Group Yusupov Nodirjon Subject: Electron Government Theme: O’zbekiston it-parki modelini aniqlash va davlatning rivojlanishdagi o’rni



Download 69,5 Kb.
Sana22.04.2020
Hajmi69,5 Kb.
#46405
Bog'liq
3. Electron Government


111-17 group

Yusupov Nodirjon

Subject: Electron Government

Theme: O’zbekiston IT-Parki modelini aniqlash va davlatning rivojlanishdagi o’rni

O’zbekiston IT-Parki modelini aniqlash va davlatning rivojlanishdagi o’rni
«IT Park» – istiqbolli startap loyihalarini yo‘lga qo‘yish va ularni bozorga olib chiqishga xizmat qiladigan, fan va ta’lim muassasalari bilan integratsiyalashuv orqali amalga oshirishga mo‘ljallangan majmua bo‘lib, u zarur bino, inshoot va uskunlarni o‘z ichiga oladi. «IT Park» faol iqtidor egalarini huquqiy, buxgalteriya, marketing va ilmiy-pedagogik masalalarda qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z biznes loyihalarini chinakam biznesga aylantirish uchun barcha imkoniyat beradigan maskandir. 2020-yil 10-yanvar kuni IT-Park Uzbekistan texnoparki bir yoshga toʻldi va shu munosabat bilan, shu kuni Toshkent shahrida Oʻzbekistonda va xorijda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan “StarTTech” IT-konferensiyasi tashkil etildi. Tadbirning asosiy tashkilotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki” (IT-Park) MChJ boʻldi. Eslatib oʻtamiz, IT-Parkning tashkil etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 17-sonli qaroriga binoan amalga oshirildi.

“StarTTech” konferensiyasida dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan AKT boʻyicha mutaxassislar toʻplanishdi va u yerda ular taniqli spikerlarning maʼruzachilarni tinglashga, IT-Parkning yil yakuni boʻyicha erishgan natijalari va kelgusidagi rejalari bilan tanishishga, shuningdek, mahalliy IT-kompaniyalar vakillari bilan munozaralarda ishtirok etishga muvaffaq boʻlishdi. Tadbir doirasida “Open Data Challenge 2019” hakatonining gʻoliblarini taqdirlash marosimi va IT-Parkning startap-loyihalarining birinchi toʻlqini koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi, shuningdek IT sohasidagi yosh tadbirkorlar uchun “ochiq mikrofon” ham oʻtkazildi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasida startap-loyihalar, rezidentlik va IT-taʼlim sohasida hamkorlikni mustahkamlash uchun IT sohasidagi bir xil fikr egalarini birlashtirish edi.“StarTTech” 4 ta sessiyadan iborat boʻldi va u oʻz ichiga quyidagi eng muhim IT-bloklarni qamrab oldi: Startap-ekotizim, Venchur moliyalashtirish, IT-taʼlim va IT-Markazlar, IT-eksportni rivojlantirish. Konferensiyada quyidagi spikerlar maʼruza qilishdi:

Farhod Ibragimov – IT-Park Uzbekistan direktori, mazkur tadbirning asosiy tashkilotchisi. U 2012-yildan buyon Oʻzbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish bilan shugʻullanib kelmoqda. U oʻz nutqida IT-Park qanday qilib Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalari sohasining yetakchi boʻgʻiniga aylanib borayotgani, tashkilot asosiy eʼtiborni nimaga qaratayotgani va jamoa kelajak uchun oʻz oldiga qanday rejalarni belgilab qoʻygani haqida gapirdi.

Aleksey Plotnikov – mobil oʻyinlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi, 2017-yil sentyabr oyida Novosibirsk shahrida tashkil etilgan “Frostgate” mustaqil studiyasining asoschisi va bosh direktori. Kompaniyaning asosiy gʻoyasi – bu kompaniya xodimlarining oʻzlari ham qiziqib oʻynashlari mumkin boʻlgan ajoyib oʻyinlarni yaratish. Dasturlashning asosiy yoʻnalishi – mobil midcore-loyihalar. Aleksey 10 yildan ortiq vaqtdan buyon oʻyinlarni dasturlash bilan shugʻullanib kelmoqda va soʻnggi 6 yildan buyon – jamoaning rahbari vazifasini ham bajarib kelmoqda. “Frostgate” studiyasi oʻz faoliyati davomida bir necha million martadan koʻproq yuklab olingan bir nechta oʻyinlarni ishlab chiqdi. Aleksey oʻyinlarni ishlab chiquvchi startaplarni ishga tushirish boʻyicha barcha sohalarda yaxshi tajribaga ega va u oʻz maʼruzasida mamnuniyat bilan bu maʼlumotlarning bir qismini tinglovchilar bilan boʻlishdi.

Sergey Bogdanov – rivojlanayotgan global startap-hamjamiyati va startaplar uchun akseleratsiya dasturlarini tashkil etishga ixtisoslashgan “YellowRockets” kompaniyasi va venchur fondining asoschisi va direktori. “YellowRockets” rossiyalik va xalqaro yetakchi venchur fondlari, rivojlanish institutlari, biznes-angellar hamjamiyatlari va korporatsiyalar bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya har yili startaplar uchun 100 dan ortiq tadbirlarni tashkillashtiradi, ular orasida startap-uikendlar, hakatonlar, akseleratsiya dasturlari mavjud. Sergey 2003-yildan buyon seriyali tadbirkor va texnika fanlari nomzodi hisoblanadi. Konferensiyada u venchur ekotizimni rivojlantirish tajribasi, eng yaxshi amaliyotlar va mazkur sohada davlatning oʻrni haqida gapirdi.

Sergey Brajnik – Yandeks kompaniyasining mintaqaviy taʼlim loyihalarini rivojlantirish boʻyicha direktori. Rossiya va xorijda kompaniyaning taʼlim loyihalarini ilgari surish bilan shugʻullanadi. U hokimiyat organlari va taʼlim hamjamiyatlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi. Konferensiyada Sergey Yandexʼning taʼlim sohasidagi loyihalari, ularning kompaniyaga va sohaga keltiradigan foydasi, qanday qilib Yandexʼning taʼlim loyihalari toʻplamidan taʼlim ekotizimi yaratilgani va kelgusida qanday rejalari borligi haqida gapirdi.

Bahrom Fayzutdinov – “AmayaSoft” kompaniyasining asoschisi va rahbari, 12 yildan ortiq vaqtdan buyon mobil mahsulotlar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. “AmayaSoft” kompaniyasi Android va iOS uchun bolalar mobil ilovalarini yaratishga ixtisoslashgan. Kompaniya IT-Parkning rezidenti hisoblanadi. Kompaniyada 60 dan ortiq xodim ishlaydi. Kompaniyaning ilovalari Amerika, Yevropa va Osiyoda sotilmoqda, yuklab olishlar soni yiliga 10 milliondan oshdi, baʼzi ilovalari “Bolalar” toifasida yuqori oʻrinda turadi. Anjumanda Bahrom mobil ilovalar biznesining oʻziga xos xususiyatlari va bu biznesning Oʻzbekistondagi istiqbollari borasidagi oʻz fikrlari haqida gapirdi.

Farhod Ibragimov oʻz nutqida taʼkidlaganidek, IT-Park bundan bir yil oldin tashkil etildi va shu qisqa vaqt ichida tashkilotda tarixga muhrlangan bir qancha voqealar sodir boʻldi: 2019-yil 24-iyul kuni Texnoparkning rasmiy ochilishi;

2019-yil 1-avgust kuni IT-Akademiyaning ochilishi;

2019-yil 15-avgust kuni IT-Parkda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarining birinchi mavsumining boshlanishi;

2019-yil 19-avgust kuni IT-Parkning birinchi rezidenti – Revochain Technologyʼning paydo boʻlishi;

2019-yil 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IT-Parkga tashrifi;



2019-yil 14-dekabr kuni IT-Parkning birinchi startap-jamoasining chiqarilishi va Demo Day oʻtkazilishi.

IT-Park rezidentlik dasturini yaxshilash ustida ish olib bormoqda. IT-Parkning rezidentlik dasturi tashkilotning asosiy bloklaridan biridir. Ayni vaqtda IT-Parkda umumiy eksport hajmi 15 million dollarga teng boʻlgan 363 ta rezident bor. Rezidentlar asosan ulgurji savdo va distributsiya, moliyaviy bozorlar va texnologik ishlab chiqarish bilan shugʻullanishadi. IT-Park hududida maxsus imtiyozlar taqdim etilgan boʻlib, uning rezidentlari jismoniy shaxslarning daromad soligʻidan tashqari deyarli barcha soliqlardan ozod qilingan. Bundan tashqari, rezidentlar bojxona toʻlovlarini toʻlashlari shart emas va ular ichki hisob-kitoblarda dollardan foydalanishlari mumkin. Ayni paytda, tashkilot SaaS va PaaS kompaniyalarini rezident sifatida qabul qilib, rezidentlik dasturini takomillashtirish bilan shugʻullanmoqda. 2019-yil 15-iyuldan boshlab IT-Park IT-taʼlim bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar uchun soliq imtiyozlarini taqdim etib kelmoqda. Buning natijasida IT yoʻnalishi boʻyicha oʻquv markazlari davlat tomonidan taqdim etiladigan koʻmakka ega boʻlishlari, dasturiy taʼminotlarni ishlab chiquvchi kompaniyalar esa, ichki oʻquv dasturlarini amalga oshirishlari mumkin boʻlmoqda. Shuningdek, rezidentlarni qabul qilish tartibi maksimal darajada soddalashtirildi, hozirda bu oʻrtacha 15 kun talab qiladi. Tez orada IT-Park rezidentlarni ularning OKEDʼlariga emas, balki biznes-rejalariga asoslanib qabul qilishni boshlaydi, apparatli dasturiy taʼminot majmualariga ixtisoslashgan kompaniyalar uning rezidentlari boʻlishi mumkin boʻladi va oʻzaro munosabatlarning barcha jarayoni onlayn rejimda amalga oshiriladi. IT-Park Oʻzbekistonning boshqa hududlariga ham chiqadi. Oʻzbekistonda 33 million kishi istiqomat qiladi, bu Markaziy Osiyo aholisining deyarli yarmini tashkil etadi. Oʻzbekistonda fuqarolarning oʻrtacha yoshi 27 yoshni tashkil etadi, shuning hisobiga bizda 18 milliondan ortiq mehnatga layoqatli odamlar bor. “Biz mamlakatimizning barcha hududlarida jamlangan ulkan insoniy salohiyatga egamiz va biz uni rivojlantirishimiz kerak. Biroq, bizning bir muammoimiz bor – bizda nima ish bilan shugʻullanishni bilmay turgan maktab bitiruvchilarimiz juda koʻp. Yaxshi IT mutaxassisi boʻlish uchun oliy maʼlumot diplomiga ega boʻlish shart emas, shuning uchun bizda mazkur muammoni hal qilishga qaratilgan bir qancha muhim tashabbuslar mavjud. Bu muammoning eng keng koʻlamli va istiqbolli yechimlaridan biri bu – respublikamizning har bir mintaqasida IT-Markazlarning ochilishidir”, – dedi IT-Park direktori. Oʻzbekistonning boshqa viloyatlaridan boʻlgan va Toshkentdagi IT-Parkga kelishlari oson boʻlmagan yosh va iqtidorli bolalar uchun oʻzlarining hududlarida IT-Markazlar ochilmoqda. Tajribali xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kompyuter savodxonligini umumiy darajada oshirishdan tortib, dasturlash va kiber sportgacha boʻlgan oʻquv dasturlari ishlab chiqilmoqda. IT-Markazlarida istalgan kishi axborot texnologiyalari boʻyicha bepul onlayn va offlayn taʼlim olishlari mumkin va ularda oʻquv kurslari oʻzbek tilida ham olib boriladi. IT-Markazda nafaqat taʼlimni endi boshlagan boshlangʻich darajadagi oʻquvchilar, balki amaliy ish tajribasiga ega, oʻz malakasini oshirishni xohlovchilar ham taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, IT-Markazlarda oʻqituvchilar ham murabbiylar uchun ishlab chiqilgan oʻquv mashgʻulotlari tizimi boʻyicha taʼlim olishlari mumkin. Oʻzbekistonning maktablari, akademik litseylari, kasb-hunar kollejlari va universitetlarining ilmiy-pedagogik xodimlari doimiy ravishda oʻz malaka va koʻnikmalarini oshirib borish imkoniyatiga ega boʻladilar. IT-Park IT-taʼlimga alohida eʼtibor qaratmoqda. Axborot texnologiyalari har qanday rivojlangan iqtisodiyotning asosini tashkil etadi, IT mutaxassislarining bilimlari, ularning raqamli maydondagi ishlari jamiyatning intellektual salohiyati uchun nihoyatda muhimdir. IT xizmatlarining eksporti hajmi boʻyicha Oʻzbekiston hali ham ushbu yoʻnalishda azaldan kuchli boʻlib kelgan Belorusiya, Ukraina, Polsha va boshqa mamlakatlardan orqada qolmoqda, shuning uchun IT-Parkning ustuvor vazifalaridan biri bu mazkur sohadagi holatni tubdan oʻzgartirishdir. IT-Park qoshidagi IT-Akademiya – 2019-yil 21-noyabr kuni ishga tushirilgan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Toshkent shahridagi Inha universitetining koʻmagida oʻtkazilayotgan “One Million Uzbek Coders” milliy dasturining asosiy ijrochisidir.

IT-Akademiyaning “One Million Uzbek Coders” loyihasi doirasida dasturlash va maʼlumotlarni tahlil qilishning eng koʻp talabga ega boʻlgan yoʻnalishlari boʻyicha “Udacity” xalqaro platformasining toʻrtta kursi oʻzbek tiliga tarjima qilindi. Bugungi kunga qadar bu dastur boʻyicha 85 nafar oʻqituvchi taʼlim (ToT) oldi, 6000 dan ortiq talabalar kursga yozildi va 600 dan ortiq talabalar allaqachon birinchi bosqichni tugatdilar. Shuningdek, IT-Park ishtirokida “IT-Nation” loyihasi doirasida butun respublika boʻylab 20 ta maktabda, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda, IT-taʼlim loyihasi sinov tariqasida amalga oshirilmoqda. 2020-yil fevral oyida IT-Akademiya “IT-Start” ishchi nomi ostida yangi loyihani yoʻlga qoʻymoqchi va unda qatnashish uchun IT-Parkning rezidentlari boʻlgan barcha IT-kompaniyalar taklif etilgan. “IT-Start” loyihasi yosh dasturchilar uchun amaliy mashgʻulotlarga asoslangan bir qator tadbirlardan iborat boʻladi. Dasturlashdan tashqari, talabalar oʻyin shaklida jamoada ishlash koʻnikmalarini oʻzlashtiradilar, IT-loyihalarni qanday yaratishni va ular qanday boʻlishini bilib oladilar, kuzatish va vazifalarni boshqarish vositalari bilan ishlash koʻnikmalariga, mijozlar bilan ishlash boʻyicha SOFT-skillarga ega boʻladilar. Oʻquv mashgʻulotlarini yirik IT-kompaniyalarda ishlovchi tajribali dasturchilar olib boradilar. Loyihaning eng yaxshi bitiruvchilari IT-Parkning rezident kompaniyalarida amaliyot oʻtash va ishga joylashish imkoniyatiga ega boʻladilar. IT-Park IT-tanlovlarini tashkil etmoqda. IT-Park koʻplab IT-inventlari va koʻrik-tanlovlarining tashkilotchisi va hamkori boʻlib, ularning har biri Oʻzbekistonning startaplari rivojlanishi va yirik IT-kompaniyalarga aylanishi uchun Oʻzbekistonda IT madaniyatini rivojlantirish yoʻlida oʻziga xos muhit yaratadi. Oʻtgan yil davomida IT-Park IT sohasida 5 ta yirik koʻrik-tanlovni oʻtkazdi va ularning umumiy mukofot jamgʻarmasi 2 milliard soʻmdan ortiq mablagʻni tashkil etib, shundan 810 milliondan ortigʻi startap-loyihalarning gʻoyalarini amalga oshirish uchun mukofot sifatida taqdim etildi. Bundan tashqari, joriy yildan boshlab yangi IT-tadbirkorlar oʻzbek tilida onlayn-inkubatsiya dasturidan oʻtishlari mumkin, bu esa butun respublika boʻylab startap-ekotizimining jadal rivojlanishiga yordam beradi. IT-Park xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda.IT-Parkning asosiy vazifalaridan biri tashqi bozorlarda IT mahsulotlarini ilgari surish, shuningdek loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida xorijiy davlatlar va xorijiy hamkorlar bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyishdir. Bugungi kunda IT-Park oʻzining 8 ta mamlakatdan boʻlgan 20 dan ortiq hamkorlari bilan hamkorlik toʻgʻrisida tuzilgan bitimlari va memorandumlariga ega boʻlib, bu mamlakatlar qatorida Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Buyuk Britaniya, Gruziya, Hindiston, Shveytsariya, Koreya, Misr va AQSh bor.


IT-Park 2022–yilda

2022-yilga kelib, IT-Park 5 ta hududda: Samarqand, Buxoro, Namangan, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzining filiallarini ochadi. Toshkent shahridagi IT-Park loyihasining oʻzi ham kengaytiriladi va 7,8 gektar maydonni qamrab oladi, shundan 385 ming kvadrat metrni umumiy binolar maydoni tashkil etib, u 19 ta zamonaviy binolarni oʻz ichiga oladi. Ushbu loyiha 16 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratadi, bu esa iqtidorli yoshlarga yuqori maoshli va munosib ish topishga imkon beradi.
Download 69,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish