Monitor - displey yoki ekran.
Ma`lumotlarni ekran orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diogonal uzunligi (14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar o’rtadagi masofa (0,25 - 0,39 milimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 rangli) bo’ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo’lsa, shuncha shu monitor ko’proq ma`lumotlarni ko’rsata oladi. Qancha nuqtalar urtasidagi masofa kichkina bo’lsa, shuncha ekrandagi ma`lumotlar aniq xolda ko’rinadi
Klaviatura
Ma`lumotlarni kiritish qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo’yicha farqlanadi. Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.
Sichqoncha.
Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo’yicha farqlanadi.
Printerlar
Ma`lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlarning lazer, matritsali (ignali) va sepuvchi turlari mavjud. Ular har biri ishlash xolati, tezligi, bosmani sifati va narxi, hamda ranglar bo’yicha farqlanadi.
Modem
Ma`lumotlar bilan telefon aloqa orqali almashish qismi. Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo’yicha farqlanadi. Telefonda hamma ma`lumotlar tovush holatida bo’ladi, komp'yuterda esa raqamlar holatida. Shuning uchun bitta modem raqamlarni tovush holatiga o’tkazadi, ikinchisi esa tovushlarni raqamlarga o’tkazadi. Bu holat «modelirovanie» va «demodulirovanie» deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan
Skanerlar
Tasvir va matn ma`lumotlarini komp'yuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo’yicha farqlanadi.
Aktiv kolonkalar
Musiqa va xar xil tovushlarni chiqarish qurilmasi. Aktiv kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) bo’yicha farklanadi.
2.1 Mikroprostessorning yaratilish tarixi. Toshlar rivojlanishining keyingi bosqichi 1978 yilda boshlandi. Aynan shu davrda Intel o`zining birinchi 16 razryadli protsessorini “8086” markirovkasi bilan chiqardi. O`z davrida bu protsessor yomon ko`rsatkichlarga ega bo`lmagan: taqt chastotasi 5MHz (keyinchalik 8 va 10 MHz ga ko`tarilgan), ishlab chiqaruvchanligi 0.33 MIPS, 3 mkm li texnologiya, 29 mingta kristall tranzistor, 1 Mb operativ xotira, 6 baytli konveyer. Va eng qatta yutuq tizilmaning 16 bitlik operandligi edi. Bu protsessor jamoatchilik e`tiborini qozondi Bir yildan so`ng bozorga Intel 8088 protsessori chiqdi. Yadro o`zgarmagan, taqt chastotasi qisman oshgan edi (taxminan 10 MHz bo`lgan) va ma`lumotlar shinasi ham o`zgartirilgan:ya`ni 8 bitli bo`lgan. Bunga asosiy sabab tosh va tizimning umumiy narxini arzonlashtirish edi. Bilamizki, shina razryadini kamaytirish uning yaxshilanishiga olib kelmaydi. Shu sababli ham 8086 ko’chliroq ishonchga ega bo`ldi, uning taqt chastotasi 8088 protsessorga nisbatan 20- 60 % ga tezroq ishlar edi. Bu protsessorlarning funksional farqi shinalarning faqat bir xil razryadliligiga moslashgan ya`ni faqatgina 8 va 16 razryadli tashqi qurilmalar bilan mos tushadi. Bu protsessorlar bilan boshqa protsessorlarni bog`lash imkoni mavjud. Bo’yruq bilan o`rtacha hisobda 12 taqt ishlashi bilan amalgam oshiriladi. Bu toshlar IBM XT (keyinchalik yana IBM Turbo- XT) mashinalarida zamonaviy kompyuterlarimizning temir miyasi sifatida foydalanilgan. 1982- yilda Intel o`zining x86 oilasiga tegishlil bo`lgan Intel i80286 protsessorini taqdim etdi. U yana insonlarda “ikkitalik” nomi bilan yuritiladi.Bu protsessor bilan Intel 286 toshli massa bilan himoyalangan rejimni tajribada qo`llab ko`di. Uning xarakteristikasi 134000 tranzistor (1,5 mkmli texnologiya), 16 Mb gacha fizik xotira, virtual xotirasi 1 Gbayt, 16 bitli ma`lumotlar shinasi, bo’yruqlar 6 baytda ifodalanadi, taqt chastotasi 10 MHz. Uning ikkita ijobiy tarafi bu himoyalangan rejim va virtual xotiraning 1 Gbaytgacha eqanligi. 