini to‘ldirish uchun qiyoslash, tahlil qilish sharoitini yaratadi.

Mamlakatimizning barcha hududiy birliklarida sanalar, nomlar, tarixiy voqyealar, davrlar bilan bog‘liq joylar mavjud. Ular ko‘cha, tepalik, bino, soy, ariq, qishloq, ovul, mahalla bo‘lishi mumkin. Sayohatlarni o‘quv muassasasiga yaqin, o‘quvchilarning yashash joylarida uyushtirish qator qulayliklarga ega.

Uchrashuvlar, tanishuvlar, ko‘rgazmalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil qilish milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishda muhim ahamiyatga ega. Milliy g‘oyani o‘quvchilarga singdirishda jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar alohida ahamiyatga ega. Ular xalq sevgan adiblar, san'at ustalari, huquq organlarining vakillari, Vatan qahramonlari, harbiylar, soliq, mehnat bo‘limlarining xodimlari, siyosiy partiyalarning vakillari, olimlar, siyosatchilar va sportchilar bo‘lishi mumkin. Bunday jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlar hayot tajribalari xususida jonli muloqot yuritishga imkon beradi. Ular bilan muloqot orqali o‘quvchi-talabalar o‘zlarini qiynayotgan, qiziqtiradigan savollarga bevosita javob oladilar. Ularning hayoti va faoliyati Vatan uchun xizmat qilish g‘oyasiga yaqqol misol bo‘lib, o‘quvchilarni ana shu yo‘sinda yashashga undaydi.

Fan bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va ularning muttasil ishlashini ta'minlash milliy g‘oyani o‘quvchilar ongiga singdirishda muhim ta'lim-tarbiya jarayoni hasoblanadi.

To‘garaklar va yoshlar klublarida ko‘rik-tanlovlari yoki konferensiyalar, fotosuratlar, albomlar, rasm chizish, kashta, so‘zana va boshqa milliy hunarmandchilik ishlarini namoyish qilish bilan ham milliy g‘oya tushunchalari singdirilishi mumkin.

Yoshlarning to‘y-ma'rakalarda, ommaviy sayillar, bayramlarda ishtiroki asosida mahallada o‘zini tutishni, kattaga hurmat, kichikka izzatni, yaxshi-yomon kunlarda yelkadoshlikni his qilishni o‘rgatish orqali milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatni shakllantirishga e'tibor qaratish lozim.

Tayanch so‘z va iboralar: yoshlar, to‘garaklar, ko‘rik-tanlovlar, bayramlar, mahalla, oila, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, tizimni takomillashtirish, demokratik jamiyatni shakllanishi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkillashtirish.
Mazuni mustahkamlashga oid savollar:


  1. “Milliy g‘oya va mafkura” fanini o‘qitish jarayonida qaysi usul va metodlardan foydalaniladi?

  2. O‘qitish jarayonida darsdan tashqari mashg‘ulotlar qaysi tizimda takomillashtiriladi?

  3. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida nimalarni bilasiz?

  4. “Ta'limdan tashqari ishlarni tizimli ravishda amalga oshirishni takomillashtirish” qanday reja asosida tuziladi?

  5. Yoshlar hayotida to‘garaklarning ahamiyati qandayf?


«Mustaqillik va O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat» mavzusi bo‘yicha uslubiy ishlanma
Mashg‘ulot maqsadi:
1. Ta'limiy:

  1. O‘qitish:

  2. Markaziy Osiyoda ro‘y berayotgan voqyea-hodisalar haqida tushuncha.

  3. Mustaqillik va unga erishishda bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l.

  4. Jamiyat va uning rivoji haqida tushuncha.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish