Milliy g'oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi” fanidan ma`ruza matni


-§ Ma’naviyat asoslarini o'qitishda ta’lim texnologiyalari



Download 0,54 Mb.
bet10/12
Sana03.03.2020
Hajmi0,54 Mb.
#41422
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Òqitiw metodikasi


11-§ Ma’naviyat asoslarini o'qitishda ta’lim texnologiyalari

Darsning rejasi:


  1. Texnologiya tushunchasi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiyalarga berilayotgan ta’riflar. Innovatsion texnologiyalar va ularning klassifikatsiyasi.

  2. Inter faol usullar va ularni qo'llash metodlari.

  3. Ta'lim jarayonioa interfaol usullar. Interfaol usullar-o'quvchilaming o'zaro va o'qituvchi bilan fijol muloqoti sifatida. Bunday pedagogik usullarni qo'llash shartlari.

  4. Pedagogik texnologiya va metodika; texnologik xarita; interfaol usullar; ta’limda amaliy ishlarni tashkil qilish.

  5. Ta’lim sohasida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash samarali usullardan biri. Ta'limda masofaviy o'qitishning o'rni. Masofaviy o'qitishning mazmuni.

  6. Elektron o'quv darsliklari va o'quv metodik komplekslarni yaratish, kompyuter yordamida, kompyuter yordamida dars va prezentatsiyalarini yaratish. Kompyuter orqali o'quvchilar bilimini rivojlantirish va baholash.

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o`zlashtirish ilg`or axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperemental maydonchalar barpo etish” haqida ko`satmalar beriladi.

YUqorida biz pedagogik texnologiyalarni bir qator ta`riflarini keltirgan va YUNESKO tomonidan e`tirof etilgan ta`rif bilan yakunlagan edik. Ikkinchi manbada YUNESKOning “ta`lim texnologiyasi- o`z oldiga eng yaxshi natija beradigan ta`lim shaklllarini vujudga keltirish vazifasini qo`yuvchi texnik va inson resurslari xamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo`llash va belgilashning tizimli usuli” degan ta`rifi keltiriladi. Bu ta`riflar xilma-xil bo`lishidan qat`iy nazar, ulardagi asosiy tushuncha tizimli usul ekanligi aniq.

Hozirgi vaqtda ta`lim maqsadlari, uning mazmuni, o`kitish va ta`lim berish metodlari, nazorat va natijalarni baholashni o`zaro aloqada va bir- biri bilan bogliqlikda loyihalash ko`pincha an`anaviy o`quv jarayonida etishmaydigan narsadir.

O`quv mehnati esa boshqa mehnat turlari kabi o`ziga xos bilim, ko`nikma va malakalarning shaxsda shakllanishini talab qiladi, buning uchun esa iroda, diqqat, kuzatuvchanlik, fikr yuritish hayol kabi shaxsiy sifatlarning tarbiyalanganligi zarur.

Metodist- o`qituvchi ta`lim samaradorligini oshiruvchi omillarni to`xtovsiz taxlil qilish hamda qo`llaniladigan metodlarning nechog`li mosligiga to`g`ri baho berish tamoyillarini belgilashi va olinishi zarur bo`lgan ta`lim natijasini anglay va ifodalay olishi lozim. Mana shu qoidalarga asoslanib ta`lim jarayoni samarali bo`lishini ta`minlaydigan texnologiya yangi pedagogik texnologiya hisoblanadi.

YAngi pedagogik texnologiya haqida bir qator adabiyotlar bilan tanishish va uni o`z o`qituvchilik faoliyatimizda qo`llash natijasida yangi pedagogik texnologiyalarning xozirgi vaktdagi tamoyillarini bir qator qo`shimchalari bilan quyidagicha belgiladik:

1. Muayyan darsdan kutilgan asosiy maqsadlarni aniqlash;

2. Mavzuni va uning ichidagi har bir masalani modullarga ajratish, ya`ni loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash;

3. Modullar ichida echiladigan masalalar bo`yicha test savollarini tuzish

4. Metodlarning maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta`lim metodlari);

5. Olinishi zarur bo`lgan natijani oldindan taxmin qilish (maqsadni amalga oshirishga erishish);

6. Ta`lim jarayonining yaxlitligini ta`minlash;

7. Muntazam tahlil qilib borish;

Endi mana shu pedagogik texnologiyani “Ma`naviyat asoslari” o`quv predmetining aniq mavzularini qo`llash haqida fikr yuritamiz. O`quv dasturi va qo`llanmasidagi birincha mavzu “Ma`naviyat asoslari” fanining premeti, ta`rifi va tarkibiy qismlari” deb ataladi.

Pedagogik texnologiya tamoyillarining birinchisi, muayyan dars mavzusi kutilgan asosiy maqsadni aniqlab olish bo`lganligi tufayli, bu mavzuning umumiy maqsadini quyidagicha belgiladik: mavzu o`quv predmetining nazariy asoslarini ochib berishga yo`naltirilganligi uchun, bu predmetni egallashning dolzarbligi, ma`naviyat tushunchasining mohiyati, uni shakllanish bosqichlari va u bilan uzviy bog`liq bo`lgan “ma`rifat”, “madaniyat” tushunchalarining moxiyat va mazmunini ochib berish, kursni o`zlashtirish metodlarini tushuntirish, shuningdek bu ta`limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad ham borki, uning o`zagida barkamol inson turadi. Demak ta`lim jarayonida ishtirok etuvchi o`quvchi shaxsi ustivorligini ta`minlash asosiy vazifadir. SHu bilan birga o`quvchilarning ma`naviyatini yuksaltirish, ularni bilimli, erkin mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, insonparvar shaxs qilib etishtirish asosiy maqsaddir.


Darsga oid jixozlar:

1. Dunyo xaritasi

2. O`zbekiston xaritasi

3. Lug`atlar ( tushunchalarning izoxlari)

4. Dastur va o`quv qo`llanmasi

5. Qo`shimcha adabiyotlar, ko`rgazmali qurollar, kodoskop, mul’timedia

6. Plakat va markerlar

Darsning tuzilishi:

1. Tashkiliy daqiqa

2. Topshiriqlarni bajarish vaqti

3. Savol- javoblar, izoxlar

4. Bahs- munozara

5. YAkunlash


Izoh: Dars birinchi mashg`ulot bo`lganligi sababli o`qituvchi tayyorlagan kartochkalarni o`quvchilarga oldindan berib qo`yadi. Topshiriq va vazifalarni belgilaydi. Kerakli adabiyotlardan qanday foydalanishni tushuntiradi. O`quvchilarni erkin fikrlashga da`vat etadi. Darsni o`tishda interfaol metodlardan foydalaniladi.

Pedagogik texnalogiyaning ikkinchi tamoyili umumiy maqsaddan kelib chiqib, mavzuni modullarga ajratish va ularning har birining maqsadlarini hamda modullar ichida hal qilinishi shart bo`lgan masalalar tizimini aniqlash, ya`ni loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurlarini tanlashdir. Modullashgan pedagogik texnologiyaning xarakterli qirralaridan biri ta`lim mazmunini tartibga solishdan iborat bo`lib, bunda barcha axborotlardan bevosita davlat ta`lim standartlari doirasida o`quvchilar faoliyatini etarli darajada muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlash lozim.

Modullashgan pedagogik texnologiyani loyixalashgan bir necha yo`nalishlarda amalga oshirishi mumkin. Birinchi yo`nalishda o`quv predmeti bo`limlari va mavzulari mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. So`ngra ajratilgan har bir modul bo`yicha shu modulning o`ziga taalluqli bo`lgan faoliyatning mazmuni va ta`sir doirasi aniqlanadi va shu asosda modullashgan texnologiyaning maqsadi belgilanadi.

Ikkinchidan, o`quv predmeti mavzularining ayrim qismlari modullarga ajratiladi. Mazkur darsning birinchi moduli “Ma`naviyat asoslari” o`quv predmetini o`rganishga ijtimoiy buyurtma mavjudligini hamda uning bilimlarini egallashga ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy zaruriyat borligini ilmiy asoslab berishga qaratilgan. Bunga 15 minut vaqt ajratiladi. Bu qismning maqsadi talabalarda “Ma`naviyat asoslari” o`quv predmetiga qiziqish uyg`otib, ularda bu fanni o`rganishga ehtiyoj shakllantirishdir. Bu qismda quyidagi ikki savolga javob berish ko`zda tutilgan:

a) mustaqillikka erishgan davlatning milliy ma`naviyatga bo`lgan talabini mavjudligi;

b) ma`naviy boy bo`lishning ijtimoiy axamiyati, siyosiy zarurligi va iqtisodiy yutuqlari

Ikkinchi modulda “Ma`naviyat” tushunchasining mazmun va mohiyatini ochib berishlik maqsad qilib olinganligi tufayli, unga 40 minut vaqt ajratilib, unda o`zaro uzviy bog`liq bo`lgan quyidagi sakkizta masalani hal qilish rejalashtirilgan.

Birinchisi ushbu fanning predmeti nima ekanligini ko`rsatib berish.

Ikkinchisi “Ma`naviyat” tushunchasi ta`rifini ilmiy asoslab berish.