80- yillar boshlarigacha 286 protsessli imkoniyat bo`lmagan edi. Intel faqat qulaylik bermadi balki dasturlar olamiga DOS operatsion tizimi bilan ishlash imkonini berdi. Bir yomon tarafi agarda virtual xotira 1Gbayt bo`lsa unga qo`shimcha xotira qo`shish uchun shaxsiy kompyuter vintining o`lchami 100 metrdan oshib ketardi. Himoyalangan rejimni ishga tushirish uchun maxsus qurilma kiritish kerak edi, va orqaga qaytish uchun reset tugmasidan foydalanilarni. Dastur modelining asosiy ko`rsatkichlari 8086 ning asosi saqlanib qolindi, faqat himoyalangan rejim va qurilmada ishlash uchun va operativ xotira bilan dasturiy mahsulotni bog`lab turuvchi kiritish chiqarish qurilmalaridan foydalanish uchun yangi qo`shimcha qurilmalar kiritildi. Bu arxitekturaning yana bir afzalligi 80286 protsessori 12,5 MHz chastotga ega bo`lgan va u 5 MHz li 8086 protsessoriga qaraganda 6 marta tezroq ishlagan. Bu esa o`z navbatida juda mashhur bo`ldi va Intel o’y shaxsiy kompyuterlarining yaratilishiga turtki yaratdi. 1985 –yilda birinchi to`liq holdagi 32- razryadli protsessor sifatida ishlab chiqarilgan. Tavsifi: 275000 ta transistor, taqt chastotasi 16 dan 32 MHz gacha. Uning oldingilaridan asosiy farqi 32 bitli ma`lumotlart va manzilli shinalaridir. Shuningdek uning xotira segmentatsiyasi ham o`zgartirilgan, 1 ta segmenr uchun 64 Kb baryer (zona, o`ra) ajratilgan. Himoyalangan rejim uchun 4 Gbaytgacha o`zgartirilgan. Virtual xotira navbatdagi qattalashtirishga ega bo`lindi: 386 ta tosh uning virtual xotirasini 64 terabaytgacha oshirish imkonini berdi. Ichki komandalar navbatliligi 16 baytgacha ortdi. i80386 protsessori o`zining to`liq rivojlangan sifat ko`rsatkichlari bilan masalan, i80386SX protsessorlari oldingilariga nisbatan 16 razryadli ma`lumotlar shinasi va 24 razryadli manzillar shinaliligi uning keng tarqalishiga omil bo`ldi. Aynan birinchi rusum ishlab chiqarilganidan keyin i80386 protsessori 386DX nomini oldi. 1990- yilda Intel386SL protssessori chiqdi. Bu mobil kompyuterlar bozoriga ham kirib bora oldi. Bu protsessor 32 bitli to`liq holdagi Intelning 32 bitli toshlarning ikkinchi avlodi hisoblanadi. Texnik tavsifi: 1.25 mln transistor, 25 dan 50 MHz gacha bo`lgan chastota, 8Kbaytli birinchi darajali kesh, 512 Kbaytgacha bo`lgan ikkinchi darajali kesh, 32- razryadli manzillar shinasi, 32- razryadi ma`lumotlar shinasi (20-50 MHz), 486 rusumli bu toshga juda ko`plab yangiliklar kiritilgan bo`lib, ularning texnologiyasida hozirgi kunda ham foydalanish mumkin. Intel keyinchalik shu modeldagi bir necha xil modifiqatsiyalarga ega bo`lgan toshlar ishlab chiqara boshladi: P4Intel486DX – to`liq varianti (protsessor+ona plata), keshga to`g`ri yozish. Intel486SL enchanced (1992- yil) – energiyani kam sarflaydigan qurilmalar kiritilgan. P24 Intel486 DX2 (1992 yil) – ikkilik taqt chstotasi qo`llanilgan. P23T Intel486 SX (yoki DX) (1992 yil) OverDrive – uning asosiy farqi Pentium sinfi arxitekturasi, hech bo`lmaganda tizim shinasi 486. 1994- yilda (Pentium sifining birinchi namoyishi bo`lganidan so`ng) 486 modifiqatsiyali ya`ni Intel 486 DX4 toshning so`ngi rusumi chiqdi. Kod nomi P24C, texnik tavsifi: 1,6 mln transistor, taqt chastotasi 75 MHzdan 100 MHzgacha. Birinchi darajali kesh: 16 Kbayt, ikkinchi darajadagi kesh (512 Kbaytgacha) bilan ta`minlangan 32 razryadli protsessor, 32 razryadli ma`lumotlar shinasi (25- 33 MHz), 32 razryadli manzillar shinasi. Shu bilan 486 markali toshlar tarixi tugadi va Intel o`zining yangi avlod toshlari: Pentium markasini ishlab chiqara boshladi. 1993- yida ham Intel o`zining 32 rzryadli protsessorlari-Intel Pentiumni ishlab chiqarishda davom etdi. Uning texnik xarakteristikasi: 3.1 mln ta transistor, 0.8 mkli texnologiya, taqt chatotasi 60- 66 MHz, birinchi darajadagi kesh 16 Kbayt, ona platadagi ikkinchi darajali kesh 1 Mbaytgacha, ma`lumotlar shinasi 64- razryadli (60- 66 MHz), 32 razryadli manzillar shinasi, Eng muhim yangiliklarda bir bu – superskalyarligidir. Protsessor miyasi bir taqt davomida konveyrdagi 2 ta qurilmadan foydalanishi mumkin. Pentiumning birinchi avlodi (kod nomi P5) qatta yutuqga erishmadi: 486 bilan tenglashtirsaq uning narxi juda ham qimmat edi hamda protsessor ishlab chiqarishda qo`pol xatolkilarga yo`l qo`yilgan edi. Bu oldinchi avlod protsessorlarining birinchisi edi. Ularning oldingilaridan asosiy farqi, yadroning to`liq chastotada ishlashuvchanligiga moslashgan ikkinchi darajali kesh xotiraning kiritilganligida edi. Texnik xarakteristikasi: yadroda 5,5 mln tranzistor, kesh- xotirada 15,5- 31 mln tranzistor, 0,5- 0,35 mkmli texnologiya, taqt chastota 150- 200 MHz, 16 Kbaytli birinchi darajali kesh, 2 Mbaytli ikkinchi darajali kesh, 32 razryadli manzillar shinasi, ma`lumotlar shinasi 64 Kbayt. Ikki yangi tomonlama afzalliklarga ega bo`lgan: yangi tizim va dasturlarda ishning tezlashishi va Windows 95 muhitida 16 bitli toshning bo`lishi edi. Bu protsessorlarning asosiy qo`llanilish sohasi serverlarda qo`llanilgan. 1997- yilda nihoyat multimedia muhitini o`zida jamlashtirgan yangi protsessorlar ishlab chiqarila boshladi. Intelning bu kompyuterlardagi asosiy o`zgartmasi tasvir va audioma’lumotlarni qayta ishlash imkonini berardi. Haqiqiy fikr bildiradigan bo`lsaq uning asosiy kamchiligi bu ma`lumotlarni yig`ish va tarqatish davomida ko`p vaqtni sarflashda edi. Texnik tavsifiga keladigan bo`lsaq oldingilaridan aniq ajralib turmagan. Faqatgina qo`shimcha qurilmalar kiritilishi natijasida uning taqt chastotasi 233 MHz gacha oshdi. Haqiqiy mavjud afzalliklarini hiobga oladigan bo`lsaq u boshqalarga nisbatan arzonroq edi. 1997- yil may oyida jamoatchilikka Intel tomonidan navbatdagi sovg`a taqdim etildi: Intel Pentium 2 nomli yangi toshli protsessor. Yangi nom asosiy arxitektura o`zgarishi bilan mo’tanosib emas, chunki yadro Intel Pentium Pro texnologiyasi bo`yicha yig`ilgan edi, farqli jihati taqt chastotasi o`zgartirilgan edi. Yaqqol ajralib turadigan farqi qurilish modeli Slot 1 va SECC (Single Edge Contact Cartridge) kartridjiga asoslangan edi. Bunday ayyorona arxitektura oddiy ko`rinsada u server va multiprotsessor shaklli bo`lshi mumkin. Texnik tavsifi: taqt chastotasi 233 dan 450 MHzgacha, 0,25 mikronli texnologiya, yadroda taxminan 7,5 mln transistor, 2 darajadagi kesh xotira 512 Kbayt, birinchi daraja 32 Kbayt. Bundan tashqari unda termodatchiq o`rnatilgan bo`lib u to`g`ridan- to`g`ri yadrodagi temperaturani o`lchab boradi. Intel Pentium 3 (kod nomi qatmai) Umuman uchinchi avlod kompyuterlarning eng a`losi bo`ldi, agar bu yerda “Pentium 3” bo`lsa. SSE (Streamimg SIMD Extensions) qisqartirish kiritlgan, u bir vaqtda operandlar guruhi ustidan amal olib boorish mumkin. 128 razryadli va SSE sinfiga mansub XMM yangi registri kiritlgan. Texnik tavsifi: 0,18 mkmli texnologiya, yadroda 28 mln transistor, 2 darajali kesh xotira 256 Kbayt, yadroagi ishchi taqt chastotasi 1GHzgacha Intelning 32 razryadli toshlar bozoridagi bugungi kundagi so`ngi rusumi. x86 turining ideal davomi hisoblanadi, Intel klassifiqatsiyasi bo`yicha 7 avlodga mansub. Navbatdagi dasturiy model qurilmalar to`plamining qisqartirilgan shaklida, SSE2 nomdagi. Arxitekturada ham bir necha yangiliklar kiritilgan: yadro mikroarxitekturasining yangicha ishlovchi prinsipi, NetBurst nomli, yuqori chastota (minimal holatdagisi 1,4 GHz), tizim shinasi chastotasi - 400 MHz. yadrodagi tranzistorlar miqdori 48 mln gacha oshirilgan, 0,18 mkmli texnologiya bilan. Asosiy yo`llnmasi – internet va multimedia dastur.
Do'stlaringiz bilan baham: |