Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni



Download 0,54 Mb.
bet2/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


MA`RUZA MATNI

(3-kurs talabalari)




Bilim sohasi:

100000



Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

110000



Pedagogika

Ta’lim yo’nalishi:

5111600



Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi


NAMANGAN

Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil “25 ”08 dagi “355”-sonli buyrug‘ining 2 -ilovasi bilan fan dasturi ro'yxati tasdiqlangan.

Fan dasturi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo'yicha 0‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2016-yil "08" 08 dagi "3" -sonli bayonnomasi bilan ma'qullangan.
Tuzuvchi:

Tillayev B.A. – NamDU, “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” kafedrasi katta o`qituvchisi.


Taqrizchi:

Mamatov.O.V. – NamDU, “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” kafedrasi dotsenti, f.f.n.


Faning ma`ruza matni “Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi” kafedrasining 2019 yil “____” avgustdagi “ 1 ” – sonli yig`ilishida muhokamadan o`tgan va fakul`tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri: ________________________ O.V.Mamatov.

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga binoan huquq fanini o'qitishda o‘tkazilayotgan islohotlar. Umumiy o‘rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan Davlat Ta’lim Standard, dasturlar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida va ungacha umum o‘rta ta’lim. O‘rta Maxsus ta’lim tizimida huquq fanining mazmun va mohiyati.

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish metodikasining predmeti va uning vazifalari. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari va ular o'rtasidagi aloqalar. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan bogliqligi.

Fanni o‘qitishdan maqsad: Milliy g‘oyani odamlar ongiga singdirish va uni e’tiqodga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqish fanning maqsadidir.

Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari. metodlari. vositalari, dars va uning turlari va tuzilishini o‘rgatish;

Fanni o‘qitishdan maqsad o‘rta maxsus ta’lim tizimida o'qitiladigan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari faning maqsadini, ta’lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod va usullarini o‘quvchilarga Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslaridan puxta bilim berish, ularni milliy g'oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda hamda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari o'qitishning eng muhim vositalarini belgilashga mos bilim, ko‘nikma va shakllantirishdir.

Fanning vazifasi talabalar ta’lim va tarbiya jarayonihi tashkil etish, ta'lim jarayoning samaradorligini oshirish, zamon talablari, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanini o'qitishga bo'lgan munosabatlarni shakllafitirishdan iborat.

Talabalarga maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o'qitiladigan Milliy g‘oya fanini o‘qitish metodlarini o‘rgatish;

o'quvchilar ongida milliy istiqlol g'oyasi va mafkurasini shakllantirish;

¬talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash metodlarini o‘rgatish;

milliy g'oya bo‘yicha darsni tashkil etish, dars va uni turlarini ajratish, darsda turli xil manbalardan. vositalardan foydalanish usullarini o'rgatish asosiy vazifa hisoblanadi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan

«Ma’naviyat asoslari» ni o‘qitish metodlarini o'rgatish;

Talaba-o‘quvchilar ongida ma’naviy yuksalish tushunchasini shakllantirish va har tomonlama etuk fuqaroni tarbiyalash;

Fan bo'yicha talabalarning bilimi, ko'nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar

“Milliy g’oya. ma’naviyat asoslari va huquq ta'limi faniarini o‘qitish metodikasi" fanini o'zlashtirish jarayonida anialga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:

-milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari;

-umumiy o‘rta ta’lim, o'rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimi DTS, dasturlar va darsliklar tahlili;

-milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitishning tashkiliy shakllari, dars, uning turlari va tuzilishi haqida tasavvurga ega bo‘lislti kerak;

- zamonaviy milliy g'oya, ma’naviyat asoslari va huquq asoslari darslari va ta’lim texnologiyalari asosida darsni tashkil etish;

- milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini o‘qitish metodlari;

- ta’lim vositalari;

- o‘quv-metodik majmualar va elektron o'quv-majmualarini yaratish;

- milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq fanlaridan mustaqil ishlarni tashkil etish;

- zamonaviy o‘qituvchiga qo‘yi!adin talablarni bilishi va ulardan foydalana olishi;

zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish;

sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish;

milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlari o‘qitiladigan xonalarni jihozlash ko'nikmalariga ega bo'lshi lozim.

Fanning ta’limdagi o‘rni

«Milliy g'oya, manaviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi» fanlari xususan, milliy g‘oya, manaviyat asoslari va huquq ta’limi kabi alohida sohalarni o'rganadi. Bu sohalar milliy g‘oya, manaviyat asoslari, huquq ta’limi fanini yanada chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining yo'nalishlariga qarab ulardan tarix fanini anglashga xizmat qiladi.

1 - §. Milliy g‘oyani o'qitish metodikasi: Milliy g'oya fanini o'qitilishi, maqsad va vazifalari

Darsning rejasi:


  1. Milliy go‘yani o'qitish metodikasi fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to'g'risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ga binoan Milliy g'oya, manaviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o‘qitish metodikasi fanini o'qitishda o'tkazilayotgan islohotlar.

  3. Milliy go'yani o'qitish metodikasining tarkibiy qismlari va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin Milliy g‘oya va mafkurani o‘rganish ijtimoiy siyosiy zaruratga aylanadi. Chunki bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga eski qarashdagi va fikrdagi odamlar bilan o‘tish nixoyatda qiyin kechadi. Shu sababli xalqimiz va millatimizning yetakchi kuchi, kelajakka eltuvchi nurli chirog‘i-milliy g‘oya zarur edi. Uni yaratish uchun kattagina tarixiy yo‘lini bosib o‘tishiga to‘g‘ri keldi.

Ma'lumki, 1990 yilning 24 martida XII chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo‘lib, unda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi ta'sis etilishi to‘g‘risida va Islom Abdug‘anievich Karimovni O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylash to‘g‘risida tarixiy Qaror qabul qilindi. 1990 yil sharoitida O‘zbekistonda Prezidentlik lavozimining ta'sis etilishi uning yaqin kelajakda ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan tom ma'nodagi mustaqilligini amalga oshirishdagi katta yutuq, tarixiy hodisa edi. Gap shundaki, xalqimiz bundan bir yuzu o‘ttiz yil muqaddam o‘z milliy mustaqilligini va tarixiy davlatligini yo‘qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolganligi ma'lum. Asoratga tushgan xalqlarni aldash uchun yuridik xujjatlar to‘la rasmiylashtirildi. Buyuk Stalin Konstitutsiyasi deb atalmish Konstitutsiyaning «SSSR ijtimoiy tuzumi va siyosatining asoslari» deb atalmish I bo‘limining «Siyosiy sistema» bobidan joy olgan 1-moddada: «Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi mamlakat ishchilari, dehqonlari va ziyolilarining, barcha millatlari va elatlari mehnatkashlarining iroda va manfaatlarini ifodalovchi sotsialistik umumxalq davlatidir» deb yozilgan bo‘lsada, yoinki yana shu Konstitutsiyaning «Davlat va shaxs» deb atalgan II bo‘limining «SSSR grajdanligi, grajdanlarning teng huquqligi» deb atalgan bobining 34 moddasida bayon etilgan «SSSR grajdanlari o‘zlarining nasl-nasabidan,... irqi va millatidan, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xarakteri, yashash joyi va boshqa holatlaridan qat'i nazar Qonun oldida tengdirlar. Iqtisodiy, siyosiy sotsial va madaniy hayotning hamma sohalarida SSSR grajdanlarining teng huquqliligi ta'minlanadi», shuningdek 36-moddada: «Turli irq va millatlarga mansub SSSR grajdanlari teng huquqlarga egadirlar”-degan soxta so‘zlar yozib qo‘yiladi.

Shu bilan birga bu huquqlarning amalga oshirilishi SSSRdagi barcha millatlar va elatlarni har tomonlama kamol toptirish va yaqinlashtirish siyosati bilan, grajdanlarni sovet vatanparvarligi va sotsialistik internatsionalizm ruhida tarbiyalash bilan, ona tilidan va SSSRdagi boshqa xalqlarning tillaridan foydalanishga imkon berilishi bilan ta'minlanadi...», shuningdek 50-moddada SSSR grajdanlariga so‘z, matbuot, yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘chalarda namoyishlar qilib yurish erkinliklari, 51-moddada ko‘rsatilgan siyosiy huquqlar, 52-moddada qayd etilgan «SSSR grajdanlarining vijdon erkinligi, ya'ni har qanday dinga e'tiqod qilish yoki bironta dinga ham e'tiqod qilmaslik, diniy marosimlarni bajarish huquqi garantiyalanadi» deb ko‘rsatilganligiga qaramasdan, Islom Karimov alohida qayd etib o‘tganlaridek sobiq sho‘rolar davrida fuqarolar qonun asosida yashashga da'vat etilsa, kommunistlar partiya ustavi asosida yashar edilar. Albatta o‘quvchi-talabalar ongida bunday fikrlarni shkllantirish uchun turli jonli misollardan foydalanish zarur bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda milliy respublikalarda fuqarolarning Konstitutsion huquqlari amalda hayotga qoniqarsiz holda tadbiq etilar edi. Bulardan tashqari 1990 yil sharoitiga kelganda yig‘ilib qolgan ko‘plab milliy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ayniqsa ma'naviy rivojlanish muammolari nihoyatda keskin tus olgan edi. Respublikamiz oldidagi mana shunday dolzarb muammolarni hal etishda Prezidentlik lavozimi keng imkoniyatlarni ochib berishi mumkin edi.

1990 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq ikkinchi sessiyasi yana bir tarixiy hujjat - «Mustaqillik Deklaratsiyasi» ni qabul qildi.

«Bo‘lajak mustaqil davlatlar... erkin, mustaqil va teng huquqli bo‘lib qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o‘zi ma'qul topgan barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o‘rnatish, diplomatik va konsullik aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Bu hyech kimning buyrug‘isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz hoxish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning hoxish-irodasi o‘z ifodasini topgan. Xalqimizning bu ezgu hoxish-irodasi biz uchun muqaddasdir».

Sessiyada O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi, shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda xalqaro hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, Respublika xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e'lon qilindi.

Mazkur sessiyada «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qildi. Bu qonun O‘zbekistonning huquqiy xolatini tubdan o‘zgartirdi va uning moddalarida suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari ifodalagandir.

Shunday qilib 1991 yil 31 avgustiga kelib jafokash o‘zbek xalqining milliy mustaqillik xususidagi azaliy orzusi amalga oshdi. O‘zbek xalqi «buyuk og‘alar»ning iqtisodiy va siyosiy muteligidan qutilib, mustaqil ichki va tashqi siyosat yurgizish, o‘z taqdirini o‘zi belgilash imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Mustaqillik davlat ramzlariga ega bo‘ldi. Qator xorij davlatlar mustaqil O‘zbekiston Respublikasini davlat sifatida tan oldilar. Endi yangi, suveren davlatni kompleks rivojlantirishning «O‘zbek modeli» bunyod etildi. Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asari ana shunday modelini o‘zida atroflicha mujassamlashtirdi. Milliy mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz munosabati bilan mamlakatimizda siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarini vujudga kelishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, 1)1991 yil 15 fevralida «Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida», 2)1996 yil dekabrida «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»,3) 1998 yil 28 aprelida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida», yangi taxrirda Qonunlar qabul qilindi. Ushbu o‘zgarishlar milliy g‘oya va mafkuraning vujudga kelishida siyosiy zamin yaratdi. Bu narsa ushbu kursni o‘rganishning axamiyatini yanada kuchaytiradi.

Mamlakatimizning erkin, demokratik jamiyat qurish sari tutgan yo‘lini sinchiklab kuzatar ekanmiz, mamlakatimizdagi sof vijdonli, iymon-e'tiqodli fuqarolarimizning hayotimizning turli jabhalarida milliy istiqlolimiz bergan ne'matlariga shukronalar qilib, uning buyuk kelajagi yo‘lida yurtboshimiz rahbarligida hormay-tolmay kamarbasta bo‘lib harakat qilayotganliklari, farovon hayot yo‘lida tinmay ijodiy izlanishda bo‘layotgan bir paytimizda yaratganga shukronalar qilish o‘rniga «Yov qochdi, botir ko‘paydi» qabilida yo‘l tutib, jamiyatimizda Konstitutsion hokimiyatni kuch ishlatish yo‘li bilan ag‘darishga bo‘lgan terroristik harakatlarning ham guvohi bo‘lib turibmiz. Gap shundaki, istiqlolimizning dastlabki davrida biz totalitar tuzumdan qutilganimizga mahliyo bo‘lib, ma'lum davrda jamiyatimizga nomaqbul bo‘lgan g‘oyalarni kirib kelishi va faollik ko‘rsatishlariga o‘zimiz sezmagan holda imkon yaratib berdik.

Bir lahza yutuqlarimiz oldida esankirab ogohlikni unutib qo‘ydik. Natija nima bo‘ldi? Mamlakatimizga «Risolai Nur» asarining muallifi Nursiy nomi bilan yuritiladigan, tashqi ko‘rinishda faqat turk birodarlarimizning ma'rifiy faoliyatlari bilangina yo‘g‘irilgandek ko‘rinadigan «Nurchi»lardan tortib, «Fathullochilar»gacha, vahhobiylardan tortib «O‘zbekiston islom harakati» nomini olgan ekstremistik harakat, «Hizbulloh» (Alloh partiyasi), «Hizb at- tahrir al islomiy» (Islom ozodlik partiyasi), «Islom uyg‘onish partiyasi» ta'sirigacha kirib keldi. Ular o‘z faoliyatlarida O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar tizimining tadbirkorligi, oshkorligi va voqye'likka boyligi, kundan-kunga umuminsoniy, umummilliy totuvlik va birdamlikka erishib borilayotganligini ko‘raolmasdan Toshkentda 1999 16 fevral fojeasini keltirib chiqardilar. Yaratganga hamdu-sanolar bo‘lsinki, 16 fevral voqyealari tashkilotchilarining yovuz niyatlari amalga oshmadi. Yurtboshimiz va davlatimizning boshqa rahbarlari Alloh irodasi bilan sog‘-omon qoldilar. Biroq, bu terrorlik harakati oqibatida 16 nafar begunoh inson shahid ketdi, 128 nafar kishi turli darajada tan jarohati oldi. 2000 yil davomida qardosh Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani, Toshkent viloyatining Yangiobod shahri va Bo‘stonliq nohiyasidagi jangarilar huruji Buxoro va Andijon voqyealari bizning istiqlolimiz bergan ne'matlarini nafaqat qurol kuchi bilan , emas balki xalqimizning ayniqsa kelajagimiz sohiblari bo‘lgan yosh avlodni milliy g‘oya va mafkura bilan har tomonlama qurollantirishni taqozo etdi.

2. «Milliy g‘oya va mafkura» fanining joriy etilishi va uni o‘rganishning vazifasi xususida gap boradigan bo‘lsa, bu albatta davr talabi, istiqlolimiz tufayli qo‘lga kiritilgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalardagi g‘alabalarimiz mohiyatini yoshlarimiz ongiga tizimli ravishda singdirib borish bilan ularning shaxsiy e'tiqod-g‘oyalariga o‘sib o‘tishi va kundalik amaliy faoliyatlarida harakat dasturi darajasiga ko‘tarilishini taqozo etadi. Agarda bu javobni yanada qisqaroq va aniqroq bayon etib: «bular nimaga xizmat qilishi kerak?» deb muammoli savol qo‘yadigan bo‘lsak javob bitta - xalq farovonligi, tinchligi va milliy mustaqilligi xavfsizligini ta'minlashdir!

3. Shuni alohida qayd etish lozimki, har bir fanda bo‘lganidek respublikamiz ta'lim tizimlarida maxsus fan sifatida o‘qitiladigan «Milliy g‘oya va mafkura»ni o‘qitish metodikasining ham o‘z predmetiga egadir. Milliy g‘oya va mafkura bo‘yicha Yurtboshimiz Islom Karimov asarlari, ommaviy axborot vositalariga bergan intervyulari, nutq va ko‘rsatmalari, shuningdek milliy g‘oyaning asosiy tushunch va tamoyillarini, milliy mafkuraning asosiy g‘oyalarini o‘quvchilar ongiga singdirish usullarni qo‘llash mazkur fanning predmetini tashkil etadi.

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida har bir pedagog o‘quv yurtining spetsifik xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyatini talabalar jamoasining umumiy tayyorgarliklariga individual va differensial yondoshgan holda tashkil etmog‘i va amalga oshirib bormog‘i lozim. Yoshlarimizda milliy g‘oya va milliy mafkura tushunchalarini faol shakllantirib borish shubhasiz ularning g‘oyaviy-siyosiy kamolotlarida alohida ahamiyat kasb etadi.

4. Davr Respublikamiz xalq ta'limi xodimlari oldiga yoshlarimizda milliy g‘oya va mafkurani dolzarb muammo sifatida qo‘yar ekan, bu kardinal masalani hal etish va hayotga tadbiq etishda ijtimoiy fanlarning, umladan tarix fanining alohida ahamiyat kasb etishini hisobga olmoq darkor. Zero, yurtboshimiz alohida qayd etib o‘tganlaridek, «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi. Isbot talab bo‘lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi zarur. Chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan biryoqlama fikr yurituvchan odamlarni, eng avvalo, tarix o‘qituvchilarini chalg‘itadi. Ular eshitganlarini haqiqat shu ekan, deb o‘quvchilarga ham yetkazishadi. Faqat bahs, munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin».

5. Islom Karimovning bu fikrlarini chuqur tahlil qiladigan bo‘lsak unda yoshlarimizda milliy g‘oya va mafkurani izchillik bilan shakllantirish metodologiyasini, balki tarix o‘qitishni ilmiy-metodik jihatdan samarali tashkil etishda ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanadigan muammoli ta'lim metodini qo‘llash yo‘li bilan talabalarimizda tarixiy faktlarga nisbatan tahliliy tafakkur qobiliyatlarini davrimiz talabi darajasida rivojlantirib borishga bo‘lgan ilmiy da'vat ifodasini ham yaqqol ko‘ramiz.

Islom Karimov asarlarida komil inson tarbiyasi, uning umuminsoniy fazilatlar sohibi bo‘lishi xususidagi ko‘plab ilmiy-nazariy konsepsiyalarini ko‘ramiz. «Jamiyatning har bir a'zosi, - deb yozadi Islom Karimov, - o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». Shunday ekan, yoshlarimizda milliy g‘oya va mafkurasini shakllantirishda tarix kurslarining, qolaversa ijtimoiy fanlarning imkoniyatlari beqiyos kattadir. Endigi vazifa ana shu imkoniyatlardan foydalanib O‘zbekiston tarixini o‘rganish jarayonida jahon xalqlari tarixiga integratsion yondoshib talabalarimizda «milliy g‘oya», «milliy mafkura» tushunchalarini ilmiy asosda shakllantirib borish va bu borada ularning olgan bilimlarini shaxsiy e'tiqodlariga o‘sib o‘tishi va kundalik amaliy faoliyatlarida og‘ishmay tadbiq etishlariga erishmoqdadir.

6.Yangi fan - «Milliy g‘oya va mafkura» fanining dasturida «Vatan taqdiri mening taqdirim, Vatan kelajagi – mening kelajagim» deb yashash tarzini qaror toptirish vazifalarini, mustaqillikni mustahkamlash uchun qanday hissa qo‘shdim! degan tushunchalarni paydo qilishga intilish degan to‘g‘ri talab qo‘yilgan. Biroq, bizning fikrimizcha «Milliy g‘oya va mafkura» kabi nazariy fanni o‘rganishga kirishar ekanmiz «Vatan» tushunchasining o‘ziga atroflicha to‘xtab o‘tishimiz va bu tushunchaga turli yondoshishlar, konsepsiyalar bo‘lganligi, bugungi kunimizda ham ana shu tushunchalar ayrim ekstremistik tashkilotlar, guruhlar, siyosiy partiyalar tomonidan turlicha talqin etilayotganligini ko‘rsatish lozim. Masalan, sho‘rolar davrida yagona davlat mafkurasining «ilmiy-nazariy asosi»ni tashkil etgan marksizm-leninizm fanida K.Marksning «Ishchilar sinfining vatani yo‘q». Shu joiz umumjahon miqyosida yo‘qsillarning zo‘ravonlikka (diktaturaga) asoslangan davlatlarini qurish uchun «Butun dunyo proletarlari, birlashingiz!» degan qirg‘in-barotga asoslangan da'vat – sovet vatanparvarligining harakatga keltiruvchi darg‘asi bo‘lib kelgan edi.

Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab o‘zbek jangchilari samolyotdan front orqasiga parashyutda sakraganlarida, yoki dushman bilan qurolli to‘qnashuvda qarshi hujumga o‘tishlarida: «Stalin uchun!», «Vatan uchun!», deb shahid bo‘lganlarida o‘zlarining jangovor vatanparvarlar deb his etar edilar. Holbuki, o‘zbek o‘g‘loni uchun o‘sha jahon urushi sharoitida «Vatan» tushunchasi qandaydir unga yot bo‘lgan Kaliningrad, Praga, Varshava yoki Berlinda emas, avlodlari, ota-onasi, o‘zi tug‘ilib o‘sgan ma'lum qishloq, ovul, nohiya, shahar yoki davlatda ekanligi noma'lum bir asbtrakt narsadek tuyular edi. Holbuki, vatanparvarlik har bir xalqning tarixiy o‘tmishi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, alohida olingan xalqning vatanparvarlik an'analari, o‘z vatanlariga bo‘lgan sadoqatlari, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida asrlar davomida olib borgan qahramonona kurashlari, ayniqsa bugungi mafkuraviy kurash avj olib borayotgan bir tarixiy davrda uning farovonligi, tinchligi va mustaqilligini mustahkamlash yo‘lidagi fidoiyligi bilan ifodalanmog‘i kerak.

Yoshlarimizda Vatanga sadoqatlik milliy g‘oyasini izchil shakllantirib borish uchun bizda milliy, o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ham nazariy ham amaliy jihatdan ishlab chiqilgan konsepsiyalar Islom Karimovning kundalik faoliyatida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Masalan, yurtboshimizning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasidagi ma'ruzasini o‘rganar ekanmiz, unda vatanparvarlik borasida bayon etilgan quyidagi fikrlarni anglab olamiz: «Men uchun Vatan ozodligi, xalqimning omonligi, yurtimning ravnaqi mana shu muqaddas zaminimizda yashaydigan har bir oilaning farovonligidan boshqa oliy saodat yo‘q».

Islom Karimov Moskvada nashr etiladigan «Vremya MN» gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblarida alohida qayd etib o‘tganlaridek, «Dunyoga buyuk islom faylasuf va mutafakkirlarini bergan hududda O‘rta Osiyo, O‘zbekistonda bizlarga dinni o‘rgatishga na hojat.

Ha, islom Saudiya Arabistonida vujudga kelgan, lekin kim uni- dinimizni butun dunyoga bunday jozibali ko‘rsatgan, buyuk fanga aylantirgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (SAV)ning hadisi shariflarini to‘plagan buyuk Imom al-Buxoriyni oling. Al-Buxoriyni cho‘qqiga ko‘targan kim, butun islom dunyosida necha o‘n minglab kishilar ziyorat qilib ketadigan buyuk majmuani u yerda kim bunyod etdi? Naqshbandiy maqbarasini, At-Termiziy maqbarasini kim obodonlashtirdi? Javob, albatta xolisona va bitta – o‘zbek xalqining azaliy orzusi bo‘lgan milliy mustaqillik va uning mahsuli - Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi».

Tayanch so‘z va iboralar: milliy g‘oya, milliy mafkura, Vatan taqdiri, deklaratsiya, spetsifik xususiyatlar, g‘oyaviy-siyosiy kamolot, yoshlar, siyosiy partiyalar, ekstremistik guruhlar, Haj ziyorati, manqurtlik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1. “Milliy g‘oya” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad va vazifalar nimalardan iborat?

2. “Milliy g‘oya” faning vazifalariga nimalar kiradi?

3. Yoshlarda milliy g‘oya va mafkurani shakllantirishda ijtimoiy fanlarning roli qanday?

4. Yoshlarda “Vatan taqdiri mening taqdirim, Vatan kelajagi mening kelajagim” prinsiplari shakllantirishning asosiy usullari ni malardan iborat?


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish