Reja:
1.Pentium sinfi protsessorlari
2. Matrisali va vektorli protsessorlar
3. Kompyuter tashkil qilishning raqamli mantiqy asoslari
Pentium protsessorining umumlashtirilgan strukturali sxemasi quyidagilarni o 'z ichiga oladi.
• Shi - 64-razryadli shina interfeysi;
• ikkita 32-razryadli butun sonli AMQ;
• komandalaming kesh-xotirasi;
• m a’lumotlarning kesh-xotirasi;
• umumiy vazifalarga mo'ljallangan registrlar;
• ilgarilanma tanlamalar buferi ;
• o ‘tish adreslarini oldindan bilish bloki ;
• suzuvchi nuqtali konveyer hisoblash I ar bloki.
Shina interfeysi protsessor tashqi shinasini ichki shinasi bilan moslashtirish uchun m o‘ljallangan.
K engaytirilgan 64-razryadli m a’lumotlar shinasi. Pentium MP shinalar siklining bir necha turlariga ega, ularga bitta siklda 256 bit ma’lumot kesh-xotiraga uzatiladigan paketli rejim ham kiradi. Bu i486DX protsessoriga qaraganda uzatish tezligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, 66 M Gts chastotali shinaga ega Pentium M P ning uzatish tezligi 528 Mbayt/s, 50 MGts chastotali shinaga ega i486DX MP da esa 160 Mbayt/s.
Pentium protsessoiiarining umumiy strukturasi
Superskalyar arxitektura. «Superskalyar» atamasi bittadan ko'p hisoblash blokiga ega bo'lgan mikroprotsessor arxitekturasiga nisbatan qo'llaniladi. Pentium protsessori ikkita komandani bir vaqtda bajarishi mumkin bo'lgan ikkita konveyerga ega, U-konveyer komandalaring to'liq to'plamiga, V-konveyer esa to'liq bo'lmagan to'plamiga ega.
Pentium protsessorida butun sonli buyruqlami bajarish bosqichlari
1.Oldindan taxmin qilingan komandalami xotiradan olish
(oldindan tanlov) - PF (PreFetch)
2. Komandani dekodlash - D l.
3. Komandani dekodlash - D2.
4. Komandani bajarish - EX.
5. Natijani yozish uchun m o'ljallangan buferga saqlash – E
Kesh-xotirani komanda va m a’Iumotlarga bo‘lish. Pentium mikroprotsessori komanda va ma’lumotlar uchun bo ‘lingan kesh-xotirasiga ega. Bu i486 protsessoridan farqli ravishda bitta komanda uchun tanlov jarayoni va boshqa komanda uchun ma’Iumotlarga murojaat jarayonlari o‘rtasidagi konfliktni bartaraf qilishga imkon beradi. Kesh-xotira komandalar va m a’lumotlar uchun bo’lingada ikkala komanda bir vaqtda bajanlishi mumkin. Pentium protsessorida komanda kesh-xotirasi va m a'lum otlar kesh-xotirasi hajmi bir xil, 8 Kbaytni tashkil qiladi Komanda va m a’lumot kesh-xotirasi ikki kirishli assotsiativ kesh-xotira sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ma’lumotlar kesh-xotirasi ikkita interfeysga ega (har bir konveyer uchun bittadan), bu esa bitta mashina sikli davomida ikkita alohida komandani ma’lumot bilan ta ’minlashga imkon beradi.
Pentium protsessorlarining o 'ziga xosliklari quyidagilar:
• bir necha yangi komandalarning mavjudligi, shu jum ladan protsessor modelini aniqlash,
• energiya ta’minotini boshqarish vositasining mavjudligi;
• shina sikllarini konveyer adreslanishim qo'llash;
• komandani bajarish vaqti (taktlar so n i) qisqartirilgan,
• komandalar trassirovkasi va samaradorlik monitormgi;
Do'stlaringiz bilan baham: |