Uchinchisi “Ma`rifat va “Madaniyat” tushunchalarining ma`no va mazmunini izoxlab berish.

To`rtinchisi kursni o`rganish metodlarini aniqlab berish.

Beshinchisi jamiyat va shaxs ma`naviyatining o`zaro aloqasini ilmiy asoslab berish.

Oltinchisi ma`naviyatning tarkibiy qismlarini ko`rsatib berish.

Ettinchisi qadriyatlarning nima ekanligini tushuntirib berish.

Sakkizinchisi ma`naviyat haqida Respublikamizda qanday farmon va qarorlar chiqqan.

Uchinchi modulga 10 minut vaqt ajratilib, unda mazkur darsni xulosalash hamda savollarga javob berishdek maqsad qo`yilgan. Ko`rib turganimizdek bu qismda ikkita xulosalash va savollarga javob berish kabi masalalarni echish talab qilinadi.

To`rtinchi modul o`quvchilarni baholash bo`lib, unga ham 10 minut vaqt ajratilgan. Bu qismning maqsadi, o`tilgan darsni mustahkamlash bo`lgani uchun mavzu ustidan tuzilgan quyidagi 13 savolni talabalarga berib, javobini ballarga aylantirib, reytingini jurnalda qayd qilib qo`yish.

Beshinchi modul uyga vazifa deb atalgan bo`lib, unga 5 minut vaqt beriladi. Ushbu vaqtda o`qituvchi o`quvchilar uyda bajaradigan ishlarni aytib, ularni bajarish yo`l yo`riqlari ko`rsatiladi, uyga vazifa yuzasidan savollar bo`lsa, ularga ham javob beradi.

Pedagogik texnologiyaning navbatdagi to`rtinchi tamoyili maqsadlar aniq bo`lib, test savollari tuzilgandan keyin, maqsadga etish metodlari tanlanib, uning maqsadga muvofiqligini aniqlash va joylarini belgilab olishlikdir.

Ta`lim tarbiya jarayoniga texnologik yondoshuv paytida, avval aytib o`tganimizdek, majmualar nazariyasiga binoan o`rganilayotgan bir butun ob`ekt ( narsa yoki xodisa) ni tashkil qiluvchi bo`laklar orasidagi zaruriy bog`liqliklarga alohida e`tibor qaratiladi. Maqsadga etish metodlarini tanlashda mana shu tamoyildan kelib chiqib mavzudagi maqsadga erishish uchun quyidagi usullarni aniqladik. Bularga izlanuvchanlik- tadqiqotchiik usullari qatorida, tushuntirish- illyustrativ usullar ham kiradi. Maqsadga erishish usullarining joylari ham chora tadbirlarining batafsil bayonini pedagogik tehnologiya zaminida yaratilgan darsning loyihasini berganda keltiramiz.

SHu bilan 80 minutlik o`quv soati uchun pedagogik texnologiya asosida olib boriladigan darsning nazariy loyihasi tuzildi. quyida shu texnologiya bo`yicha birinchi mavzuning dars loyixasi keltiriladi.

“Ma`naviyat asoslari” fanining predmeti, ta`rifi hamda tarkibiy qismlari” mavzusidagi 80 minutlik darsning loyihsi.

Modullar nomi va tartib raqami.

1. “Ma`naviyat asoslari” o`quv predmetini o`rganishga ijtimoiy buyurtma sifatida qarash xamda bu bilimlarni egallashning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy ahamiyati

2. Ma`naviyat va u bilan bog`liq tushunchalarning mohiyati, tarkibiy qismlari va shakllanish bosqichlari, kursni o`rganish metodlari, jamiyat va shaxs ma`naviyatining o`zaro aloqasi, ya`ni topshiriqlarni bajarish.

3. Xulosa

4. Baholash

5. Uyga vazifa

1-modulga metodik tavsiya: ushbu modulni tushuntirishda, asosan informatsion retseptiv usuldan foydalaniladi. “ Aqliy xujum” natijasida oldingi olgan bilimlar esga tushiriladi. SHuningdek talabalarni yanada faollashtirish maqsadida savollar berish yo`li bilan muammoli vaziyatlarni keltirib chiqariladi, ularning erkin fikrlashlariga yo`l ochib beriladi. Bu bilan birga xususiy qidirish, muammoli bayon va yarim tadqiqotchilik usullari ishga tushgan bo`ladi. Mazkur modulni falsafiyligi, rasmiy xujjatlarga tayanishi, uni murakkablashtirib, unda ko`rgazmali qurol talab qiladi. Pedagogik texnologiyaning asosiy g`oyasi har bir narsa va hodisalarni tushuntirishda, uni uzviylikda olib borish, ya`ni majmuaviy yondashuv tamoyillari asosida o`quv materialini tushuntirib berish ekan, undagi maxsus tushunchalarni sinf taxtasi yoki kodoskopning tiniq plyonkasiga tushirib, ularning orasidagi uzviylikni vektor chiziqlari orkali ko`rsatib bersa maqsadga muofiq bo`ladi.

1- modulda xal qilinishi shart bo`lgan savollar.

1) Mustaqillikka erishgan O`zbekistonda milliy ma`naviyatga bo`lgan extiyojni mavjudligi.

2) Ma`naviy boy bo`lishlikning ijtimoiy axamiyati, siyosiy zarurligi va iqtisodiy yutug`i.


YUqorida aytilganlarni anglab etgan bo`lsangiz, ma`naviyatingizni tinmay oshirib borishga jazm qildingizmi? Unday bo`lsa yaxshi! Darsimizni ushbu qismida tushunmagan savollaringiz bormi? Ma`naviyatni o`zi nima deysizmi? Juda to`g`ri va vaqtida berilgan savol. Darsimizning navbatdagi qismi aynan mana shu savolga javob berishga yo`naltirilgan.

2- modulga metodik tavsiya. Ikkinchi, ya`ni asosiy modulni tushuntirishda xususiy qidirish hamda yarim tadqiqotchilik va muammoli bayon usullaridan foydalaniladi. SHuningdek tushuntirish- illyustrtiv usuldan ham joyi kelganda foydalaniladi. O`qituvchi o`quvchilarga savol berib, ularni erkin, mustaqil fikrlashga undashi, savollar echimini aytayotganda yoki o`quvchilar fikrini etaklayotganda, yoshlar hayotidan jonli misollardan foydalanish yaxshi ma`rifiy samara beradi. Har bir tushunchaga izoh berishda yoki murakkab ta`riflarni keltirib chiqishda albatta ilmiylikka, mantiq qoidalariga rioya qilib tushuntirish kerak. Bu erda o`quvchilar ko`proq ishlatishi, ularning mustaqil fikrlashlari uchun sinfni to`rtta guruxga bo`lib o`zaro musobaqa tarzida savollarga javob qidirishi mumkin. Savollar o`quvchilarga qog`ozga yozib tarqatiladi yoki sinf taxtasiga yozib qo`yiladi. eslatib qo`yishimiz joizki, darsni boshdan oyoq majmuaviy yondashuv tamoyilining qoidalariga bo`ysungan holda olib borilishi shart. CHunki bu erda beshinchi tamoyil, olinishi zarur bo`lgan natijani oldindan taxmin qilish, ya`ni maqsadni amalga oshirilishiga erishish tamoyili ishlaydi. Aks xolda pedagogik texnologiya o`z mohiyatini yo`qotadi. Buning uchun majmuaviy yondashuv tamoyillarini o`qituvchining o`zi yaxshi egallagan bo`lishi kerak. Uni bilib olish uchun B.Ziyomuhammedovning Abu Ali Ibn Sino nomli tibbiyot nashriyotidan 1999 yil chiqqan “Ilm xikmati” kitobidan foydalansa bo`ladi. (45)



2- modulda yechiladigan savollar:

1. Ma`naviyat asoslari fanining predmeti nima?

2. Ma`naviyat tushunchasining to`liq ta`rifini keltiring

3. Ma`naviyat so`zining mazmun- mohiyati

4. Madaniyat so`zining ma`no va mazmuni?

5. Ma`naviyatning asosiy tarkibiy qismlari?

6. Jamiyat va shaxs ma`naviyatining o`zaro aloqadorligi qanday?

7. Qadriyatlar nima?

8.Mamlakatimizda ma`naviyatni rivojlantirish haqida qanday Farmonlar va qarorlar chiqqan. Ularning moxiyati.

Birinchi savolga o`quvchilarning erkin mustaqil javoblari umumlashtirilib, “Ma`naviyat asoslari” fanining predmeti, jamiyat inson va ma`naviyat o`rtasidagi munosabatlarni, shuningdek ma`naviyatni shakllanishi, rivojlanishi, kishilar faoliyatini yo`naltirib turishi vositasiga aylantirish sabablarini o`rganishdan iborat deb izoxlanadi.

Ikkinchi savolni yoritishda o`qituvchi: qani aytinglarchi ma`naviyat o`zi nima? Dadilroq. Kim javob beradi? Faolroq qatnashinglar. YAnglish aytib qo`yaman deb uyalmanglar. Bu savol ancha murakkab. Unga shu kunda etuk olimlar ham to`liq javob berishga qiynalmoqdalar. Biroq biz birgalikda bu savolga javob topishimiz kerak. Topamiz xam. qani javob bering. YAxshi- yaxshi, juda yaxshi. Sinf taxtasiga yozaman. Savolga quyidagichi javoblar tushdi. Birinchisi, ma`naviyat bu “axlok”, ikkinchisi, ma`naviyat bu “aqllilik”, uchunchisi ma`naviyat bu “bilimlilik”. Javoblarning barchasi umuman noto`gri emas, ammo to`liq xam emas bu tabiiy xol. Sizlar murakkab bu tushunchaning u yoki bu tomoni, ya`ni xususiyatlarini aytdingiz, xolos.

Diqqat, ma`naviyat tashunchasiga ta`rifni birgalikda tuzamiz. Buning uchun men sizning fikringizni quyidagilarga qaratishingizni so`rayman. Sizlar esa, faol fikr yuritib, mening savollarimga so`zlarimga e`tibor bering. Kelishdikmi? Juda yaxshi! Boshladik. Bu tushunchaga ta`rifni tuzish uchun bir qator mayda ammo muhim savollarga javob topishimiz kerak. Jumladan: ma`naviyat tushunchasi o`zi kimga tegishli? Qani? Juda to`g`ri javob. Ma`naviyat faqat inson va insoniyat ma`naviyatiga tegishli tushuncha. Insonni boshqa mavjudotlardan farqi nimada? To`g`ri ma`naviyatida. Ammo ma`naviyat bu xosila. U nimaning xosilasi? Juda to`g`ri aqlning xosilasi. SHuning uchun qadimgi allomalar insonni lotincha nomini “Homasapiens” deb qo`yganlar, ya`ni “aqlli jonzod”. Bunday qaraganda bu tushuncha to`g`riga o`xshaydi. U ma`lum darajada to`g`ri ham. Ammo, fikr yuritib ko`raylik. hamma odamlarda aql bor, biri uni ko`p ishlatadi, biri ozroq, biri uni mutlaqo ishlatmaydi. YUqoridagi ta`rifga qaraganda bularning barchasi aqlli jonzot. Aqlni ishlatsa ham, ishlatmasi ham. Bu adolatdan emas albatta 20 asrning 2-yarmiga kelib, insonga berilgan bu tushuncha olimlarni qanoatlantirmay qo`ydi. SHuning uchun ular uning boshqacha tushunchasini izlay boshladilar va topdilar. Qani, aytib beringchi, odam aqlni yuritish natijasida nima sodir bo`ladi? Qani barakalla, juda to`g`ri, bilmaganini bilib oladi. Demak odam aqlini ishlatishi natijasida bilmaganini bilib olar ekan. Aqlni qancha ko`p ishlatsa, kishining shuncha bilimi ko`payib boraveradi. Aqlni ishlatmasachi, bilimsiz bo`lib qolaveradi.

Inson boshqa mavjudotlardan o`zining ijtimoiy moxiyati bilan ajralib turishini bildik. Ijtimoiy moxiyat negizini bilimlar tashkil qilib ularni foydali va foydasiz turlarga ajratish mumkin. Darxakikat, yolg`on gapirish, o`g`rilik qilish, boshqalarni xaqorat qilish va shunga o`xshash noma`qul ishlar xam xayotda uchraydi. Ammo ular foydasiz, ijtimoiy xayot uchun zararli bilimlardir. Jamiyat rivoji vatan ravnaqi uchun faqat foydali bilim xatti xarakat ijodiy faoliyat zarur. Foydali bilimlarni egallashdan maqsad, avvalo o`ziga, so`ng yaqin kishilariga va butun jamiyatga naf keltirishdir. Muayyan bir foydali ishni kishi xayotida ko`p marotaba bajaraverish natijasida, bu faoliyot uning ruxiga singib, ma`naviyatiga aylanib ketadi. YUqoridagi fikrlardan kelib chiqib ma`naviyat tushunchasiga quyidagi ta`rifni bersa bo`ladi. Ma`naviyat bu kishining egallagan foydali bilimlarini amaliy xayotida sinalaverib ko`nikma va malaka darajalaridan o`tgan va ruxiga singib , xayot tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy odatlar majmuasidir. Bu ta`rif uquv qo`llanmasidagi ta`rif bilan solishtirilib to`ldiriladi.

Beshinchi savol ma`naviyatning tarkibiy qismlari bo`lib, bunga o`quvchilar navbatma- navbat o`z fikrlarini bildiradilar. O`qituvchi din, fan, axlok, ma`naviy meros xamda qadriyatlar ma`naviyatning tarkibiy qismlari ekanligini va ularning moxiyati mazmunini o`quvchilarning fikrlari asosida aniqlashtiradi.

Oltinchi savol jamiyat va shaxs ma`naviyatining o`zaro aloqadorligiga bag`ishlangan bo`lib insonning bugungi kunga qadar yaratgan jamiki moddiy va ma`naviy boyliklarini negizi uning ikkita asosiga modda va ruxga tayangan extiyojlar ekanligi ko`rsatiladi. Bu erda o`qituvchi o`quvchilarning erkin javoblari va mustaqil fikrlarini to`g`ri yo`lga yo`naltirib beradi. Demak jamiyat va shaxs ma`naviyati bir- biri bilan uyg`un, chambarchars bog`liq ekan. Qaysi jamiyatda shaxs ma`naviyati yuqori bo`lsa, jamiyat taraqqiyoti ham tez va shiddatli rivojlinadi.

Ettinchi savol qadriyatlarni ochib berishga qaratilgan. O`quvchilar qo`llanma va qo`shimcha adabiyotlarga tayangan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ma`no mazmunini ayniqsa halqimizning tarbiyasiga ulkan xissa qo`shib kelgan diniy qadriyatlar mohiyatini tushuntiradilar.

Sakkizinchi savolda mamlakatimizda ma`naviyatni rivojlantirish uchun qanday farmonlar va qarorlar chiqqani, ularning mohiyati aniqlab olinadi. Bu erda o`quvchilar o`quv qo`llanmasining 22 betida keltirilgan materiallarga va shu bilan birgalikda bir qator qo`shimcha manbalarga, ya`ni gazeta va jurnallarga e`tibor qaratadilar. Prezidentimizning Farmolarini mustaqil sharxlaydilar. O`qituvchi ularni yo`naltirib rag`batlantirib turadi.

Demak, yuqorida keltirilgan 8 ta savol mavzuning asosiy mazmunini tashkil etadi. YAniki pedagogik texnologiyaning muxim sharti o`quvchilarni erkin fikrlashga, uz ustida tinimsiz ishlashga xamda uz fikrlarini erkin mustaqil bayon qilishga o`rgatishdir. YUrtboshimiz ta`kidlaganidek «Odam erkin fikrlaganda, erkin xayot kechirgandagina o`zining bor saloxiyatini to`la- to`kis ro`yobga chiqaradi, o`z intilishlariga mos yulni tanlab oladi. Fikri erkin odam u qaysi soxada ishlashidan qat`iy nazar, o`z xayotini o`zi tashkil qilish, o`z xayotini o`zi ximoya qilish imkoniyatiga ega bo`ladi».

O`qituvchi bu erda derejorlik vazifasini bajaradi, ya`ni masalalarni xal qilishda o`quvchilarni to`g`ri yo`lga yo`naltirib rag`batlantirib turadi.

Uchinchi modul- Xulosa

Bugungi darsimizda xulosalab, shuni aytish mumkinki, xar bir inson o`zi yashayotgan jamiyatning faol a`zosi, xarakatlantiruvchi kuchi bo`lib, uning ijtimoiy moxiyatining takomili unda yig`ilgan bilimlar xajmi va ularni amaliyotda qanchalik ishlatib ko`nikma va malaka xosil qilib ma`naviyatiga aylantirib ulgurganlik darajasi bilan belgilanar ekan. SHuning uchun uzluksiz bilim egallab ularni tinmay amaliyotda qo`llab borish zarur. Aks xolda bilim ko`p bo`la turib, ma`naviyati past bo`lishi mumkin. Unda kishilarning ruxi doimo azobda buladi. Garchi ular davlatmand bo`lganda xam bu mutloq xaqiqat. Ollox o`zining oyati kalimasida « Kim (fakat) shu xayotiy dunyoni va uning zebu- ziynatlarining istaydigan bo`lsa ularga qilgan amallarining ajri mukofotini shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon ko`rmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do`zzax o`tidan o`zga xech bir nasiba yo`qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari bexuda ketur va qilib o`tgan amallari befoydadir» (122. 148 2-sura, 15-16 oyatlar) Bu oyatlar ma`nosini chaqing. Bunda ko`p xikmatlar bor. Demak, jamiyatimizning ijtimoiy buyurtmasi bo`lgan kishilar ma`naviyatini yuksaltirish masalasini xal qilishda « Ma`naviyat asoslari» Fani muxim axamiyatga ega ekan. SHu sababli Ushbu fanning predmeti, ma`naviyat tushunchasining to`lik ta`rifi ma`rifat, madaniyat so`zining ma`no va moxiyati, ma`naviyatning tarkibiy qismlari, jamiyat va shaxs ma`naviyati, qadriyatlar va Respublikamizda bu soxada qilinayotgan ishlar xaqida bilimlarga ega bo`ldik. Bu erda oltinchi tamoyil ya`ni , ta`lim jarayonining yaxlitligini ta`minlash tamoyili ishga tushadi. O`qituvchi darsni bir butun yaxlit xodisa sifatida ko`radi va uning barcha mexanizmlarini ishlatishni ta`minlaydi.

Endigi vazifa ana shu bilimlarni ma`naviyatga aylantirish, ya`ni turmushda shunga amal qilishdan iboratdir.

4- modul. O`quvchilarning bilimini baxolash

O`quvchilarning o`tilgan darsdagi bilimlarni qaysi darajada egallab olganini aniqlash va sinf jadvaliga reyting ballarini tushurish maqsadida quyidagi so`rov varaqasi tarqatiladi. O`qituvchi ularni tarqatib chiqqach o`quvchilar undagi savollarga javob beradilar va o`qituvchiga qaytaradilar. Javob varaqasi qaytib kelmagan o`quvchi baxolanmaydi. So`rov varaqasi oldingi berilgan savolllarni o`z ichiga olsada, birmuncha murakkabroq, o`quvchini o`ylaydigan va izlanishga majbur qiladigan shuningdek, sinfda baxs munozaraga sabab bo`ladigan qilib tuziladi.

O`quvchilardan savollar yig`ib olingach, ularni o`qituvchi umumlashtiradi va oldingi javoblarni xisobga olgan xolda reyting ballarini qo`yib chiqadi xamda ularga izox beradi.

5- modul. Uyga vazifa

O`qituvchi darsning borishini umumlashtirib yakunlar ekan yul qo`yilgan kamchiliklarni ko`rsatadi va o`quvchilarga shu tarzda murojaat qilishi mumkin:

«Test savollariga berilgan javoblardan ko`rinadiki, ba`zi o`quvchilar darsda diqqat qilmay o`tirganlar. Natijada ba`zi o`quvchilar savollarga noto`g`ri javob berganlar. Muxtaram o`quvchilar, mazkur darsda men sizlarning mustaqil va erkin fikrlashlaringizga asoslanib, darsni olib bordim. Lekin ko`pchilik uni yaxshi eslab qolgan, ba`zilar esa sust. Diqqatsizlik bilan o`tirganlar ololmay qolgan bilimlar o`rnini to`ldirish uchun, shuningdek barchangizning egallagan bilimlaringizni ko`nikmaga aylantirish uchun berilgan adabiyotlarni yana o`qib, ularni dars davomida yozib olgan matn bilan solishtirib turib o`z fikrlaringizni xosil kilishingiz zarur va bu fikrlarni qiska matnlashtirishingiz shart. Savollar bormi? e`tiboringiz uchun raxmat. Omon bo`ling. Keyingi darsda ko`rishguncha xayr!».

SHu bilan sakson minutlik dars yakunlanadi.

Lekin o`qituvchi bu bilan chegaralanib qolmasligi kerak. CHunki yangi pedagogik texnologiyaning ta`lim jarayoniga tadbiq qilinishi, ta`lim jarayoniga bir qator yangi elemetlarni olib kirishni taqozo etadi.

Biz tadqiqotchi S. Umarovning «Ta`limga testlarning diagnoz va diagnostik taxlilning olib kirilishi, bilimlarni ko`p balli baxolash tizimida aniqlashga o`tish, bob, bo`lim mazmunini yaxlit xolda o`zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida o`quvchilarning ishlashi va nixoyat noan`anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz bu paytgacha o`rganib qolgan an`anaviy ta`lim o`rniga vujudga kelgan yangi pedagogik texnalogiyalar bo`lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta`limga o`tishni taqazo etadi» degan fikrlariga qo`shilgan xolda quyidagi yangi elementlarni o`z faoliyatimizda sinab ko`rdik va uning foydali ekanligiga amin bo`ldik.


  1. Diagnoz (tashxis). O`quvchilarning yangi bilimlarini o`zlashtirishga qay darajada tayyor ekanligini aniqlash. CHunki xar bir o`rganiladigan mavzuda o`quvchi undan oldin o`rganilgan bilimlarga tayanadi. Demak o`quvchini yangi mavzuga olib kirish uchun tayyorlash, agar, undagi bilimlar etarli bilimlar mavzuga bog`lanmagan bo`lsa uni tayyorlash lozim. Bu narsa o`qituvchida qunt bilan xar bir mavzuning ko`lamini o`rganishni o`quvchining saviyasi qay darajada ekanligini bilishni talab qiladi. SHu sababli akademik litsey va kasb xunar kollejlarida soatbay o`qituvchilarning emas balki bu erda doimiy ishlaydigan, o`quvchisi bilan darsdan keyin xam shug`ullanadigan o`qituvchilarning natijasi yaxshi bo`lmokda va reytingi baland.

  2. Mavzuni rejalashtirishda o`quvchi faoliyatiga asosiy e`tiborni qaratish. CHunki yangi pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi o`quvchilarni o`z ustida ishlashga yo`naltirish va mustaqil va erkin fikr yuritishni ta`minlashdir

  3. Mavzularning ichki va fanlararo bog`lanishi xar bir fandagi mavzular, ichki bog`lanishga, shuningdek boshqa fanlardagi mavzular bilan bog`langan bo`lib ular bir- birini to`ldiradi. Ayniqsa « Ma`naviyat asoslari» fanidagi mavzular turli fanlar bilan bog`langan. Uni o`qituvchi rejada to`g`ri ko`rsatishi, keraksiz takrorlashga o`rin qoldirmasligi lozim.

  4. O`quv birliklarini (mezonlari) belgilash. O`quv birliklari o`quvchi tomonidan o`rganilishi lozim bo`lgan tushunchalar, ta`riflar, koidalar, terminlar, qonunlar, xodisalar, voqealardan iborat bo`lib ular orasidagi bog`linishning ta`minlanishi shu mavzu bob va bo`limning o`zlashtirilishini ta`minlaydi. O`quv birliklari o`quvchi bilishi zarur topshiriqqa aylanishi lozim. O`qituvchi o`quvchilar bilishi lozim bo`lgan o`quv bo`limlar, boblarni, semestrlar bo`yicha aniklaydi va reytinglar nazorat topshirig`i vazifasini o`taydi.

  5. Diagnostik taxlil. O`quvchilarning bilimlari, ko`nikmalari va malakalari bo`yicha kamchiliklarni aniqlash ularni to`ldirish va navbatdagi o`zlashtirish bosqichiga ko`tarilish maksadida diagnostikalashtirish amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maksadlarda amalga oshiriladi:

- O`quvchilar o`zlashtirish darajasini diagnostikalashtirish ;

- Bo`limlardagi etishmovchiliklarni oldini olish;

- Aniqlangan etishmovchiliklarni to`ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;

- Maxsus topshiriqlar bilan ishlash soatlarini belgilash;

- YAkuniy diagnostik taxlil qilish.

Diagnostika ta`lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo`lib uning asosiy elementlaridan xisoblanadi. O`zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, xar bir o`quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yuli bilan ta`lim jarayoning kafolatganligi ta`minlanadi. Diagnostik taxlil nazorat turlaridan test so`rovida amalga oshiriladi. Test so`rovi natijalarini diagnostik taxlil qilish ikki muxim vazifani xal qiladi:



  1. Qaysi o`quvchi qaysi mavzularda qiynaladi.

  2. O`qituvchi qaysi bilimlarni kuchaytirish lozimligini aniqlaydi

3. Tuzatish kiritish ( korrektsiya). Bo`lim bobning o`zlashtirilishi darajasining diagnostik taxlili natijasida 50% dan kam ko`rsatgich olinsa o`qituvchi ta`lim jarayonining borishiga tuzatish kiritishi lozim. Jumladan o`qituvchi diagnostik taxlil asosida o`quvchilar o`zlashtirishi qiyin bo`lgan mavzularni aniqlaydi, qayta o`rganilishi lozim bo`lgan mavzularning yangicha o`qitish metodikasini ishlab chiqadi. O`quv rejasiga tuzatish kiritishni soatlarini belgilaydi.

4. Qayta to`ldirish (nuqsonarni yo`kotish) qayta to`ldirishdan maqsad olingan bilimlardagi nuqsonlarni bartaraf etishdan iborat. Qayta to`ldirish asosan amaliy tadbikiy mashg`ulotlarda amalga oshiriladi. SHu maqsadda o`qituvchi o`quvchilar o`zlashtirish darajasidagi « to`ldirishni» amalga oshirmog`i lozim. Bunda o`qituvchi tanlayotgan o`quv vazifasining darajasini o`quvchilarda mavjud bo`lgan real bilimlarga moslashtirish zarur.

5. Kutilishi lozim bo`lgan natijani olish. Bu element yangi pedagogik texnologiyaning markaziy g`oyasi xisoblanadi. YAngi pedagogik texnologiya jarayoni natijasi kafolatli bo`lishni talab qilar ekan, o`qituvchi jarayonning anik tizimda borishini ta`minlaydi va ko`zlangan natijaga erishishni loyixalashtiradi. Jarayon borishi davomida uzluksiz taxlil etib boriladi, tuzatishlar kiritiladi, qayta to`ldiriladi va kutilgan natija olinishiga erishiladi.

Demek biz o`z faoliyatimizda qo`llagan yangi pedagogik texnologiya quyidagicha tizimlanadi:




Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish